Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495954 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:40:43

6-bob. Dunyo lazzatlariga berilmoqdan hamda ularni deb o‘zaro raqobatlashmoqdan hazar qilmoq lozimligi haqida

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: ((Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn Jarrohni jizya (g‘ayridinlardan olinadirgan jon solig‘i) yig‘ib kelmoq uchun Bahraynga jo‘natdilar. Bunga qadar Janob Rasululloh Bahrayn ahli birlan sulh tuzib, Alo ibn al-Hazramiyni ularga amir qilib ta’yin etgan erdilar. Abu Ubayda Bahrayndan jizya yig‘ib keldi. Ansorlar uning qaytib kelganidan xabar topdilar. Shul vaqt Janob Rasululloh. birlan birga bomdod o‘qilayotgan erdi. Namozdan so‘ng, ansorlar Janob Rasulullohni qarshi olib erdilar, ul zot ularga qarab kulib qo‘ydilarda: «Bildimki, sizlar Abu Ubaydaning qaytib kelganini va o‘zi birlan biror narsa keltirganini eshitgansizlar!» — dedilar. Ansorlar «Shunday, yo Rasulalloh!» — deb tasdiqlashdi. Janob Rasululloh: Nimaiki sizni xursand qilsa, o‘shani umid qilib, xursand o‘laveringiz! Men sizlarning qashshoqlashib qolmog‘ingizdan qo‘rqmag‘aymen, balkim qo‘lingizga mol-dunyo tushib, o‘zingizdek ilgarigilar qo‘liga mol-dunyo tushganida unga hirs qo‘yib, o‘zaro rakobatlashganlari yanglig‘ raqobatlashmasangiz erdi hamda mol-dunyo ularni toat-ibodatan chalg‘itgani kabi sizni ham chalg‘itmasa erdi deb qo‘rqayman», dedilar. So‘ng: «(Dunyo hayotidan) mag‘rurlanib ketmangizlar!»—deb qo‘shib qo‘ydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:40:55

8-bob. Solih bandalarning bu dunyodan o‘tib ketmoqlari haqida

Mirdos al-Aslamiy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Solih bandalar birma-bir bu dunyodan o‘tib ketgaylar. Ulardan faqat arpa yokim xurmo chiqindisi yanglig‘ chiqindi qolg‘aydir, Olloh ularga sira ham achinmag‘aydir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:41:11

9-bob. Mol-dunyo fitnasidan panoh tilamoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Innamo amvolukum va avlodukum fitnatun!». Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, mol-dunyongiz birlan farzandlaringiz fitnadir!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dinor va dirhamga hamda baxmal va kimhob kiyimlarga o‘zini qul qilganlar tuban tushib sendan tilanadirlar. Agar bersang, sendan rozi — bermasang, norozi bo‘ladirlar»,— dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam bolasi, ikki vodiy to‘la mol-dunyosi bo‘lsa ham, mol-dunyo to‘la uchinchi vodiyni orzu qilg‘aydir. Uning qornini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar odam bolasining bir vodiy to‘la mol-dunyosi bo‘lar erkan, u yana ana shunday boshqa bir vodiyni orzu qilg‘aydir, odam bolasining ko‘zini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!» — dedilar. Janob Rasululloh bu gapni Qur’oni Kariymdan olganmilar yo yo‘qmi, bilmagaydirmen».

Sahl ibi Sa’d rivoyat qiladilar: «Makkada Ibn az-Zubayr minbarda turib: «Ey odamlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb erdilar»,— dedi: «Gar odam bolasiga bir vodiy to‘la oltin berilsada, u baribir ikkinchi bir shunday vodiyni orzu qilg‘aydir, uni ham berilsa, uchinchisini ko‘ngli tusagaydir. Inson qornini, faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. Olloh tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilg‘aydir!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Gar odam bolasining bir vodiy to‘la oltini bor ersada, u ikki yana shunday vodiyni orzu qilgaydir, uning og‘zini faqat tufroq to‘ydira olg‘aydir. (Olloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul ) qilg‘aydir!» — dedilar».

Anas: «Alhokumuttakosur» surasi nozil bo‘lgunga qadar biz buni Qur’ondan deb tushunar erdik»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:41:26

10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Bu mol-dunyo degan narsa (hayvonning ko‘zini o‘ynatadirgan yam-yashil va shirin o‘t-o‘lan yanglig‘) jozibadordir!» deganlari haqida

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): «Zuyyina lin-nosi hubbush-shahavoti minannisoi val-baniyna val-qanotiyril-muqantarati minaz-zahabi val-fiddati val-xaylil-musavvamati val-an’omi val-xarsi zolika mato’ul-hayotid-dunyo». Oyatning mazmuni: "Insonlarga xotinlar, bola-chaqa, oltin va kumush xazinalari, tamg‘alangan yilqi va chorvalar hamda ekin-tekinlarning muhabbati xushnamo tuyuladigan qilindi. bu — hayot-dunyo ne’matidir».

Umar raziyallohu anhu: «Yo parvardigoro, biz o‘zimizga xushnamo tuyuladigan narsalar birlangina shodlana olurmiz, xolos! Yo parvardigoro, mening bu narsalarni halolga sarflamog‘imni nasib aylag‘il deb senga yolborurmen!» — der erdilar.

Hakim ibn Hizom rivoyat qiladilar: «Men Rasulullih sallallohu alayhi va sallamdan in’om tilab erdim, berdilar. yana tilab erdim, yana berdilar, yana tilab erdim, yana berdilar, so‘ng: «Bu mol-dunyo degan narsa (hayvon ko‘zini o‘ynatadirgan ko‘m-ko‘k shirin o‘t-o‘lan yanglig‘) fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib. ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo‘lg‘aydir va kimki ochko‘zlik qilib, ehtiyojidan ortig‘ini olsa, bebaraka bo‘lgaydir. Bunday odam mechkay hayvon yanglig‘dir, ko‘tarilgan qo‘l (mehnat qiladirgan qo‘l) tushirilgan qo‘ldan (tilamchi qo‘ldan) yaxshidir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:41:40

11-bob. Kishi boyligining qanchasini in’om (sarf) qilgan ersa, o‘sha o‘zinikidir!

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz merosxo‘ringiz molini o‘zingizning molingizdan ko‘ra yaxshiroq urg‘aydirsiz?»—dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, oramizda o‘z molidan o‘zganing molini yaxshiroq ko‘radirgan odam yo‘qdir!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Kishi molining qanchasini in’om (sarf) qilgan ersa, o‘sha o‘zinikidir, sarf qilmay ehtiyotlab olib qolgan qismi ersa, merosxo‘rinikidir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 18:11:54

12-bob. Badavlat kishilar ayni holda qashshoq kishilardir!

Olloh taoloning qavli («Hud» surasi): «Man kona yuriydul-hayotad-dunyo va ziynataho nuvaffi ilayhim a’molahum fiho va xum fiho lo yubxasuun uvloikallaziyna laysa lahum fil-oxirati illan-noru va habita mo sana’uu fiho va botilun mo konuu ya’maluun!». Oyatning mazmuni: «(Bu) dunyo hayoti birlan aning ziynatlarin orzulag‘onlarning barcha istaklarin biz anda muhayyo qilgaydurmiz va alar anda hech zoriqtirilmag‘aydurlar va alar oxiratda do‘zax otashidin o‘zga nasiba olmag‘aydurlar va anda qilgon ishlari habata o‘lib, qilib turg‘on ishlari bekor erurdur!».

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida tashqariga chiqib erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari tanho aylanib yurgan erkanlar, yonlarida hech kimsa yo‘q erdi. Shunda men: «Janob Rasululloh yolg‘izlikni tusagan ko‘rinadirlar»— deb oy shu’lasidan xoli bo‘lgan tarafg‘a qadam tashlab erdim, menga o‘girilib qarab: «Bul kimdir?» — dedilar. Men: «Abu Zarr erurmen, Olloh taolo meni sizga fido qilsin!»—dedim. Janob Rasululloh: «Yo Abu Zarr, bu yoqqa kelg‘il!» — dedilar. Men Janob Rasululloh birlan birga bir muncha vaqt suhbatlashib turdim, shunda ul zot: «(Bu dunyoda badavlat kishilar qiyomat kuni (savob olganlik jihatidan) qashshoq erurlar, Olloh taolo boylik ato etgan va bu boylikni chor tarafig‘a ehson qilib sochib, yaxshiliklar qilg‘an kishilar bundan mustasnodurlar»,— dedilar. Keyin, yana bir muncha vaqt birga yurdik shunda ul zot: «To qaytgunimcha mana bu yerda o‘ltira turg‘il!» — deb bir ovloqroq joyni ko‘rsatdilarda, o‘zlari meni ko‘rmasin deb bir sayhonlik tomon ketib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. U yerda uzoq qolib ketdilar. So‘ng: «O‘g‘irlik qilsa ham, zino qilsa ham» — deb gapirib kelayotganlarini eshitdim. Ul zot yaqinlashganlaridan so‘ng, chidayolmay Yo Rasulalloh, Olloh taolo meni sizga fido qilsin, yalanglikda kim birlan so‘zlashdingiz, men biror kimsaning sizga javob qilganini eshitmadim-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ul Hazrat Jabroil erdilar, yalanglik chekkasida menga: «Ummatingga bashorat qilg‘ilki, Olloh taologa shirk keltirmay jon taslim qilganlar jannatga kirg‘aydir!»—deb vahiy bayon qildilar. Shunda men: «Yo Hazrat Jabroil, o‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb so‘rab erdim, «Ha!» — deb javob qildilar. Keyin men: «O‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb qaytarib so‘raganimda, yana: «Ha!» — deb aytdilar. Men tag‘in: «O‘g‘irlik qilsa hammi, zino qilsa hammi?» — deb so‘radim. Shunda Hazrat Jabroil:- «Ha, hattoki ichkilik ichsa ham!» — deb aytdilar».

Abu Abdulloh (Imom Buxoriy): «Abu Zarrning aytgan xadisi to‘g‘ridur, ammo Abu Dardo’ning hadisiga «Lo iloqa illallohu» deb jon taslim qilsa» degan iborani qo‘shib aytmoq lozimdur",—deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 18:12:17

13-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Mening Uhud tog‘idek oltinim bo‘lmog‘ini istamag‘aymen!» deganlari haqida

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinaning toshloq yerida ketayotgan erdim, qarshimizdan Uhud tog‘i chiqib qoldi. Shunda Janob Rasululloh (to‘xtab): «Yo Abu Zarr!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ye Abu Zarr, mening Uhud tog‘idek oltinim bo‘lmog‘ini hamda uning bir dinorining ham bir kecha yokim uch kecha bo‘lsada, menda qolmog‘ini istamas erdim, faqat qarzimga to‘lamogim uchun yetarlisini qoldirib, qolganini Olloh taoloning bandalari uchun unday va bunday qilib sarf qilinglar, degan bo‘lur erdim»,— dedilarda, chor taraflariga ishora qildilar (ya’ni, chor tarafga ehson qilib sochardim, demoqchi bo‘ldilar, sheqilli). So‘ng, yo‘lga tushgach: «Bu dunyoda badavlat kishilar qiyomat kuni (savob olganlik jihatidan) qashshoqdirlar, ammo: «Molimni unday va bunday qilib chor atrofga ehson qilinglar!» — deganlar bundan mustasno bo‘lib, ularning kimligi aytilg‘aydir»,— dedilar. Keyin, menga: «Men qaytib kelgunimcha joyingdan jilmag‘il!» — deb tun qorong‘usida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Birozdan keyin, beg‘ona bir tovushni eshitib, Rasulullohga bir gap bo‘lmadimikan deb xavotir oldim. Oldilariga bormoqchi bo‘ldimu, ammo «Joyingdak jilma!» — deganlari yodimga tushib bormadim, qaytib kelganlaridan so‘ng: «Yo Rasulalloh, bir begona tovushni eshitib, xavotir oldim, lekin gapingiz yodimga tushib, joyimdan jilmadim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Eshit dedimi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bu — Jabroil alayhissalom erdilar, menga kelib: «Ummatlaringdan qaysi biri Olloh taologa zarracha shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga kirg‘aydir!» — deb aytdilar. Shunda men: «O‘g‘rilik qilgan bo‘lsa hammi, zino qilgan bo‘lsa hammi?» — deb so‘rab erdim, , «O‘g‘rilik qilgan bo‘lsa ham, zino qilgan bo‘lsa ham!» — deb javob qildilar»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Uhud tog‘idek oltinim bo‘lganda uning uch kecha bo‘lsada, menda qolmog‘i meni xursand qilmas erdi, men undan faqat qarzimga yetarlisini olib qolib, qolganini ehson qilgan bo‘lur erdim»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 18:12:32

14-bob. Haqiqiy boy — nafsi to‘q odamdir!

Olloh taolmning qavli («Al-Mu’minuun» surasi): Oyatlarning mazmuni «Biz alarg‘a ko‘mak qilib ato etayotgan mol-dunyo va farzandlarning, paydar-pay yetkazib turgan noz-ne’matlarning (bizning marhamatimiz erkanligin) gumon qilurmikanlar, balkim bilmaslar?! Darhaqiqat, parvardigorlarining haybatidan qo‘rquvchilar, aning oyatlariga iymon ketirguvchilar, anga shirk keltirmaydirganlar, xayr-ehson qilguvchilar hamda bir kun ermas, bir kun albatta parvardigorlarining dargohiga qaytib bormoqlaridan dillarida qo‘rqinchlari bo‘lganlargina xayrlik ishlarni qilmoqqa oshiqgaylar va o‘shalargina barchadin ilgari xayrlik ishlarga qo‘l urgaydirlar, Biz hech kimga toqatidan ortiq vazifa yuklamagaymiz va bizning dargohimizda haqiqatdin so‘zlaguvchi Kitob mavjud o‘lib, alar zulmatda qolmag‘aylar, balki alar bundin g‘aflatdadurlar va dunyoning boshqa ishlari birlan mashg‘uldurlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mol-dunyosi ko‘p odam badavlat ermas, balki nafsi to‘q odam badavlatdir!» — dedilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 18:12:47

15-bob. Kambag‘allikning fazilati haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilaridan bir kishi o‘tib ketib erdi. Ul zot huzurlarida o‘ltirgan bir kishidan: «Bu odam to‘g‘risida qanday fikrdasen?» — deb so‘radilar. U: «Bu kishi zodagonlardan bo‘lib, o‘zi istagan ayolga uylanmoqqa qodir va birovga so‘zini o‘tkaza oladirgan odamdir»,— dedi. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar. Shunda yana bir odam o‘tib erdi: «Mana bu odam to‘g‘risida ne fikrdasen?» —dedilar. U: «Yo Rasulalloh, bu kishi kambag‘al musulmonlardan bo‘lib, o‘zi istagan ayolga uylanmoqqa qudrati yetmaydirgan, so‘zini birovga o‘tkaza olmaydirgan va so‘zlasa, hech kim quloq solmaydirgan odamdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Mana shu odam yer yuzilik to‘la boyagi toifadagi kishilardan ham afzaldir!» —dedilar.

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning rizolig‘ini istab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savoblar ato etmoqni oxiratga qoldirdi. Oramizdan ul dunyoga rihlat etganlardan birortasi ham bu dunyoda zarracha ajru savob ololmadi. Ulardan biri — Mus’ab ibn Umayr Uhud jangida o‘ldirildi, undan boshini yopsa oyog‘i, oyog‘ini yopsak. boshi ochilib qoladirgan birgina chopon qolgan erdi xolos. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga bosh tomonini choponi birlan, oyog‘ini ersa izxir (xushbo‘y o‘simlik) birlan o‘rab dafn qilmoqni buyurgan erdilar. Ammo, ayrimlarimizga bu dunyo o‘z mevalarini pishirib, in’om qilmoqdadir».

Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga boqib, uning ko‘pchilik ahli kambag‘allar erkanligin va do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar erkanligin ko‘rdim»,— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgunlariga qadar xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshoq non tanovul qilmadilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida tokchamda b   arpadan bo‘lak tirik jon yegulik hech vaqo qolmagan. Men uni anchaga yetsin deb taqsimlab qo‘yib erdim, Alloh taolo barakasini berdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 18:13:05

16-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning hamda sahobalarining hayot tarzi va ularning bu dunyo muhabbatu lazzatlaridan yuz o‘girganliklari xususida deydi.

 «Abu Hurayra bunday der erdilar: «Olloh taolodin o‘zga tangri yo‘qdir! Agar ochlikda bag‘rimni yerga berib yotsam ham, agar ochlikdan qornimga tosh bog‘lashga to‘g‘ri kelsa ham men shunday deya bergumdir! Kunlardan bir kun sahobalar o‘tadirgan yo‘l bo‘yida o‘ltirgan erdim, Abu Bakr kelib qoldilar. Biror narsa berib qornimni to‘yg‘azarmikanlar, degan maqsadda ul kishini to‘xtatib Olloh taoloning oyatlaridan qiroat qilib bermoqlarini iltimos qildim, ammo niyatimni sezmay o‘tib ketaberdilar. Keyin, Hazrat Umar kelib qoldilar. Men boyagi maqsadda ul kishini ham to‘xtatib, Qur’oni Kariym oyatlaridan o‘qib bermoqlarini iltimos qildim, biroq ul kishi ham niyatimni sezmay o‘tib ketaberdilar. So‘ng, Abulqosim sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar, meni ko‘rib tabassum qildilarda, ko‘nglimdagi maqsadimni va yuzimdagi ietirob alomatini uqib: «Yo Abu Hur!»— dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «Mening ortimdan yurg‘il!» — deb yo‘lga tushdilar, men ortlaridan ergashdim, Yurib-yurib, bir xonadon eshiga oldiga keldilarda, ichkariga kirmokqa izn so‘radilar, menga ham izn berildi. Ichkariga kirgach, qadahdagi sutni ko‘rib: «Bu qanday sut?»—dedilar. «Falonchi yuboribdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh!»— dedim. Janob Rasululloh «Borg‘il, sufa ahlini aytib kelg‘il!» — dedilar (sufa ahli masjiddagi sufada yashaydirgan islom mehmonlari bo‘lib, na bola-chaqalari, na mol-dunyolari va na bir himoyachilari bor erdi. Janob Rasululloh biror joydan sadaqa kelsa, o‘zlari yemay, shularga yuborar, hadya olib kelishganda ersa, avval o‘zlari tatib ko‘rib, so‘ng ular birlan baham ko‘rar erdilar). Bu gap menga yoqmadi, chunkim «Ozgina sut sufadagilarga yetarmidi, men uni bir o‘zim ichsam, biroz tanamga quvvat kirar erdi, sufadagilar kelsa Janob Rasululloh sutni ularga quyib berishimni buyuradilar va men nasibasiz qolg‘aymen»,— deb o‘yladim. Lekin, Olloh taologa va uning rasuliga itoat etmoqdin o‘zga ilojim yo‘q erdi, borib ularni chaqirib keldim, Ular kelib o‘ltirmoqqa ruxsat so‘rab erdilar, ruxsat berdilar. Barcha o‘ziga munosib joyga borib o‘ltirdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasululloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «Qadahni olib, ularga uzatg‘il!» — dedilar. Men qadahni olib ulardan biriga uzatdim, ul to‘yguncha ichib, menga qaytarib berdi. Shul tariqa, qadahni birma-bir hammaga uzatib chiqdim barchalari to‘yguncha sut ichishdi. Nihoyat, Janob Rasulullohga navbat keldi, ul zot qadahni qo‘llariga olib, menga bir tabassum qilib qo‘ydilarda «Yo Abu Hur!» — dedilar. Men: Labbay, yo Rasulalloh!» — dedim. Janob Rasululloh: «Men birlan sen ikkimiz qoldik»,— dedilar. Men: «Rost aytdingiz, yo Rasulalloh!»—dedim. Janob Rasululloh: «O‘ltirg‘il, ich!»—dedilar. Men o‘ltirib, ichdim. Rasululloh: «Yana ich!» — dedilar, men yana ichdim. Rasululloh shul tariqa qayta-qayta «Ich!» deyaverdilar, nihoyat men: «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Olloh taolo haqi, boshqa icholmayman, vujudimda bo‘sh joy qolmadi!» — dedim. Janob Rasululloh: «Unday bo‘lsa, menga berg‘il!» — dedilar. Men qadahni uzatib erdim, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng bismilloh deb qolganini ichdilar».

Hans: «Quyidagini Sa’ddan eshitganmen, ul bunday der erdi»,— deydilar: «Men Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabdurmen! Biz g‘azot qilib yurgan chog‘larimizda qubla va samr daraxtlarining bargidin o‘zga yemak bo‘lmay, har birimizning ichimiz qo‘y qumalog‘i yanglig‘ erdi. Keyin, Banu Asad meni islom ahkomlariga rioya qilmoqqa da’vat qila boshladi, men qaysarlik qilmay, itoat etdim».

Oisha raziyallahu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar Madinaga kelganidan to ul zot vafot qilgunlariga qadar ham loaqal uch kecha to‘yib bug‘doy taomi yeyishmagan».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar bir kunda ikki mahal taom yemagandirlar, yegan bo‘lsalar ham uning biri xurmo bo‘lar erdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘rpa-to‘shaklari teridan qilingan bo‘lib, ichi poxol birlan to‘ldirilgan erdi».

Qatoda rivoyat qiladilar: «Biz Anas ibn Molikning uyiga borsak nonvoyi non yovayotib: «Nondan yenglar!» — dedi. Men ersam, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafot qilgunlariga qadar ham yumshoq non yeganlarini bilmag‘aydirmen va ul zot dimlama qo‘y go‘shtining ne erkanligini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rmaganlar ham!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz bir oyda marta bo‘lsa ham o‘choqqa o‘t yoqolmas erdik agar ahyon-hadya qilinadirgan ozroq go‘shtni hisobga olmasak nuqul xurmo, ichishimiz suv erdi».

Yazid ibn Rumon rivoyat qiladilar: «Oisha singlimning o‘g‘li Urvaga: «Biz ikki oy mobaynida uch marta yangi oy chiqqaqini ko‘rgan bo‘lsakda, hanuz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (ayollarining) uylarida o‘choqlarga o‘t qilmagan bo‘lar erdi»,— debdilar. Urva: «Umda nima hisobiga kun ko‘rar erdingizlar?» —- deb so‘rabdi. Oisha: «Juda qashshoqlik birlan kun ko‘rar erdik yeyishimiz nuqul xurmo, ichishimiz suv erdi. Lekin, ba’zida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ansorlardan bo‘lgan qo‘shnilari Janob Rasulullohga taom chiqarib turar erdilar, ul zot ersalar uni bizga berur erdilar», — deb javob qilibdilar».

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, Muhammad xonadonidagilarga o‘zing qut (rizq) ato etg‘aysen!» — der erdilar», — deydilar.

Qayd etilgan