Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495510 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 96 B


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:50:47

18-bob. «Alaykassalom» deb alik olgan kishi xususida

Oisha: «Va alayhissalom va rahmatullohi va barako-tuhu!»—dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Maloikalar Odamga «Assalomu alayka va rahmatullohi!» —deb alik olishdi»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam masjidga kirib namoz uqidi. So’ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning bir chekkasida o’ltirgan erdilar. kelib salom berdi. Janob Rasululloh unga: «Va alaykassalom, borib boshqatdan namoz o’qig’il, chunkim sen namoz o’qimading!» — dedilar. U qayta namoz o’qigach, kelib Janob Rasulullohga salom bordi. Janob Rasululloh unga: «Va alaykassalom, borib boshqatdan namoz  o’qig’il, chunkim sen namoz o’qimading!» — dedilar. Janob Rasululloh ikkinchi yokim uchinchi bor qaytarganlarida boyagi kishi: «Yo Rasulalloh, menga o’rgating!» — dedi. Janob Rasululloh: «Namoz o’qimoqchi bo’lganingda avval yaxshilab tahorat olg’il, so’ng qiblaga yuzlanib takbir aytgil, keyin (Olloh taolo) senga neni Qur’ondan bilmoqni muyassar qilgon ersa, o’qig’il, so’ng astoydil ruku’ qilg’il, keyin astoydil qomatingni rostlag’il, so’ng astoydil sajda qilg’il, keyin astoydil boshingni sajdadin ko’tarib o’tirgil, so’ngra namozingning qolganini ham shu tariqa o’qib tugatg’il!» —dedilar».

Abu Usoma: «Janob Rasululloh namozning oxirgi harakati haqida «Keyin astoydil sajdadin boshingni ko’tarib qaddingni rostlagil» — degan bo’lishlari kerak»,—-deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Keymn astoydil sajdadii boshingni ko’tarib o’tirg’il» — deb aytganlar»,—deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:51:24

19-bob. Agar: «Falonchi senga salom aytyapti»,— desa...

Abu Salama ibn Abdurrahmon Oisha onamizdan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga (Oishaga) "Jabroil alayhissalom senga salom aytyaptilar»,— dedilar. Oisha: «Va alayhissalom va rahmatullohi»,— deb alik oldilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:52:16

20-bob. Musulmonlar birlan mushriklar aralash o’ltirgan majlisda salom bermoq haqida

(Bu yerda yuqoridagi 5-bob takroran keltirilgan)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:53:02

21-bob. Gunohkor odamga salom bermagan va hali tavbasi qabul bo’lmagan odamga alik olmagan kishi haqida hamda gunohkorning tavbasi qachongacha qabul qilinmasligi xususida

Abdulloh ibn Umar: «Ichkilik ichuvchilarga salom bermangiz!» — deganlar.   
Abdulloh ibn Ka’b Ka’b ibn Molikdan naql qiladilar:  «Ka’b ibn Molik Тabuk urushiga kechikib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga u birlan gaplashmog’imizni man’ qildilar. Ka’b Janab Rasulullohning qoshlariga kelib salom berdi. Shunda men ichimda: «Janob Rasululloh alik olib lablarini qimirlatdi-  larmikan, yo yo’qmi?»-deb qo’ydim. Ellik kecha (kunduz) dan so’ng Janob Rasululloh bomdod namozi vaqtida uning tavbasi Olloh taolo tomonidan qabul qilinganligini bizga ma’lum qildilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:53:52

22-bob. Ahluzzimma (zimmiylar)ning salomiga qanday alik olinadi?

Urva (ibn az-Zubayr) Oisha oiamizdan bunday deb eshitgan erkaplar «Birto’da yahudiylar Janob Rasulullohning huzurlariga kirib kelib: «Assomu alayka!» — deb aytishdi. Men ularning ganini darqol fahmlab: «Alayku-mus-somu val-la’na!» — dedim. Janob Rasululloh: «Oshiqmag’il, yo Oisha, Olloh taolo barcha ishlarda muloyimlikni xush ko’rg’aydir!»- — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning nima deganini eshitmadinshzmi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Va alaykum, deb aytdim-ku!» — dedilar» («Assomu alayka!»— «Senga o’lim!» degani).

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Basharti yahudiylar sizga salom bersa-yu, ulardan biri: «Assomu alayka!» — deb qolsa, sia ham: «Va alayka!» —deb alik olingiz!» — dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu aphu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ahl ul-kitob sizga salom bersa, «Va alaykum!" — deb alik olingiz!» — dedilar".


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:55:27

23-bob. Kimki birovning musulmonlar uchun ehtiyotlab qo’ygan maktubini ochib ko’rsa, albatta sharmisor bo’lg’ay!

Ali (ibn Abu Тolib) raziyallohu anhu bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni. Zubayr ibn Avvom va Abu Marsad al-G’anaviyni jo’natdilar, barchamiz otlik erdik. Janob Rasululloh bizga: «Yo’lga chiqingiz, Хox degan boqqa boringiz! U yerda bir mushrik xotin bor, uning qo’lida Hotib ibn Abu Baltva mushriklarga yo’llagan maktub mavjud»,—dedilar. Biz o’sha xotinga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgan joyda tuyasiga minib ketayetganda yetib oldik. «Хat qani?» — dedik. .U «Menda hech qanday xat yo’q»,— dedi. Shunda biz uning tuyasini cho’ktirib, yuklarini titib ko’rdik ammo xatni topolmadik. Sheriklarim «Хatni topolmadik— deyishdi. Men xotinga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam  rost aytganlar, men buni yaxshi bilurman. Olloh taolo haqi, ye xatni o’zing tonib berasanyoki seni yechintiri uraman!» —  dedim. Shunda u mening jiddiy ganirayotganimni bilib, qo’lini lozimining lipvasiga tiadida, xatni olib berdi. So’ng, biz xatni olib Janob Rasulullohning huzurlariga ravona bo’ldik. Janob Rasululloh xatni qo’llariga olgach, Qotibni chaqirtirib: «Ey Hotib, ne niyatda bunday qilding?»—dedilar. Hotib: «Olloh taolo va uning rasuliga iymonli bo’lmoqdin o’zga niyatim yo’q! Men (maktubni) o’zgartirmadim ham, almashtirib qo’ymadim ham. Faqat men bir narsani, u ham bo’lsa qavmda Olloh taolo inoyati birlan mening bola-chaqalarim va molu-dunyomni himoya qilib turg’uvchi bir madadkor shaxs bo’lmog’ini istadim, xolos. Axir, sizning sahobalaringizning ham u yerda bola-chaqalari-yu, molu-dunyosini Olloh taoloning inoyati birlan himoya qilib turg’uvchi madadkor kishilari bor-ku!» —dedi. Janob Rasululloh: «Rost aytdi, unga nxshi ganiringlar!»—dedilar. Umar ibn alХattob: «U Olloh taolo birlan uning rasuliga hamda mo’minlarga xiyonat qildi, ijozat bering, bo’ynini uzib tashlay!» — dedi. Janob Rasululloh: "Ey Umar, qayerdan bilasan, balkim Olloh taolo Badr ahlining holidan o’zi voqifdir?! Bilganingizni qilinglar, axir sizlar jannatisizlar-ku!» — dedilar. Shunda Hazrat Umar ko’zlariga yosh olib: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilg’aydir!)» —dedi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:55:56

24-bob. Ahl ul-kitoblarga maktub qanday bitiladi?

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Abu Sufyon ibn Harb menga aytdiki, Shomda savdogarlik qilib turganlarida Hirakl bir nafar qurayshliklar birlan birga uni o’z huzuriga chorlabdi. Suhbatdan so’ng, Hirakl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning maktublarini keltirishni buyuribdida, uni ochib o’qibdi. Maktubda: «Bismillohir rahmonir rahiymi, Ollohning bandasi va zlchisi bo’lmish Muhammaddan Rum podshohi Hiraklga. Hidoyat yo’liga yurganlarga salom! Ammo ba’d... (endi maksadga o’taylik...)» — deb yozilgan erkan».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:57:50

25-bob. Maktubni kimning nomidan boshlab bitmoq lozim?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Isroilga mansub bir kishining yog’ochni o’yib ichiga ming dinor pul birlan o’zidan o’rtogigaCh bitilgan xatni ham solib qo’ygani haqida ganirgan erdilar».

Umar ibn Abu Salamaning otalari Abu Hurayradan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Bir odam) yog’ochni o’yib, ichiga pulini joylashtirdida, «Falonchidan pistonchiga» deb xat ham yozib qo’ydi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:58:30

26-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Boshlig’ingiz kelganda o’rningizdan turingiz!» — deganlari haqida

Abu Sa’id bunday degan erkanlar: «Qurayza ahli Sa’dning hukmiga bo’ysundi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sa’dni chaqirtirdilar, u kelgach, Qurayza ahliga: «Boshligingizni izzat qilib o’rningizdan turingiz!  — dedilar («Yaxshingizni» — deb aytgan bo’lishlari ham mum-kin). Sa’d Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yonlariga kelib o’ltirdi. Janob Rasululloh unga: «Bular sening hukmingga itoat etishdi»,— dedilar. Sa’d: «Men ularning jangchilarini o’ldirib, bola-chaqalarini asir olmoqni buyuraman!»— dedi. Janob Rasululloh: «Sei malik (yokim malak} singari hukm qilding!» — dedilar» (malik — Olloh taolo, malak —Hazrat Jabroildir, deb sharxdashadi).

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 00:59:30

27-bob. Qo’l berib so’rashmoq haqida

Ibn Mas’ud: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kaftimni ikki kaftlari orasiga oyaib turib menga tashahhudni o’rgatdilar»,— deydilar.

Ka’b ibn Molik: «Masjidga kirsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’sha yerda erkanlar. Birdan Тalha ibn Ubaydulloh o’rnidan turib oldimga yugurib keldida, qo’l berib so’rashib, meni tabrikladi»,— deydilar.

Qatoda buiday deydilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari o’rtasmda qo’l berib so’rashmoQ odati bor erdimi?» — deb so’radim. U: ona» — deb javob berdi».

Abdulloh ibn Hishom: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik.
Shunda Janob Rasululloh mar ibn al-Хattobning qo’lini ushlab turgan erdilar»,—
 deidilar.

Qayd etilgan