Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495952 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 96 B


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:40:22

17-6ob. Mo‘tadil va muttasil toat ibodat haqida

Masruq rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qanday toat-ibodatni xushlar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Uzluksiz toat-ibodatni»,— deb javob qildilar. Men: «Qay vaqt uyqudan turar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Xo‘roz qichqirganini eshitgach, uyqudan turar erdilar»,— deb javob qildilar".

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eng yoqadirgan toat-ibodat — kishi uzluksiz bajaradirgan toat-ibodatdir!»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech qaysiningizni qilgan toat-ibodatlaringiz qutqarib qololmag‘aydir!» —dedilar. «Sizni hammi, yo Rasulalloh?» — deyishdi. «Agar,— dedilar Janob Rasululloh, Olloh taolo o‘zi rahmatiga olmas erkan, menga ham qilgan toat-ibodatlarim najot bera olmag‘aydir, Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil (o‘rtacha) ado etingizlar, ertalab, kechqurun va tunning bir qismida toat-ibodat qilingizlar, toat-ibodat qilmoqda mo‘‘tadil (o‘rtacha) yo‘lni tanlasangizlar, maksudingizga yetgaydirsizlar!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil ado etingizlar, bilinglarki birortangizni qilgan toat-ibodatingiz jannatga kiritmaydi, Olloh taolo xushlaydirgan toat-ibodat, qisqa bo‘lsada, uzluksiz ado etiladirgan toat-ibodatdir!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taologa eng mahbub toat-ibodat qaysidir?» deb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rashdi. Shunda ul zot: «Qisqa bo‘lsada, muttasil ado etiladirgan toat-ibodatdir, toat-ibodatni qurbingiz yetgancha qilingizlar!» — dedilar».

Alqama rivoyat qiladilar: «Mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhodan: «Yo mo‘minlar onasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning toat-ibodatlari qanday erdi, toat-ibodatlaridan birortasini boshqa kunga qoldirarmi erdilar?» — deb so‘radim. Oisha onamiz «Yo‘q, sira bunday qilmas erdilar, barcha amallarni o‘z vaqtida muttasil ado etib borar erdilar, qaysi biringiz Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlarini qila olursiz?!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Toat-ibodatlaringizni to‘g‘ri, mo‘‘tadil ado etingizlar, o‘zgalarga aytinglarki, biror kishi qilgan toat-ibodat evaziga jannatga kirmagaydir!» — dedilar. Yo Rasulalloh, hattoki siz hammi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Hatto men ham, gar Olloh, taoloning o‘zi mag‘firat qilib, rahmatig‘a olmas erkan!» — deb javob qildilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib, namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga chiqib masjidning qibla tarafiga qo‘llari birlan ishora qildilarda: «Hozirgina men sizlar birlan namoz o‘qib bo‘lishim birlanoq, anavi devor tomonda jannat va do‘zaxning namoyon qilinganini ko‘rdim, bugungidek yaxshilik birlan yomonlikni ko‘rmagandurmen, bugungidek yaxshilik birlan yomonlikni ko‘rmagandurmen!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:41:26

18-6ob. Xavf birlan rajo’ (umid) haqida

Sufyon: Qur’oni Karimda mening uchun quyidagi oyatdan zo‘rroq oyat yo‘qdir»,— deydilar: «Qul, yo ahlal-kitobi, lastum alo shay’in hatto tuqiymuuttavrota val-injiyla va mo unzila ilaykum min rabbikum». Oyatning mazmuni («Al-Moida» surasi): «Aytingiz, ey ahli kitob, sizlar toki Tavrot va Injilga hamda parvardigoringiz tarafidan nozil qilingan boshqa narsalarga amal qilmasangizlar, to‘g‘ri yo‘lga kirmagan bo‘lasizlar!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Olloh taolo o‘z rahmatini yaratgan kuni yuz rahmatdan iborat qilib yaratdi va uning to‘qson to‘qqiztasini o‘zida olib qolib, bittasinigina butun maxluqlariga ato etdi. Agar kofir Olloh taoloning qanchalik ko‘p rahmatga zga ekanligin bilganda erdi, jannatdan umidini uzmagan bo‘lur erdi! Agar mo‘min Olloh taoloning barcha azoblaridan voqif bo‘lganda erdi, o‘zini do‘zaxdan qutulgan deb bunchalik ishonmas erdi!» deb aytganlarini eshitganmen».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:42:04

19-bob. Olloh taoloning ta’qiqlariga sabr-toqat qilmoq haqida

Olloh taoloning qavli («Az-Zumar» surasi): «Innamo yuvaffas-sobiruuna ajrahum big‘ayri hisobin». Oyatning mazmuni: «Sabrli bandalar behisob ajr olurlar». Hazrat Umar: «Yaxshi hayotimizga sabr birlan erishdik»,— deydilar.

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Bir guruh ansorlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdai bir narsani so‘rashdi. Ul zot kim nima so‘rasa, yo‘q demay berar erdilar. o‘zlariga hech narsani olib qolmas erdilar. Oldilarida berishga hech narsa qolmagach: «Qo‘limda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, sizlardan ayamag‘aydurmen, ammo kimki hayoli bo‘lmoqni istasa, Olloh taolo uni hayoli qilg‘aydir, kimki sabr qilsa, Olloh taolo unga sabr-qanoat berg‘aydir, kimki muqtojlikka ko‘niksa, Olloh taolo uni bemuhtoj qilg‘aydir. Sabrdan ko‘ra ulug‘roq va yaxshiroq ne’matga erisha olmag‘aydursizlar!» — dedilar».

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunchalik ko‘p namoz o‘qir erdilarki, hatto ikki oyoqlari shishib ketar erdi. «Nega bunday qilg‘aysiz?» — deyishganda, «Olloh taologa shukr qilg‘uvchi bandalardan bo‘lmayinmi?!» — der erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:42:40

20-bob. Kimki Olloh taoloning o‘ziga tavakkal qilg‘aydir, Olloh taolo buni hisobga olib qo‘yg‘aydir!

Husayn ibn Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Sa’id ibn Jubayrning xuzurida o‘ltirgan erdnm, u Ibn Abbosdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— dedi: «Ummatlarimdan yetmish ming kishi savol-javobsiz jannatga kirgaydir. Ular o‘zlariga dam soldirmaydirgam, irim-sirim qildirmaydirgan va Olloh taoloning o‘ziga tavakkal qiladirgan kishilardir!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:43:04

21-bob. Mish-mishning makruhligi haqida

Mug‘iyra ibn Shu’baning kotibi Varrod rivoyat qiladilar: «Muoviya «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan hadislaringdan menga yozib yuborgil!» deb Mug‘iyraga maktub yo‘lladi. Mug‘iyra unga bunday deb javob Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan forig‘ bo‘lgach, «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyrun» degan duoni uch bor qaytarib o‘qiganlarini eshitganmen. Ul zot mishmish tarqatmoqni, ezmalik qilmoqni, mol-dunyoni isrof qilmoqni, ochko‘zlik qilmoqni, onalarga itoatsizlik qilmoqni va qizlarni tiriklayin qo‘mib tashlamoqni (qadimgi arablarda shunday odat bo‘lgan) man’ qilganlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:43:17

22-bob. Tilni tiymoq haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, faqat yaxshi gaplarni aytsin yokim sukut saqlasin!»—deganlar.

Olloh taoloning qavli: «Mo yalfiz min qavlin illo ladayhi rakiybun atiydun». Oyatning mazmuni: «Kishi noo‘rin aytilgan bir so‘z birlan o‘ziga abadiy dushman orttirg‘aydir».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ikki jag‘i birlan ikki oyog‘i orasidagilarni (yomonlikka ishlatmayman, deb) kafolat bersa, men ham unga jannatni (Olloh taolodam so‘rab berg‘aymen, deb) kafolat berg‘aymen!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, faqat yaxshi so‘z aytgaydir, yo‘qsa sukut qilgaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, qo‘shnisiga ozor bermagaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, mehmonini hurmat qilgay dedilar»

Abu Shurayh al-Xuzo’iy rivoyat qiladilar: "Quloqlarim eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qildikim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mehmonning izzati uch kundir, mukofoti ersa bir kecha-kunduzdir»,— dedilar. Mukofoti nedir?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Dastlabki kecha-kunduzda yaxshilab mehmon qilmoqdir»,— dedilar, so‘ng «Kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishongaydir, mehmonini hurmat qilgaydir, kimki Olloh taologa va qiyomat kuniga ishomgaydir, faqat yaxshi gap gapirgaydir, yo‘qsa, jim o‘ltirgaydir!» —deb qo‘shib qo‘ydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banda o‘ylamay-netmay bir so‘zni aytib qo‘ygaydirda, keyin do‘zaxda mashriq birlan (mag‘rib) oralig‘idek olis joyda sarsonu sargardon bo‘lib, azob chekgaydir»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat iladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir banda Olloh taolo rizo bo‘ladirgan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuravergaydir ammo Olloh taolo o‘zi bilib, uning martabasini ulug‘ qilgaydmr, yana bir banda Olloh taoloni norozi qiladirgan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuravergaydir, biroq Olloh taolo buni ham o‘zi bilib jahannam qa’riga tashlagaydir»,— dedilar.   

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 11:43:44

23-bob. Olloh taolodan hayiqib yig‘lamoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (qiyomat kuni) yetti toifa kishilarni o‘z soyasiga olgaydir, ulardan biri — (xilvatda) Olloh taoloni yod etib, xo‘ng-ho‘ng yig‘lagan odamdir», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 19:44:41

24-bob. Olloh taolodan qo‘rqmoq haqida

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari yashab dunyodan rihlat etgan bir odam o‘zi qilib yurgan amallarining to‘g‘ri yokim noto‘g‘riligidan gumonsirab yurar erdi. Bir kuni ul o‘z ahliga «Basharti dunyodin ko‘z yumsam, jazirama kunlardan birida kulimni dengizga sochinglar!» — deb vasiyat qildi. Ular aytganidek qildilar. Olloh taolo uning kulini jamlab, o‘z holiga keltirgach: «Nechun bunday qilding?» —deb so‘radi. U «Sendan qo‘rqqanimdan shunday qildim», — deb erdi, Olloh taolo uni mag‘firat qildi»,— dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ilgari dunyodan o‘tgan kishilardan birini eslab bunday dedilar «Olloh taolo unga mol-dunyo va farzandlar ato etgan erdi. Ular chog‘i yaqinlashgach bolalariga: «Men sizlarga qanday otalik qildim?» — dedi. Bolalari: «Yaxshi otalik qildingiz».— deyishdi. Ul: «Ammo, Olloh taolo nazdida biror xayrlnk ish qila olmadim, agar o‘lsam, tanamni kuydirib, kulimni shamolga sovuringlar!» — deb vasiyat qildi. Bolalari aytganidek qilishdi. So‘ng, Olloh taolo «Kun!» («Qayta jonlan!») deb amr qilib erdi, u tirilib, o‘rnidan turdi. Olloh taolo unga: «Ey bandam, nechun bunday qilding?» — deb so‘radi. Ul: «Sendan qo‘rqqanimdan, — dedi. Olloh taolo unga tanbih bermay o‘z rahmatiga oldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 19:45:52

25-bob. Quloq osmaslikning oqibati haqida

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir odam men singari yokim Olloh taolo meni yuborgani singari qaysi bir qavmning huzuriga keldida: «Men o‘z ko‘zim birlan qo‘shin kelayotganini ko‘rib, sizlarni ogohlantirgani oshiqdim, qochib qolingizlar, qochib qolingizlar!» — deb xabar qildi. Bir guruh odamlar unga quloq solib, qochib qoldilarda, najot topdilar, ikkinchi bir guruh ersa, uning ganiga ishonmay, joyidan jilmadi, natijada qo‘shin yetib kelib, barchasini qirib tashladi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan odamlar o‘t yoqqan kishi birlan parvonalar kabidir. Chunkim, bir kishi o‘t yoqsa, atrofi yorishgach, parvonalar uchib kelib o‘zlarini o‘tga ura boshlaydilar, ul kishi harchand haydamasin, baribir o‘zlarini o‘tga uraveradilar. Men ham o‘sha kishi singari sizlarni o‘tdin qochirmoqqa hamchalik urinmayin, hanuz o‘zingizni o‘tga urmoqdasizlar!» — der erdilar».

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon — qo‘li birlan tilidan boshqa musulmonlarga ozor bermagan odamdir, muhojir — Olloh taolo ta’qiqlagan narsalardan o‘zini tiya bilgan odamdir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2009, 20:26:13

26-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingiz!» deganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu bundan der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men bilgan narsalarni sizlar ham bilganlaringizda erdi, hamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men bilgan narsalarni sizlar ham bilganlaringizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan