Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495870 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 96 B


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 01:00:07

28-bob. Ikki qo’llab so’rashmoq haqida

Hammod ibn Zayd Ibn al-Muborak birlan ikki qo’llab so’rashdi.

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kaftimni ikki kaftlari orasiga olib turib menga Qur’ondan sura o’rgatgandek tashahhudni o’rgatdilar («Attahiyyotu lillohi vassalavotu vattay-yibot, assalomu alayka ayyuhannabiyyu va rahmatullohi va barakotux. Assalomu alayno va alo ibodillohis-solihiyn, ashhadu allo iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»). O’shanda Janob Rasululloh barhpt erdilar, biz ul zotga vafot etganlaridan so’ng «As-sgi-om» deydirgan bo’ldik (ya’ni, tashaxdud o’qiyotganda)».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 01:00:53

29-bob, Quchoqlashib so’rashmoq va «Yaxshi yotib turdingizmi?» — deb aytmoq haqida

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Ali, ya’ni Ibn Abu Тolib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafot etmaslaridan burungi kasalliklari vaqtida huzurlariga kirib chikdi. Odamlar unga: «Yo Abu Hasan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yaxshi yotib turdilarmi?» — deyishdi. Ali: «Alhamdu lilloh., tuzalib qoldilar»,— dedi. Abbos uning qo’lidan ushlab: «Sen ul zotning yuzlaridagi o’lim alomatini sezmadingmi? Olloh taolo haqi, sen uch kundan so’ng asoning quli bo’lib, o’zganiig amriga itoat etg’aysen. Men mana shu dard Janob Rasulullohni olib ketsa kerak deb o’ylayman, chunkim Abdulmuttalib zurriyotining yuzida o’lim sharvasini ko’rib turibman. Bizni Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib borg’il, so’raylikchi, o’z o’rinlariga kimni ta’yin qilar erkanlar?! Basharti, bizni ta’yin qilmoqchi ersalar, buni bizga ma’lum qilsinlar, mabodo bizdan boshqani ta’yinlamoqchi bo’lsalar, maslahatlashaylik biyga vasiyat qilsinlar»,— dedi. Ali: «Olloh taolo haqi, agar biz Janob Rasulullohdan xalifalik haqida so’rasak buni bizga man’ qiladilar, (boshqa) odamlarga ham ruxsat bermaydilar. Men bu haqda Janob Rasulullohdan aslo so’ramasmen!» — dedi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 01:01:59

30-bob. Labbayka va sa’dayka, deb javob bergan kishi haqida

Maoz ibi Jabal rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulovlariga mingashib ketayotgan erdim. Janob Rasululloh: «Yo Maoz!» — dedilar. «Labbayka va sa’dayka!» («Labbay, xizmatingizga tay- 4 yormen!») — dedim. So’ng, yana uch bor shunday deb murojvat qildilarda, menga: «Olloh taoloning o’z bandalarida qanday haqi borligini bilurmisen?» — dedilar. Men: «Yo’q»,— dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning o’z bandalaridagi haqi — bandalarning Olloh taologa toat-ibodYat qilmoqlari hamda unga hech narsani shirk keltirmasliklari lozimligidir»,—- dedilar. Shundan so’ng, yana bir soatcha yurib: «Yo Maoz!» — dedilar. Men: "Labbayka va sa’dayka!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taolodash haqi nima erkanligin bilurmisen? Agar bandalar boyagi shartlarni ado etsalar, Olloh taoloning ularga azob bermasligi lozimligidir»,— dedmlar».

Abu Zarr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xufton vaqtida Madinaning toshloq yerida ketayotgan erdim. Oldimizda Uhud togi ko’rindi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Abu Zarr, mening Uhud tog’idek tillam bo’lmog’ini hamda bir yokim uch kecha bo’lsada, uning bir dimorining ham menda qolmog’ini istamas erdim. Faqat qarzimga to’lamog’imga yetarlisini olib qolib, qolgakini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilmb sarflagan bo’lar erdim»,— dedilarda, qo’llari birlan ishora qildilar. So’ng, menga: «Yo Abu Zarr!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Ryasulalloh, xizmatingizga tayyormen!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bu   dunyoda boyliv to’plaganlar oxiratda savobdan mahrum  bo’lg’aylar, boyligini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilib sarflaganlar bundan mustasnodir»,— dedilar. So’ng, menga: «Qaytib kelgunimcha jo-yingdan jilma, yo Abu Zarr!» — deb ko’zdan g’oib bo’ldilar. Birozdan keyin g’alati bir tovushni eshitib, Janob Rasulullohga bir narsa bo’lmadimikan, deb xavotir oldim. Oldilariga bormoqchi bo’ldimu, ammo sJoyingdan jilma!» deganlari yodimga tushib, bormadim. Janob Rasululloh qaytib kelganlaridan so’ng: «Yo Rasulalloh, bir tovushni eshitib, sizga bir nima bo’lmadimikan, deb xavotir oldim, ortnngizdan bormoqchi erdim, biroq aytgan ganingsh yodimga tushib, joyimdan qimirlamadim»,— dedim. Janob Rasu-lulloq: «Bu — Jabroil alayhissalom erdilar, ummatlarimdan kimki Olloh taologa hech larsani shirk keltirmay o’lsa, jannatga kirmog’i haqida menga xabar keltirdilar»,—   dedilar. Men: «Yo Rasulalloq, zino va o’g’rilik qilgai bo’lsa S hammi?» — dedim. Janob Rasululloh,: «Zino sh o’g’rilik  : qilgan bo’lsaham!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 01:02:44

31-bob. Bir odam ikkinchi odamni o’ltirgan joyidan turg’izib yubormakligi lozim!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam ikkinchi odamni turg’izib oborib, o’rniga o’zi o’tirib olmasligi lozim!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:36:35

32-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizga ko‘pchilik o‘ltirgan yerda: «Nariroq surilib joy beringiz!» — deyilsa, joy beringiz, Olloh ham sizga joy bergay! Agar sizga: «O’rningizdan turingiz!» — deyilsa, o‘rningizdan turingiz!»

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir odamning boshqa bir odamni turg‘izib yuborib, o‘rniga o‘zi o‘ltirib olmog‘ini man’ qildilar. «Ammo: «Nariroq surilib joy beringiz va biroz siqilishibroq o‘ltiringiz»,— denglar!» — dedilar Janob Rasululloh». Ibn Umar bir odam o‘rnidan turib joy bersa, unga borib o‘ltirmoqni yoqtirmas erdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:36:50

33-bob. Sahobalaridan ijozat so‘ramay o‘ltirgan o‘rnidan yokim uyidan turib chiqib ketgan yoqud odamlar chiqib ketsaydi, degan o‘y bilan o‘rnidan turmoqqa chog‘langan kishi haqida

(Bu yerda 30-bobdagi hadis takroran keltqrilgan).

34-bob. Tizzasini quchoqlab o‘ltirmoq haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ka’ba hovlisida mana bunday qilib tiazalarini quchoqlab o‘ltirganlarini ko‘rdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:01

35-bob. Sahobalari oldida yonboshlab yotgan kishi haqida

Xabbob rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelsam, yonboshlab yotgan erkanlar. «Olloh taologa iltijo qilib, mening haqimga duo qilmaysizmi?» —deb erdim, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarga eng katta gunohi azimlar haqida aytaymi?» — dedilar. Ular: «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: "Olloh taologa shirk keltirmoq va ota-onaga oqlik qilmoq (itoat qilmaslik)»,— dedilar». 
 
Musaddad rivoyat qiladilar: «Bashir bizga yuqoridagi hadisga o‘xshash quyidagi hadisni aytdi: «Janob Rasululloh yonboshlab yotgan erdilar, so‘ng o‘rnilaridan turib o‘tirdilarda «G’iybat qilmoq ham gunohi azimlardandir» — deb Ha deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Sukut qilsalar erdi!»— dedik».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:12

36-bob. Biror hojat tufayli yokim biror maqsadni ko‘zlab qadamini tezlashtirmoq xususida

Uqba ibn Haras: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrni o‘qib bo‘lgach, shoshib {tez yurib) uyga kirib ketdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:25

37-bob. Chorpoya haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chorpoyaning o‘rtasiga qarab namoz o‘qir erdilar. men ersam ul zot birlan qibla oralig‘ida (chorpoyada) yonboshlab yotar erdim. Shunda o‘rnimdan turib hojatga chiqmoqni makruh hisoblab, chorpoyadan sekingina sirg‘alib tushib ketar erdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:38

38-bob. Janob Rasulullohga to‘shak solgan kishi haqida

Abu Qiloba rivoyat qiladilar: «Otang Zayd birlan birga,— dedilar Abulmulayh,— Abdulloh ibn Amrning huzuriga kirib erdik u bizga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening qanday ro‘za tutmog‘imdan xabar topib oldimga kirdilar»,— dedi. «Men Janob Rasulullohga to‘shak solib erdim,— deb gapida davom etdi Abdulloh ibn Amr,— yerga o‘ltirdilar, to‘shak ersa ikkalamizning o‘rtamizda qoldi. Janob Rasululloh: «Senga har oyda uch kun ro‘za tutmoq kifoya qilmag‘aymi?» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bu ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,—dedim. «Bo‘lmasa, yetti kun»,— dedilar. Men «Bu ham ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa, to‘qkiz kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,— dedim. «Bo‘lmasa o‘n kun»,— dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,— dedim. Shunda ul zot: «Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ul yarim umrga tengdir. Bir kun ro‘za tutgil, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin!» — dedilar».  Ibrohim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Alqama Shomga kelgach, masjidga borib ikki rak’at namoz o‘qidi,  so‘ng: «Yo parvardigoro, menga bir hamnishin do‘st ato qilg‘il!»— deb iltijo qildida, Abuddardo’ning yoniga ( borib o‘ltirdi. Keyin, undan: «Qaerliksan?» — deb so‘radi.  Abuddardo’: «Kufalikman»,— dedi. Alqama: «Hech kim bilmaydirgan sirdan voqif kishi, ya’ni Huzayfa sizlarda ermasmi?! Yokim. Olloh taolo o‘z rasuli orqali shaytonnint domidan qutqarib qolgan kishi, ya’ni Ammor sizlarda ermasmi yokim. to‘g‘rirog‘i bo‘lgan ermasmi?! Yokim, Janob Rasulullohning misvoklari birlan yostiqlarini ko‘tarib yuradirgan kishi, ya’ni Ibn Mas’ud sizlarda ermasmi?! Abdulloh (ibn Mas’ud) «Val-layli izo yag‘sho» ni qanday qiroat qilar erdi!» —dedi. Abuddardo’: «Vaz-Zakari valunso» nichi! Men talay vaqtgacha uning bularni to‘g‘ri qiroat qilayotganiga shubhalanib yurardim, ammo Janob Rasulullohdan eshitganimdan so‘ng qanoat hosil qildim».— dedi».

Qayd etilgan