Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495560 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:55:38

97-bob. Bir odamning ikkinchi bir odamga: «Daf bo‘l!» — demog‘i haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ibn Soidga: «Men senga bir gap aytmoqchiman, aytchi, u qanday gap?» — dedilar. Shunda Ibn Soid: :Tut...»—deyishi birlan Janob Rasululloh, unga: «Daf bo‘l!» — dedilar (chunkim, jinlar birlan aloasi bo‘lgan Ibn Soid Janob Rasulullohning dillaridagi gapni bilib olgan bo‘lib, «Osmon tutun birlan qoplanadirgan kunni kutg‘il!» degan oyati karimadagi «tutun so‘zini aytishga endigina og‘iz juftlagan erdi)».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir guruh sahobalar hamrohligida Ibn Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. Ibn Sayyodni Baniy Mug‘ola qal’asmda bolalar birlan o‘ynab turganda uchratishdi. Ibn Sayyod balog‘atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan orqasiga turtmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi ekanligimga guvohlik berg‘il!» — dedilar. Ibn Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg‘ayman, siz, darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg‘ambaridirsiz, lekin siz o‘zingiz ham mening Ollohning elchisi ekanlig‘imga guvohlik bergaymisiz?» — dedi shakkoklik qilib. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning payg‘ambarlarig‘a ishong‘aymen», dedilar. So‘ng, Ibn Sayyoddan: «Senga nelar ayon bo‘lg‘ay?»,— deb so‘radilar. Ibn Sayyod: «Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg‘on gaplar kelg‘aydir»,— deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sening miyang aynib qolgan. Men (hozir) senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayin»,— dedilar. Ibn Sayyod: «Aytmoqchi bo‘lgan ganingiz duh..» — deb endigina og‘iz juftlab ham erdiky Janob Rasululloh uning gapini bo‘lib: «Daf bo‘lg‘il. Haddingdan oshmag‘il!» — dedilar (Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta’tiyu-ssamo’u bi-duxonin degan oyatni o‘qimoqchi bo‘lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi «duxon» (tutun) so‘ziga ishora qilgan erdi. Oyatning mazmuni: «Osmon tutun birlan qoplanadirgan kunni kutg‘il!»).. Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, kallasini kesib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Agar u Dajjol bo‘lsa, unga siz hukmingizni o‘tkaza olmassiz (uninga olmassiz), bordi-yu, Dajjol bo‘lmasa, uni o‘ldirmog‘ingizdan sizga ne naf?»—dedilar». Keyinchalik— deydilar Ibn Umar,— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b al-Ansoriy birlan birga Ibn Sayyod bilan uchrashishgan o‘shal xurmozorga yashirincha bordilar. Janob Rasululloh bir xurmo daraxti panasidan turib kuzata boshladilar, chunkim Ibn Sayyod: ko‘rib qolmasidan ilgari u aytadirgan biror gapni eshitib: olmoqchi erdilar. Ibn Sayyod o‘zining baxmal ko‘rpasiga (burkanib) yotar, ko‘rpa ichidan ersa, uning ming‘irlagan tovushi eshitilar erdi. Shunda Ibn Sayyodning onasi Janob Rasulullohning hurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini ko‘rib qolib: «Ey Sof (uning asl ismi shunday erdi), ana Muhammad!» — dedi. Ibn Sayyod so‘zlamoqdan to‘xtadi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo‘lur erdik»,— dedilar».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar orasida o‘ltirgan erdilar, o‘rinilaridan turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng Dajjol haqida eslab: «Men sizlarni undan (ehtiyot bo‘lingiz, deb) ogohlantiraman. Nuhdan bo‘lak biror payg‘ambar o‘z qavmini Dajjoldan ehtiyot bo‘lmoqqa chorlamagan erdi. Men ersam, hozir sizlarga uning haqida hali biror payg‘ambar aytmagan» bir gapni aytayin, bilib qo‘yinglar, uning (bir) ko‘zi ko‘rdir, Olloh taolo ersa ko‘r ermas!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:56:24

98-bob. Odamning «Marhabo!» demog‘i hususida

Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fotima alayhossalomga: «Marhabo, ey qizim!»—dedilar»,— deydilar»: Ummu Honi’: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib erdim, «Marhabo, ey Ummu Honi’!» —deb aytdilar»,— deydilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: Abd ul-Qays (qabilasining) vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelganda ul zot: «Tortinmay va nadomat qilmay tashrif buyurgan vakillarga marhabo!»—dedilar. Ular: «Yo Rasulalloh, biz Rabi’a qabilasining bir urug‘imiz, biz birlan syzning o‘rtangizda Muzar qabilasi to‘sqinlik qilib turibdi Shul boisdan biz sizning huzuringizga muharram oyidagina kela olurmiz, xolos. Bizga shunday bir muayyan ishni buyuringki, uni bajargach, biz jannatga kiraylik va o‘zimizdan keyingilarni ham shunga da’vat etaylik!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen: namoz o‘qingiz, zakot beringiz, ro‘za tutingiz va qo‘lga kiritgan o‘ljangizning byoshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, hantam, naqiyr va muzaffat (ichimlik tayyorlanadigan idishlar nomi)da ichimlik tayyorlab ichmoqni man’ qilurmen!» — deb aytdilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:57:10

99-bob. Qiyomatda odamlar otasining ismi birlan atalmog‘i haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomatda ahdiga vafo qilmagan (xoin) odam uchun (hamma uni ko‘rib, bilib qo‘ysin, degan maksadda xoinligini bildirib turadigan) bayroq tikib qo‘yilgay va: «Bu falon o‘g‘li falonning bayrog‘idir!» - deyilgay»,—dedilar».

Abdulloh ibn Dinor Ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomatda ahdiga vafo qilmagan (xoin) uchun bayroq tikib qo‘yilib: «Bu falon o‘g‘li falonning (xoinlik) bayrog‘idir!» — deyilgay» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:57:59

100-bob. «Qusgim kelyapti» deyilmasin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallollhu alayhi va sallam: «Birortangiz «Qusgim kelyapti» deb aytmangiz, «Ko‘nglim ayniyapti» deb aytingiz!» dedilar».

Abu Umoma ibn Sahl otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz «Qusgim kelyapti» deb aytmangiz, «Ko‘nglim ayniyapti» deb aytingiz!» dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:59:16

101-bob. Dahr (zamon, abadiyat, azaliyat)ni so‘kmangiz!

Abu Hurayra rivoyat qiladirlarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Odam bolasi dahrni so‘kg‘aydir, dahr ersa — men erurman, tun ham, kunduz ham mening ilgimdadir!»—deydi», — deb aytgan erkanlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzumni karm, dahrni ersa, ishonchsiz demangiz, chunkim Ollohning o‘zi dahrdir!» —deb aytdilar» («Karm» so‘zi uzum zangini anglatish birlan birga «saxovat» va «karam» degan ma’nolarga ham egadir. Shul boisdan bo‘lsa kerak «Uzumni karm demangiz»,—deydilar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 08:59:33

102-bob.

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Uzumni karm demangiz), chunkim karm mo‘minning qalbidir!» — dedilar (ya’nq, karmsaxovat mo‘minning yuragidir. Demak saxovatsiz odam mo‘min bo‘lmaydi, mo‘min ersa karmsaxovatsiz yashay olmaydi, chunkim saxovat uning yuragidir!). Janob Rasululloh: «Haqiqiy sharmanda bu dunyoda bor-yo‘g‘idan ajrab qolgan odam ermas, balki iymonu e’tiqodini boy berib qiyomatda Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgan odamdir!» va «Haqiqiy g‘olib — g‘azabi kelganda o‘zini bosa olgan odamdir!» —deb aytdilar. So‘ng, «Ollohning mulkidan boshqa mulk yo‘qdir!» — deyish birlan birga Ollohni yagona mulkdor deb tavsifladilar. Keyin, podshohlar haqida gapirayotib: «Podshohlar, agar biror qishloqqa kirsalar, uni xonavayron qilgaylar»,— deb ham aytdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Uzumni) karm deyishadi, vaholanki karm mo‘minning yuragidir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:00:07

103-bob. «Ota-onam senga fido bo‘lsin!»—degan kishi haqida

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’ddan boshqa biror kishiga ota-onam senga fido bo‘lsin, deb aytganlarini eshitmadim. Menimcha, Uhud jangida bo‘lsa kerak Janob Rasululloh Sa’dga: «Ota-onam senga fido bo‘lsin, ot, otsangchi!»—deb aytgan erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:00:22

104-bob. «Olloh taolo meni sizga fido qilsin!» — degan kishi haqida

Abu Bakr Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Ota-onalarimizni sizga fido qildik!» — deb aytganlar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilarki, u kishi birlan Abu Talha bir tuyada, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Safiyya ersa ikkinchi bir tuyada ketib bormoqda erdilar. Safiyya Janob Rasulullohning orqalarida erdi.Shunda tuya qoqinib ketib, Safiyya birlan payg‘ambarimiz yiqilib tushishdi. Abu Talha darhol o‘zini tuyadan tashlab, janobimizning qoshlariga yetib bordida: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo meni sizga fido qilsin, lat yemadingizmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, ammo ayolimning holidan xabar olg‘il!» —dedilar. Abu Talha Safiyya yotgan tomonga yugurib ketdi, borib o‘z kiyimini uning ustiga yopib qo‘ydi, Safiyya (o‘ziga kelgach) o‘rnidan turdi. So‘ng, Abu Talha tuya egar-jabdug‘ini yaxshilab bog‘lab qo‘ydi, Janob Rasululloh birlar Safiyya unga minib, yana yo‘lga ravona bo‘lishdi. Madinaga yaqin qolganda Janob Rasululloh: «(Kufrdan) qaytyapmiz, tavba qilyapmiz, rabbimizga ibodat qilib, shukr qilyapmiz»,— degan so‘zlarni takrorlay -boshladilar va shu so‘zlarni aytgan holda Madinaga kirib bordilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:01:13

105-bob. Olloh, azza va jallaga eng mahbub bo‘lgan ismlar haqida

Ibn al-Munkabir Jobirdan naql qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Biz: «Seni Abulqosim deb atay olmaymiz!»—dedik. Shunda u Janob Rasulullohga borib aytgan erdi, ul zot: «O’g‘lingga Abdurrahmon deb ism qo‘yg‘il!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:01:26

106-bob.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bolalaringizga ismimni qo‘yinglar, laqabimni qo‘ymanglar!» —deb aytganlar.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Shunda odamlar «Janob Rasulullohdan so‘ramagunimizcha, bolaning otasini Abulqosim deb atamaymiz»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Bolaga ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas!» — deb aytdilar».

Abu Hurayri rivoyat qilidilir: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Bolaga ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas!»—deb aytdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Oramizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rib, unga Qosim deb ism qo‘ydi. Odamlar: «Biz seni yuzxqtir qilib, Abulqosim deb atay olmaymiz»,— deyishdi. Shunda u Janob Rasulullohning huzurlariga « borib bu gapni aytib erdi, ul zot: «O’g‘lingga Abdurrahmon deb ism qo‘yg‘il!»—dedilar».

Qayd etilgan