Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 464378 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 96 B


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:15:33

3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Kimki o‘zidan keyin mol qoldirgan ersa, ul bola-chaqalarinikidur!» deganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men mo‘minlarga ularning o‘zlaridan ko‘ra (yaqinroqdurmen) g‘amxo‘rroqdurmen (ya’ni, mo‘minlar o‘zlari haqlarida menchalik ko‘p qayg‘urmagaylar)! Kimki vafot qilib, qarzi qolg‘on ersa, uni o‘tamoq bizning bo‘ynimizdadur va kimki o‘zidan keyin mol qoldirgan ersa, ul merosxo‘rlarinikidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:15:57

4-bob. O’g‘il bolaning ota-onasidan qolgan merosi haqida

Zayd ibn Sobit: «Agar erkak yokim ayol vafot qilib, undan bir qiz qolgan ersa, merosning yarmini olg‘ay va agar ikki yoki undan ko‘lroq kiz qolgan ersa, uchdan ikki qismini olgay. Agar ular birlan o‘g‘il (bola) ham qolgan ersa, dastavval ota yokim onalaridan qolgan molga sherik bo‘lmish o‘shal o‘g‘ilning ulushi berilg‘aydur, o‘g‘ilga beriladirgan ulush ersa, ikki qizga beriladirgan ulushga barobardur», — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Faroizlarni (meroslarni) o‘z sohiblarig‘a topshiringizlar, qolgani ersa, eng yaqin erkak kishinikidur! (bu yerda o‘g‘il bola ermas, tom ma’noda ulg‘aygan erkak kishi nazarda tutilyapti)»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:16:23

5-bob. Qiz bolalarning merosi haqida

Sa’d ibn Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Men Makkadaligimda haqqa yetishgudek darajada betob bo‘lib qoldim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va salam meni ko‘rgani keldilar. Men ul zotga: «Yo Rasulalloh, men badavlat odammen, ammo birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘qdur. Mol-mulkimning uchdan ikki qismini ehson qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh «Yo‘q!» — dedilar. Men «Yarminichi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Uchdan birinichi?»—dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan biri ham ko‘pdur, sen farzandingni damlardan tilanadirgan qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib qoldirganing ma’quldir. Sen nimaiki ehson qilgaysen, albatta Olloh taolodan uning ajrini olgaysen, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taomning evaziga ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Hijrat qilolmay Makkada (o‘lib) qolgaymenmi?» — dedim Janob Rasululloh: «Mendan keyin qololmaysen, qolganingda erdi, Olloh taolo rizoligini istab xayrli ishlar qilgan va bu birlan uniig dargohida obro‘ e’tiboring ortgan bo‘lur erdi, balkim mendan keyin qolarsan va ba’zi qavmlar (musulmonlar) sendan foydalanib, qolganlar (kofirlar) zarar topgay! — dedilar. Ammo, bechora Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib, Janob Rasululloh unga marsiya o‘qidilar (ko‘p achindilar)».

Asvad ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal bizga ustozlik va amirlik qilmoq uchun Yamanga keldilar. Shunda biz o‘lganidan keyin bir qizi va bir singlisi yetim qolgan kishi xususida so‘rab erdik: «Undan qolgan merosning yarmi qiziga, yarmi singlisiga berilgaydur»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:16:39

6-bob. O’g‘il bo‘lmagan chog‘da o‘g‘ilning o‘g‘liga tegadirgan meros haqida

Zayd: «Mayyitning boshqa o‘g‘li bo‘lmagan chog‘da marhum o‘g‘lining farzandlari farzand o‘rnida bo‘lib, ular erkak ersa, o‘g‘ilga, ayol ersa qizga tegadirganchalik meros olg‘aydurlar va meros masalasida o‘g‘il hamda qizga qanday cheklovlar qo‘llansa, bularga ham shunday cheklovlar qo‘llangaydur. Mayyitning o‘g‘li tirik bo‘lgan chog‘da uning farzandiga meros berilmag‘aydur»,—dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani eng yaqin (qarindosh) erkak kishinikidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:16:56

7-bob. Mayyitning qizi birlan o‘g‘lining qiziga tegadirgan meros haqida

Huzayl ibn Sharhabiyl rivoyat qiladilar: «Abu Musodan mayyitning qizi, o‘g‘lining qizi va singlisiga tegadirgan meros haqida so‘rashdi. Ul «Merosning yarmi qiziga, yarmi singlisiga berilg‘aydur. Ibn Mas’udning huzuriga borib so‘rangizlar, ul mening fikrimni tasdiqlag‘ay!» — dedi. Ibn Mas’uddan shul haqda so‘rab, uni Abu Musoning aytganlaridan voqif qilishganda, ul: «Agar men Nabiy sallallohu alayhi va sallam hukm chiqarganlaridek, merosning yarmi qiziga, oltidan biri ersa o‘g‘lining kiziga (uchdan ikki qismi qo‘shimcha), qolgani ersa singlisiga berilg‘ay deb hukm chiqarmas erkanmen, hidoyatga erishmay, to‘g‘ri yo‘ldan ozgan bo‘lurmen»,— dedi. Shundan so‘ng, Abu Musoning oldiga qaytib borib, uni Ibn Mas’udning aytganlaridan boxabar qildik. Ul bizga: Modomiki o‘zingiz bilar erkansiz, bul haqda mendan so‘rab netg‘aysiz?! — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:17:14

8-bob. Bobo birlan ota va aka-ukalar merosi haqida

Abu Bakr, Ibn Abbos va Ibn Zubayr boboni ota deyishdi. Ibn Abbos «Yo baniy Odam, men otalarim millatini Ibrohim, Ishoq va Ya’qubga bog‘ladim!» deb o‘qidi, ammo Nabiy sallallohu alayxl vd sallamning sahobalari ko‘p bo‘la turib, biror kishining o‘sha vaqtda Abu Bakrga qarshilik qilgani eslatib o‘tilmagan. Ibn Abbos: «Men aka-ukalarimga ermas, o‘g‘limning o‘g‘liga meros qoldirg‘aymen, o‘zim ersam o‘g‘limning o‘g‘lidan meros olmag‘aymen»,— dedi. Bul haqda Umar, Ali, Ibn Mas’ud va Zayddan turli rivoyatlar naql qilingan.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani eng yaqin (qarindosh) erkaknikidur!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘zimga mana shu ummat orasidan (Olloh taolodan bo‘lak yana bir) do‘st tanlab olmog‘im mumkin bo‘lganda, Abu Bakrni tanlagan bo‘lur erdim, ammo bul mumkin bo‘lmay, islom birodarligi afzaldur!» — deganlariga qaramay, Abu Bakr boboni otaga tenglashtirdilar (yokim boboni ota deb hukm chiqardilar)».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:17:29

9-bob. Er birlan bola va boshqalarning merosi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ilgarilari mayyitning mol-mulki farzandiga qolar erdi, ota-onasiga ersa vasiyatiga muvofiq meros berilar erdi. Keyin, Olloh taolo bu tartibning qaerini xohlasa, o‘sha yerini bekor qilib, erkakning ulushini ikki ayolning ulushiga teng qildi hamda ota-onaning har biriga mol-mulkning oltidan biri, xotinga sakkizdan biri va to‘rtdan biri, erga yarim va to‘rtdan biri tarzida meros ta’yin etdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:17:43

10-bob. Eru xotin birlan bolalar va boshqalarning merosi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Lihyon qabilasiga mansub bir ayolning bolasini tushirib qo‘yishgani uchun tovoniga bir yaxshi qul yokim joriya (cho‘ri) hukm qildilar. Keyin, o‘shal ayol vafot etgach, Janob Rasululloh uning mulkini farzandlari birlan eriga ta’yin qildilar. Ayolning bo‘ynidagi tovonni ersa, uning yaqin qarindoshlari to‘lag‘aydur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:18:00

11-bob. Mayyitning ona boshqa singillari birlan qizlarining merosi haqida

Asvad rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida Maoz ibn Jabal mayyitdan qolgan mulkning yarmini qiziga va yarmini singlisiga bermoqni bizga amr qilar erdilar. Keyin, Sulaymon: «Bizga ham shunday hukm qilinar erdi»,— dedi-yu, ammo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlaridami, yo‘qmi, buni aytmadi».

Huzayl rivoyat qiladilar: «Abdulloh «Men meros xususida Janob Rasululloh singari hukm chiqargumdur!»—deb aytdi yokim: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Merosning yarmi qizga va oltidan biri o‘g‘ilning qiziga, qolgani singilga»,— deganlar»—dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:18:24

12-bob. Opa-singillar va aka-ukalar merosi haqida

Muhammad ibi al-Munkadir rivoyat qiladilar: «Jobir raziyallohu anhuning bunday deb aytganini eshitdim: «Janob Rasululloh mening huzurimga keldilar, men betob yotgan erdim. Shunda tahoratga suv keltirmoqni buyurdilar, so‘ng tahorat olib, suvini menga sepdilar. Men o‘zimga keldimda Yo Rasulalloh, mening singillarim bordur»,— dedim. Shunda «Faroiz» (meros) oyati nozil bo‘ldi».

Qayd etilgan