Muhammad ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Umar ibn al-Xattob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ruxsat so‘radilar, shunda ichkarida Quraish qabilasiga mansub bir to‘da xotinlar ovozlarini boricha qo‘yib Janob Rasulullohga ezmalanib savollar bermoqda erdilar, ul zotning tovushlari ersa arang quloqqa chalinar erdi. Hazrat Umar ruxsat so‘raganlarida: o‘lar shosha-pisha yopinchig‘lariga o‘ranib olishdi. Keyin, Janob Rasulo‘lloh ruxsat berib erdilar, Hazrat Umar ichkariga kirdilar. Shunda ul zotning kulib turganlarini ko‘rib: «Yo Rasulallrh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Olloh taolo sizni umr bo‘yi kuldirsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men manavi huzurimdagi ayollardan t’ajjublandim, sening ovozingni eshitib, ular shosha-pisha yopinchig‘larini yopinib olishdi»,— dedilar. Hazrat Umar: «Siz ayollarning izzat-ehtirom qilmoqlariga hammadan ham haqliroqsiz!» —dedilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib: «Ey o‘ziga-o‘zi dushmanlar, nechun meni hurmat qilasizlaru, Janob Rasulullohni mensimaysizlar?»—deb aytdilar. Ayollar: «Siz Janob Rasulullohga nisbatan qo‘polroq va dag‘alroq siz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Eh, Ibn al-Xattob Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar sening yo‘lingdan hatto shayton chiqib qolsa, (dag‘alligingdan qochib) boshqa yo‘lga burilib ketgay!» — dedilar
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Toifda ekanliklarida: «InshoOlloh, biz ertaga qaytgaymiz!» — dedilar. Janob Rasulullohning ayrim sahobalari: «Shaharni qo‘lga kiritmagunimizcha qaytmagaymiz!»—: deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Erta tongda jangga otlaningiz!»—deb amr qildilar. (Mushriklar) qattiq qarshilik ko‘rsatib, ko‘p kishi jarohatlandi. Janob Rasululloh yana: «InshoOlloh, ftaga qaytgaymiz!» — dedilar. (Bu gal) barcha (sahobalar) sukut saqlashdi, Janob Rasululloh kulib qo‘ydilar». Humaydiy: «Sufyon bu voqeani bizga to‘la-to‘kis aytib bergandi», deydilar.