9-bob. Kechasi uyg‘onganda o‘qiladirgan duo haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolam Maymunanikida tunab qoldim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib qazoi hojatga chiqdilar, so‘ng kelib yuz-qo‘llarini yuvib uyquga yotdilar. Keyin, turib meshning og‘zini yechdilarda, yengilgina tahorat olib namoz o‘qiy boshladilar. Men ham o‘rnimdan turdimda, ko‘rib kolmasinlar deb biqinib borib tahorat oldim. So‘ng, chap yonlariga kelib turgan erdim, qulog‘imdan ushlab o‘ng yonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Janob Rasululloh o‘n uch rak’at o‘qib namozni tugatdilar, keyin yonboshlab uxlab qoldilar, hatto xurrak ham otdilar, ul zot uxlasalar, odatda xurrak otar erdilar. So‘ng, Bilol namozga azon aytib erdilar, tahorat olmay namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh duo o‘qib, bunday derdilar: «Ollohumma-j’al fi qalbiy nuran va fi basariy nuran va fi sam’iy nuran va an yamiyniy nuran va an yasoriy nuran va favqiy nuran va tahtiy nuran va amomiy nuran va xalfiy nuran va-j’al liy nuran». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, qalbimni munavvar qilg‘il, ko‘zu quloqlarimga nur ato qilgil, o‘ngu so‘limni, tepai pastimni oldu ortimni hamda o‘zimni ham nurafshon qilg‘il!».
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda uyg‘onsalar, tahajjud qilib: «Ollohumma lakal-hamdu, anta nuru-ssamavoti val-arzi va mak fiyqinna va laka-l-hamdu, anta qayyimu-ssamavoti va-l-arzi va man fiyhinna va laka-l-hamdu, anta-l-haqqu va va’duka haqqun va qavluka haqqun va likouka haqqun « va-l-jannatu haqqun va-n-noru haqqun va-s-so’atu haqqun van~nabiyyuuna haqqun va Muhammadun haqqun, Ollohumma laka aslamtu va alayka tavakkaltu va bika omantu va ilayka, anabtu va bika xosamtu va ilayka hohamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartu va mo a’lantu, anta-l-muqaddamu va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta av lo iloha g‘ayruka»,— deb duo o‘qir erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, jamiki maqtovlar senga xosdir! Yeru osmonlar va undagi borlikning yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va undagi borlikning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen haqdirsen, va’dang ham haqdir, so‘zing ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir, jannat ham haqdir, do‘zax ham haqdir, qiyomat ham haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad ham haqdir. Yo parvardigoro, senga bo‘ysundim va senga tavakkal qildim, senga iymon keltirdim va dildan senga tavba qildim, seni deb (dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu yagonadirsen, sendan bo‘lak iloh yo‘qdir!».