Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 432194 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 96 B


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:33:56

16-bob. Mushrikligida qarindoshlariga oqibatli bo‘lgan hamda keyinchalik islomni qabul qilgan odam haqida

Hakim ibn Xizom rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh mening johiliyat davrida qilg‘on xayrli ishlarim xususida ne dersiz? Men qarindoshlarimg‘a oqibat qilg‘ondirmen, qul ozod etgondirmen va sadaqalar berg‘ondirmen. Alardin menga biror savob tekg‘aymi?» — dedim. Janob Rasululloh: «O’sha qilg‘on xayrli yumushlaring ustiga musulmon ham bo‘lding» — deb javob qildilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:34:19

17-bob. O’zi bilan begona qizchaning o‘ynashmog‘iga qo‘yib bergan yokim uni o‘pgan yokim u bilan hazil-huzil qilgan kishi xususida

Umma Xolid binti Xolid ibn Sa’id rivoyat qiladilar: «Otam birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Huzurlariga keldim. Egnimga sariq ko‘ylak kiyib olgan erdim Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam: «Sanah, — dedilar. (Abdulloh: «Bu — habashchasiga chiroyli degani», deydilar). Keyin, men borib Janob Rasulullohning (ikki kuraklari orasidagi) Payg‘ambarlik muhrini o‘ynay boshlagan erdim, otam urishib berdilar. Shunda Janob Rasululloh otamga: «Qo‘ya beringiz, o‘ynay bersin!».— dedilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «(Ko‘ylagingni) rosa yirtib-yirtib, eskirtirib-eskirtirib kiyg‘il!» — deb aytdilar». Abdulloh: «Keyin bu haqda uzoq vaqt eslab gapirib yurishdi».— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:35:38

18-bob. Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida

Sobit Anasdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ibrohimni qo‘llariga olib o‘pdilar, hidladilar».

Ibn Abu Nu’m rivoyat qiladilar: «Men bir kishining Ibn Umardan chivinning xuni haqida so‘raganining guvohi bo‘ldim. Ibn Umar undan: «Qaerliksan?» — deb so‘radilar. U: «Iroqlikman»,— dedi. Ibn Umar: «Manavi odamni qaranglar, mendan chivinning xuni haqida so‘rayotir! Vaholanki, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishganda, ul zotning «Ular ikkisi bu dunyodan (jannatga rihlat etgan) ikki dasta rayhonlarim erdi!» deganlarini eshitganmen»,— deb aytdilar» («Ular ikkisi» — deganlarida vafot etgan ikki o‘g‘illarini nazarda tutyaptilar).

Nabiy sallallohu alayui va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki qizalog‘ini yetaklagan holda huzurimga tilamchilik qilib keldi. Uyoq-buyoqni qarab bir dona xurmodam bo‘lak hech narsa topolmadim. O’sha xurmoni unga berib erdim, o‘zi yemay ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi. So‘ng, o‘rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallam kirib kelgan erdilar, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo‘lini cho‘zg‘aydir, ular uni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydirlar»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:35:57

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umoma binti Abu-al-Osni yelkalariga mindirib olganlaricha bizning huzurimizga chiqib keldilarda, namoz o‘qidilar. Ruku’ qilganlarida uni yelkalaridan tushirib qo‘yar, qiyomga turganlarida ersa yana mindirib olar erdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Alining o‘g‘illari —Hasanni o‘pdilar. Shunda o‘sha yerda o‘ltirgan Aqra’ ibn Hobis attaymiy: «Mening o‘nta bolam bor, ularning brortasini ham o‘pmagandirmen»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nigoh tashlab qo‘ydilarda, so‘ng: «Kim mehribonlik qilmas erkan, mehribonlik ko‘rmag‘aydir!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:37:13

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Sizlar bolalarni o‘par erkansizlar, bizlar ersak o‘pmag‘aymiz»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi za sallam unga javoban: «Olloh taolo qalbingdan rahm-shafqatni sug‘urib olgan bo‘lsa, qandayin men uni bag‘rimga olgum?!» — deb aydilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir qancha ayollarni olib keldilar. Ularning ichida bir ayol ham bo‘lib, o‘z oralaridan biror go‘dakni topib olsa darhol uni bag‘riga bosib emizar erdi. Janob Rasululloh (buni ko‘rib) bizga. «Nima deysizlar, anavi ayol o‘z bolasini o‘tga tashlay olg‘aymi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, aslo, tashlay olmas!» — dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo o‘z bandalariga bolasiga mehribonchilik qilayotgan manavi ayoldan ham mehribonroqdir!»— dedilar» (Insonki, o‘z bolasini o‘tga tashlay olmas erkan, Olloh taologa ham o‘z bandasini do‘zax o‘tiga tashlamoqlik mushkuldir!)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:38:45

19-bob. Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratganligi haqida

Abu Hurayra: «Rasululloh sallalloho‘ alayhi va sallamning shunday deganlariny eshitganmen»,— deydilar: «Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratib to‘qson to‘qqiz bo‘laginingzida olib qoldi. Uning bir bo‘laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil ilgan anna shu bir bo‘lak raxmati tufayli butun borlik o‘zaro rahmdillik-qilg‘aydir. Hattoki ot ham o‘z bolasini mayib qilib qo‘yishdan o‘chib tuyoqlarini yehtiyotkorona ko‘garyb bosg‘aydir» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:40:08

20-bob. Ovqatimga sherik bo‘lmasaydi deb o‘z bolasini o‘ldirmoq xususida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, eng og‘ir gunoh qaysidir?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: O’zingni yaratgan Ollohga shirk keltirmoq»,— dedilar. «Keyin qaysidir»—dedim. Janob Rasululloh: «Ovqatimga sherik bo‘lmasaydi deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ing»,—dedilar. «Keyin qaysidir?»—dedim. Janob Rasululloh: Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilmog‘ing»,—dedilar. Olloh taolo Nabiy sallallohu alayhi vasallamning so‘zlarini tasdiqlab quyidagi oyati kariymasini nozil qildi: ...va-l-laziyna lo yad’uuna ma’a-llohiilohan oxara...» («...Ollohdan o‘zga tangriga ibodat qilmaydirganlar...»).

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:41:49

21-bob. O’g‘il bolani tizza ustiga o‘tqizmoq haqida

Oisha onamiz bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tanglayini ko‘tarib qo‘ymoq maqsadida bir o‘g‘il bolani tizzalariga o‘tqizib erdilar, siyib qo‘ydi. Shunda suv oldirib keltirib, siydik ustidan quyib yubordilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:42:04

22-bob. O’g‘il bolani son ustiga o‘tqizmoq haqida

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni olib bir sonlariga, Hasanni ersa ikkinchi sonlariga o‘tqazib qo‘yar erdilar. So‘ng, ikkalamizni bag‘rlariga bosib: «Yo parvardigoro, ikkalasidan ham rahmatingni darig‘ tutma, men ham ularni shafoat qilg‘aymen!» —der erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:44:44

23-bob. Ahdga vafo qilmoq iymondandir!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xadichaga rashk qilganimdek hech bir ayolga rashk qilgan ermasmen, Xadicha Janob Rasululloh menga uylanmaslaridan uch yil burun vafot etgan bo‘lib, har safar u haqda eslaganlarida rashkim kelur erdi. Olloh taolo jannatda Xadichaga atab, shakar qamish yanglig‘ gavhar naychalaridan bir muhtasham uy qurib qo‘yilgani haqida bashorat qilmoqni Janob Rasulullohga buyurdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘y so‘yib, uning xotirasiga qurbonlik qilib yuborganlarida erdi!»

Qayd etilgan