Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495631 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:28:31

56-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Rabbano otino fid-dunyo hasanatan!» deganlari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ko‘pincha: «Ollohumma otino fid-dunyo hasanatan va fil-oxirati hasanatan va qino azoban-nor!« — deb duo o‘qir erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, bu dunyoda ham, oxiratda ham bizga yaxshiliklar ato qilg‘il va bizni do‘zax azobidan asrag‘il!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:28:52

57-boy. Dunyo (Dajjol) fitnasidan panoh tilamoq haqida

Sa’d ibn Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xatsavod o‘rgatgan kabi quyidagi so‘zlarni o‘rgatar erdilar: «Ollohumma iniiy a’uuzu bika minal-buxli va a’uuzu bika minal-jubii va a’uuzu bika an nuradda ilo arzalilumri va a’uuzu bika min fitnatid-dunya va azobil-qabri!». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, xor-zor bo‘lmog‘imimdan, dunyo (Dajjol) fitnasidan hamda qabr azobidan o‘e panohingda asragil!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:29:12

58-bob. Duoni qaytarmoq haqida

Bu yerda Janob Rasulullohni sehrlab qo‘yishgani haqidagi hadis takroran keltirilgan.

59-bob. Mushriklarni duoi bad qilmoq haqida

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yuborganing kabi ularga ham qurg‘oqchilik yuborib, menga yerdam berg‘il!», keyin, yana: «Yo parvardigoro, Abu Jahlning ustidan o‘zing hukm chiqar!» — deb duoi bad qildilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozda: Yo parvardigoro, falon va falonni la’natlag‘aysen!»— deb duoi bad qilib erdilar, Olloh azza va jalla: «Laysa laka minal-amri shay’un» — reb vahiy nozil qildi. Mazmuni («Oli Imron» surasi) «Bu sohada (ishda) senga ixtiyor berilmagan».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarni duoi bad qilib: «Yo parvardigoro, sen Kitob nozil qilg‘uvchi hamda oxirat hisob-kitobini tez bajarg‘uvchisan! Mushriklarni tor-mor etib, kunfayakun qilgil!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hufton namozining ohirgi rak’atida «Sami’allohu liman hamidahu» deganlaridan so‘ng, duoi Qunutni o‘qib: «Yo parvardigoro, Iyosh ibn Rabiy’aga najot berg‘ayean, Yo parvardigoro, Valid ibn Validga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, Salama ibn Hishomga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, mo‘min zaiflarga najot berg‘aysan, yo parvardigoro, Muzar qabilasiga nisbatan qahringni yanada qattiqroq qilg‘aysan, yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yuborganing yanglig‘ ularga ham qahatchilik yuborg‘aysan!» — der erdilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurro’ (qorilar) deb atalmish bir guruh otliqlarni (Ra’l va Zakvon qabilalarini islomga da’vat qilmoq uchun) yuborib erdilar, Ularni o‘ldirishdi. Shunda Janob Rasululloh shunchalik qattiq kuyib ketdilarki, men ul zotning hech kimga bunchalik qayg‘urganlarini ko‘rmagan erdim. O‘shanda Janob Rasululloh bir oy davomida bomdod namozida duoi Qunutni o‘qib: «Usayya (qabilasi) Olloh, taolo va uning rasuliga qarshi bosh ko‘tardi!» — der erdilar». Bu yerda yahudiylarning Janob Rasulullohga: «Sizga o‘lim —deb salom bergani haqidagi hadis takroran keltirilgan.

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xandaq janggi kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Shunda ul zot: «Olloh taolo mushriklarning qabrlari birlan uylarini, ular quyosh botib ketguncha bizni band qilib, oraliq namozdan qoldirgani uchun, otashga limmo-lim qilsin!» — dedilar. Oraliq namoz ersa — asr namozidir»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:29:58

60-bob. «Ilohi, mushriklarga hidoyat qilg‘aysan!» deya duo qilmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tufayl ibn Amr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Davs qabilasi bosh ko‘tarib, islomdan yuz o‘girdi, ularni duoi bad qilingiz!» — dedi. Shunda odamlar Janob Rasululloh duoi bad qilsalar kerak deb o‘ylashdi. Ammo ul zot: «Yo parvardigoro, Davs qabilasiga hidoyat ko‘rsatib, ularni islom yo‘liga boshlag‘il!» — deb duo qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:30:27

61-6ob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yo parvardigoro, mening o‘tgan va kelgusi gunohlarimni mag‘firat qilgaysan!» deb aytganlari haqida

Abu Muso otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyidagi duoni aytib iltijo qilar ardilar: «Rabbi, ig‘fir liy xatiy’atiy va jahliy va-srofiy fi amriy kullihi va mo anta a’lamu bihi minniy! Ollohummag‘fir liy xatoyoya va amdiy va jahliy va hazliy va kullu zolika indiy! Ollohummag‘fir liy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartu va mo a’lantu, antal-muqaddamu va antal-muaxxaru va anta alo kulli shay’in qadiyrun!». Duoning mazmuni: «Yo parvardigorim, gunohlarimni, jaholatimni, me’yordan ortiqcha qilgan barcha ishlarimni va o‘zing mendan yaxshiroq xabardor bo‘lgan qilmishlarimni mag‘firat qilg‘aysan! Yo parvardigoro, xatolarimni, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni, juz’iy hamchiliklarimni mag‘firat qilg‘aysan, bularning hammasi menda mavjuddir! Yo parvardigoro, ilgarigi va kelgusi hamda xufiya va oshkora gunohlarimni mag‘firat qilg‘aysan, sen istagan bandangga ato-yu inoyat qilg‘uvchi hamda istamagan bandangga ato-yu inoyatingni darig‘ tutg‘uvchidursan, va sen barcha narsaga qodirdursan!».

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, gunohlarimni, jaholatimni, me’yordan ortiqcha qilgan ishlarimni va o‘zing mendan yaxshiroq xabardor bo‘lgan qilmishlarimni mag‘firat qilgaysan! Yo parvardigoro, juz’iy va jiddiy hamchiliklarimni, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni mag‘firat qilg‘aysan, bularning hammasi menda mavjuddir! — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:30:47

62-bob. Jum’a kuni muayyan vaqtda duo o‘qimoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (ya’ni, Janob Rasululloh): «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindir, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolg‘aydiru, banda Olloh taolodin biror narsa so‘rag‘aydir, tilagi mustajob bo‘lg‘aydir»,— dedilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:31:33

63-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Bizning yahudiylarni qilgan duoi badimiz mustajob bo‘lg‘aydir, ammo yahudiylarning bizni qilgan duoi badi ijobatsiz qolg‘aydir!» deganlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib: «As-Somu alayka! (Senga o‘lim!)» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham!» — deb javob qildilar. Oisha onamiz ersa: «Sizlarga ham o‘lim, ham Olloh taoloning la’nati va g‘azabi bo‘lsin!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Oisha, qo‘ysangchi, dag‘allik qilmag‘il, xushmuomala bo‘lg‘il!» — dedilar. Oisha onamiz: «Ularning gapini eshitmadingizmi? — dedilar. Janob Rasululloh: «Ularga qanday javob qaytarganimni eshitmabsanda?! Mening ularni qilgan duoi badim albatta mustajob bo‘lg‘aydir, ammo ularning meni qilgan duoi badi ijobatsiz qolgusidir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:32:19

64-bob. «Omin!» deb aytmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: Qori «Omin!» deganda sizlar ham «Omin!» denglar, shunda maloikalar ham «Omin!» — deyishgay. Kimning «Omin!» degani maloikalarning «Omin!» deganiga to‘g‘ri kelib qolsa, Olloh taolo o‘sha odamning ilgari qilgan gunohlarini mag‘firat qilg‘aydir»,— dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:33:15

65-bob. Tahlil aytmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki kuni «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyrun, deb yuz marta aytsa, o‘nta qul ozod qilganlik savobini olgaydir va unga yuzta xayrlik ish qilganlik savobi yozilib yuzta yomonlig‘i (gunohi) o‘chirilg‘aydir. Shuningdek bu o‘sha kuni kechgacha uni shayton vasvasasidan g‘ov bo‘lib to‘sib turg‘aydir. Hech kimsa, garchi u qanchalik xayrli ishlar qilgan bo‘lmasin, kuniga yuz marta tahlil aytgan odamdan ko‘proq savob ololmag‘aydir!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:33:33

66-bob. Tasbih aytmoqning fazilati haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir kunda yuz marta «Subhonallohi va bihamdiki» deb aytsa, uning gunohlari, garchi dengiz ko‘niktoshidan ko‘p bo‘lsa ham, kechirilg‘aydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Til birlan aytmoq oson, ammo o‘zi salmoqli, Rahmonga mahbub ikki so‘z mavjuddir. Bu — Subhonallohil-aziymi va subhonallohi va bihamdihi»,— dedilar».

Qayd etilgan