Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495673 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 96 B


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:31:10

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Havzi Kavsar bo‘yiga sizdan ilgari borib turg‘aymen. Kimki qoshimga kelsa, uning suvidan ichg‘aydir, ichgan odam ersa, sira tashna bo‘lmag‘aydir! Huzurimg‘a qavmlar kelg‘aylar, men ularni tanib olg‘aydurmen, ular ham meni tanib olg‘aydurlar. Keyin, men birlan ularning orasi to‘sib qo‘yilg‘aydur»,— dedilar»

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Nu’mon ibn Abu Iyosh mening aytganlarimni eshitib bo‘lgach: «Sen bu hadisni Sahldan eshitganingdek qilib rivoyat qildingmi?» — dedi. Men: «Ha!» — dedim. Ul: «Ammo, men qasamyod qilurmenkim, Abu Sa’id al-Xudriy bu hadisga qo‘shimcha qilib, «Janob Rasululloh: «Ular mening sahobalarimdur!» — degaymen, shunda menga: «O’zingdan keyin sen ularning ne qilg‘onlarin bilmassen!» — deyilg‘aydir, keyin men: «Mendan keyin yo‘ldan ozganlar ko‘zimdan daf bo‘lsinlar, daf bo‘lsinlar!» — degaymen, deb aytganlar»,— degan erdi»,— dedi.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni bir guruh sahobalarim (Havzi Kavsar suvidan ichmoq bo‘lib) qoshimg‘a kelganlarida haydab yuborilg‘aydurlar. Shunda men: «Yo rabb, bechora sahobalarim!» — degaymen. Olloh taolo: «O’zingdan keyin ularning ne qilg‘onlarin sen bilmassen, ular yo‘ldin ozib, ortlarig‘a qaytgandurlar!» — degaydir».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men o‘zimga tanish bir guruh odamlar oldida turganimda men birlan ular o‘rtasida bir odam paydo bo‘lib, ularga: «Yuringlar, ketdik!» — degaydir. Men: «Qaerga?» — deb aytgaymen. Shunda ul: «Jahannamga!»—degaydir. Men: «Olloh taolo haqi, aytg‘il, ne gunoh qilganlar?»—degaymen. Ul: «Sendan keyin ular yo‘ldan ozib, ortlarig‘a qaytganlar!»— degaydir. Keyin, yana o‘zimga tanish bo‘lmish bir guruh odamlar oldida turganimda o‘rtamizda bir odam paydo bo‘lib, ularga: «Yuringlar, ketdik».— degaydir. Men «Qaerga?» — degaymen. Ul: «Jahannamga!» —degaydir. Men: «Olloh taolo haqi, aytgil, gunohlari nedur?» — degaymen. Ul: «Sendan keyin ular yo‘ldan ozib, ortlarig‘a qaytganlar!» — degaydir. Shunda bilgaymenkim, ularning ko‘pchiligi egasiz tuyalar yaglig‘ xalos bo‘la olmagaylar (ya’ni, mazkur guruh orasida ikki toifa kishilar — kofirlar birlan gunohkorlar mavjud bo‘lib, birinchi toifaga mansublari do‘zax o‘tidan xalos bo‘la olmagaylar)».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:31:23

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening uyim birlan minbarim oralig‘ida jannat bog‘laridan biri joylashg‘aydir, minbarim ersa, Havzi Kavsarim bo‘yida bo‘lgaydir!» —dedilar».

Jundub rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Men sizlardan ilgari Havzi Kavsar buyida bo‘lg‘umdir!» deb aytganlarini eshitganmen».

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Kunlardan bir kun Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lganlarga (oddiy) mayyitga o‘qigan yanglig‘ janoza o‘qidilar, so‘ng minbarga chiqib: «Men sizlardan ilgari (Havzi Kavsar bo‘yiga) borgaymen va sizlarga guvoh bo‘lgaymen, hozir ersam, Olloh taolo haqi, Havzi Kavsarni shundoqqina ko‘rib turibmen. Men yer xazinalari kalidlarini (yokim, yer kalidlarini sizlarga) topshirdim, Olloh taolo haqi, men sizlardan vafotimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ermas, balkim (er xazinalari kalidlarini, ya’ni boylikni) o‘zaro talashib, raqobatlashmasangizlar erdi, deb xavotirdamen!» —dedilar».

Horisa ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Havzi Kavsar haqida: «Ul Madina birlan San’o oralig‘ichadir!» —deganlarini eshitganmen».

Ibn Xolid bunday deydilar: «Horisa ibn Vahb Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Havzi Kavsarim Madina birlan San’o oralig‘ichadir!» deganlarini eshitganmen, deganida, Mustavrid «Sen Janob Rasulullohning uning bo‘yidagi ko‘zalar haqida gapirganlarini eshitmabmi erding?» — deb so‘rabdi. Ul: «Yo‘q»,— deb javob qilibdi. Mustavrid: «Uning bo‘yida yulduzlar adadicha ko‘zalar mavjudligini ko‘rg‘aysen!» — debdi.

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men Havzi Kavsar bo‘yida turib, sizlardan qaysilaringizning qoshimga kelayotganingizni kuzatib turg‘aymen, shunda huzurimga kelgan odamlarni olib ketishg‘aydir. Buni ko‘rib, men: «Yo rabb, axir ular qarindoshlarim va sahobalarim-ku!» — degaymen. Menga: «Sen ularning o‘zingdan keyin ne qilg‘anlarin bilurmisen, ular yo‘ldan ozib, ortlariga qaytishda davom etaverganlar?!» — deyilg‘aydir».

Ibn Abu Mulayka nuqul: «Yo parvardigoro, bizni yo‘ldan ozib, ortga qaytmog‘imizdan yokim dinimizdan aynimog‘imizdan o‘zing asragaysen!» — der erdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:31:50

Bismillohir rahmonir rahiymi

TAQDIR KITOBI

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Bizga sodiqulmasduq bo‘lmish Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har biringiz (otangiz pushti kamaridan) onangiz qorniga tushganingizdan so‘ng, qirq kun davomida yaxlit holatg‘a kelg‘aysiz, so‘ng shuncha vaqt ichida alaqqa (laxta qong‘a) aylang‘aysiz, keyin yana shuncha vaqt o‘tgach, bir parcha et shaklig‘a kelg‘aysiz. Shundan so‘ng. Olloh taolo farishtani yuborib, (peshonangizga) to‘rt narsani — rizqingizning qanchaligini, qachon o‘lishingizni, baxtsiz yokim xushbaxt bo‘lmog‘ingizni (taqdir qilib bitib qo‘ymoqni) amr qilg‘aydir. Olloh taolo haqi, qaysi biringizdir yokim biror boshqa odam do‘zax ahliga mansub ish qilayotganda uning birlan jahannam oralig‘ida bir quloch yokim bir necha quloch masofa qoldi deguncha, peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga jannat ahlig‘a munosib ishni nasib etg‘aydir va ul jannatg‘a kirg‘aydir. Yokim, aksincha, bir odam jannat ahlig‘a mansub ish qilayotganda uning birlan jannat oralig‘ida bir quloch yokim ikki quloch masofa qoldi deguncha peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga do‘zax ahlig‘a loyiq ishni iasib aylag‘aydir va ul do‘zaxg‘a tushg‘aydir».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:32:20

1-bob. Olloh taolo bilganini taqdir qalami bitib qo‘ygandir!

Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo o‘z bilganini banda topolmaydirgan qildi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga «Olloh taolo senga muyassar qilgan narsani taqdir qalami bitib qo‘ygandir!» — dedilar».

 Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasulalloh, jannat ahli do‘zax ahlining kimligini bilg‘aymi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Ul odam: «Nega unda ular (bila turib ba’zan yomon ishlarni ham) qilib qo‘yg‘aylar?» — dedi. Janob Rasululloh: «Har kim peshonasiga bitilgan va o‘ziga muyassar qilingan ishlarni qilgaydir!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:33:34

2-bob. Olloh taolo ularga ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning bolalari xususida so‘rashdi, shunda ul zot: «Olloh taolo (ularning ruhlarini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!» — dedilar» degan erkanlar».

Ato ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Abu Hurayradan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning zurriyotlari haqida so‘rashganda, ul zot: «Olloh taolo (ularning ruhlarini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aitgandir!»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvondan hayvon dunyoga kelgandek yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib qo‘yg‘aydir. Aytingizchi, hayvon bolasining, agar keyin o‘zingiz kesmasangiz, biror a’zosi kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisizlar? Uni o‘zingiz kesib nuqsonli qilib qo‘yg‘aysizlar!» — dedilar. «Yo Rasulalloh, yosh vafot etib ketganlar haqida ne dersiz?»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo (ularning ruhini yaratgan vaqtda) ne qilmoqlari lozimligini aytgandir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:34:38

3-bob. Olloh taoloning amri — taqdiri azaldir!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham ayol ikkinchi bir ayolning taloq qilinmog‘ini hamda uning rizqiga chang solib, o‘rniga o‘zi nikohlanib olmog‘ini orzu qilmasin, chunkim unga ham ko‘z tikkan balo bordir!» —dedilar».

Usoma (ibn Zayd) rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, nogahon qizlaridan birining chopari kelib qoldi. Sa’d Ubay ibn Ka’b va Maoz ham shu yerda erdilar. Chopar: «Qizingizning o‘g‘ilchasi jon taslim qilay deyapti!» — deb xabar qildi. Janob Rasululloh bir odam orqali: «Farzand beradirgan ham, uni qaytib oladirgan ham Olloh taoloning o‘zidir, ul har kimni ajaliga muvofiq o‘z dargohida chaqirib olg‘aydir. Sabru-toqat qilib, uning irodasiga bo‘ysunsin!» — deb aytib yubordilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdim, ansorlardan biri kelib: «Yo Rasulalloh, biz jangda asir va o‘ljalar qo‘lga kiritgaymiz, azl (jinsiy aloqa vaqtida ayolni homilador bo‘lmoqdan saqlash) haqida ne dersiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sizlar shunday qilurmisizlar? Sira bunday qila ko‘rmanglar, chunkim Olloh taolo dunyoga kelmog‘ini taqdir aylagan har bir jon tug‘ilmog‘i darkordur!» — dedilar».

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xutba aytayotib qiyomatga qadar sodir bo‘ladirgan narsalarning birortasini ham qoldirmay so‘zlab berdilar. Shunda ul zotning gaplarini uqigan uqib oldi, uqimagan johilligicha qoldi. Men biror narsani unutsam, yana qaytib ko‘rganimda yodimga tushg‘aydir. Bu — go‘yokim, ilgari ko‘rib yurgan odamni ancha vaqtdan keyin yana ko‘rib, tanigan kabidir».

Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Ul zot qo‘llaridagi cho‘p birlan yerni chizayotib: «Oralaringizda xoh jannat bo‘lsin, xoh do‘zax bo‘lsin, boradirgan joyi azaldan yozib qo‘yilmagan birorta ham odam yo‘qdir! — dedilar. Shunda qavm a’zolaridan biri: «Unday ersa, tavakkal qilib yuraveraylikda!» —dedi. Janob Rasululloh: Yo‘q, unday ermas. (islom arkonlariga) amal qilinglar, barchasi muyassar bo‘lg‘ay!» — deb, «Fa man a’to vattaqo...» («Kimdakim xayr-ehson qilib, Olloh taolodam qo‘rqsa...) degan oyatni o‘qidilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:36:15

4-bob. Amallar natijasiga qarab baholanadir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar jangida qatnashdik. Janob Rasululloh o‘zini musulmpn deb da’vo qilib yurgan bir odamni ko‘rsatib, bu — do‘zax ahlidandur» — dedilar. So‘ng, jang boshlangach, o‘shal odam jon-jahdi birlan jang qilib, ko‘p joyidan jarohatlandi. Janob Rasulullohning sahobalaridan biri kelib: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz do‘zax ahlidan deb aytgan odamning Olloh taolo yo‘lida qattiq jang qilib, ko‘p joyidan yaralanganini ko‘rdingizmi?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Baribir u do‘zax ahlidandur!» — dedilar. Shunda ba’zi musulmonlarning ul zotning bu gaplariga shubha bildirishlariga oz qoldi. Shu asnoda boyagi odam tanasidagi jarohatlar og‘rig‘iga chidamay, o‘qdonidan bir o‘q olib, o‘zini o‘ldirdi. Buni ko‘rgan musulmonlar Janob Rasulullohning huzurlariga yugurib kelib: «Yo Rasulalloh. Olloh taolo ganingizni rostga chiqardi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo Bilol, turg‘il, jannatga faqat mo‘minlar kirmog‘ini aytib jar solg‘il, Olloh taolo islom dinini fojir (yaramas, osiy) odam vositasi birlan ham qo‘llab-quvvatlag‘aydur!» — dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari birlan birga g‘azotga chiqqan eng badavlat musulmonlardan biriga bir nazar tashlab qo‘ydilarda: «Kimdakim do‘zax ahliga mansub odamni ko‘rmoq orzusida ersa, mana shu odamga qarasin!» — dedilar. Qavm a’zolaridan biri mushriklarning ashaddiy dushmani bo‘lmish boyagi odamni jang vaqtida kuzatib turdi. Ul (azbaroi jon-jahd birlan jang qilganidan) ko‘p joyidan jarohatlangach, (og‘riqqa chiday olmay) qilichi uchini zarb birlan o‘z ko‘kragiga sanchib erdi, ikki kuragi o‘rtasidan teshib chiqdi. Ul bu birlan o‘z ajalini tezlashtirib, (Olloh taolodin ilgari o‘zi o‘z jonini oldi). Uni kuzatib turgan mazkur odam Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga yugurib kelib: «Sizning Olloh taoloning rasuli erkanligingizga guvohlik berg‘aymen! (ya’ni, sizning aytganingiz to‘g‘ri bo‘lib chiqdi)» — dedi. Janob Rasululloh: «Ne voqea sodir bo‘ldi.» — dedilar. Ul: «Siz boya: «Kimdakim do‘zax ahliga mansub odamni ko‘rmoq orzusida ersa, mana shu odamga qarasin!» — deb erdingiz, ul oramizda eng badavlat musulmonlardan bo‘lib, hech qachon muhtojlikdan o‘lmasligini bilar erdim. Jarohatlangach, o‘z ajalini tezlashtirib, o‘zini o‘zi o‘ldirdi»,— dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir banda jannat ahliga mansub ishlarni qilib yurib, piravardida do‘zax ahliga mansub ishni qilib qo‘ygay va bir banda do‘zax ahliga mansub ishni qilib yurib, piravardida jannat ahliga mansub ishni qilib qo‘ygay. Darhaqiqat, amallar xotimasiga ko‘ra baholangaydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:36:38

5-bob. Banda nazrga ermas, taqdirga ishonmog‘i lozim!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nazr qilmoqdan qaytarib: «Nazr berib taqdirdan qutilib bo‘lmag‘aydir, buning birlan faqat baxil odamdan biror narsa undirib oling‘aydir!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam: «Nazr Odam bolasiga hech qanday manfaat bermag‘aydur, uning peshonasiga yozilganini o‘zgartira olmag‘aydur, lekin azaldin taqdir qiling‘on narsalarni taqdirning o‘zigina unga nasib aylag‘aydir, xolos!»— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:37:12

6-bob. Lo havla va lo quvvata illo billoh! (Ollohdan o‘zga kuch-qudrat yo‘qdir!)

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir g‘azotda bo‘lganimizda, biror tepalikka chiqsak yokim biror vodiyga tushsak bor ovozimizni qo‘yib takbir aytar erdik. Shunda Janob Rasululloh oldimizga kelib: «Ey odamlar, o‘zingizga achinsangizlarchi, axir sizlar biror kar yokim bu yerda nomavjud bo‘lgan shaxsga ermas, balkim doimo eshitib va ko‘rib turg‘uvchi zotga iltijo qilmoqdasizlar-ku!» — dedilar. So‘ng, yana: «Ey Abdulloh ibn Qays, senga jannat xazinalaridan bo‘lmish bir so‘zni o‘rgataymi, ul — «Lo havla va lo quvvata illo billoh»dur!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:37:36

7-bob. Olloh taoloning o‘zi gunohdan asragan bandasigina gunohkor bo‘lmag‘aydur!

Mujohid: «Haq yo‘ldan ozib, bora-bora zalolat botqog‘iga botib ketg‘aydurlar»,— deydilar.

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir xalifa bo‘lmasin, uning ikki nafsi bo‘lib, biri yaxshilik qilmoqni buyurib, yaxshilikka undasa, ikkinchisi — yomonlik qilmoqni buyurib, yomonlikka undag‘aydir. Olloh taoloning o‘zi gunohdan asragan bandasigina gunoh ishlarg‘a qo‘l urmag‘aydir!» — dedilar».

Qayd etilgan