Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495590 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 96 B


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:26:37

8-bob.

Olloh taoloning qavli: «Bor iymoningiz birlan Ollohga qasam ichingizlar!»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, tushni ta’bir qilishda yo‘l qo‘ygan xatoimni menga tushuntirib beringiz!» — dedilar. Janob rasululloh: Qasam ichmag‘il!» — dedilar».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga qasamga vafo qilmoqni amr qildilar».

Abu Usmon Usoma ibn Zayddan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari, ul zotning huzurlarida Usoma ibn Zayd, Sa’d va Ubay mavjud erdi, chopar yuborib, o‘g‘ilchasining vaqti-soati bitay deb qolganligini xabar qildi. Janob Rasululloh bunga javoban salom aytib: "Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida barcha bandalarning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning irodasiga bo‘yinsunsin!» — deb aytib yubordilar. Qizlari (rost aytayotganiga) qasam ichib, choparni ortiga qaytardi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turdilar, ul kishi birlan birga biz ham turdik. Yetib borgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bolani uzatib erdilar, uni olib bag‘irlariga bosdilar, bola o‘xtin-o‘xtin nafas olar erdi. Buni ko‘rib Janob Rasulullohning ikki muborak ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. Shunda Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu ne qilg‘oningiz?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bu ko‘z yoshi — Olloh taoloning bandalari qalbiga solgan rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga raxm qilg‘aydir!» —dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Qasamiga vafo qilg‘on musulmonning uch bolasi o‘lgan ersa, unga do‘zax otashi tegmag‘aydir!» — dedilar».

Horisa ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannat ahlining qanday kishilar erkanin sizlarga aytayinmi? Barcha chor-nochor, zo‘r-bazo‘r turmush kechirg‘uvchi, Olloh taoloning nomini atab qasam ichsa, unga vafo qilg‘uvchi kishilar — jannat ahlidir! Do‘zax ahli ersa, barcha quruq, qo‘pol va kalon dimog‘ kishilardir!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:26:55

9-bob. Agar: «Olloh taoloning nomi birlan guvohlik berg‘aymen!» yokim «Olloh taoloning nomi birlan guvohlik berdim!» — desa...

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Eng yaxshi odamlar qaysidur?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Menga asrdosh bo‘lganlar, keyin ulardan keyingilar, so‘ngra ulardan keyingilar, undan keyin ersa avval guvohlik berib qo‘yib, so‘ng undan topib qasam ichadirgan hamda avval qasam ichib qo‘yib, so‘ng undan topib guvohlik beradirgan qavmlar dunyoga kelg‘aydir!» — dedilar. Ibrohim: «O’spirinlik vaqtimizda sahobalar bizni guvohlik hamda va’da berib qasam ichmoqdin qaytarar erdilar», — deydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:27:10

10-bob. Olloh taologa ont ichmoq haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir musulmon odamning (yokim bir musulmon birodarining) molini o‘zlashtirib olmoq maqsadida yolg‘on qasam ichg‘aydir, Olloh taolo uni o‘z g‘azabiga giriftor qilg‘aydir!» — dedilar. Sulaymon: «Olloh taolo buning tasdiqi uchun: «Olloh taoloning nomini sotib ont ichg‘uvchilar...» — degan oyati karimasini nozil qilgan»,—dedilar. Ash’as ibn Qays o‘tib ketayotib: «Abdulloh sizlarga ne deyayotir?» — dedi. Odamlar o‘rtada bo‘lgan gapni aytishdi. Ash’as «Bu oyat men birlan o‘rtog‘im ikkimizga tegishli quduq haqida nozil bo‘lgan»,—dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:27:26

11-bob. Olloh taoloning izzati, sifatlari hamda qavllarini o‘rtaga qo‘yib qasam ichmoq xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «A’uuzu bi-izzatika!»—deb aytar erdilar. Abu Hurayra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qiyomat haqidagi hadislarini eslab: «Bir odam jannat birlan do‘zax oralig‘ida turib qolg‘aydir, keyin ul: «Yo rabb, yuzimni jahannamdan o‘zga tarafg‘a qarattirib qo‘yg‘il, izzating haqi, sendan bundan bo‘lak tilak qilmagaymen!»—degaydir»,— dedilar. Abu Sa’id «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Bu ham senga, undan o‘n barobar ko‘p mana bu narsalar ham senga!» — degaydir, — deganlar»,— dedi. Ayyub: «Izzating haqi, barakotingdan benasib qilmag‘il!» — degaydir»,— dedi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Izzat sohibi bo‘lmish Olloh taolo barcha otashboplarni jahannamga tashlab bo‘lguniga qadar, jahannam: «Yana bormi, yana bormi?» — deyaverg‘aydir. So‘ng: «Izzating haqi, bo‘ldi-bo‘ldi, yetarli!» — deb yumilib qolg‘aydir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:27:48

12-bob. Olloh taoloning umri haqi!», ya’ni «Olloh taolining hamisha tirik va mavjudligi haqi!» deb qasam ichmoq haqida

Ibn Abbos: «Umring haqi — hayoting haqi, demakdir» — deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizdan naql qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamizni ig‘vo qilganlarida Olloh taoloning o‘zi oqladi. Shunda har kim turli gaplarni aytdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib Abdulloh ibn Ubayga: «Uzr aytg‘il!» — dedilar. Usayd ibn Huzayr o‘rnidan turib Sa’d ibn Ubodaga: «Olloh taoloning umri haqi, uni albatta o‘ldirg‘aymiz!» — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:28:04

13-bob.

Olloh taoloning qavli («Al-Baqara» surasi): «Lo yuoxizukumullohu billag‘vi fi aymonikum va lokin yuoxizukum bimo kasabat quluubukum va-llohu g‘afuurun haliymun!». Oyatniig mazmuni: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamag‘aydur, ammo ul sizlarni dillaringiz qasd qilg‘on qasam uchun jazolag‘aydur. Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi bo‘lmish bir bardoshli zotdir!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamag‘aydur» degan oyat «Yo‘q, Olloh haqi!» va «Ha, Olloh haqi!» kabi qasamlar xususida nozil bo‘lg‘ondur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:28:25

14-bob. Bilmay qasamni buzib qo‘ysa...

«Bilmay qilg‘on ishingiz uchun gunohkor «Bilmay qilg‘on ishim uchun meni jazola. Olloh taolo: «bo‘lmag‘aysiz» va demagil! (deb aytingiz)»,— deydi.

Abu Hurayra Olloh taoloning yuqoridagi qavlini izohlab «(Nabiy sallallohu alayhi va sallam): «Olloh taolo ummatimni, ko‘ngli qilmoqni yokim aytmoqni vasvasa qilg‘on narsa uchun, gar uni qilmag‘on yoxud aytmag‘on ersa, mag‘firat qilg‘aydur!» — deganlar», — dedilar».

 Amr ibn al-Os rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni va’z qilib turg‘on erdilar, bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, men (bilmay) falon va falon narsalarni falon va falon narsalardan oldin qilmoq lozim deb hisoblar edim?!» — dedi. Yana bir odam turib: «Yo Rasulalloh, men (bilmay) falon va falon narsalarni anavi uch narsadan ilgari qilmoq kerak deb hisoblar erdim?!»— dedi. Shunda Janob Rasululloh: «(Qolgan haj amallarini) davom ettiraver, (Olloh taolo) seni gunohkor qilmag‘ay!» — dedilar. O’shal kun kim ne haqda so‘ramasin, Janob Rasululloh barchasiga: «(Qolgan haj amallarini) davom ettiraver, gunohi yo‘qdur!» — deb aytdilar».

Ibn Abbos rivolt qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Tosh otishdan oldin (bilmay) Ka’bani tavof qilib qo‘yibmen?» —dedi. Janob Rasululloh: «Gunohi yo‘qdur!» — dedilar. Yana bir odam: «Jonlig‘imni qurbon qilishdan ilgari (bilmay) soch oldirib qo‘yibmen?»—dedi. Janob Rasululloh: «Gunohi yo‘qdur!»—dedilar. Yana bir odam «Tosh otishdan oldin (bilmay) jonlig‘imni qurbon qilib ko‘yibmen?» — dedi. Janob Rasululloh unga ham: «Gunohi yo‘qdur!»—deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:28:44

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam namoz o‘qimoq uchun masjidga kirdi, Janob Rasululloh bir chekkada o‘ltirgan erdilar. Namoz o‘qib bo‘lgach, kelib salom berdi. Janob Rasululloh: «Qayta namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!» — dedilar. Ul joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o‘qidi, So‘ng, kelib, salom berdi. Janob Rasululloh yana: «Qaytg‘il, kayta boshdan namoz o‘qig‘il, chunki sen namoz o‘qimading!»—dedilar. Uch marta shunday qildilar. Ul kishi oxiri: «Menga o‘rgatingiz!?—dedi. Janob Rasululloh: «Gar namoz o‘qimoq niyatida ersang, avval yaxshilab tahorat olg‘il, so‘ng qiblaga yuzlanib takbir aytg‘il, so‘ng Qur’ondan o‘zingga bilmoq muyassar bo‘lg‘on oyatu suralarni o‘qig‘il, keyin shunday ruku’ qilg‘ilki, uning to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, so‘ng ruku’dan boshingni ko‘targ‘ilkim, qadding raso bo‘lsin, so‘ngra shunday sajda qilg‘ilkim, uning to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, keyin sajdadan boshingni ko‘tarib o‘tirg‘il, buning ham to‘la-to‘kisligiga amin bo‘lg‘il, so‘ng to‘la-to‘kisligiga amin bo‘ladirg‘on darajada sajda qilg‘il, so‘ngra qadding raso qilib qiyomg‘a turg‘il, namozingning kolganini ham xudi shundoq qilib o‘qig‘il!» —dedilar».      
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud jangi) kuni mushriklar tor-mor bo‘lib mag‘lubiyatga uchragach, Iblis musulmonlarga qarata: «Ey Ollohning bandalari, ortingizda turganlardan ehtiyot bo‘lingizlar, ularni o‘ldiringizlar!» — deb qichqirdi (bu birlan ul musulmonlarni chalg‘itib, o‘zaro bir-birlarini o‘ldirishlarini xohladi). Shunda oldingi safda jang qilayotgan musulmonlar chalg‘ib qolganidan ortlaridagi o‘z birodarlariga qarshi jang qilishga kirishdi. Ibn Huzayfa o‘ziga kelib otasiga ko‘ai gushdi, shunda u: «Bu mening otam, bu mening otam, o‘ldirmangizlar!» — deb xitob qildi. Birok Olloh taolo haqi, uning otasiga qarshi jang qilayotganlarni to‘xtatib bo‘lmadi, ular uni o‘ldirib qo‘yishdi. Keyin, Huzayfa otasini o‘ldirib qo‘yganlarga: «Olloh taolo sizlarni kechirsin!» — dedi. Urva: «Olloh taolo haqi, Huzayfa bu xodisani o‘la-o‘lgunicha yuragidan chiqara olmadi!» — deydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ro‘za tutg‘aydiru, bilmay taom yeb qo‘ygaydir, ro‘zasini davom ettirg‘aydir, chunkim uni Olloh taolo yedirib-ichirgandir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:29:13

Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib namoz o‘qidilar. Shunda dastlabki ikki rak’atdan so‘ng o‘ltirmay qiyomga turdilarda, namozni davom ettiraverdilar. Namozni tugatganlaridan keyin odamlar ikki yelkalariga salom bermoqlarini kutgan erdilar, biroq ul zot buning o‘rniga takbir aytib sajda qildilar. So‘ngra, boshlarini ko‘tarib yana takbir aytdilarda, sajda qildilar. Shundan keyingina boshlarini ko‘tarib ikki yelkalariga salom berdilar».

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namoziga imomlik qilayotib, uning rak’atlarini yo ortiqcha yokim kam o‘qidilar. Mansurmi, Ibrohimmi yohud Alqamami, ulardan biri shubhalanib: «Yo Rasulalloh, namozni qisqartirdingizmi yokim uning biror rak’atini unutdingizmi?» — dedi. Janob Rasululloh (Ne bo‘ldi?»—dedilar, Odamlar: «Shunday va shunday qilib o‘qidingiz»,— deyishdi. So‘ng, Janob Rasululloh qavm birlan birga ikki marta sajda qilib: «Bu ikki sajda namozda unutib qoldirilgan yokim ortiqcha o‘qib qo‘yilgan rak’at uchun sajdai sahv bo‘lg‘aydur!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bizga Ubay ibn Ka’b bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigoro, unutib qo‘ygan narsam uchun meni jazolamagaysen, menga toqatim yetmaydirgan ishni yuklamag‘aysen, Muso alayhissalomning dastlabki xatolari unutish oqibatida sodir bo‘lg‘on erdi!»— dedilar».

Abu Abdulloh (al-Buxoriy) bunday deydilar: «Quyidagi hadisni menga Muhammad ibn Bashshor yozib yuborgan erdi, Maoz ibn Maoz ersa rivoyat qilib bergan erdi, Ibn Avn ersa Sha’biydan naql qilib aytib bergan erdi: «Barro ibn Ozib aytdiki, bir kuni uning uyiga mehmonlar kelgan erkan. Shunda ul bola-chaqalariga: «Men bir yumush birlan ketayotirmen, qaytgunimga qadar qo‘yni so‘yib, mehmonlarga yediringlar!» — debdi. Ular qo‘yni hayit namozidan oldin so‘yib qo‘yibdilar. Janob Rasulullohga bul haqda aytishganda, ul zot qurbonlik uchun boshqa qo‘y so‘ymoqni amr qilibdilar. Shunda Barro ibn Ozib: «Yo Rasulalloh, menda ikki yoshdan kattaroq bir echki bor, hanuz sut emgaydir, go‘shti ikkita qo‘yning go‘shtidan ham afzalroqdir!» — debdi». Ibn Avj ushbu hadisni shul yeriga qadar aytib, keyin Muhammad ibn Sirindan shunga o‘xshash yana bir hadisni naql qildi-da: «Bilmadim, Janob Rasululloh o‘shanda Barrodan boshqalarga ham echkini qurbonlik qilmoqqa ijozat berdilarmi, yo‘qmi, yodimda yo‘q»,— dedi».

Jundub rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayit namozini o‘kib, so‘ng xutba qilganlarini ko‘rdim. Shunda ul zot: «Kimki hayit namozidan ilgari qurbonlik qilgan ersa, namozdan so‘ng qurbonlik uchun boshqa jonlig‘ so‘ysin va kimki hali so‘yib ulgurmagan ersa, Olloh nomini aytib qurbonlik qilsin!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:29:37

15-bob (Bu dunyoda gunohkor qilib, oxiratda do‘zax otashiga mubtalo qiluvchi yolg‘on qasam) haqida

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): «Va lo tattaxizuu aymonakum daxalan baynakum fatazilla qadamun ba’da subuutiho va tazuuqus-su’a bimo sadadtum an sabiylillohi va lakum azobun aziymun!» Oyatning mazmuni: «Qasamlaringizni o‘zaro makru hiyla uchun bir tadbir qilmangizlarki, (sirotg‘a) qo‘yilgach, oyoqlar toyib ketgaydir va Olloh yo‘lidan ozib qilgan ishingiz tufayli balo ta’nini totib ko‘rgaysizlar va qattiq azoblarga mubtalo bo‘lgaysizlar!»

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga shirk keltirmoq ota-onaga oqlik qilmoq, odam o‘ldirmoq va yolg‘on qasam ichmoq — gunohi azimlardandur!» — dedilar».

Qayd etilgan