Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496027 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:48

39-bob. Jum’a namozidan keyingi qaylula haqida

Sahl ibn Sa’d: Biz jum’a namozidan so‘ng qaylula hamda tushlik qilar erdik»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:37:59

40-6o6. Masjidda qaylula qilmoq xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali uchun Abu Turob» degan ism (laqab)dan  ko‘ra yaxshiroq ism yo‘q erdi. Agar uni shu ism birlan atab chaqirsalar, juda xursand bo‘lib ketar erdi. (Unga «Abu Turob» degan laqabning qo‘yilish tarixi quyidagicha): bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani ko‘rgani kelib, kuyovlari bo‘lmish Hazrat Alini uyidan topmadilar. Fotimaga: «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — dedilar. U: «Oramizdan bir gap o‘tib erdi. Mendan arazlab chiqib ketdilar, uyda tunaganlari ham yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh bir kishiga uni izlab topmoqni amr qildilar. U qaytib kelib: «Yo Rasulalloh, Hazrat Ali masjidda erkanlar»,— dedi. Janob Rasululloh masjidga borib erdilar, Hazrat Ali yonboshlab yotgan erkanlar, ridolari yelkalaridan tushib ketgan. hammayoqlari tufroq. Janob Rasululloh tufroqni qoqib tashlayotib: «Yo Abu Turob, turg‘il o‘rningdan, yo Abu Turob, turg‘il O’rningdan!» — dedilar» («Abu Turob»— «Hammayog‘i tufroq»).

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:38:15

41-bob. Bir qavmni ko‘rgani borib, o‘sha yerda qaylula qilgan kishi haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Ummu Sulaym Janob Rasulullohga valos to‘shab berar, ul zot qaylula qilar erdilar. Janob Rasululloh uxlab qolsalar, u kishining kokillari va sochlaridan olib xushbo‘yliklarga qo‘shib bir shisha  idishga solib qo‘yar erdi».

Anas ibn Molik vafoti oldidan: «Jasadimga o‘sha xushbo‘ylikdan sepinglar!»— deb vasiyat qildi, keyin unga o‘sha xushbo‘ylikdan sepdilar»,— deydilar Sumoma raziyallohu anhu.

Abdulloh ibn Abu Talza Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qubo’ga (Hijozda) borsalar, Ummu Harom binti Milhonning uyiga kirar erdilar, u mehmon qilar erdi. Bu ayol Ibn Somitning xotini bo‘lib, bir kuni Janob Rasululloh uning uyiga kirib keldilar, u odatdagidek mehmon qildi. Keyin, ul zot uxlab qoldilar, so‘ng uyg‘onib kulib qo‘ydilar. Shunda ayol: «Yo Rasulalloh, kulgingizning boisi nedir?.» — dedi. Janob Rasululloh «Bir guruh ummatlarimning Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq uchun kemaga chiqib olib taxtda o‘ltirgan podshoxlardek («Yokim podshahlar kabi»,— deydi Ishoq) dengizda suzib ketayotganlari xobimda menga ayon qilindi»,— dedilar. Ayol: «Duo qiling, men ham o‘shalar jumlasidan bo‘layin!» — dedi. Janob Rasululloh duo qildilarda, boshlarini yostiqqa qo‘yib, uxlab qoldilar. Keyin, uyg‘onib yana kulib qo‘ydilar. Ayol: «Yo Rasulalloh, ne boisdin kulayotirsiz!» — dedi. Janob Rasululloh yana: «Bir guruh ummatlarimning Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilmoq uchun kemaga chiqib olib taxt uzra o‘ltirgan podshoxlardek (ekim podshohlar kabi) dengizda suzib ketayotganlari xobimda menga ayon qilindi»,—dedilar. Ayol: «Duo qiling, men ham o‘shalar jumlasidan bo‘layin!" — dedi. Janob Rasululloh: «Sen birinchi bo‘lib g‘azot qilg‘uvchilardansen!» — dedilar. Keyin, o‘sha ayol Muoviya zamonida kemaga chiqib g‘azatga bordi va quruqlikka tushgach, tuyasidan yiqilib halok bo‘ldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:38:31

42-6ob. Qanday xohlasa, shunday o‘ltirmoq haqida

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ko‘rinishda kiyinmoqni va ikki tarzda savdo-sotiq (mulomasa sh munobaza) qilmoqni man’ qildilar. Ikki ko‘rinishda kiyinmoq— bu (ko‘ylak kiymagan holda) bir yelkasini mato birlan o‘rab. Ikkinchi yelkasini ochib yurmoqlik hamda birgina ko‘ylakda avratini ochib o‘ltirmoqlikdir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:38:52

43-bob. Yuragidagi sirni ko‘pchilikka eshittirmay, astagina birovga aytgan odam haqida hamda do‘stining sirini u vafot etgandan keyingina oshkor qilgan shaxs xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz — Janob Rasulullohning barcha jufti halollari ul zotning huzurida erdik birortamiz ham tashqarida ermas erdik. Shul vaqt Fotima alayhossalom kelib qoldi. Olloh taolo haqi, uning qadam tashlashi birlan Janob Rasulullohning qadam tashlashlari shu qadar o‘xshash erdiki, sira farqlab bo‘lmas erdi! Janob Rasululloh uni ko‘rgach: «Marhabo, ey qizim!  — deb olqishlab qarshiladilar. So‘ng, o‘ng yokim chap yonlariga o‘tqazib, unga ohista bir sir aytib erdilar, u ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Janob Rasululloh uning qayg‘uga tushib qolganini ko‘rib, yana bir gap aytdilar. Bu safar u kulib yubordi. Shunda men unga: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng sirdosh xotinlariman ul zot biz — xotinlariga aytmagan sirni senga aytdilar, sen yig‘lab yubording»,— dedim. So‘ng, Janob Rasululloh turib chiqib ketganlaridan keyin: «Senga qanday sir aytdilar?» — deb so‘radim. Fotima: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sirlarini oshkor qilmoqni Istamayman!» — dedi. Janob Rasululloh vafot qilganlaridan keyin men unga: «Senga haddim siqqani uchun yana o‘sha gapni so‘ramoqqa jazm qildim»,—dedim. «Mayli, endi aytaman,— dedi Fotima,— Janob Rasululloh dastlab: «Hazrat Jabroil menga Qur’onni har yili bir marta vahiy qilar erdilar, endi bo‘lsa yiliga ikki marta vahiy qilmoqdalar. Shu boisdan Ham ajalim yaqinlashgan, deb o‘ylayman. Olloh taolodan taqvo qilgil, sabru toqatli bo‘lg‘il, mening senga oldindan aytadirgan eng yaxshi nasihatim shudir!»—degan erdilar, shunda men o‘zingiz ko‘rganingizdek yig‘lab yuborgan erdim. Keyin ersa, mening xafa bo‘lib qolganimki ko‘rib: «Yo Fotima, mo‘mina ayollarning sayyidasi yokim mana shu ummat ayollarining sayyidasi bo‘lmoqni istaysanmi?» — deb aytgan erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:02

44-bo6. Chalqancha yotmoq haqida

Abbos ibn Tamim amakilaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda chalqancha oyoqlarini chalishtirib yotganlarini ko‘rdim»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:13

45-bob. Uch kishi bor joyda ikki kishi uchinchi kishidan berkitiqcha o‘zaro suqbatlashmasligi lozim!

Olloh taoloning qavli («Al-Mujodala» surasi): «Yo ayyuhal-laziyna omanuu, izo tanojaytum falo tatano-juu bil-ismi valudvoni va ma’siyatir-rasuuli va tanojuu bil-birri vattaqvo vattaquul-loqallaziy ilayhi tuhsha-ruun, innamon-najvo minash-shaytoni li-yahzunallaziyna omanuu va laysa bi-dorrihim shay’an illo bi-iznillohi va alallohi fal-yatavakkalil-mu’minuuna». Mazmuni: «Ey mo‘minlar, qachon o‘zaro maxfiy so‘zlashsangizlar, gunoh va xaddan oshmoq va payg‘ambarga itoatsizlik xususida maxfiy so‘zlashmanglar, balkim yaxshilik va taqvo xususida maxfiy so‘zlashingizlar, o‘zingiz huzuriga yig‘iladirgan Ollohdin ko‘rqingizlar! Darhaqiqat, maxfiy so‘zlashmoq mo‘minlarni xafa qilmoq uchun shaytondin sodir bo‘ladirgan qilmishdir Ammo u mo‘minlarga Ollohning iznisiz hech qanday zarar yetkaza olmas, mo‘minlar Ollohga tavakkal qilsinlar!» Olloh taoloning qavli («Al-Mujodala» surasi) «Yo ayyuhal-laziyna omanuu, izo nojaytumur-rasuula, fa-qaddimuu bayna yaday najvokum sadaqatan, zolika xayrun lakum va atharu, fa-in lam tajiduu, fa-innal-loxi gafuurun rahiymun, a ashfaqtum an tuqaddimuu bayn yaday najvokum sadaqotin, fa-iz lam taf’aluu va tobal lohu alaykum, fa-aqiymuussalota va otuuz-zakota va atiy’uulloha va rasuulah, vallohu xabiyrun bi-mo ta’maluun». Mazmuni: «Ey mo‘minlar, qachon sizlar payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga maxfiy so‘z qilmoqchi bo‘lsangizlar, maxfiy so‘zlaringizdin avval sadaqa beringlar, bu narsa sizlar uchun yaxshiroq va pokizaroqdur, va agar (sadaqa qilmakka biror narsa) topmasangizlar, ul holda Olloh mag‘firatli mehribon. Basharti, maxfiy so‘zlaringizdin avval (molingizga) achinib sadaqa bera olmagan bo‘lsangizlaru, Olloh sizlarning bu qilmishingizni afv etsa, u holda namoz o‘qib, zakot beringizlar, Olloh va uning rasuliga itoat qilinglar, Olloh hamma ishlaringizdan xabardordir!»

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uch kishi bor joyda ikki kishi uchinchi kishidan berkitiqcha o‘zaro suhbatlashmasin!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:22

46-bob, Sir saqlamoq haqida

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va salam  menga bir sir aytib erdilar, uni hech kimga qilmadim, hatto Umnu Sulaym so‘raganda ham aytmadim»,—deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:35

47-bob. Uch kishidan ko‘p odam bor joyda ikki kishining berkntiqcha o‘zaro suhbatlashmog‘i mumkin!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qgiadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar uch kishi turgan bo‘lsangiz, uchinchi odamni ham suhbatingizga jalb qilmaguningizcha, ikkingiz o‘zaro xufiya suhbatlashmangiz, basharti shunday qilmasangiz, suhbatingizdan chetda qolgan odam xavotir olib, xafa bo‘lib qolg‘aydir!»—dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: "Bir kuni Janob Rasululloh o‘ljalarni taqsimladilar. Shunda odamlardan biri: «Adolat birlan taqsim qilinmadi!» — deb nolidi. Men:Olloh taolo haqi, bu gapni Janob Rasulullohga yetkazgumdir!» — dedimda, yo‘lga ravona bo‘ldim. Borsam, Janob Rasululloh bir guruh odamlar davrasida o‘ltirgan erkanlar, sekingina quloqlariga aytdim. Shunda Janob Rasululloh nihoyatda g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketdi. So‘ng: «Olloh taolo rahmat qilsin Musoni, ul kishiga bundan ham ko‘proq ozor berishganda sabr qilgan erdilar!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:44

48-bob. Uzundan-uzoq xufiya gap haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Namozga takbir aytildi, shu payt bir odam Janob Rasulullohga uzundan-uzoq qandaydir xufiya gapni ayta boshladi, hatto sahobalar uxlab qolishdi. Janob Rasululloh uning gapi tugagach, turib namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan