Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495640 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:05:21

41-bob. Muhabbat Olloh taolodandir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir, Jabroil alayhissalomga nido qilib: «Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!» — degaydir, Jabroil alayhissalom ham o‘shal bandani sevgaydirlar. So‘ng, Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: «Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!»— degaydirlar. Osmon ahli ham o‘shal bandani sevgaydir. Shundan so‘ng, yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo‘lg‘aydir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 02:05:40

42-bob. Ollohni deb yaxshi ko‘rmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Odam toki o‘zga bir odamni faqat Ollohni deb yaxshi ko‘rmas erkan va Olloh (kufrdan) qutqargach, qayta kofir bo‘lmoqdan ko‘ra jahannam o‘tiga tashlanmoqni afzal bilmas erkan hamda Olloh va uning rasuli uning uchun barchadan mahbubroq bo‘lmas erkan, iymon halovatiga erisha olmag‘aydir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:25:51

43-bob.

Olloh taoloning «Yo ayyuho-l-laziyna omanuulo yasxar qavmun min qavmin aso an yakunuu xayran minhum...» degan qavlidan «...fauuloika humuz-zolimuuna» degan qavligacha (o‘qing!). («Ey musulmonlar, bir qavm ikkinchi bir qavmni « masxara qilmasin, ehtimol bular ulardan yaxshiroqdir...» va " «... ana shulardir zolimlar»).

Abdulloh ibn Zama riaoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odam ichidan chiqadirgan narsa(el)ga kulmoqdan qaytardilar, so‘ng: «Nechun ayrimlaringiz xotiningizni ayg‘irni urgandek urgaydir sizlar, balkim uni keyin quchoqlarsizlar ham?!»—dedilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda turganlarida: «Bilasizlarmi, bu kun qanday kun?»—dedilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu kun muharram (muqaddas) kundir!»—dedilar, so‘ng: «Bilasizlarmi bu shaharning qanday shahar erkanligin?» — deb so‘radilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir»,— deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Bu — muqaddas shahardir!» —dedilar, so‘ng: «Bilasizlarmi, bu oyning qanday oy erkanlig‘in?» — dyob so‘radilar. «Olloh va uning rasuli bilg‘aydir —deb javob qilishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas (muharram) oydir, chunkim Olloh taolo sizlarga mana shu oyingizdagi kuningizni va mana shu shahringizni muqaddas qilganidek bir-biringizga molu joningizni va obro‘yingizni ham muqaddas qildi»,-dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:27:02

44-bob. So‘kmoq va la’natlamoq man’ qilinganligi haqida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Musulmon odamning so‘kmog‘i - buzuqlik va urushmog‘i — kofirlikdir!» — dedilar».

Abu Zarr: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Buzuq va kofir bo‘lmagan odamni buzuq va kofir degan odamnimg o‘zi kofir va buzuqdir».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam badhulq ham, so‘kong‘ich ham ermas erdillr. Birovga tanbeh bersalar: «Peshonang tufroqqa tekkur!»—derdilar, xolos».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:27:44

Hudaybiya sulhi tuzilganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan Sobit ibn Zauhok Abu Qilobaga bunday degan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki islomdan o‘zga dinni o‘rtaga qo‘yib yolg‘ondan qasam ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir. Odam bolasining o‘zi ega bo‘lmagan narsani nazr qilmog‘i durust ermas. Odam bu dunyoda o‘zini nima birlan o‘ldirgan ersa, qiyomatda unga o‘sha narsa birlan azob berilg‘aydir. Kimki mo‘minni la’natlag‘aydir yokim kofirlikda ayblag‘aydir, uni o‘ldirgan barobarida gunohga qolg‘aydir!» dedilar».

Adiy ibn Sobit Sulaymon ibn Sarddan bunday deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida ikki kishi o‘zaro so‘kishib qoldi. Ulardan biri shu qadar g‘azablandikim, hatto yuzlari shishib bo‘zarib ketdi. Janob Rasululloh: «Men shunday bir kalimani bilurmenkim, uni aytgan odam darhol g‘azabdin tushg‘ay»,— dedilar. Bir kishi boyagi g‘azabi ortib ketgan odamning qoshiga borib, Janob Rasulullohning «Shaytonning yomonlig‘idin Ollohdin o‘zingga panoh tila!» degan so‘zlarini yetkazgan erdi, u darrov g‘azabidin tushib: «Menga ne bo‘ldi, majnun bo‘lg‘on ko‘rinurmen?! Sen endi boraver!» — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:27:59

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga Laylat ul-Qadr xususida xabar bermoq niyatida (uydan) chiqib erdilar, (yo‘lda) ikki kishi janjallashib qoldi. Shunda Janob Rasululloh «Men sizlarga Laylat ul-Qadr haqida xabar bermoq qasdida chiqib erdim, (yo‘lda) falonchi birlan pistonchining janjallashib qolg‘oni sababidin yodimdin ko‘tarilibdir. Shoyad, sizlar uchun buning oxiri baxayr bo‘lsa, Laylat ul-Qadrni 29, 2 va 25-kechalarda kutingiz!» dedilar».

Ma’rur rivoyat qiladilar: «Men Abu Zarrning ham, g‘ulomining ham burda kiyib olganini ko‘rdim. Shunda men: «Agar g‘ulomingizga boshqa kiyim berib, uning burdasini ham olib kiysangiz erdi, sizga boshdin oyoq hulla (izor va rido) bo‘lgan bo‘lur erdi»,— dedim. Abu Zarr bunday dedilar: «Men ila bir kishining o‘rtamizdan bir gap o‘tib, onasini haqorat qildim, onasi arab ermas erdi (bu ayol Hazrat Bilolning onalari bo‘lgan). U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qildi. Janob Rasululloh mendan: «Falonchi birlan so‘kishib qoldingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Onasini haqorat qildingmi?» — dedilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Senda jaholatdan bor erkan!»—dedilar. Men: «Shu yoshga kirib, qarigan bo‘lsam hammi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, shunday. Ular sizlarning birodarlaringizdir, Olloh taolo ularni sizlarning qo‘lingizga topshirib qo‘yibdir. Kimniki Olloh taolo birodarining qo‘liga topshirib qo‘ygan ersa, yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga buyurmasin, gar buyurgan ersa unga o‘zi ko‘maklashsin!» deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:28:54

45-bob. Odamlar aytadigan «novcha» yokim «pakana» kabi so‘zlardan ishlatilmog‘i joiz bo‘lganlari

Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kishini «Zulyadayn» — ikki qo‘lli yoki qo‘li uzun deganlarida uni kamsitmoqchi bo‘lmaganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga peshin namozini ikki rak’at o‘qib, salom berdilarda, o‘rinlaridan turib masjid oldidagi bir yog‘ochga borib qo‘llarini qo‘yib suyandilar. O’sha kuni namozxonlar orasida Abu Bakr va Umar ham bo‘lib, ul zotga gapirmoqqa botina olmadilar. Namozxonlar: «Namoz qisqardimi?» —deya masjiddan shoshib chiqib kela boshlashdi. Ularning orasida Janob Rasululloh «Zulyadayn» deb ataydirgan bir ko‘shto ham bor erdi. O’sha kishi: «Yo Rasulalloh, yodingizdan chiqardingizmi yohud namoz qisqardimi?»—dedi. Janob Rasululloh «Yodimdan chiqqani ham yo‘q, qisqargani :ham yo‘q!» dedilar. Zulyadayn: «Lekin, unutdingiz!» — dedi.. Janob Rasululloh: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» —dedilar. (Namozxonlar: «Ha»,— deb javob berishdi). Shunda Janob Rasululloh borib ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng salom berdilar, keyin takbir aytib odatdagidek yoki undan uzoqroq sajda qildilar, so‘ng takbir aytib sajdadan boshlarini ko‘tardilar, keyin odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar va takbir aytib sajdadan boshlarini ko‘tardilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:29:42

46-bob. G’iybatchilik haqida

Olloh taolo: «Bir-biringizni g‘iybat qilmangiz! Birortaygiz o‘lgan birodaringizning go‘shtini yeyishni xohlaysizmi? Albatta rad etasiz! Ollohdan qo‘rqingiz, Olloh, tavbalarni qabul qilg‘uvchi va rahmdildir!» — deydi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib: «Ikkisi ham azoblanayotir, ammo katta gunoh uchun ermas Manavinisi siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi (ya’ni, tahorat ushatgach, olatining uchini poklamas erdi), bunisi ersa g‘iybatchilik birlan mashg‘ul erdi»,— dedilar. So‘ng, ho‘l novda olib keltirdilarda, uni ikkiga bo‘lib, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. Keyin: «Shoyad, mana shu novdalar quriguncha ularning azobi yengillashsa!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:34:08

47-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni «Ansorlarning hovlilari ichida eng yaxshisi...» deb aytganlari haqida

Abu Usayd as-So’idiy bunday deb rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning hovlilari ichida eng yaxshisi — Baniy Najjor hovlisidir!» deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:34:22

48-bob. Fasod va shubha ahlini g‘iybat qilmoqning joizligi haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa izn so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Qavmning yomon birodari (yokim, yomon o‘g‘loni)ga ruxsat beringiz!» — dedilar. U ichkariga kirgach ersa, yaxshi muomala qildilar. Men: «Yo Rasulalloh, nechun boyagi kishiga avval dag‘al so‘zlab, so‘ng yumshoq gapirdingiz?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo Oisha, kishilar kimning yomonligidan qo‘rqib qochsa, o‘shal odam eng yomon odamdir!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan