Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495649 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:02:53

74-bob. Ataylab yokim bilmasdan kofirlikda ayblamoq haqida

Hazrat Umar Hotibga: «Sen munofiqsan!» — dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qaerdan bilasan, balkim Olloh taolo Badr ahlining dilidagini bilib: «Sizlarni kechirdim!» — degandir?»,— dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal raziyallohu anhu avval Janob Rasululloh birlan namoz o‘qib olib, so‘ng o‘z qavmiga borib imomlik qilur erdi. (Kunlardan bir kun) «Surai Baqara»ni zam qilib o‘qib erdi, namozxonlardan biri safdan chiqib, o‘zi (alohida) qisqaroq namoz o‘qib oldi. Bundan xabardor bo‘lgan Maoz uni: «Mo‘nofiq!» — dedi. Bu gapni unga yetkazishgan erdi, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz chig‘irni qo‘limiz birlan aylantirib, (ekin) sug‘oramiz. Kecha Maoz namozda «Surai Baqara»ni o‘qidi. Men safdan chiqib o‘zim alohida o‘qib oldim. Maoz ersa meni «Munofiq» debdi»,—dedi. Janob Rasululloh Maozni chorlab, uch bor: «Sen fitnachisan!»—deb koyidilar, so‘ng: «va-sh-shamsni, va-z-zuhoni, sabbih isma rabbika-l-a’loni yokim shu kabi (qisqaroq) suralarni o‘qi!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sizga qasam ichib «Billotivaluzzb» desa, «Lo iloha illalloh» desin, kimki do‘stiga «Kel, bir qimor o‘ynaylik!» desa, sadaqa bersin!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:04:29

75-bob. Olloh azza va jallaning amriga binoan (dushmandan) g‘azablanmoq va unga nisbatan shafqatsiz bo‘lmoqning joizlygi haqida

Olloh taolo: «Kofir va munofiqlarga qarshi jixod qil va ularga nisbatan beayov bo‘l!» — deydi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirdilar. Uyda surat solib to‘qilgan bir parda osig‘lik erdi, ko‘rib ranglari o‘zgardi, keyin uni olib yirtib-yirtib tashladilarda: «Mana shunday suratlarni chizuvchilar qiyomatda eng qattiq azobga qoluvchilardir!»—deb aytdilar».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Falonchi (imom) namozni haddan ziyod cho‘zib yuborayotganligi sababli men bomdad namoziga kelmay qo‘ydim»,— dedi. Men Janob Rasulullohnng o‘sha kuni va’z aytayotganlaridagidek g‘azablanganlarini ko‘rmagan erdim.

Janob Rasululloh: «Ey odamlar, oralaringizda namozxonlarni bezdiruvchilar mavjud, qaysi biringiz jamoatga imomlik qilsangiz, namozni qisqaroq (engilroq) o‘qingiz, chunkim namozxonlar orasida bemorlar, keksalar va hojatmand kishilar bor!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:05:25

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib, masjidning qibla tarafidagi (debordagi) balg‘amga ko‘zlari tushdi, qo‘llari birlan ishqab tushirib yubordilarda, g‘azab birlan: «Birortangiz namoz o‘qir erkansiz, qarshingizda Olloh taolo turg‘ay, shul boisdan ro‘parangizga balg‘am tashlamangiz!» — dedilar».

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Bir yerdan topib olingan narsa hukmi haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Bir yil davomida topib olgan narsang haqida ma’lum qil, keyyn uning bog‘ichini (echib), xaltasi (ichidagi narsalar) birlan tanishib, so‘ng undan foydalan, basharti egasi topilib qolsa, (to‘lik) qaytarib ber!» — dedilar. Boyagi odam: «Yo Rasulalloh, adashib qolgan qo‘y topib olsak ne qilg‘aymiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Uni olaver, sen olmasang boshqa bir odam olg‘ay yokim bo‘riniki bo‘lg‘ay»,— dedilar. Boyagi oDam yana: «Adashib qolgan tuyani ne qilgaymiz?»—dedi. Shunda Janob Rasulullohning g‘azabdan ikki yuzlari qizarib ketib, uyga: «Tuya birlan sening ne ishing bordir, unga tyogma, egasi topib olguncha uning yeb-ichguligi o‘zi birlandir!» - dedilar».

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayh va sallam bo‘yralar birlan to‘sib o‘zlariga bir joy tayyorladilarda, namoz o‘qiy boshladilar, u kishiga ergashib boshqalar ham namoz o‘qiy boshlashdi. Tunlardan birida ular namoz o‘qimoqchi bo‘lib o‘sha yerga kelib erdilar, Janob Rasululloh hadeganda chiqavermadilar. Shunda ular shovqun-suron qilishib, Janob Rasulullohning eshiklarini talillata boshlashdi! Janob Rasululloh jahl birlan chiqib «Bu ne qilganlaringdir? Men o‘qiyotgan namozimning sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan cho‘chib chiqmayotgan erdim, namozni uyuylaringizda o‘qingiz, chunkim farz namozlardan tashqari o‘qiladirgan namozlarning yaxshisi uyda o‘qiladirgan namozlardir!»—dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:06:34

76-bob. G’azabini bosmoq haqida 

Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «(Olloh) gunohi azimlardai va fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni... va g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni... tanglikda ham, mo‘lchilikdg ham xayr-ehson qiluvchilarni, g‘azabini yutuvchilarni odamlarning gunohlaridan o‘tuvchilarni... (yaxshi ko‘rgayd!. Darhaqiqat, Olloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi».

Abu Hurayr: rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birovni (kurashib) yiqitgan polvon ermas balkim g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondmr — dedilar».

Sulaymon ibn Surad rivoyat qiladilschr: «Ikki kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallaming ho‘zurlarida so‘kishib qoldi, biz ham ul zot birlan birga o‘sha yerda o‘ltirgan &RDIK. Ulardan biri sherigini shu qadar g‘azab birlan so‘ka,. erdiki, hatto yuzlari qizarib ketgan erdi. Shunda Jano& Rasululloh: «Men shunday bir yo‘zni bilurmag‘t., uni aytgan kishining g‘azabi darhol bosilg‘usdir. Bu — A’uzu billohi min-ash-shayton-ir-rajimdir»,—dedilar. So‘n, boyagi g‘azabnok kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan gaplarini eshitmadmngmi?» deb erdilar u: «Jahlimni yutma) jinni bo‘libmanmi deb javob qildi».

Abu Hurayug rivoyat Qiladilar: «Shir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Menga nasihat qilingiz!» — deb erdi, Janob Rasululloh: «G’azablanmag‘il!» —deb bir necha bor aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:08:47

77-bob. Hayo haqida

Imron ibn Husayn: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:U «Hayo yaxshiliksiz kelmag‘ay (ya’ni, hayo bor yerda yaxshilik bor)»,- deb aytdilar»,— deb erdi, Bashir ibn Ka’b: «Ilti dimvatd yozilganki, vor ham, vazminlik ham Hayo birlan bog‘likdir»,— dedi. Imron «Men senga Rasululloh sallallohu alayhi_va sallam haqlarida so‘zlasam. o‘zingning kitobingdan gapirursan!» — dedi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhi va sallam ukasini ortiqcha
hayolilikdvayblab, «Senga bu hatto zarar keltira boshladi!» deb turgan bir odamning yonidan o‘tayotib: «Uni o‘z holiga qo‘y, hayo yymondandir dedilar (ya’ni, iymon qanchalik kuchli bo‘lsa, hayo ham shunchalik kuchli bo‘ladi)».
Abdulloh ibn Utba: «Abu Sa’iddan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkaridagi bokira qizdan ham hayoliroq erkanlar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:11:46

78-bob. Uyalmasang, bilganingni qil!

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam: «Sobiq payg‘ambarlardan odamlarga yetib kelgan bir ibora mavjud, bu — «Behayo ersang, istaganingni qil!» degan iboradir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:13:00

79-bob. Dinni teran o‘rganib olmoq uchun haqiqatdan hayo qilmaslik kerak!

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqiqatni aytishdan uyalmaydir, xotin kishi bulg‘anib qolsa, g‘usl vojib bo‘ladirmi?»—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, albatta, agar nam chiqqanini ko‘rsa»,— deb javob qildilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min odam kabi bargini to‘kmaydirgan doimo yam-yashil daraxt mavjud»,— dedilar. Sdamlar turli-tuman daraxtlarning nomini atashdi. Men: «Bu — xurmo daraxti»,—deb aytmoqchi erdimu, lekin aytmadim. Chunki yosh bola erdim, aytishga uyaldim. Janob Rasulullohning o‘zlari: «Bu — xurmo daraxtidir»,— dedilar» (Mantiq: iymon, hayo, vafo, rostgo‘ylik halollik poklik kabi fazilatlar mo‘min odamning umr bo‘yi to‘qilmaydirgan barglaridir).

Anas rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mening sizga hojatim bormi?» — deya o‘zini (xotinlikka) taklif qildi. Shunda qizim: «Qanchalik behayo erkan!»—deb erdi, men: «U o‘zini sendan afzal ko‘rib, Janob Rasulullohga xotin bo‘lmoq niyatidadir!» — dedim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:13:57

80-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz!» — deganlar. Ul zot doimo odamlarga yengillik va qulaylik tug‘dirib bermoqni yaxshi ko‘rar erdilar.

Abu Burda otalari hamda bobolaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni (ya’ni, bobolarini) va Maoz ibn Jabalni (Yamanga) yuborayotib: «Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, jalb qilingiz, bezdirmangiz va hamjihat bo‘ling‘iz!»—deb tayinladilar».
 
Abu Muso: «Yo Rasulalloh, biz asaldan bit’un va arvadan mizrun degan ichimliklar qilinadirgan bir yerda turibmiz dedi. Janob Rasululloh: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir!» — dedilar.

Anas ibn Molik: «Janob Rasululloh: osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz deb aytdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:14:41

Urvaga Oisha onamiz bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ishdan birini tanlamoqchi bo‘lsalar, gunoh bo‘lmaydirgan osonrog‘ini tanlar erdilar. Basharti bu gunoh bo‘ladirgan bo‘lsa, bunday ishdan boshqalardan ko‘ra tezroq nari qochar erdilar. Jamob Rasululloh o‘zlari uchun hech kimdan o‘ch olmadilar, biroq Olloh taoloning hurmatini joyiga qo‘ymaganlardan (Olloh taolo uchun) o‘ch oldilar».

Al-Azrak ibn Qays rivoyat qiladilar: «Ahvoz degan yerdagi qurib qolgan bir daryo o‘zani bo‘yida turgan erdik. Abu Barza al-Aslamiy ot minib keldida, undan tushib namoz o‘qimoqqa tutindi. Shu asnoda oti yechilib uzoqqa ketib qoldi. U namozni tark etib, otini quvib tutib keldida, namozning qolganini o‘qib tugalladi. Bizning oramizda bir nufuzli kishi bo‘lib, u: «Manavi cholni qarangiz, otini deb namozini buzdi!»—dedi. Abu Barza: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ajralganimdan buyon meni hech kim bunchalik tahqirlamagan erdi!» dedi. So‘ng, yana: «Mening manzilim yiroqdir, gar eltoa deb otni qochirib yuborsam, kechgacha bolachaqam oldiga boraolmay qolurman»,— dedida, Janob Rasulullohning (namozxonlari) qanchadan-qancha qulayliklar, tug‘dirib berganliklari haqida so‘zladi».

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba: «Abu Hurayra menga quyidagini aytib bergan erdi»,— deydilar: «Bir badaviy masjidda tahorat ushatdi, odamlar unga tanbeh bera boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘yingiz, tegmangiz, pyoshobi ustidan bir chelak yuboringiz chunkim, sizlar osonlashtiruvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi qilib yuborilgan ermassizlar» dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:15:24

81-bob. Odamlar birlan hazil-mutoiba ham qilib turmoq lozimligi haqida

Ibn Mas’ud: «Odamlarga aralash, hadeb diningdan gapiraverma, oilangga dinni targ‘ib qilaverma, hazil-mutoiba ham qilyb tur!» — deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning davramizga kirib kelsalar mening kichik ukamga hazillashib: «Ey Abu Umayr, ne qildi bu Abulcha?» — der erdilar (Bu yerda Janob Rasululloh ikki bor: biri — hali farzand ko‘rmagan bolaga «Ey Umayrning otasi!» deb, ikkinchisi— «Ne qildi bu Abulcha?» deb hazil-mutoiba qildilar).

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujralarida qo‘g‘irchoqla rymni o‘ynar erdim, men birlan birga dugonalarim ham o‘ynashar erdi. Agar Janob Rasululloh kirib kelsalar, ular darhol o‘yinni to‘xtatishar erdi. Ul zot ersalar, xursand bo‘lib ularni men birlan o‘yinni davom ettirishga undar erdilar».

Qayd etilgan