87-bob. Mehmon huzurida darg‘azab bo‘lmoq va tajanglik qilmoq makruh ekanligi haqida
Abu Usmon Abdurrahmon ibn Abu Bakrdan naql qiladilar: «Abu Bakr (Siddik) bir jamoani mehmon qilayotib, (o‘g‘illari) Abdurrahmonga: «Mehmonlarga qarab turg‘il, men bir yumush birlan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib kelgayman, kelgunimcha ularni ovqatlantirib, zeriktirmay o‘ltirg‘il!» —deb tayinladilar. Abdurrahmon tashqariga chiqib, uylarida borini olib keldida, mehmonlarga: «Olingiz, yengiz!» — dedi Mehmonlar unga: «Xonadon sohibi qaerdalar?» — deyishdi. Abdurrahmon (javob bermay) yana: «Olingiz, yengiz!»—dedi. Mehmonlar:«Xonadon sohibi kelmagunicha yemaymiz»,— deyishdi. Abdurrahmon: «Bizning mehmondorchiligimizdan yuz o‘girmangiz, olingiz! Otam kelib, sizning taom yemaganingizni ko‘rsalar, xafa bo‘ladilar»,— dedi. «Ular baribir ko‘nishmadi,— deydi Abdurrahmon,— bildimki, ular mendan xafa bo‘lganlar. Otam kelgach, men o‘zimni bir chetga oldim. Otam yehmonlarga «Ne hol yuz berdi?» —dedilar. Ular bo‘lgan gapni aytib berishdi. Otam: «Ey Abdurrahmon!» — deb ikki bor chaqirilar, men jim turaverdim. Keyin, otam: Ey nodon, men kelib, seni chaqirganimda ovozimni eshitgan bo‘lsangu, (indamay turgan bo‘dsang), qasam ichamanki...»,— dedilar. Men yashiringan joyimdan chiqib oldilariga bordimda: «Mehmonlaringizdan so‘rang!»—gdedim. Mehmonlar: «To‘g‘ri aytyapti, bizga ovqat keltirdi»,— deyishdi. Otam: «HaQiqatan ham meni kutib turdingizmi? Xudo haqi, bu kecha men taom yemayman!» — dedilar. Mehmonlar: «Siz yemasangiz, biz ham yemag‘aymiz!» — deyishdi. Otam: «Hayotimda mening uchun bunchalik baxtsiz kecha bo‘lmagan, nechun dasturxonimizga qo‘l uzatmayapsizlar, sizlarga o‘zi, nima bo‘ldi. Ovqatingni olib kel!»—dedilar. So‘ng: «Bismilloh, (g‘azablanib qasam ichganim) bu — shaytonning ishidir! —dedilarda, taomga qo‘l uzatdilar, mehmonlar ham qo‘luzatishdi»