Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495549 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:36:45

91-bob. Mushriklarni hajv qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hasson ibn Sobit Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushryklarni hajv qilmog‘iga ijozat so‘rab erdi, Janob Rasululloh: «Mening urug‘ aymoqlarim ne bo‘lg‘ay?» — dedilar (ya’ni «Mening urug‘-aymoqlarimda ham mushriklar bor-ku, unda meni ne qilg‘aysan?!»). Hasson: «Sizni mushrik urug‘-aymoqlaring ichidan hamirdan qil sug‘urib olganim yanglig‘ ayirib olg‘umdir!» — dedi».

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Men Oishaning huzurlarida Hassonni so‘ka ketdim. Oisha: So‘kma uni, chunkim u Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga madhiya yozar erdi»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:37:38

Abu Hurayra o‘z rivoyatlarida Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida gapirayotib: «Janob Rasululloh: «Sizning birodaringiz (Ibn Ruvoha o‘z she’rlarida) yaramas gaplarni aytmaydi»,— deb aytdilar»,— deydilar. Ibn Ruvoha bunday deb yozgan erkan: «Doimo Olloh Kitobin o‘qir Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag‘rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko‘rsatib bizga xidoyat, haq yo‘lig‘a boshladi, BihamdilliH so‘qir ko‘zlar ochildi, bo‘lmadik gumroh. Mushrikiylar jismiga varqu to‘shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to‘shaksrlz tun bo‘yi, e voh!». Abu Salami ibn Abdurrahmon ibn Avf quyidagi uadisni aytib berganlar «Hasson ibn Sobit (shoir) Abu Hurayraning guvoh bo‘lmoqlarini so‘rab: «Olloh haqqi-hurmati, aytingizchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: Ey Hasson Ilohi, Rasulullohga Ruh ul-Quddusni (Jabroil alayhisalimni! madadkor aylag‘il, deb (she’r) ayt!» deganlarini eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha, eshitganman —dedilar».

Barro (ibn Ozib) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hassonga: «Ularni (mushriklarni) hajv qlg‘il, Jabroil senga madadkor bo‘lsin!»— dedilar» 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:39:08

92-bob. She’r (she’riyat) insonni Olloh taoloning zikridan hamda ilmu ma’rifat va Qur’ondan chalg‘itadirgan darajada yengib qo‘ymasligi lozim!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qorningiz she’r birlan to‘lgandan ko‘ra, yiring birlan to‘lgani afzaldir! (ya’ni, Olloh taolo va uning rasulini madh etmaydirgan she’rdan yiring afzalroq!)» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:39:27

93-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Baraka topkur!» hamda «Bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘libsanda!» degan qavllari haqida

Urva Oishadan naql qiladilar:. «Abulqu’aysning o‘kasi Aflah «Hijob oyati» nozil bo‘lgach, mening huzurimga kirmoqqa izn so‘radi. Men: «Xudo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ijozat qilmagunlaricha, ruxsat bera olmagaymen, chunkim meni Abulqu’aysning ukasining xotini ermas, balkim Abulqu’aysning xotini emizgandir!» — dedim. Shu asnoda Janob Rasululloh huzurimga kirib kelib erdilar: «Yo Rasulalloh, meni anavi kishining xotini ermas, balki uning (akasining) xotini emizgandir»,— dedim. Janob Rasululloh: «Baraka topkur, ruxsat berg‘il, axir u senga amaki bo‘ladir! — dedilar».

Urva bunday deydilar: «Oisha shunga ko‘ra: «Tug‘ishganlar bir-biriga mahram bo‘lgani kabi, emishganlar ham o‘zaro mahram bo‘lg‘aydir»,— der erdilar» Oisha raziyallohu anho. rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (yo‘lga chiqmoqchi bo‘lib) shoshib turgan erdilar, Safiyyaning bemavrud hayz ko‘rib qolganidan chodiri eshigi oldida g‘amgin o‘ltirganini ko‘rib: «Bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘libsanda!» — dedilar. So‘ng: «Nahr kuni tavof qilgan erdingmi?» — deb so‘radilar. Safiyya: «Ha» — dedi. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, yo‘lga chiqg‘il»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:40:06

94-bob. «Ta’kidladilar» degan so‘z haqida

Ummu Honi’ bunday degan ekanlar: «Makka fath qilingan yili Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan va qizlari Fotima ersa, bir narsa birlan ul zotni pana qilib turgan erkan. Janob Rasulullohga salom berdim. «Bu kim?» — dedilar. «Men Ummu Honi’man, Abu Tolib qiziman»,— dedim. «Xush kelibsan, Ummu Honi’!» — dedilar. Janob Rasululloh g‘usl qilib bo‘lganlaridan keyin turib bir kiyimga o‘ralgan holda sakkiz rak’at.namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lib o‘girildilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, u ham men panohimga olganini falonchi ibn Hubayrni o‘ldirurmen, deb ta’kidladi»,- dedim. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Honi’, sen kimni panohingga olgan ersang, biz ham o‘shani panohimizga, oldik»,-deb aytdilar. Shu gapni aytganlarida zuho (choshgoh) namozi vaqti bo‘lgan erdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:40:31

95-bob. Bir kishining «Sho‘ring qursin!» degani haqyda

 Anas razyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy salallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan bir kishini ko‘rib «Uni minib olsangchi!» — dedilar. U kishi: «Bu qurbonlikka atalgan-ku!» — dedi, Janob Rasululloh yana: «Minib olsangchi!»— dedilar. U kishi tag‘in «Bu qurbonlikka atalgan-ku!»— dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Sho‘ring qursin, minib olsangchi!» — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining tuya haydab ketayotganini ko‘rib «Uni minib olg‘il!» — deb aytdilar. U kishi: «Yo Rasulalloh, axir bu qurbonlikka atalgan-ku!» — dedi. Janob Rasululluloh, «Sho‘ring qursin, minib olg‘il!» —deb ikki yoki uch bor qaytardilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:41:49

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda erdilar. Anjasha degan bir qora qul ham ul zot birlanjrga bo‘lib, tuyabonlar qo‘shig‘ini aytib ketayotgan erdi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Sho‘ring qursin, ,ey Anjasha, (tuya ustidagk) shishalarga ehtiyot bo‘l!»-deb aytdilar». (Bu birlan Janob Rasululloh: «Tuyalar ustidagi shisha yanglig‘ nozik ayollarni ehtiyot qilgi.ya, tuyalarni tez haydamag‘il!» — demoqchilar).

Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sadlamniqg huzurlarida boshqa bir odamni maqtadi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, birodaringning bo‘ynini sindirib qo‘yding!» — deb uch bor takrorladilar. So‘ng: «Birortangiz kimnidir maqtamoqchi bo‘lsangiz, basharti uni yaxshi bilsangiz ham: «Olloh taolo haqi, myon uni shunday (xislatlarga ega) deb hisoblayman, lekin hech kimni Olloh taoloning oldida oqlamoqchi ermasman» — deb aytingiz!» — dedilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:42:09

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimlab o‘ltirgan erdilar, Baniy Tamim qabilasidan bo‘lgan Zulxuvaysira degan kishi: «Yo Rasulalloh, adolat qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, men adolat qilmasam, kim adolat qylg‘ay?!» — dedilar. Shunda Hazra Umar: «Ijozat qilingiz, kallasini tanidan judo aylayin!, — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo‘q, aslo! Uning shunday do‘stlari borki, birortangiz ham ular birlan na namoz o‘qimoqni va na ro‘za tutmrqni o‘zingizga ravo ko‘rg‘aysiz. Ular ov qilinadirgaq biror jonzotning (oshqozonini) teshib o‘tib ketgan o‘q-yoy yanglig‘, dinga birrov kirib-chiqib ketadirgan odamlar bo‘lib, o‘q-yoy paykonidan tortib to uning patiga qadar ko‘z tashlab, oshqozon axlati-yu qon yuqidan bo‘lak hech narsa topolmagan (sayyodga) o‘xshagaydirlar. Bundaylar odamlar o‘rtasida ixtilof chiqqanda paydo bo‘ladirlar (Ayrim nusxalarda: «Bundaylar yaxshi odamlarga qarshi chiqadirlar» — deyilgan). Ularning belgisi shulki bir qo‘li ayol ko‘kragi yoki bir bo‘lak go‘sht yanglig‘ titrab turg‘aydir»,— deb aytdilar.

Abu Sa’id: «Mana shu gaplarni Janob Rasulullohdan, eshitdim deb guvohlik berurman hamda Ali ularga qarshi jang qilganda men birga erdim, o‘liklardan biri haqiqatan ham Janob Rasululloh tasvirlab berganlaridek erkan deb ham guvohlik berurman»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:43:03

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasudulloh sallallohu alayhi va sallamga: «Hijrat qilmoq haqida xabar beringiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, hijrat qilmoq mushkul ish, sening tuyalaring bormi?» — deb aytdilar. U: «Ha, bor»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ular uchun zakot berib turursanmi?» — deb so‘radilar. U: «Ha, zakot berib tururman»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh: «Dengizlar ortida turib ham amali solih qilaver, Olloh taolo qilgan amali solihlaringni zarracha kamsitmagaydir!» —dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar : «Bir badaviy kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, qiyomat qachon bo‘lgay?»—dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring gursin, unga qanday tayyorgarlik ko‘rgansan?»—dedilar. Badaviy: «Olloh va uning rasulini sevishimdan bo‘lak hech qayday tayyorgarligim yo‘q»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh: «Sen (jannatda) o‘zing sevganlar birla Bo‘lg‘aysen!» — dedilar. Biz: «Yo Rasulalloh, biz hammi?» —dedik. Janob Rasululloh: «Ha»,— dedilar. Shu kuni biz nihoyatda xursand bo‘lib ketdik».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:54:52

96-bob. Olloh azza va jallaga bo‘lgan muhabbatning alomatlari haqida
 
Olloh taolo bo‘ xususda: «Agar Ollohni yaxshi ko‘rsangiz, ergashingiz, Olloh sizni suyukli qilg‘ay!» — deydi.

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: Kishi (jannatda) o‘ziga suyukli odam birlan birga bo‘ladir»,— dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bir qavmni sevib, unga yetisha olmagan kishi haqida ne degaysiz?»—dedi. Janob Rasululloh: «Kishi (jannatda) o‘ziga suyukli odam birlan birga bo‘ladir»,— deb javob qildilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasulullo sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qiyomat Qachon bo‘lg‘ay?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Unga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» — dedilar. Boyagi odam: «Ko‘p hozirlik ko‘rganim yo‘q. aytarli namoz o‘qimadim, ro‘za-tutmadim, sadaqa ham bermadim, ammo men Olloh birlan uning rasulini yaxshi ko‘rg‘ayman»—dedi. Janob Rasululloh: «Sen (jannatda) o‘zing sevganlar birla bo‘lg‘aysen!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan