Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496193 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 96 B


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:29:57

16-bob.

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): «Innallaziyna yashtaruuna bi-ahdillohi va aymonihim samanan qaliylan uvloika lo xaloqa lahum fil-oxirati va lo yukallimuhumullohu va lo yanzuru ilayhim yavmal-qiyomati va lo yuzakkiyhim va lahum azobun aliymun!» Oyatning mazmuni: «Olloh taologa bergan va’dalari birlan qasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirg‘uvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolg‘aylar va Olloh taolo qiyomat kuni ularga so‘zlamas ham, qiyo boqib qaramas ham, gunohlarini mag‘firat qilmas ham, ular dardli azobga mubtalo bo‘lg‘aylar!».

Olloh taoloning qavli («Al-Baqara» surasi): «Va lo taj’aluulloha urzatan li-aymonikum an tabarruu va tattaquu va tuslihuu baynannosi vallohu samiy’un aliymun!». Oyatning mazmuni: «Yaxshilik va taqvo qilmoq uchun hamda odamlarni yarashtirib qo‘ymoq uchun Olloh nomini qurol qilib olmangizlar. Olloh hamisha eshitib, bilib turg‘aydir!»

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): «Va lo tashtaruu bi-ahdillohi samanan qaliylan innamo indallohi huva xayrun lakum in kuntum ta’lamuuna» va yana: «Va avfuu bi-ahdillohi izo ohadtum va lo tanquzuul-aymona ba’da tavkiydiho va qad ja’altumullohd alaykum kafiylam». Oyatlarning mazmuni: «Ollohga bergan va’dangizni (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirmangizlar, haqiqat shuldurkim, Olloh dargohida beriladirgan ne’matlar, gar bilmoqchi ersangiz, sizlar uchun yaxshiroqdur!» va yana: «Ollohga va’da berdingizmi, unga vafo qilingizlar va Ollohni o‘zingizga kafil qilib kat’iy qasam ichdingizmi, uni buzmangizlar!»

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki biror musulmonning molini yulib olmoq niyatida ataylab qasam ichg‘aydur, Olloh taolo uni g‘azab birlan qarshi olg‘aydur! Olloh taolo buning isboti uchun quyidagi oyati karimasini nozil qilg‘ondur: «Olloh taologa bergan va’dalari birlan kasamlarini (bu dunyodagi) arzimas bir matohga almashtirguvchilar oxirat ne’matlaridan benasib qolg‘aylar va Olloh qiyomat kuni ularga so‘zlamas ham, qiyo boqmas ham, gunohlarini mag‘firat qilmas ham, ular dardli azobg‘a mubtalo bo‘lg‘aylar!». Ash’as ibn Qays kirib: kAbu Abdurahmon sizlarga nelarni so‘zlab bordi?» — deb so‘radi. «Falon va falon narsalar haqida»,— deb aytildi. Ul bunday dedi: «Mazkur oyat msning haqimda nozil bo‘lg‘ondur, amakimning o‘g‘liga qarashli yerda mening bir qudug‘im bo‘lar erdi. Men Janob Rasulullohning qoshlarig‘a borib erdim, ul zot menga: «Undan talab qilg‘il yokim ul qasamyod qilsin!» —dedilar. Men: «Agar qasam ichg‘aydur, unga vafo qilg‘aymidur?» — dedim. Janob Rasululloh: «Kimki biror musulmanning molini tortib olmoq niyatida ataylab qasam ichgaydur, Olloh taolo qiyomat kuni uni darg‘azab bo‘lib qarshi olg‘aydur!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:31:06

17-bob. O’zida mavjud bo‘lmagan narsa yokim biror gunoh ish yuzasidan yohud darg‘azab bo‘lib qasam ichmoq haqida

Abu Muso (al-Ash’ariy) rivoyat qiladilar: «Sheriklarim meni ulov so‘rab olmoq uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarig‘a jo‘natishdi. Janob Rasululloh «Olloh haqi, menda ulov yo‘qdur, sizlrga ulov bera olmag‘aymen!» — dedilar. Shunda men gaplariga ko‘nib, qaytib chiqib ketayotganimda ul zotning g‘azabnok erkanliklarini sezdim. Yana qaytib kirsam: «Sheriklaringga borib, Olloh taolo (yokim Rasululloh) sizlarga ulov muhayyo qilg‘aydur, deb aytg‘il!» — dedilar».

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamizdan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamizni malomat qilib turli gaplarni aytishganda Olloh taoloning o‘zi ul pokdomon bandasini ig‘vo-yu bo‘htonlardan forig‘ aylab, oqladi. «O’shanda menga har qim turli gaplarni aytgan erdi,— deydilar Oisha onamiz, — keyin, Olloh taolo mening pokligim xususida «Innallaziyna jo’uu bilifki...» deb boshlanadirgan oyati karimasi singari o‘nta oyat nozil qildi». Abu Bakr Siddiq Mistah degan kishiga, o‘zlariga qarindoshligi bo‘lgani uchun, in’om-ehson qilib yordam berib yurar erdilar, u qizlari — Oisha onamizga tuhmat qilgandan so‘ng: «Olloh haqi, endi unga sira ham xayr-ehson qilib yordam bermag‘aymen!» — dedilar. Shunda Olloh taolo quyidagi oyati karimasini nozil qildi («An-Nur» surasi): «Va lo ya’tali uuluulfazli minkum vassa’ati an yu’tuu uulil-qurbo!« («Oralaringizdagi fazlu karam sohiblari qarindoshlariga xayru ehson qilmayman deb kasam ichmasinlar!»). Shunda Abu Bakr: «Ha, albatta, Olloh taolo haqi, meni parvardigorim mag‘firat qilsin!» — dedilar va Mistahga madad qilmoqda davom etib: «Endi sira ham unga madad bermoqdin to‘xtamag‘aymen!» —deb aytdilar».

 Zahdam (al-Jarmiy) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariy xuzurida erdik. Ul bunday dedi: «Biz bir guruh ash’ariylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga ulov so‘rab borgan erdik, darg‘azab bo‘lib turgan erkanlar, qasam ichib ulov bera olmasliklarini aytdilar. So‘ng: «Olloh taolo haqi, inshoolloh, men tokim ilgari ichgan qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, biror qasamni undan afzalroq ko‘rsam, qasam ustiga kasam ichmagaymen!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:31:32

18-bob. Agar «bugun sira ham gapirmayman!» deb qasam ichgan ersa-yu, keyin namoz o‘qisa, qiroat qilsa, tasbih, takbir, hamd va tahlil aytsa, qarorini buzmagaydir!

Rasululloa sallallohu alayhi va sallam: «So‘zlarnint afzali to‘rttadir, bular — Subhonalloh, Alhamdulilloh, Lo iloha illalloh va Ollohu akbardur!» — dedilar. Abu Sufyon: «Janob Rasululloh Hiraklga «Kelinglar, hammamizga — sizlarga ham, bizlarga ham bab-barobar ahamiyatli bo‘lgan so‘zni aytaylik!» deb maktub yo‘lladilar»,— dedilar. Mujohid: «Bu so‘z — La iloha illalloh bo‘lib, taqvo kalimasidur!» — dedilar».

Sa’id ibi Al-Musayyab otalaridan naql qil,adilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (amakilari) Abu Tolibning o‘limi yaqinlashganda uning huzuriga borib: «Men Olloh taolo dargoxida sizning yoningizni olmog‘im uchun «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aytganda tilga sira og‘irligi tushmaydirgan, ammo (oxirat) tarozusida tosh bosadirgan hamda Rahmonga mahbub bo‘lgan ikki kalima mavjuddir, bular — Subhonalloh va bihamdihi, Subhovallohil-aziym!»dedilar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir so‘z aytdilar, men ham bir so‘z aytdim. Janob Rasululloh: «Kimki Olloh taologa shirk keltirib o‘lg‘aydir, jahannamga kiritilg‘aydir!»— dedilar. Men ersam: «Kimki Olloh taologa shirk keltirmay o‘lgaydir, jannatga kiritilg‘aydir!»—dedim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:31:53

19-bob. «Oilam oldiga bir oy kirmaymen!» deb qasam ichgan kishi to‘g‘risida hamda o‘sha oyning yigirma to‘qqiz kun bo‘lib chiqqanligi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollaridan iylo’ qildilar (bir oy yaqinlik qilmaslikka qasam ichdilar). O’shanda (otdan yiqilib) oyoqlari chikqan erdi, boloxonada (yolg‘iz o‘zlari) yigirma to‘qqiz kun turdilar. Keyin, ayollari qoshiga kirgan erdilar, ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga iylo’ qilmabmi erdingiz?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘lg‘aydir!» — deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:32:29

20-bob. Kishi nabiz ichmaslikka qasamyod qilib, so‘ng uzum yokim xurmo sharbati ichg‘aydir, ba’zi odamlar «Bu birlan qasam buzulmag‘aydir»,— deydilar, chunkim ular yuqoridagi ichimliklarni musallas deb hisoblamag‘aydirlar

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning dastyorlari bo‘lmish Abu Usayd uylandi. Shunda ul Janob Raeulullohni to‘yga taklif etdi. Kelinning shaxsan o‘zi odamlarga hizmat qildi. Sahl mehmonlarga: «Bilasizlarmi, kelin sizlarga qanday ichimlik tortiq qildi? Bir tog‘ora xurmoga suv quyib ivitib qo‘yg‘on erdim, ul tuni birlan qolib erdi, hozir sizlarga o‘shani tortiq qildi»,— dedi».

Ibn Abbos Janob Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish Savdadan naql qiladilar: «Bizning bir qo‘yimiz harom o‘lib qoldi. Biz uning terisini nabiz birlan oshlayverganimizdan yumshab meshkobga aylandi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:33:08

21-bob. Nonga xurush qo‘shib yemaslikka ont ichib, so‘ng nonga xurmo qo‘shib yesa va undan bo‘lak xurush bo‘lmasa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning xonadonidagilar ul zot olamdan ko‘z yumgunlariga qadar ham uch kun bo‘lsa-da, xurush qo‘shilgan bug‘doy nonni to‘yib yegan ermaslar!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Ummu Sulaymga: «Menga Janob Rasulullohning muborak tovushlari chamamda biroz zaifroq eshitildi, ochlikdan toliqqan ko‘rinadirlar, biror yegulik narsang bormidur?» — dedilar. Ummu Sulaym «Ha, bordur!» — dedilarda, bir necha arva nonni olib, ro‘mollariga tugib berdilar. So‘ng, Ummu Sulaym meni (Anasni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga jo‘natdilar, borsam, ul zot bir guruh odamlar birlan birga masjidda o‘ltirgan erkanlar, tepalariga borib turdim. Janob Rasululloh «Seni Abu Talha yubordimi?» — dedilar. Men: «Ha!»—dedim. Janob Rasululloh o‘zlari birlan birga o‘ltirgan odamlarga: «Qani, turingizlar, ketdik!» — dedilar. Hammalari yo‘lga tushishdi, men yo‘l ko‘rsatib oldinda ketdim. Yetib borgach, Abu Talhaga xabar berib erdim, ul kishi: «Yo Ummu Sulaym, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul zot birlan birga bir necha odamlar ham yetib kelishdi, bizda ularni mehmon qilgulik biror yegulik bormidur?»— dedilar. Ummu Sulaym: «Olloh taolo va uning rasulig‘a yaxshiroq ayondur!» — dedilar. Abu Talha tashqariga chiqib Janob Rasulullohni qarshi oldilar. Keyin, Janob Rasululloh birlan birga Abu Talha ichkariga kirishdi. Janob Rasululloh: «Yo Ummu Sulaym, boringni keltirg‘il!» — dedilar. Shunda Ummu Sulaym boyagi nonlarni dasturxonga keltirib qo‘ydilar. Keyin. Janob Rasululloh nonxurush so‘radilar. Ummu Sulaym yog‘donga meva solib, nonxurush qilib qo‘ygan erdilar, o‘shani dasturxonga keltirib qo‘ydilar. Janob Rasululloh uni maqtab-maqtab tanovul qildilar, so‘ng o‘zlari birlan kelganlardan o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa izn berdilar. Ular to‘yguncha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishini taklif qilmoqqa izn berdilar, ular ham to‘yguncha yeyishdi. Shul tariqa barcha mehmonlar to‘yib ovqatlanib olishdi, ular yetmish yokim sakson chog‘lik edi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:33:27

22-bob. Ne niyatda ont ichgan ersa, o‘shanga muyassar bo‘lg‘usidir!

Umar ibn al-Xattob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qilinadirgan amallarning natijasi ne niyatda qiling‘oniga bog‘liqdur. Kimki Olloh taolo va uning rasulini deb hijrat qilg‘on ersa, Olloh taolo va uning rasuli uchun hijrat qilg‘onlik savobini olg‘aydur, kimki boylik orttirmoq yokim xotin olmoq niyatida hijrat qilg‘on ersa, o‘sha niyat qilgonig‘a erishg‘aydur, xullas, ne niyatda hijrat qiling‘on ersa, o‘sha muyassar bo‘lg‘aydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:33:59

23-bob. Boyligini nazr uchun yokim tavba-tazarru’ qilmoq uchun ehson qilgan ersa...

Ka’b ibn Molikning kur bo‘lib qolganda yetaklab yurgan o‘g‘illaridan biri Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men (otam Ka’b ibn Molikning gaplashib o‘ltirib: «O’shal (Tabuk jangiga) kech qolib kelgan uch kishi (tavba qilib o‘z molidan ehson qilmog‘i) lozim!» — deb aytganlarini eshitdim. Keyin, so‘zlarining so‘nggida: «Mening tavbam shul bo‘lg‘aykim, Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida molimni ehson qilib o‘zimni xalos qilg‘aymen» —dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ozroq molingdan olib qolsang, o‘zingga yaxshi bo‘lg‘aydir» —dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:34:20

24-bob. O’zini o‘zi taomdan mahrum qilsa...

Olloh taoloning qavli («Attahriym» surasi): «Yo ayyuhan-nabiyyu, lima tuharrimu mo ahallallohu laka tabtag‘iy marzota azvojika vallohu g‘afuurun rahiymun, qad farazallohu lakum tahillata aymonikum» Oyatning mazmuni: «Ey nabiy, ne uchun Olloh sizga tanovul qilmoqni ruxsat etgan ne’matdan xotinlaringizning ra’yiga qarab o‘zingizni mahrum qilursiz? Olloh kechiruvchan mehribon zotdur! Olloh qasamlaringizga kafforat bermoqni sizlar uchun farz qildi».

Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): «Lo tuharrimuu tayyiboti mo ahallallohu lakum». Oyatning mazmuni: «Olloh sizlarga tanovul qilmoqni ruxsat etgan pokiza ne’matlardan (o‘zingizni) mahrum etmangizlar!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xotinlaridan biri bo‘lmish) Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilib, uzoq vaqt qolib ketadirgan odat chiqardilar. Shunda men va (xotinlaridan biri bo‘lmish) Hafsa ikkimiz ul zot qaysi birimizning bo‘lmasin, huzurimizga kirsalar, «Nima balo, qandaydir yelim yedingizmi, sizdan sassiq yelim hidi kelyapti deb aytamiz» deb kelishib oldik. Janob Rasululloh ikkimizdan birimizning huzurimizga kirganlarida o‘shal kelishnb olingan gapni aytdik. Janob Rasululloh: «Yo‘q ey, Men Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilg‘on erdim, endi sira ham asal yemagaymen!»—dedilar. Shunda: «Ye ayyuhan-nabiyyu, lima tuharrimu ma ahallallohu laka... in tatuubo ilallohi...» degan oyati karimalar nozil bo‘ldi», Oyatlarning mazmuni: «Ey nabiy, nu uchun Olloh sizga tanovul qilmoqni ruxsat etgan ne’matdan o‘zingizni mahrum qilursiz?... (Ey payg‘ambarning ikki xotini), agar sizlar Ollohga tavba qilsangizlar...»

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:34:45

25-bob. Nazrga vafo qilmoq haqida

Olloh taolo: «Nazrga vafo qiladilar»,—deydi.

Sa’id ibn Haras rivoyat qiladilarki, Ibn Umar raziyallohu anhu: «Yoki ular nazr qilmoqdan qaytarilmadilarmi? — der erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Nazr biror narsani tezlashtirmag‘ay ham, kechiktirmag‘ay ham, uning orqali baxil odamdan biror narsa , undirib olingaydir, xolos!»—dedilar.
   
Abdulloh ibi Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nazr qilmoqdan qaytarib: «U baloning oldini ololmag‘aydir, uning orqali baxildan biror narsa undirib oling‘aydir, xolos!»—dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nazr Odam bolasiga taqdir qilinmagan narsani nasib eta olmag‘aydir, balki ul azaldin taqdir qiling‘on narsanigina unga ro‘para qilg‘aydir. Olloh taolo nazr yo‘li birlan ilgari xayr-ehson qilmay yurgan baxildan xayr-ehson undirib olg‘aydir!» — dedilar».

Qayd etilgan