Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar «Ko‘rdingizmi, Aslam, G’ifor, Muzayna va Juhayna qabilalari Tamim, Omir ibn Sa’sa’a, G’atafon qabilalaridan yaxshiroq bo‘lsa, umidsizlanib mag‘lub bo‘larmi erdi?» — dedilar». Sahobalar: «Ha, shundoq!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, bular ulardan yaxshiroqdir!» — dedilar».
Abu Humayd as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishini zakot yig‘uvchi qilib tayinladilar, ul o‘z ishini ado etib keldida: «Yo Rasulalloh, bu — sizga, mana bu ersa, menga hadya qilindi»,—dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onangning uyida o‘ltirib, o‘zingga hadya olib kelmoqlarini kutsang bo‘lmasmi erdi?!» — dedilar. So‘ng, kechqurun turib namozdan keyin tashahhud qildilar, Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar. Keyin, «Andin so‘ng ersa» (ammo ba’d) degach «Biz biror kishini zakot yig‘uvchi qilib ta’yin etsak nechun ul qoshimizga kelib: «Bu — sizga, mana bu ersa, menga hadya qilindi»,— deydi?! Ul, yaxshisi, ota-onasining uyida o‘ziga qadya keltiradirlarmi, yo‘qmi, kutib o‘ltirsa, bo‘lmasmi erdi?! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, gar birortangiz (o‘zgalar haqiga) xiyonat qilur bo‘lsangiz, o‘shal nohaq olgan narsangizni qiyomat kuni yelkangizda ko‘tarib kelg‘aysiz. Basharti, ul tuya ersa o‘kirib, sigir ersa bo‘kirib. qo‘y ersa ma’rab turg‘aydir. Men sizlarni ogohlantirdim!»—deb aytdilarda, qo‘llarini baland ko‘tardilar. Shunda qo‘ltiqlarining oqligiga nazarim tushdi. Janob Rasulullohning yuqorida aytgan gaplarini men birlan birga Zayd ibn Sobit ham eshitgan erdi, undan so‘rab ko‘rsangiz bo‘lg‘aydir».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot haqi, gar sizlar men bilgan narsalarni bilg‘aysiz, ko‘proq yig‘lab, hamroq qulg‘aysiz!» — dedilar».
Abu Zarr rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Ka’baning soyasida o‘ltirgan erdilar, qoshlariga bordim. Shunda ul zot «Ka’ba rabbi haqi, ular zavol topg‘aydurlar, Ka’ba rabbi haqi, ular zavol topg‘aydurlar!» — dedilar. Men: «Bu gapni mendagi biror kamchilikni nazarda tutib aytmayaptilarmikan?» — degan xayolga bordim. So‘ng, yonlariga borib o‘ltirdimda, ko‘nglim g‘ash bo‘lib ketaverganidan, sabr qilolmay: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, ular kimlardur?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Ular molu dunyosi ko‘p bo‘lgan odamlardur, ammo boyligini chor tarafga ehson qilib sochganlar, bundan mustasnodurlar!» — dedilar».