Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 427544 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:25:05

45-6ob. Boylik (mol-dunyo) fitnasidan panoh tilamoq haqida

Hishom otalaridan, otalari ersa xolalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb Olloh taolodan panoh tilar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika min fitnatin-nori va min azobin-nori va a’uuzu bika min fitnatil-qabri va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uuzu bika min fitnatil-g‘ino va a’uuzu bika min fitnatilfaqri va a’uuzu bika min fitnatilmasiyhiddajjoli». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, do‘zax fitnasidan va do‘zax azobidan, kabr fitnasidan va qabr azobidan, boylik fitnasidan va qashshoqlik fitnasidan hamda Masih Dajjol fitnasidan meni o‘z panohingda asrag‘il».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:25:26

46-bob. Qashshoqlik fitnasidan panoh tilamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabi sallallohu alayhi va sallam bunday deb panoh tilar erdilar: «Ollohumma inniy a’uuzu bika min fitnatin-nori va azobin-nori va fitnatil-qabri va azobil-qabri sharri fitnatil-g‘ino va sharri fitnatilfaqri! Ollohumma inniy a’uuzu bika min sharri fitnatilmasiyhiddajjoli! Ollohumma ig‘sil qalbiy bimoissalji val baradi va naqqi qalbiy minal-xatoyo hamo naqqaytus-savbal-abyaza minaddanasi va bo’id bayniy va bayna xatoyoya hamo bo’adta baynalmashriqi valmag‘ribi! Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-kasali valma’sami val-iagrami!. Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, do‘zax fitnasidan va do‘zax azobidan, qabr fitnasidan va qabr azobidan, boylik fitnasi yomonligidan va qashshoqlik fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingda asrag‘il! Yo parvardigoro, Masih Dajjol fitnasi yomonligidan meni o‘z panohingdan asrag‘il! Yo parvardigoro, qalbimni qor va do‘l suvi birlan yuvgil, oppoq ko‘ylakni iflosdan tozalaganimdek qalbimni xatolardan tozalag‘il, mag‘ribu mashriq oralig‘ini uzoq qilganingdek men birlan xatolarim oralig‘ini ham uzoq qilg‘il! Yo parvardigoro, yalqovlikdan hamda gunohkorlik va qarzdorlikdan meni o‘z panohingda asrag‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:25:45

47-bob. Uni badavlat va serfarzand qilg‘aysan hamda unga beradirgan ne’matlaringga barakot ato etg‘aysan, deb duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «(Xolam) Ummu Sulaym: «Yo Rasulalloh, Anas sizning xizmatingizni qilg‘ay, uni duo qilingiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni badavlat va serfarzand qilg‘aysan, unga ato etadirgan ne’matlaringga barakot berg‘aysan!» — deb duo qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:26:00

48-bob. Uni serfarzand qilg‘aysan, unga ato etadirgan ne’matlaringga barakot bergaysan, deb duo qilmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Xolam) Ummu Sulaym: «Anas sizga xizmat qilg‘ay, uni duo qilingiz!» — debdilar. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, uni serdavlat, serfarzand qilib, beradirgan ne’matlaringga barakot ato etgaysan!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:26:13

49-bob. Istixora (o‘zing bilgan narsadan meni ham ogoh qilg‘aysan, deb Olloh taologa iltijo qilmoq) vaqtida aytiladigan duo haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni Kariym o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora aytmoqni ham o‘rgatar erdilar. Janob Rasululloh bizga: bir ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz»,— dedilar. «Ollohumma astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa-innaka taqdiru va lo ahdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyuub, Ollohumma in kunta ta’lamu anna qoza-l-amr xayrun liy fi diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fi ‘ojili amriy va ojilihi) fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fihi va in kunta ta’lamu hozal-amr sharrun liy fi diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fi ‘ojili amriy va ojilihi) fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa razziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,— dedilar Janob Rasululloh,— Olloh taologa o‘z tilagingizni (hojatingizni) aytgaysiz». Duoning mazmuni: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il, qudrating ila meni bardam qilg‘il, cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Sen qodirdursan, men ojizdurman, sen donodursan, men nodondurman sen barcha g‘aybdan voqifdursan! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradirmi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson qilg‘il va unga barakot ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va kasbu korimga yomonlik keltiradirmi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsan. Agar yomonlig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq qilg‘il! Menga yaxshilig‘ keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:26:30

50-bob. Tahorat qilayotganda o‘qiladigan duo haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suv keltirishni buyurib, tahorat oldilar, so‘ng qo‘llarini ko‘tarib: «Ollohummag‘fir liubayd Abi Omir! Ollohumma-j’alhu yavmal-qiyoma favqa kasiyrin min xalqika minan-nosi!»—dedilar. Men qo‘llarini duoga ko‘targanlarida qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, Ubayd Abu Omirning gunohlarini kechirg‘aysan! Yo parvardigoro, qiyomat kuni uni yaratgan bandalaringning kunidan ulug‘roq qilg‘aysan!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:26:42

51-6ob. Dovonga ko‘tarilganda o‘qiladigan duo

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda ekanligimizda biror balandlikka ko‘tarildik deguncha, takbir aytar erdik. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Ey odamlar, o‘zingizni ayangizlar, bu qadar ovozingizni baland qilmangizlar, chunkim sizlar biror kar yokim bu yerda g‘oib odamni da’vat qilayotganingiz yo‘q, balkim doimo eshitib va ko‘rib turg‘uvchi zotni (Olloh taoloni) da’vat qilmoqqasizlar!»—dedilar. Keyin, men ichimda: «Lo havla va lo quvvata illo billoh!» — deb turganimda, oldimga kelib: «Ey Abdulloh ibn Qays, «Lo havla va lo quvvata illo billoh!»—deb aytg‘il, chunkim bu jannat ganjinalaridandir» — dedilar, yokim: «Senga jannat ganjinalaridan biri bo‘lmish. bir so‘zni, ya’ni lo havla va lo quvvata illo billohni o‘rgataymi?» — dedilar, shekilli».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:26:59

52-bob. Vodiyga tushganda duo aytmoq haqida

Bu haqda Jobir aytgan hadis mavjud.

53-bob. Safarga chiqmoqchi bo‘lganda yokim safardan qaytganda duo aytmoq haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘azot, haj yokim umra qilib qaytayotganlarida xar bir tepalikda takbir aytib, so‘ng: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamd va huva alo kulli shay’in qadiyr. Biz qaytyapmiz, tavba qilyapmiz, Ollohga hamd aytyapmiz. Olloh va’dasiga sodiq, bandasining qo‘lini baland qilib, bir o‘zi mushriklarni yengdi»,— der erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:27:23

54-bob. Uylangan odamni duo qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avfda bir sariq narsani ko‘rib: «Bu nima?«—dedilar. U: «Men danakdek keladigan tillo sarflab bir ayolga uylandim»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo muborak qilsin, bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgin!» —dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar:« Otam halok bo‘ldilar. U kishidan yettita (yokim to‘qqizta) qiz qoldi. Keyin, men bir ayolga uylandim. Janob Rasululloh: «Ey Jobir, uylandingmi?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim-anob Rasululloh: «Bokiragami yo ayolgami?» — dedilarmen: «Ayolga»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bokiraga Uylanganingda erdi, o‘zaro chaqchaqlashib yashar erdingiz» — dedilar. Men: «Otam halok bo‘ldilar, uyda yettita (yokim to‘qqizta) qiz yetim qoldi, men o‘shalar tengi qizga uylangim kelmay, ularga onalik qila oladirgan yoshdagi ayolga uylandim»,—dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo muborak qilsin!» — deb duo qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:28:18

55-bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lganda nima demoq lozim?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar birortangiz ayolingizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz: «Bismillohi, Ollohumma jannibnosh-shaytona va jannibish-shaytona mo razaqtano!»—deb aytingiz, shunda Olloh taolo ikkingizga farzand taqdir qilgan bo‘lsa, unga shayton mutlaqo zarar yetkaza olmagaydir»,— dedilar».

Qayd etilgan