Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495506 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:54:07

33-bob. Har bir ezgu amal sadaqadir!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ezgu amal sadaqadir!» — dedilar».

Sa’di ibn Abu Burda o‘z ota-bobolaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozimdir»,— deb aytdilar. Shunda qavamlar «Agar sadaqa qilgulik narsa topolmasachi?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: qo‘llari birlan mehnat qilib o‘zi ham manfvatlansin sadaqa ham bersin!» —dedilar. Odamlar: «Agar ishlashga qurbi kelmasa yokim ishlamasa ne qilg‘ay?»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Nochor va hojatmand kishilarga madad bersin!» — dedilar. Odamlar «Bunga ham qodir bo‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarni yaxshilikka chorlasin!»—dedlar. Odamlar: «Bunga ham qodir bo‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yomonlikdan o‘zini tiysin, o‘sha uning uchud sadaqadir!»—deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:54:30

34-bob. Shirinso‘z odam haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shirin so‘z — sadaqadir!» — deganlar»,— deydilar.

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alalyhi va sallam do‘zax haqida eslar erkanlar, yuzlarini o‘tdan pana qilgandek harakat qilib: «A’uzu billohi» — deb qo‘ydilar. So‘ng yana do‘zax haqida gapirib, yuzlarini o‘tdan pana qilgandek harakat qildilarda: «A’uzu billohi»,— dedilar (Shu’ba: Ikki marta shunday qilganlariga shubham yo‘qdir»,— deydilar). Keyin: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax otashidan saqlangiz agar shuni ham topolmasangiz, odamlarga shirin so‘z aytinglar! —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:54:51

35-bob. Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari.—Oisha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aiytib bergan erkinlar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirib: «As-Somu alaykum!» (ya’ni, «Sizga o‘lim!»)—dedi. Men ularning gapini anglab: «Va alaykumu-s-somu va-l-la’na!» (ya’ni, «Sizga ham o‘lim va la’nat!») — dedim. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, shoshmay turg‘il! Olloh taolo barcha ishda xushmuomalalikka yoqtirg‘aydir»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning nima deganini eshitmay qolding— dedim. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham, dedim-ku, axir!»—dedilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Bir badaviy masjidga siydi. Odamlar uni koyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘yingiz, xalal bermangiz!» — dedilar. Keyin, bir chelak suv olib keltirib, siydik ustidan quydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:55:21

36-bob. Mo‘minlarning bir-birlariga ko‘maklashmoqlari (lozimligi) haqida

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min mo‘min uchun bir-birini suyab turgan ikki bino yanglig‘ (bo‘lmog‘i lozim)!» — deb barmoqlarini chalishtirib (ko‘rsatdilar)».

Nabiy sallallohu alayhi va sallam (uyda) o‘ltirgan erdilar, bir kishi kirib kelib, nimanidir so‘rab iltimos qildi. Janob Rasululloh bizga o‘girilib qaradilarda: «Ko‘mak qilingiz, savobga qolg‘aysiz! Olloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg‘aydir!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 01:57:29

37-bob.

Olloh taolo: «Yaxshilikka ko‘mak bergan kishi yaxshi nasiba olg‘usidir, yomonlikka ko‘mak bergan kishi yomon nasiba olg‘usidir! Olloh hamma narsaga qodirdir!» — deydi.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, agar biror gado yokim hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Olloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg‘aydir!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:01:12

38-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar.

Masruq bunday deydilar: «Abdulloh ibn Amr Muoviya birlan Kufaga kelganida huzuriga kirdik. Shunda u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni eslab: «Ul zot badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar»,— dedi. Keyin, yana «Oralaringizda eng yaxshingiz — xulqi yaxshingizdir!» — degan erdilar»,— dedi».

Abdulloh ibn Abu Mulayka Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib: «As-Somu alaykum!» — dedi. Oisha: «(Va) alaykum (us-somu) va la’natullohi va g‘azab ullohi alaykum!» — deb javob qildilar (ya’ni, «Sizga ham o‘lim, va buning ustiga sizga Ollohning la’nati hamda g‘azabi bo‘lsin!»). Janob Rasululloh «Shoshmag‘il, yo Oisha, xushmuomala bo‘lg‘il, senga qo‘pollik va badxulqlik yarashmaydi!» — dedilar. Oisha: «Ularning nima deganini anglamay qoldingiz shekilli?»—dedilar. Janob Rasululloh: «Men ularga nima deb javob qilganimni eshitmadingmi? Ularning menga aytgan qarg‘ishi mustajob bo‘lmag‘ay, bilaks mening ularga aytgan qarg‘ishim mustajob bo‘lg‘ay!» — dedilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘kong‘ich ham, badxulq ham, qarg‘ovchan ham ermas erdilar. Birortamizga tanbeh bermoqchi bo‘lsalar: «Peshonang turpoqqa tekkur!» — der erdilar».

Urva ryziyallohu anho Oisha onamizdan naql qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoq uchun ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh uni ko‘rgach: «Bu odam— qabilaning yomon birodari, bu odam — qabilaning yomon farzandi!» — dedilar. So‘ng, boyagi kishr kelib o‘ltirgach, Janob Rasululloh unga ochiq chehra bilan yuzlandilar. U chiqib ketgach, Oisha: «Yo Rasulalloh, uni ko‘rishingiz bilanoq qo‘pol gaplarni aytdingiz, keyin ersa ochiq chehra bilan yuzlandingiz?!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, qachon mening badxulq bo‘lganimni ko‘rgansan?! Qiyomat kuni Olloh nazdida eng yomon banda —odamlar yomonligidan hazar qilib qochadigan kishidir»,—dedilar (Mantiq: odamlar yomonligidan hazar qilib qochadigan kishilar toifasiga kirib qolmaslik uchun o‘shanday toifadagi kishiga ham yaxshi muomala qilmoq lozim bo‘ladi)».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:03:33

39-bob. Xushxulq va saxovat haqida hamda baxillikning makruhligi xususida

Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam eng saxiy odam erdilar, u kishining saxovatlari ramazon oyida bo‘ladirgan saxovatdan ham ortiq erdi»,—deydilar.

Abu Zarrga Nabiy sallallohu alayhi sallamning yo‘lga chiqadirgan joylarining qaerdaligini aytishgach, ukasiga (yokim akasiga): «Ulovga minib o‘sha vodiyga borg‘ilda, ul zotning gaplarini eshitib, bilib kel!» — dedi. U qaytib kelib: «Ul zotni ko‘rdim, odamlarga ulug‘vor axloqli bo‘lmoqni amr qilayotgan erkanlar»,— dedi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam eng yaxshi, eng saxiy va eng shijoatli odam erdilar. Bir kuni Madina axli (dushman hujunidan) xavotir bo‘lib tovush kelayotgan tomonga qarab yo‘l oldi. Ularni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarshi oldilar, (chunkim) hammadan oldin o‘sha tovush kelgan tomonga yetib borgan erdilar. «Qo‘rqmangizlar, qo‘rqmangizlar!»—dedilar Janob Rasululloh. Ul zot Abu Talhaning otini yaydoq minib, bo‘yinlariga qilich osib olgan erdilar, otni maqtab: «Bu bamisoli dengizdek erkan!» —deb qo‘ydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:04:04

Jobir rivoyaat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimayki so‘rashmasin, hech qachon yo‘q demas erdilar».

Masruq rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz Abdulloh ibn Amr birlan birga o‘ltirgan erdik bunday dedi: «Nabiy sallallolu alayhi va sallam badxulq ham, shaloqso‘z ham ermas erdilar, ul zot: «Oralaringizda eng yaxshingiz — xulqi yaxshingizdir!»—-der erdilar».

Abu Hozim Sahl ibn Sa’ddan naql qiladilar: «Bir ayol Nabiy sallallohu alayhi va sallamga burda (kiyim) olib keldi Sahl qavmga: «Burda qanday kiyim erkanligin bilurmisiz» — dedi. Qavm: «Bu — shamladir»,— deb javob qildi Sahl: «Bu — chetiga jiyak solib to‘qilgan shamladir»,— dedi. Boyagi ayol: «Yo Rasulalloh, buni sizga kiygizaman»,— dedi. Janob Rasululloh burdaga muhtojliklari bo‘lgani uchun olib kiydilar. Bir sahoba ko‘rib: «Yo Rasululloh biram chiroyli erkan, menga kiygiza qoling!» — dedi Janob Rasululloh «Xo‘p bo‘ladi!» — dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib ketgach, boyagi kishini sahobalar: «Yaxshi ish qilmading, vaholanki Janob Rasululloh burdani o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun olib erdilar. Sen ersang, Janob Rasulullohning birov narsa so‘rasa, yo‘q demasliklarini bila turib so‘rading!»— deb koyishdi. U: «Men Janob Rasululloh burdani kiyib tabarruk qilib bersinlar deb erdim, uni o‘zimga kafanlikka olib qo‘ymoqchiman»,—dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:04:31

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Kelajakda) umr (vaqt) tez o‘tadirgan bo‘lib qolg‘ay, ishsizlik qo‘payg‘ay, xasislik avj olib, (saxovat o‘rtadan ko‘tarilg‘ay), harj ko‘payg‘ay»,— dedilar. Shunda: «Harj nedir?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh «Qotillikdir, qotillikdir»,—deb javob qildilar»

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘n yil xizmat qildim. Shu davr mobaynida biror marta mendan norozi bo‘lib uf tortmaganlar, unday qilmabsan yokim bunday qilsang bo‘lmaydimi, deb aytmaganlar»—deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:05:02

40-bob. Erkak o‘z oilasida (uyida) qanday bo‘lmog‘i kerak?

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Oishadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va salam oilalarida (uylarida) ne qilg‘ay erdilar»—deb so‘radim. Oisha: «Uy-ro‘zgor yumushlari birlan band bo‘lur erdilar, namoz vaqti bo‘lsa, namozga chiqib ketur erdilar»,— deb javob qildilar».

Qayd etilgan