Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496047 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 96 B


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:45:25

24-bob. Yetim boqqan odamning fazilati

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz»—deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:46:13

25-bob. Tul xotinning xizmatini qilg‘uvchi haqida

Safvon ibn Salim rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tul xotin birlan miskinning xizmatini ado etg‘uvchi odam Olloh taolo yo‘lida jihod qilg‘uvchi yokim kunduzlari ro‘za tutib, kechalari ibodat qilib chiqg‘uvchi odam yanglig‘dir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:46:47

26-bob. Miskinning haqida xizmatini qilg‘uvchi odam

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tul xotin birlan miskinning xizmatini ado etg‘uvchi odam Olloh taolo yo‘lida jihod qilg‘uvchi odam yanglig‘dir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:47:30

27-bob. Insonlarning hayvonlarga rahmdillik qilmog‘i haqida

Molik ibn al-Huvayris bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik barchamiz tengqur yigitlar erdik. Sho‘nda biz ul zotning dargohlarida yigirma kecha turib qoldik. Janob Rasululloh bizni ahlu ayolini sog‘inib qolgandir deb o‘ylab, uyimizda kimlarni qoldirib kelganimiz haqida so‘radilar. Biz kimlarni tashlab kelganimizni aytdik. Janob Rasululloh nozik ta’b, mehribon odam erdilar, bizga: «Bola-chaqalaringiz oldiga qaytingiz, ularga (islom amallarini) o‘rgatingiz, va (o‘rgatganlaringizni ado etmoqlarini) buyuringiz va men o‘qiganim kabi namoz o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, biringiz azon aytingiz, oralaringizda yoshi kattaniz ersa imomlik qilsin!» — dedilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir odam yo‘lda ketayotgan erdi chanqab qoldi, bir quduqni topdida, ichiga tushib suv ichdi. Keyin, quduqdan chyqib erdi, bir itning chanqoqdan harsillab tufroqning namini yalayotganini ko‘rdi. Shunda u o‘ziga-o‘zi «Bu it ham mening singari chanqab qolibdi» deya quduqqa qaytib tushib, mahsisining qo‘njida suv olib chiqdida itga ichirdi. Olloh taolo (hayvonga qilgan mehribonchiligi uchun) undan minnatdor bo‘lib, gunohlarini afv qildi». Odamlar: «Yo Rasulalloh, bizga Hayvonlardan savob tegadirmi?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Har bir tirik jondan sizlarga savob tekkusidir!» — deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:48:16

Abu Hurayra rivoyaat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimoqqa turdilar, biz ham turdik. Bir a’robiy namoz o‘qiyotib: «Yo parvardigoro, men birlan Muhammaddan rahmatingni darig‘ tutmag‘il, biz birlan turgan bo‘lak hech bir kishiga rahm qilmag‘il!» — deb yubordi. Janob Rasululloh ikki yelkalariga salom berganlaridan so‘ng, a’robiyga: «Barchaga barobar tilak qilmay turib, Ollohning rahmatiga erishmoqchimisen?!» — dedilar».

Nu’mon ibn Bashir bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘minlarni o‘zaro rahmdillik do‘stlik va hamdardlik qilmoqlikda bir a’zosi og‘risa, qolgan barcha a’zolari birgalikda uni himoya qilib darddan xalos bo‘lmog‘iga ko‘maklashguvchi bir tana yanglig‘ deb bilg‘il!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Biror musulmon daraxt ekkan ersa-yu, uning mevasidin o‘zga odamlar yokim hayvonlar tanovul qilg‘on ersa, unga sadaqa berganlik savobi yozilg‘usidir!» — deb aytdilar». Jarir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim rahmdillik qilmas erkan, rahmdillik ko‘rmag‘ay!—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:49:28

28-bob. Qo‘shnisiga vasiylik qilmoq xususida

Olloh taolo: «Olloh taologa ibodat qiling, unga shirk keltirmang va ota-onaga ehson qiling...»—deydi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hazrat Jabroil alayhissalom qo‘shniga vasiylik qilmoq haqida shu qadar ko‘p ta’kidladilarki, hatto men qo‘shni qo‘shnidan meros olarmikan, degan xayolga bordim» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:50:44

29-bob. Kimki qo‘shnisini falokatlardan himoya qilmay, halokat girdobiga tashlab qo‘yar erkan, o‘zi ham ana shunday bee’tibor qolib, halokatga uchrag‘usidir!

Abu Shurayh rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqi, iymonsizdir, Olloh taolo haqi, iymonsizdir, Olloh taolo haqi, iymonsizdir!» — deb erdilar, odamlar: «Yo Rasulalloh, kim iymonsizdir?». — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Qo‘shnisini falokatlardan himoya qilmaydirgan odam»,— deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:51:07

30-bob. Qo‘shnini qo‘shniga yomonlamangiz!

Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey muslima ayollar, garchi o‘rtangizda bir qo‘yni talashib qolgan bo‘lsangiz ham, hargiz qo‘shnini qo‘shniga yomonlamangiz!»—deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:51:30

31-bob. Ollohga va oxiratga ishongan inson qo‘shnisiga ozor bermaydi!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam qo‘shnisiga ozor bermag‘aydir. Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam mehmonini izzat-ikrom qilsin, Ollohga va oxirat kuniga ishongan odam yaxshi gaplarni aytsin yokim jim o‘ltirsin!» — dedilar».

Abu Shurayz al-Adaviy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning quyidagi gaplarni aytayotganlarini ikki qulog‘im bilan eshitib, ikki ko‘zim ila ko‘rgandirmen»,— dedilar: «Kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini izzat-ikrom qilsin, kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonini izzat-ikrom qilib, mukofotini bersin!»—dedilar. «Yo Rasulalloh, mukofot nimadir?» —deyishdi Janob Rasululloh: «Uch kecha-kunduz izzat-ikrom ila ziyofat qilmoqdir, bundan ortig‘i uning uchun sadaqa bo‘lgaydir. Kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni aytsin yokim jim o‘ltirsin!» — deb javob qildilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:52:02

32-bob. Qo‘ni-qo‘shnichilik haqi eshiklarning bir-biriga yaqinligidadir!

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Mening ikki qo‘shnim bordir, ularning qaysi biriga tuhfalar kirgizib turayin?» — dedim. Janob Rasululloh: «Eshigi eshigingga yaqiniga»,—deb javob qildilar».

Qayd etilgan