17-bob. Farzand, uning onasi xoh ozod va xoh joriya bo‘lsin, to‘shak sohibinikidur!
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga o‘lar chog‘ida: «Zam’a cho‘risining bolasi mendan bo‘lgandur, uni senga topshiramen!» — deb vasiyat qildi. (Makka) fath qilingan yili Sa’d bolani o‘z karamog‘iga olib: «Bul akamning bolasi, qaramog‘imga olmog‘imni menga vasiyat qilganlar!»— dedi. Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib «Bul mening ukam hamda otamning joriyasining o‘g‘li, ul otamning to‘shagida dunyoga kelgan!» —dedi. Shundan so‘ng, Sa’d birlan Abd ibn Zam’a Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bul ahamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga olmog‘imni vasiyat qilganlar!» — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul mening uham hamda otamming joriyasishshg o‘g‘li, ul otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan!» — deb aytdi. Janob Rasululloh «Ey Abd ibn Zam’a, bul seniki, zero farzand to‘shakniki bo‘lg‘aydur, fohisha ersa, mahrum etilgay!» — dedilar. So‘ng Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini qo‘rib: «Ey Savda, boladan qochg‘il (ya’ni, uni nomahram bilg‘il)!» —deb aytdilar. Bola Olloh taolo dargohiga ravona bo‘lgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farzand to‘shak sohibinikidur!» — dedilar».