Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496122 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:21:09

35-bob. Odamlar qahridan (zo‘ravonligidan) panoh tilamoq xususida

Amr ibn Abu Amr — Muttalib ibn Abdullohning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikning bunday deganlarini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «Qullaringizdan biri bizga xizmat qilsin!» — deb iltimos qildilar. So‘ng, Abu Talha meni uloviga mingashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordi. Men Janob Rasululloh qaerda tushib dam olsalar, o‘sha yerda xizmatlarini qilar erdim. Men ul zotning: «Yo parvardigoro, meni g‘amu qayg‘udan, notavonlik va yalqovlikdan, baxillik va qo‘rqoqlikdan, qarzdorlik va odamlar qahridan o‘z panohingda asrag‘aysen!» — deb juda ko‘p marta aytganlarini eshitganman. Shu tariqa men xizmatlarini qilib yuraverdim. Keyin, Xaybardan qaytishda Janob Rasululloh Safiyya binti Huyayni kiyim birlan o‘rab chirmab tuyalariga mingashtirib oldilarda, Sahbo degan joyga kelganimizda yerga palos yozib, meni odamlarni chaqirib kelmoqqa yubordilar. Odamlar kelgach, ziyofat qildilar. Shu kuni ul zot Safiyyaga qo‘shildilar. Keyin, yo‘lga chiqib, Uhud tog‘i ko‘ringach: «Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rgay, biz ham uni yaxshi ko‘rg‘aymiz!»— dedilar. Madinaga yaqinlashgach: «Yo parvardigoro, Ibrohim Makkani muqaddas qilgani yanglig‘, men ham Madinaning ikki tog‘i oralig‘idagi yerlarni muqaddas qildim! Yo parvardigoro, Madina ahlining toshu tarozusiga barokot ato etg‘aysen!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:21:26

36-bob. Qabr azobidan panoh tilamoq haqida

Ummu Xolid binti Xolid: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamnimg qabr azobidan o‘zlariga panoh tilayotganlarini eshitganman»,— dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:21:36

37-bob. Baxillikdan panoh tilamoq xususida

Mus’ab rivoyat qiladilar: «Sa’d (ibn Vaqqos) besh narsadan panoh tilamoqni buyurar erdida, Janob Rasulullohning ham shunday qilganlarini eslab: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika mikal-jubni va a’uuzu bika minan uradda ila arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatiddunyo, ya’niy min fitnatiddajjol va a’uuzu bika min azobil-qabri!» — der erdilar» deb aytar erdi». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnalaridan (ya’ni. Dajjol fitnalaridan) hamda qabr azobidan meni o‘z panohingda asrag‘il, deb iltijo qilg‘aymen!».

U Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Madinalik ikki yahudiy hamnir huzurimga kirib: «Qabrdagi mayyitlarga azob beriladir» — deb aytib erdi, men buni ko‘r-ko‘rona rad qildim, chunkim ularning gapiga inongim kelmadi. Keyin, ular chiqib ketdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kelganlarida bo‘lgan gapni aytib erdim, ul zot: «Ular to‘g‘ri aytibdilar, qabrdagi mayyitlarga shunday azob berilgaykim, ularning dod-faryodlarini butun jonzotlar eshitg‘aydir!» — dedilar. Men Janob Rasulullohning namozda qabr azobidan panoh tilab iltijo qilmay qo‘yganlarini ko‘rmaganmen».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:22:29

38-bob. Tiriklik va o‘lim fitnalaridan panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-ajzi val-kasali val-jubni val-harami va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uzu bika min fitkatilmahyo valmamoti»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, notavonlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qolmoqdan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan meni o‘z panohingda asrag‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:22:45

39-bob. Gunohkor va qarzdor bo‘lmoqdan panoh tilamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali val-harami valma’sami valmag‘rami va min fitnatil-qabri va azobil-kabri va min fitnatin-nori va azobin-nori va min sharri fitnatil-g‘ino va a’uuzu bika min fitnatilfaqri va a’uuzu bika min fitnatil masiyhiddajjoli! Ollohumma ig‘sil anniy xatoyoya bi-moissalji val-baradi va naqqi qalbiy mimal-xatoyo kamo naqqaytussavbal-abyaza minaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriq valmag‘rib» — der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, munqillaganlikdan, gunohkor va qarzdor bo‘lmoqdan, qabr fitnasi qabr azobidan, jahannam fitnasi va jahannam azobidan, boylik fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il, Shuningdek qashshoqlik fitnasidan va Masih Dajjol fitnasidan ham meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro oppoq ko‘ylakka tekkan iflosni yuvib ketkazganimdek xatolarimni qor va do‘l suvi birlan yuvib tashlag‘il, qalbimni xatolardan poklag‘il va men birlan xatolarim oralig‘ini mashriq birlan mag‘rib oralig‘ini uzoq qilganing yanglig‘ uzoq qilg‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:22:54

40-bob. Qo‘rqoqlik va yalqovlikdan panoh tilash haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bi minal-hammi val-huzni val-ajzi val-kasali val-jubni va buxli va zala’-iddayni va g‘alabat-irrijoli»,— der erdlar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, g‘amu tashvishdan, musibatdan, munqillaganlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, qarzga botmoqdan hamda odamlar qahridan meni o‘z panohingda asrag‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:23:22

41-bob. Baxillikdan panoh tilamoq haqida

Mus’ab ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos quyidagi besh narsadan panoh tilamoqni buyurib, buni Janob Rasulullohga nisbat berar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika miial-jubni va a’uuzu bika min an uradda ila arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatid-dunyo va a’uuzu bika min azobil-qabri» (3-bobda tarjimasi mavjud).

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:23:48

42-bob. Xor-zor bo‘lmoqdan panoh tilamoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali va a’uuzu bika minal-jubni va a’uuzu bika minal-harami va a’uuzu bika minal-buxli»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, qo‘rqoklikdan, munqillaganlikdan va baxillikdan meni o‘z panohingda asrag‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:24:05

43-bob. Vabo va darddan xalos qilmoqni so‘rab duo o‘qimoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma habbib ilaynolmadiynata hamo habbabta ilayno Makkata, av ashaddu, vanqul hamoho ilal-Juhfati! Ollohumma borik lano muddino va so’ino!»—der erdilar.» Duoning muzmuni: «Yo parvardigoro, bizga Makkani qanday mahbub qilgan ersang, Madinani ham shunday yokim undan ko‘proq mahbub qilgil va undagi (Madinadagi) bezgak dardini Juhfaga ko‘chirgil! (chunki Juhfa aholisi o‘sha vaqtda mushrik erdi). Yo parvardigoro, bizning toshu tarozumizga barakot ato etg‘il!».

Omir ibn Sa’dning otalari bunday degap zrkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men Hajjat ul-Vido’da dardga chalinib o‘lay deb yotganimda, ko‘rgani kelib erdilar: «Yo Rasulalloh mening og‘ir dardga chalinganimni ko‘rib turibsiz, men ersam badavlat odamman, birgina qizimdan bo‘lak merosxurim yo‘q. Molimning uchdan bir qismini ehson qilayinmi?»—dedim. Janob Rasululloh «yo‘q»,— dedilar. Men: «Bo‘lmasa, yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir qismi ham ancha ko‘plik qiladir, albatta sen merosxo‘rlaringni odamlardan tilanadirgan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra. boyroq qilib qoldirganing yaxshiroqdir. Agar sen xayru sadaqa uchun molingni sarf qilsang, albatta buning evaziga Olloh taolodan savob olg‘aysan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sahoba birodarlarim ortida qolarmikanman (ya’ni, tuzalib ketarmikanman)?» — dedim. Janob Rasululloh: (Sen bordi-yu, o‘lmay qolib, amali solihlar qilsang, buning uchun Olloh taolo dargoxida daraja va martabang ulug‘ bo‘lg‘ay, shoyadki, tuzalib ketsangu, sendan bir qancha mo‘minlar foydalansalar va bir qancha mushriklar zarar topsalar. Ilohi, sahobalarimning hijratini bexatar qilg‘il, ularni orqaga qaytarmagil» — dedilar». «Ammo, bechora Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘p qayg‘urdilar»,— deydilar Omir ibn Sa’d.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:24:49

44-bob. Xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh tilamoq haqida

Mus’ab ibi Sa’d otalari (Sa’d ibn Abu Vaqqos) dan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodam panoh tilab aytadirgan quyidagi so‘zlarni aytib o‘zingizga panoh tilangiz: «Yo parvardigoro, ho‘rqoqlikdan, baxillikdan, xor-zor bo‘lmoqdan, dunyo fitnasidan (Masih Dajjol fitnasidan) va qabr azobidan o‘z panohingda asrag‘il!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali val-harami, valmag‘rami valma’sami! Ollohumma inniy a’uuzu bika : min azobin-nori va fitnatin-nori va fitnatil-qabri va azobil-qabri va sharri fitnatil-g‘ino va sharri fitnatilfaqri va min sharri fitnatil masiyhid dajjoli! Ollohumma ig‘sil xatoyoya bi-moissalji val-baradi va naqqi qalbiy minal-xatoyo hamo yunaqqossavbul-abyazu ninaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriqi valmag‘ribi». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, yalqovlikdan, munqillaganlikdan, qarzdorlik va gunohkorlikdan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, do‘zax azobi va do‘zax fitnasidan, qabr fitnasi va qabr azobidan, boylik fitnasi yomonligidan va qashshoqlik fitnasi yomonligidan hamda Masih Dajjol fitnaei yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, xatolarimni qor va do‘l suvi birlan yuvg‘aysan va oppoq ko‘ylakka tekkan iflos tozalangani kabi qalbimni xatolardan tozalag‘aysan hamda mag‘ribu mashriq oralig‘ini qanday uzoq qilgan ersang, men birlan xatolarim oralig‘ini ham shunday uzoq qilg‘aysan!».

Qayd etilgan