1-bob. Eng afzal istig‘for haqida
Olloh taoloning qavli («Nuh» surasi): «Istag‘firuu rabbakum, innahu kona g‘afforan yursilissamoa alaykum midrorin va yumdidkum bi-amvolin va baniyna va yaj’al-lakum jannotin va yaj’al-lakum anhoran». Mazmuni: Mag‘firat talab qilinglar rabbingizdan, albatta ul mag‘firat qilg‘uvchidir, yuborur osmondan sizlarga paydarpay yog‘inni va madad berur sizlarga mollar va o‘g‘illar ila va ato qilur sizlarga bog‘larni va oqizib berur sizlarga daryolarni».
Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi) «Vallaziyna izo fa’aluu fohishatan av zalamuu anfusahum zakaruulloha fastag‘faruu li-zunuubihim va man yag‘firuz-zunuuba illa-llohu va lam yusirruu alo mo fa’aluu va hum ya’lamuuna». Mazmuni: «Va ul odamlarki, qachon biror gunohi fahsh qilsalar yokim o‘zlariga o‘zlari zulm etsalar, Olloh taoloni yod etib, undan gunohlarini mag‘firat qilmoqni so‘rarlar. Gunohlarni Olloh taolodin boshqa kim mag‘firat etgay?! Ular (ilgarigi) qilmishlarining (gunoh zrkanligii) bilib turib, endi bunday qilmaydilar».
Shaddod ibn Avs raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat qiladilar: «Ul zot bunday dedilar: «Istig‘forning sayyidi (zo‘ri)—«Ollohumma anta rabbiy, lo iloha illo anta xalaqtaniy va ano abduka va ano alo ahdika va va’dika, mostata’tu a’uuzu bika min sharrin mo sana’tu, abuu’u laka bini’matika alayya va abuu’u bi-zanbiy fag‘fir liy fa-innahu lo yag‘firu-z-zunuuba illo anta». Mazmuni: Yo parvardigoro, sen rabbimdursen, meni o‘zing yaratgandursen, men sening bandangdurmen, men senga bergan ahdu va’damda turibdurmen. (Ammo) qilib ko‘ygan gunoh ishlarim yomonligidin (o‘z vaqtida) sendin panox tilay olmadim. Menga ato etgan ne’matlaringni e’tirof qilib, senga shukronalar ayturman va gunohlarimni tan olurmen. Meni mag‘firat qilg‘il, sendan bo‘lak gunohlarni mag‘firat qilg‘uvchi zot yo‘qdir!" Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Kimki kunduzi ixlos qilib shunday desa-yu, kech kirguncha vafot etib qolsa jannat ahlidan bo‘lg‘ay va kimki tunda ixlos qilib shunday desa-yu, tong otguncha vafot etib qolsa, u ham jannat ahlidan bulg‘ay».