Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495634 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:51:12

25-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘z xizmatkorlarini «Umring uzoq bo‘lsin, boy-badavlat bo‘lg‘il!» deb duo qilganlari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Mening onam: Yo Rasulalloh, Anas sizga xizmat qilg‘ay, uning sha’niga duo qiling!» — deb erdilar, Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni boy-badavlat va serfarzand qilg‘aysen. Unga ato etadirgan ne’matlaringga baraka berg‘aysen!» — deb duo qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:51:25

26-bob. G‘am-qayg‘u vaqtida qilinadirgan duo haqida

Muslim ibn Ibrohim Ibn Abbosdai naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘am-qayg‘u vaqtida: «Lo iloha illallohu-l-aziymu-l-haliymu, lo iloha illallohu rabbu-ssamavoti va-l-arzi va rabbu-l-ar-shi-l-aziymi» — der erdilar». Duoning mazmuni: «Buyuk va sabr-toqatli bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, yeru osmonlar hamda buyuk arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir!».

Musaddan Ibn Abbosdan naql qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘am-qayg‘u vaqtida: «Lo iloha illallohu-l-aziymu-l-haliymu, lo iloha illallohu rab-bu-l-arshi-l-aziymi, lo iloha illallohu rabbu-ssamavoti va rabbu-l-arzi va rabbu-l-arshi-l-kariymi», der erdilar». Duoning mazmuni: "Buyuk va sabr-toqatli bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, buyuk arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri yo‘qdir, osmonlar sohibi, yer sohibi hamda saxovatli arsh sohibi bo‘lmish Ollohdin bo‘lak tangri mashaqqatidan panoh ber.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:51:44

27-bob. Balolar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam balolar mashaqqatidan, boshga baxtsizlik tushmog‘idan, yomon o‘lim topmoqdan va dushmanlar ichiqoraligidan panoh tilar erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:52:15

28-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ar-rafiyq al-a’lo!» deb duo qilganlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sog‘ vaqtlarida: «Hech bir payg‘ambarning joni, uning jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, bilinmag‘aydir, unga shunday imkoniyat berilg‘aydir»,— der erdilar. Dard kelgach, boshlari tizzam ustida erdi, bir soatcha behush bo‘lib yotdilar, so‘ng o‘zlariga kelib, shiftga tiqilgancha: «Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo! («Parvardigoro, sen buyuk do‘stsen!»)» — dedilar. Men: «Demak bizning (huzurlarida bo‘lmog‘imizni) yoqtirmayaptilar»,—deb qo‘ydim. Bildimki, sog‘lik paytlarida bizga aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, hozir o‘zlari aytganlaridek. jannatdagi joylari ko‘rsatilayotgan holatdalar)». Oisha onamiz: «Ollohumma ar-rafiyq al-a’lo!» ul zotning eng so‘nggi aytgan so‘zlari bo‘ldi»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:52:27

29-bob. O‘lim va hayotni orzulab duo aytmoq haqida

Qays rivoyat qiladilar: «Xabbobning huzuriga borsam, qornini changallagancha: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘limni orzulab duo aytmoqni man’ qilmaganlarida erdi, o‘limni orzulab duo aytgan bo‘lur erdim!» — dedi».

Ismoil Qaysdan naql qiladilar: «Men Xabbobning huzuriga borganimda qornini changallagancha: «Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga o‘limni orzulab duo aytmoqni man’ qilmaganlarida erdi, o‘limni orzulab duo aytgan bo‘lur erdim!» — deyayotganini eshitdim».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Birortangiz boshingizga tushgan qandaydir kulfat tufayli o‘zingizga o‘lim tilamangiz, basharti o‘limni orzulamog‘ingiz zarur bo‘lib qolsa u holda: «Yo parvardigoro, agar bundan buyon yashamog‘im mening uchun xayrli ersa, tirik qoldirg‘il, mobodo o‘lmog‘im afzalroq ersa, unda dargohingga chaqirg‘il!» — deb aytsin!» — dedilar».   

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 11:52:43

30-bob. Go‘daklarga baraka tilab duo qilmoq va boshini silamoq haqida Abu Muso: «Men o‘g‘il ko‘rgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga baraka tilab duo qildilar», deydilar.

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordilar-da: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘li betob bo‘lib qoldi»,— dedilar. Janob Rasululloh boshimni siladilar va menga baraka tilab, duo qildilar. So‘ng, toharat oldilar, tahorat suvidan ichdim. Keyin, ortlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida kelinchaklar chodiri tutmasidek (yokim, kaklik tuxumidek) Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».

Sa’id ibn Abu Ayyub Abu Aqiyldan naql qiladilar: «Aqiylning bobosi Abdulloh ibn Hishom bozorga chiqib, taom sotib olar erdi. Yo‘lda uni Ibn Zubayr birlan Ibn Umar uchratib: «Bizni sherik qilg‘il, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam senga baraka tilab, duo qilganlar!» — deyishar erdi. U ikkalalarini sherik qilar erdi. Shunda u tuyasi barobar foyda ko‘rib, uni uyga jo‘natib yuborar erdi».

Ibn Shihob: «Menga Mahmud ibn ar-Rabi’ xabar berdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning bolaligida quduqdan suv olib, (tabarruk qilib qo‘yish maqsadida) yuziga purkagan erdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga go‘daklarni olib kelishar erdi, ul zot ularning haqiga duo qilar erdilar. Bir kuni go‘daklardan biri etaklariga siyib qo‘ydi. Shunda suv olib keltirib, siydik tekkan joy ustidan quyib yubordilar, yuvmadilar (chunkim, bu o‘g‘il bola erdi)».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Sa’laba ibn Su’ayrning (boshini) silab, baraka tilaganlar. U Sa’d ibn Abu Vaqqosning vitr namozini bir rak’at o‘qib tugatganini ko‘rgan».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:18:47

31-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamga salavot aytmoq haqida

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Ka’b ibn Ujra meni uchratib bunday dedi: «Senga hadya beraymi? ya’ni, senga bilmagan narsangni aytaymi? Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizning huzurimizga «Yo Rasulalloh, sizga qanday salom yo‘llab, qanday salavot aytmoqni bizga o‘rgatingiz!» — deb erdik Janob Rasululloh: «Ollohumma salli alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo sallayta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd, Ollohumma borik alo Muhammadin va alo oli Muhammad kamo borakta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd» — deb aytingiz»,—dedilar» (Bu yerda ahamo sallayta alo Ibrohiyma» birlan «kamo borakta alo Ibrohiyma» tushib qolgan, yokim o‘zi asli shunday). Salavotning mazmuni: «Yo parvardigaro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga salotu salom qilganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning ajdod-avlodlariga ham salatu salom ayla! Muhaqqaq, Sen hamid va majidsan! Yo parvardigoro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga barakotlar exson etganing kabi, Janobimnz Hazrat Muhammad va ul zotning ajdod-avlodlariga ham barakotlar ehson ayla! Muhaqqaq, Sen hamid va majidsan!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:19:52

32-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bo‘lak payg‘ambarlarga ham salavot aytiladimi?

Olloh taolo: «Va salli alayhim, inna salotaka sakanun lahum»,—deydi. Mazmuni: «Ularga (boshqa payg‘ambarlarga) ham salavot ayt, chunkim sening salavoting ular uchun taskindir».

Ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror odam zakot olib kelsa: «Yo parvardigoro, unga salavot (rahmat) qilg‘aysen!» — der erdilar».

Abu Homid as-So’idiy aytadilarki, ular yo Rasululloh, sizga qanday salavot aytaylik?» — deyishibdi. Janob Rasululloh: «Ollohumma salli alo Muhammadin va azvojixi va zurriyyatihi, kamo sallayta alo oli Ibrohiym va borik alo Muhammadin va azvojihi va zurriyyatihi kamo borakta alo oli Ibrohiym, innaka hamiydun majiyd»,— deb aytingiz!» — debdilar. Mazmuni: «Yo parvardigoro, Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga salotu salom qilganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning zavjai muhtaramalariga hamda zurriyotlariga ham salotu salom ayla va Hazrat Ibrohimning ajdod-avlodlariga barakotlar ehson etganing kabi, Janobimiz Hazrat Muhammadga va ul zotning zavjai muhtaramalariga hamda zurriyotlariga ham barakotlar ehson ayla! Muhakdaq Sen hamid va majidsan!» - dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:20:18

33-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamniig «Yo parvardigoro, men kimga aziyat yetkazgan ersam, o‘shal odamni (aziyatim tufayli) zakot to‘lagan deb bilgayman va uni rahmatingga sazovor qilg‘aysan!» - deganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Yo parvardigoro, men qaysi bir mo‘minni so‘kkan ersam, o‘shal odamni (so‘kkanim tufayli) kiyomat kuni o‘zingga yaqin qilg‘aysan!» —deb aytganlarini eshitdim»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:20:32

34-bob. Fitnalardan o‘ziga panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shu qadar ezmalanib savollar berishardiki, hatto ul zot g‘azablanib minbarga chiqdilarida: «Bugun mendan ilgari sizlarga aytmagan narsalarim haqidagina so‘rangiz!» —dedilar. Men o‘nggu so‘limga qarab barcha odamlarning boshlarini kiyimlari birlan o‘rab olib (yuzlarini kiyimlari birlan to‘sib olib) ho‘ng-ho‘ng yig‘lashayotganini ko‘rdim.. Nogohon, odamlar ko‘rganda otasining nomini atamay chaqiradigan bir kishi: «Yo Rasulalloh, mening otam kimdir?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Huzofadir» — deb javob qildilar. Keyin, Hazrat Umar turib, (xafa qilib qo‘ydik degan o‘y birlan): «Ollohni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb va Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tan oldik Olloh taolodan bizni fitnalardan asramog‘ini iltijo qilg‘aymiz!» — dedilar. Janob Rasululloh sallallhu alayhi va sallam: Birvarakayiga yaxshilik ham yomonlik ham namoyon bo‘lgan bugungidek kunni ko‘rmagandirmen! (Bugun menga) jannat ham do‘zax ham tasavvur qilindi, hatto men ularni (anavi) devor ortida ko‘rdim»,— dedilar. Qatoda ana shu hadisni aytganda «Yo ayyuhallaziyna omanuu, lo tas’aluu an ashyo’a, in tubdalakum tasu’kum» degan oyati karimani eslar erdi».

Oyatning mazmuni: («Al-Moida» surasi): «Ey mo‘minlar, ranjib qolishingizga (yomon ahvolda qolishingizga) sabab o‘lmog‘i ma’lum qilingan narsalar haqida so‘ramangizlar!».

Qayd etilgan