13-bob. Uch bor salom bermoq va ruxsat so‘ramoq
Sumoma ibn Abdulloh Anas ibn Molikdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar sadoq bersalar, uch bor salom berar, biror gap aytsalar, uch bor takrorlar erdilar».
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Ansorlar majlislaridan birida erdik shu payt Abu Muso bir narsadan qo‘rqqandek kelib: «Hazrat Umardan huzurlariga kirmoqqa uch marta ruxsat so‘rab erdim, ruxsat bermadilar, ortimga qaytib ketdim»,— dedi. Men: «Ne sababdin bunday qildilar» — dedim. U: «Bilmadim, uch marta ruxsat so‘rasam xam ijozat bermadilar, so‘ng qaytib ketdim, chunki Janob Rasululloh: «Agar birortangiz uch bor izn so‘rasangizu, ijozat ololmasangiz, qaytib ketingiz!» — deb aytganlar»,— dedi. Men: «Olloh taolo haqi, bu ganingga isbot keltirmog‘ing lozim, birortangiz Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganmisiz?»,-dedim». Ubay ibn Ka’b bunday deydilar: «Ushanda men Abu Musoga: «Olloh taolo haqi, qavmning eng yoshi kichigigina sizning yeningizni ola oladi!» — dedimda, qavmning eng yoshi kichigi bo‘lganim uchun ham u kishining yonlarini olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqiqatap ham shunday, deb aytganlar, deb Hazrat Umarni xabardor qildim».