Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495642 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:40:52

59-bob. Nimalar haqida gumon qilsa bo‘ladi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Falonchi birlan pistonchi dinimizga oid biror narsa biladi, deb o‘ylamayman»,-dedilar Lays: «O’sha ikkalasi munofiq kishilar erdi»,—dedilar.

Lays shu xususda gaplarini davom ettirib, «Oisha bunday, dedi»,— deydilar: «Bir kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib: «Ey Oisha, men falonchi birlan pistonchi biz e’tiqod qilayotgan dinimizdan biror narsa bilald, deb uylamayman»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:41:02

60-bob. Mo‘min odam o‘z aybini yashirmog‘i lozim!

Silim ibn Abdulloh Abu Hurayradan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini. eshitgan erkanlar: «Har bir, ummatimning gunohlari kechirilg‘aydir ammo (hayosizlarcha) o‘z gunohini o‘zi oshkora, qiluvchi ummatlarim bundan mustasnodir. Masalan: bir kishi tunda qandaydir (gunoh) ish qilsa-yu, uni Olloh yashirgan bo‘lsa, tong otgach, u: «Ey falonchi, kecha men unday qildim va bunday qildim, deb Olloh yashirgan aybini o‘zi oshkora qilsa, gunohi kechirilmag‘aydir!».

Safvon ibn Muhriz rivoyat qiladilar: «Bir odam Ibn Umardan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan najvo (dil qa’riga yashirilgan sir) haqida nimalar eshitgansiz?»—deb so‘radi. Ibn Umar: «Oralaringizdan kimdir Ollohga biqini tekkudek juda yaqin boradi. Shunda Olloh taolo: «Falon va falon ishlarni qilganmisan?» — deydi. U: «Ha»,— deb javob qiladi. Olloh taolo yana: Falon va falon ishlarni qilganmisan?»—deydi. U: Ha»,— deb javob qiladi. Olloh taolo uning qilgan ishlarini bo‘yniga qo‘ygach: «Men sening u dunyoda qilgan gunohlaringni yashirgan erdim, bugun ersa kechiraman»,—deydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:42:14

61-bob. Kibr haqida

Horisa ibi Vahb al-Xuzo’iy rivoyat qiladilar: «Rasulullohu sallallohu alayhi va sallam: «Ahli jannat kimlar erkanligini aytaymi?»—dedilarda, odamlardan javob kutmay: «Har bir zaif va bechorahol odamdir, u gar Ollohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichg‘aydir, so‘zsiz ustidan chiqg‘aydir»,— dedilar, so‘ng: «Ahli do‘zax kimlar erkanligin (ham) aytaymi? Har bir qo‘pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam ahli do‘zaxdir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:42:54

62-bob. Hajr (o‘z holiga tashlab qo‘ymoq) haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odamning o‘z (dindosh) birodarini uch kundan ortiq o‘z holiga tashlab qo‘ymog‘i mumkin ermas!» — deb aytganlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizning ona bir, ota boshqa ukalarining o‘g‘li Avf ibn Molik ibn at-Tufayl (Ibn al-Hars) rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bir hovlini sotmoqni yokim in’om qilmoqni ixtiyor qilib erdilar, (jiyanlari) Abdulloh ibn Zubayr: «Bunday, qilmasinlar, aks holda ular birlan bordi-keldimni uzib qo‘yg‘umdir!» — dyob aytdilar. Oisha onamiz: «U shunday dedimi?» — deb so‘ragan erdilar: «Ha, shunday dedi»,— deyishdi. Oisha onamiz: «Men Ibn Zubayr birlan endi sira ham gaplashmasman, deb ont ichaman!» — dedilar. Shunday qilib, ikki o‘rtadagi bordi-keldi uzoq vaqt uzilib qolgach, Ibn Zubayr Oisha onamizning huzurlariga odam yuborib, kechirmoqlarini iltimos qildilar. Shunda Oisha onamiz: «Yo‘q-yo‘q, Olloh taolo haqi, uni kechirmayman ham, ontimni buzmayman ham!» — deb javob qildilar. Oralaridagi bordi-keldi hadeganda tiklanavermagach, Ibn Zubayr o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay, Misvar ibn Maxrama birlan Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Abd Yag‘usga (ikkalalari - ham Baniy Zuhra qabilasidan): «Azbaroi xudo, sizlardan yolborib iltimos qilurman, meni Oisha (xolam)ning huzurlariga olib kiringiz, men birlan bunday arazlashib yurmoqlari makruhdir»,— dedilar. Misvar Birlan Abdurrahmon u kishining iltimoslarini qabul qilishdi va ridolariga o‘ranib olishib Oisha onamizning huzurlariga ravona bo‘lishdi, yetib borishgach: «Assalomu alayki va rahmatullohi va barakotuhu! Kiraveraylikmi?»—deb izn so‘rashdi. Oisha onamiz: «Kiringiz!» — dedilar. Ular: «Hammamizmi?» — deyishdi. Oisha onamiz Ibn Zubayrning ular bilan birga kelganlaridan bexabar erdilar, shu boisdan: «Ha, hammangiz kiringiz!» — deb aytdilar. Shunda Ibn Zubayr ular birlan birga ichkariga kirdilar, so‘ng parda ortiga o‘tib xolalarini quchoqlab oldilarda, yig‘lab-siqtab kechirim so‘ray boshladilar. Misvar birlan Abdurrahmon ham: «Uni avf etgaysiz, uning birlan so‘zlashing. Axir, Nabiy sallallohu alayhi va sallam siz kabi bordi-keldini uzib qo‘yib, arazlashib yurmoqni qoralaganlar-ku: Musulmon odamning o‘z birodarini uch kecha-(kunduz)dan ziyod o‘z holiga tashlab qo‘yib, arvalashib yurmog‘i mumkin ermas!» — deya yolborishdi. Nihoyat, yig‘lab-siqtab qilingan yolborishlar ta’sir qilib, Oisha onamiz ham yig‘lab yubordilar. Oisha onamiz yig‘i aralash nuqul: «Men ont ichgandurman, ontni buzmoqning oqibati yomon bo‘lg‘ay»,— der erdilar. Misvar birlan Abdurrahmon ersa, Ibn Zubayr bilan so‘zlashasiz, deb Oisha onamizni hech o‘z hoshlariga qo‘ymadi. Oisha onamiz ontlarini buzganliklari badaliga qirq qulni ozod qildilar. Ammo, ancha vaqtgacha ontlariga xilof tutganliklarini o‘ylab, yig‘lab yurdilar, yig‘laganlarida ro‘mollari jiqqa ho‘l bo‘lib ketar erdi».

Abu Ayyub al-Ansoriy bunday deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh, sallallihu alayhi va sallam: «Hech bir inson uch kecha-(kunduz)dan ortiq o‘z birodari birlan arazlashib, bir-birini uchratganda teskari qarab ketmasin. Qaysi biri avval salom bersa, o‘shal yaxshiroqdir!» —deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:43:10

63-bob. Gunohkordan arazlamoqning joizligi haqida

Ka’b Nabiy sallallohu alayhi va sallam (da’vat qilgan g‘azot)dan kechikib qolgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam biz musulmonlarning u birlan gaplashmog‘imizni man’ qildilar. Shunda «Ellik kun» deb ta’kidlagan erdilar.

Hishom ibn Urva otalaridan, otalari ersa, Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Ey Oisha), men sening jahling chiqqanini ham, mamnun bo‘lganingni ham bila olurman»,—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, buni qanday bilib olg‘aysiz?» — dedim. Janob Rasululloh: «Sen mamnun bo‘lgan vaqtingda: «Ha, albatta Janob Muhammad!» — deysan, jahling chiqqanda ersa: «Yo‘q, Janob Ibrohim!» — deb aytasan»,—dedilar. Men: «Ha, to‘g‘ri aytdingiz, men faqat ismingizdan arazlayman»,— dedim (Demak Oisha onamiz mamnun bo‘lganlarida payg‘ambarimizning ismlarini, jahllari chiqqanda ersa, o‘g‘illarining ismini aytib murojvat qilar erkanlar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:44:51

64-bob. Do‘stini kunning istagan vaqtida borib ko‘radimi yokim undan erta bilan va kechqurun xabar oladimi?

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Men Esmni tanibmanki, ota-onamning dinga e’tiqod qilishlarini bilaman.(O’sha vaqtlarda) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari bo‘lmas erdi, kuni ikki mahal — ertalab va kechqurun ulardan xabar olib ketar erdilar. Bir kuni tush vaqtida biz (otam) Abu Bakrning hujralarida o‘ltirgan erdik bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odatdan tashqari vaqtda kelyaptilar»,— dedi. (Otam) Abu Bakr: «Bir zarur ishlari bo‘lmasa, bu vaqtda kelmas erdilar»,— dedilar. (Janob Rasululloh kelib): «Menga hijrat qilmoqqa ijozat berildi»,— deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:45:16

65-bob. Ziyorat haqida va bir qavmning borib, o‘sha yerda ovqatlangan shaxs xususida

Salmon (Forsiy) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida Abu Dardo’ni ziyorat qilgani borib, uning uyida taom tanovul qildilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlardan bo‘lgan bir oilani ko‘rgani borib, ular birlan birga ovqatlandilar, so‘ng qaytmoqchi bo‘lganlarida uyning bir joyini ko‘rsatib erdilar, o‘sha yerga valos (yoki bo‘yra) solib, ustiga suv sochib tozalab berishdi, namoz o‘qib ularning haqiga duo qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:47:50

66-bob. Mehmonlarni deb o‘ziga oro bermoq xususida

Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Salim ibn Abdulloh: «Istabrak nima?» — deb so‘radi. Men: «Debojga nisbatan qalinroq va dag‘alroq to‘qilgan (atlassimon) matodir!— dedim. U: «Men Abdullohning bunday deganini eshitganman»,— dedi: «Hazrat Umar bir kishida istabrakdan tiqilgan hulla ko‘rib, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib keldilarda: «Yo Rasululloh, shuni sotib olsangiz, mehmonlar kelganda kiyar erdingiz»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Harir kiyimni oxirati yo‘q odam kiygaydir!» — deb aytdilar. Shu voqeadan so‘ng bir muncha vaqt o‘tgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hazrat Umarga bir hullani tortiq qilib yuborib erdilar, u kishi. Janob Rasulullohga qaytarib olib kelib: «Yo Rasulalloh, manavini menga yuboribsiz, vaholanki uning haqida boshqa gaplarni aytgan erdingiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men uni senga biror hojatingga yaratarsan, deb yuborgan erdim»,— deb javob qildilar».

Ibn Umar mana shu hadisni bilganlari uchun ham gulli kiyim kiymoqni makruh hisoblar erdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:48:07

67-bob Aka-uka tutinmoq va kelishuv haqida

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Salmon birlan Abuddardo’ni aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Abdurrahmon ibn Avf: «Madinaga kelganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan Sa’d ibn ar-Rabi’ni aka-uka tutintirib qo‘ydilar» deydilar».

Humayd raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan naql qiladilar «Abdurrahmon bizning huzurimizga kelgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam u birlan Sa’d ibn ar-Rabi’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilarda: «Bir Qo‘y so‘yib bo‘lsa ham buni nishonlash darkor!» — dedilar».

Osim rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikka: «Sen Rasulullih sallallohu alayhi va sallamning: «Islomda kelishuv yo‘q, (aka-uka tutinmoq bor)»—deganlarini eshitganmisan — dedim. U: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyimda Quraish birlan ansorlarni aka-uka tutintirib qo‘ydilar»,— deb javob qildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 07:48:22

68-bob. Tabassum va kulgi haqida

Fotima alayhossalom: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga bir gap aytib erdilar, kulib yubordim»,deydilar.
 
Ibn Abbos: «Kuldiruvchi ham, yig‘latuvchi ham Olloh taolodir!» — deydilar.

Urva Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Rifoat al-Quraziy xotinini taloq qilib, pattasini qo‘liga berdi. Keyin, unga Abdurrahmon ibn az-Zubayr uylandi. Bir kuni o‘sha xotin Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, dastlab men Rifoatga tegib erdim, u meni uch taloq qo‘ydi. Keyin, meni Abdurrahmon nikohlab oldi. Olloh taolo haqi, yo Rasululloh, uning olati nimchaning popugi yanglig‘ zaifdir!» —deb nimchasining popugiga ishora qildi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida Abu Bakr ham o‘ltirgan erdi, hujra eshigi oldida ersa, Ibn Sa’id ibn al-Os ichkariga kirmoqqa ruxsat bermoqlarini kutib o‘ltirar erdi. Ittifoqo, Xolid: «Yo Abu Bakr, yo Abu Bakr, bu xotinning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida shunday beparda gaplarni aytmog‘iga nega monelik qilmaysiz?» —deb nido qildi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam buni eshitib, tabassum qilib qo‘ydilar, xolos. Keyin, xotinga qarab: «Sen Rifoatga qayta turmushga chiqmoq niyatida ko‘rinasan, ammo bu, toki sen Abdurrahmonning, u ersa sening asaldoningdan tatib ko‘rmas erkan, sira mumkin bo‘lmagaydir»,— dedilar».

Qayd etilgan