Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495667 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 96 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:02:04

107-bob. Huzn (g‘am) degan ism xaqida

Ibn al-Musayyab otalaridan naql qiladirlarki, otalari Janob Rasulullohning huzurlariga borganlarida, ul zot: «Isming nedur?» —deb so‘rabdilar. Otalari: «Ismim Huzn (g‘am)»—debdilar. Janob Rasululloh: «Sening isming Sahl (ya’ni, odmonbo‘lsin!)» — deb aytibdilar.Otalari: «Otam qo‘ygan ismni o‘zgartira olmasman!» — debdilar».
Ibn al-Musayyab: «Shu-shu bo‘ldi-yu, boshimizdan g‘am arimay qoldi»,—- deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:02:18

108-bob. Ismni o‘zgartirib undan yaxshiroq ism qo‘ymoq haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Munzir ibn Abu Usaydni tug‘ilganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib kelishdi. Janob Rasululloh uni tizzalariga o‘tqizib qo‘ydilar. Bolaning otasi Abu Usayd ham o‘sha yerda erdi. Janob Rasululloh bir narsa birlan mashg‘ul bo‘lib, xayollari qochdi. Shunda Abu Usayd ishora qilib erdi bolani Janob Rasulullohning tizzalaridan ko‘tarib olib ketishdi. Janob Rasululloh o‘zlariga kelib: «Bolaqani?» — dedilar. Abu Usayd: «Yo Rasulalloh, (uyga) berib yubordik»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ismi nima?»-dedilar. Abu Usayd: «Ismi falon»,— dedi. Janob Rasululloh: «Va lekin uning ismi Munzirdir»,— dedilar. Shu kundan e’tiboran uning ismi Munzir bo‘lib qoldi».

Abu Rofi’ Abu Hurayradan naql qiladilar: «Zaynabning ismi aslida Varra (xudojo‘y, itoatkor) bo‘lgan. Dong taratsin, deb unga shu ismni qo‘yishgan erdi. Janob Rasululloh uning bu ismini Zaynab (xushmanzara va xushbo‘y daraxtning nomi) deb o‘zgartirdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:02:34

109-bob. Bolaga payg‘ambarlar ismini qo‘ymoq xususida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Ibrohimni o‘pdilar»,— deydilar.

Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abu Avfodam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘g‘illari Ibrohimni ko‘rganmisiz?» — deb so‘radim. U menga: «Go‘dakligida vafot etgan, basharti Janob Rasulullohdan keyin ham payg‘ambar bo‘lishi lozim bo‘lganda u yashagan bo‘lur erdi. Ammo, ul zotdan so‘ng payg‘ambar bo‘lmag‘aydir!» — dedi».

Adiy ibn Sobit bunday deydilar: «Barrodam eshitdimki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi. va sallam o‘g‘illari Ibrohim alayhissalom vafot etganida: «Jannatda uni emizib qo‘yyuvchi ayol bordir»,— degan erkanlar». Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Bolangizga) mening ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas, chunkim men qosimmantaqsimlovchiman), sizlarga (Olloh taolo nimaiki yo‘llasa, o‘shani) ulashaman»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:02:46

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Bolangizga) ismimni qo‘yinglar, laqabimni ermas. Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunkim shayton mening qiyofamga kirib ko‘rina olmaydi Kimki qasddan mening haqimda yolg‘on gaplarni aytsa, o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlayversin!» — dedilar».

Abu Muso (al-Ash’ariy) bunday deydilar: «Men o‘g‘il ko‘rganimda uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim, unga Ibrohim deb ism qo‘ydilar. Keyin, bir dona xurmoni olib, u birlan tanglayini ko‘tarib qo‘ydilarda, duo qilib qo‘limga qaytarib tutqazdilar». Bu Abu Musoning to‘ng‘ich o‘g‘li erdi».

Ziyod ibn Iloqa rivoyat qiladilar: «Mug‘yra ibn Shu’badan eshitdimki, Ibrohim (Janob Rasulullohning o‘g‘illari) vafot qilgan kuni quyosh tutilgan erkan».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:02:58

110-bob. Odamni go‘dakligida qo‘yilgan ismi birlan atamoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rak’atdan boshlarini ko‘targach: «Ey parvardigoro, Valid ibn Validga, Salama ibn Hishomga, Iyosh ibn Abu Rabi’aga va Makkadagi mo‘min g‘ariybu g‘urabolarga o‘zing najot berg‘il! Ey parvardigoro, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik (yillarini) yuborg‘il!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:03:08

111-bob. Do‘stini chaqirganda uning ismini chala aytgan kishi xususida

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Yo Abu Hur!» dedilar»,— deydilar.

Abu Salama ibn Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anho aytadirlarki, Janob Rasululloh «Yo Oisha, Hazrat Jabroil senga salom aytdilar, men ersam: «Sizga uning va sal U kitob ham Ollohning salomi va rahmati bo‘lsiya!»—deb aytdim», — debdilar». «Darhaqiqat,— deydilar Oisha onaniz,— Hazrat Jabroil bizni ko‘rib turadilar, biz ersak ul zotni ko‘rmaymiz».

Anas rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym (tuyaga o‘rnatilgan) kajavaga o‘ltirib olgan erdi, Janob Rasulullohning gulonlari Anjasha ersa tuyani haydab borardi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Anjasha, sekinroq hayda, shishalarni (ya’ni, tuya ustidagi ayolni} ehtiyot qil!» dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:03:56

112-bob. Hali (uylanib) bola ko‘rmagan gudakka laqab qo‘ymoq haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallalloh alayhi va sallam eng xushxulq odam erdilar. Mening Umayr ismli uham bo‘lib, u emadigan yoshdan o‘tgan erdi. Janob Rasululloh biznikiga kelganlarida unga: «Ey Abu Umayr, bu Abulcha ne qildi?»—der erdilar. Shunda u ham o‘yinchoq bu Abulchani o‘ynab o‘ltirgan bo‘lar erdi. Uyimizda bo‘lganlarida namoz vaqti bo‘lib qolsa, taglaridagi gilamchaga suv sepib supurishni buyurar erdilar, so‘ng namoz o‘qimoqda tutimganlarida biz orqalarida saf tortib turar erdik ul zot bizga imomlik qilib namoz o‘qir erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:04:13

113-bob. Garchi laqabi bo‘lsada. «Abu Turob» degan ana boshqa bir laqab olgan kishi xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu mahbub ismlar ichida o‘z ismlarini xush ko‘rsalarda, o‘zlarini Abu Turob deb chaqirishlarini ko‘proq yoqtirar erdilar. Chunkim, bu lakabni u kishiga Janob Rasulullohning o‘zlari qo‘ygan erdilar. Voqea bunday bo‘lgan erdi: bir kuni Hazrat Ali xotinlari bo‘lmish Fotimadan arazlab chiqib ketdilarda, masjidga borib deborga suyanib o‘ltirdilar. Janob Rasululloh u kishini izlab masjidga kirib keldilar, qarasalar deborga suyanib o‘ltiribdilar. orqalariga tufroq tekkan. Shunda Janob Rasululloh Hazrat Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqayotib: «Ultiraver, yo Abu Turob!» —dedilar» (Turob — tufroq demakdir).

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:04:26

114-bob. Olloh taolo yoqtirmaydirgan eng xunuk isimlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallai: «Qiyomat kuni Olloh taolo dargohidagi xunuk ism — kishining podshoxlar podshohi (shahanshoh) degan ismidir!» — dedilar. So‘fyon: «Olloh taolo dargohidagi eng xunuk ism kishining podshohlar podshohi (shahanshoq) degan ismidir» deb bir necha bor aytdilar. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:04:48

115-6ob. Mushrikning laqabi haqida.

Urva ibn az-Zubyir Usoma ibn Zayddan naql qiladilar: «Rasululloh sallyllohu alayhi va sallam duxoba to‘qim yonilgan bir eshakka Usomani mingashtirib olib Baniy Horis ibn al-Xazraj qabilasidagi Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. Bu voqea Badr urushidan ilgari bo‘lgan erdi Yo‘l-yo‘lakay bir majlis bo‘layotgan joyga kirib o‘tdilar Majlisda Abdulloh ibn Ubay ham bor bo‘lib, u hali islomga kirmagan erdi. Janob Rasululloh iajlis ahliga nazar tashlab, u yerda musulmonlar birlan butvarast mushriklar, yahudiylar borligini hamda ularning orasida Abdulloh ibn Ruvohaning han o‘ltirganini ko‘rdilar. Abdulloh ibn Ubay hayvon tuyog‘idan ko‘tarilayotgan chang-to‘zondan ridosi birla burnini to‘sib: «Hey, changitmangizlar!» dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (eshaklarini) to‘xtatdilarda, pastga tushdilar, so‘ng yig‘indagi nomusulmon kishilarni Oyaloh taolo yo‘liga da’vat etdilar va Qur’on tilovat qildilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul: «Ey falonchi, sening aytganingni qilolmayman, gar haq gapni aytayotgan ersangda, bizning majlisimizga xalal berma, yo‘lingdan qolma, bizdan birortamiz huzurinva borsa, ana o‘shanga rivoyat qil!» — dedi, Ibn Ruvoxa ersa: «Ye Rasulalloq, yig‘inimizga kelaverimgiz, biz shuni istagaydirnia!» —deb aytdi. Natijada kusulnoklar, mushriklar va yahudiylar o‘zaro janjallashib qoldilar. Janob Rasululloh ularni eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodaning uyiga ravona bo‘ldilar. Yetib borganlaridan so‘ng: «Ey Sa’d, sen Abu Hubob (ya’ni, Abdulloh ibn Ubay)ning aytgan so‘zlarini eshitdingmi?» dedilar Sa’d «Yo Rasulalloh, uni afv etingiz, Olloh taolo sizgl (payg‘ambarlikni) ato atmishdir, Abdulloh ibn Ubayni ersa, bu shaharning aholisi o‘ziga podshoh etioqni ixtiyor aylab boshiga toj kiydirmoq niyatida erdi. Sizga Olloh taolo yo‘llagan haqiqat (hidoyat) tufayli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham sizga o‘zingiz shohidi bo‘lganingizdek muomala bo‘ldi»,— dedi. Janob Rasululloh uning gunoxini kechirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zotning sahobalari mushriklar birlan ahli kitoblarni Olloh taoloning amriga binoan afv qilar va ular yetkazayotgan aziyatlarga sabr etar erdilar. Olloh taolo: «Ahli kitoblarga quloq solinglar...» va «Ahli kitoblar, orasida do‘stona kayfiyatdagi kishilar ko‘p...»—deydi.Janob Rasululloh Olloh taoloning yuqoridagi qavlini: Bu menga ularni afv qilmog‘imga berilgan ijozatdir»,— deb to‘g‘ri tushundilar. Janob Rasululloh Badrda g‘azot qilganlarida Olloh taolo kofirlarning pahlavonlaridan hamda Quraish zodagonlaridan ko‘nini halok qildi. Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalari bu urushda g‘alaba qozonib, ko‘plab o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar hamda kofirlarning bir qancha rahnamolari birlan Quraish zodagonlarini asir olib qaytdilar. Asirga olingan Ibn Ubay ibn Salul va uning butvarast mushrik sheriklari: Hammasi tugadi, endi boshqa qiladirgan ishimiz qolmadi»,— deyishdida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilib, islomga kirishdi».

Abdulloh ibn al-Haras ibn Navfal rivoyat qiladilar: «Abbos ibn Abdulmuttalib: «Yo Rasulalloh, Abu Tolibga biror nafingiz tegdimi, chunkim u sizni himoya qilib, mehribonlik ko‘rsatib turar erdi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, nafim tegdi, u hozir do‘zaxning eng sayoz joyida, aks holda eng chuqur yeriga tushgan bo‘lar erdi»,— dedilar».

Qayd etilgan