121-bob. Biror nirsadan ajablangan vaqtda takbir va tasbih aytmoq haqida
Ummu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyqudan uyg‘onib: «SubhonOlloh, Olloh taolo qanday rahmat xazinalarini va qanday azoblarni nozil qyldi erkan! Hujralarda g‘aflat bosib yotganlarni (ya’ni, o‘z xotinlarini nazarda tutyaptilar) kim namozga uyg‘otadi? Bu dunyoda kiyim kiyganlar oxiratda yalang‘ochdirlar!» — dedilar».
Ibn Abbos Hazrat Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q», dedilar, Men: «Ollohu akbar!» — dedim».
Ali ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Safiyya binti Huyay Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ul zotni masjidda e’tikofda o‘ltirganlarida ko‘rgani bordilar. Safiyya Janob Rasulullohning huzurlariga bir oz suhbatlashib o‘ltirganlaridan so‘ng, uyga Qaytish maksadida o‘rinlaridan turdilar Janob Rasululloh ham Safiyya birlan birga turib, masjidning eshigi oldigacha birga bordilar. Shunda ansorlardan ikki kishi o‘tib ketayotib, Janob Rasulullohga salom berishdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay,— dedilar (ya’ni «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, bu — mening xotinim» demoqchilar). Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: «SubhonOlloh» — deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Shayton insonning qon tomirlarida yurib vas-vasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vas-vasa qilib, xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim» dedilar».