Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495988 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 96 B


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:21:37

23-bob. Qavmning ozod qilgan quli ham, singilning farzandi ham o‘shal qavmdandur!

Anis ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmning ozod qilgan quli o‘shal qavmdandur (ya’ni, biror qavm tomonidan ozod qilingan qul o‘shal qavmning teng hukuqli a’zosiga aylanib, meros huquqiga ega bo‘lg‘aydur)! — dedilar».

Anas (ibn Molik) riioyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavm singlisining o‘g‘li o‘shal qavmdandur (ya’ni, biror qavmga mansub kishi singlisining o‘g‘li o‘shal qavm a’zolariga nisbatan o‘z o‘g‘lidek bo‘lib, ularning barchalari kabi meros huquqiga egadur)!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:21:52

24-bob. Asirning merosi haqida

Shurayh kofirlar qo‘liga asir tushib qolgan kishiga meros vasiyat qilar erdilarda «Ul menga barchadan ham zarurdur!» — der erdilar.

Umar ibn Abdulaziz «Asirning vasiyatini ado etingizlar, uning ozod qilgan qullariga g‘amxo‘rlik qilingizlar, mol-mulkidan xabar olib, qarzlarini to‘langizlar chunkim ul asirlikda bo‘lib, o‘z ixtiyori o‘zida ermasdur!» — der erdilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilib, mol-mulk qoldirgan ersa, merosxo‘rlarinikidur va kimniki norasida yetim-esirlari qolgan ersa, biznikidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:22:04

25-bob. Musulmon kofirdan va kofir musulmondan meros olmag‘aydur!

Meros taqsim qilinmasidan burun musulmon bo‘lgan shaxs ham meros olmag‘aydur (Chunkim, unga meros taqsim qilmog‘i lozim bo‘lgan shaxs kofirdur. Meros taksim qilingandan so‘ng musulmon bo‘lgan shaxs ersa, ma’lumki, kofirlik chog‘idayoq meros olib bo‘lgan bo‘lur).

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon kofirdan va kofir musulmondan meros olmag‘aydur!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:22:19

26-6o6. Nasroniy qulning va narxini oqlasa, ozod qilinmog‘i o‘zi birlan shartlashilgan nasroniy qulning merosi hamda bolasidan tongan shaxsning gunohi haqida

27-bob. «Ukam» yokim «Akamning o‘g‘li» deb da’vo qilgan shaxs haqida


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Abu Vaqqos birlan Abd ibn Zam’a bir o‘g‘il bola xususida janjallashib qolishdi. Sa’d: «Bul bola, yo Rasulalloh, Utba ibn Abu Vaqqosning farzandi bo‘lib, akam uning o‘z o‘g‘illari ekanligini aytib menga vasiyat qilganlar, uning akamga o‘xshashligini ko‘ryapsizmi?!—dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul bola, yo Rasulalloh, mening ukam bo‘lib, otamning to‘shagida o‘z joriyalaridan bunyod bo‘lgandur!»— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bolaga qarab, uning chindan ham Utbaga o‘xshashligini ko‘rdilarda: «Bul bola senga, ey Abd, zero farzand to‘shak sohibiniki bo‘lib, fohisha undan mahrum qiling‘aydur. Ey Savda binti Zam’a, bu boladan qochg‘il (uni o‘zingga nomahram bilg‘il)!» — dedilar. Shundan so‘ng, bola Savdaning (yuzini) mutlaqo ko‘rmadi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:22:32

28-bob. Otasi bo‘lmagan odamni otam deb da’vo qilsa...

Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohdan bunday deb eshitdim: «Kimki otasi emasligini bila turib, ataylab birovni otam deb da’vo qilsa, jannat unga haromdur!» — dedilar. Bu hadisni Abu Bakrga aytganimda, ul kishi: «Men buni Janob Rasulullohdan ikki qulog‘im birlan eshitib, qalbimga jo qilganmen»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Otalaringizdan tonmangizlar, kimki otasidan tong‘aydur, kofir bo‘lg‘aydur!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:22:47

29-bob. Agar ayol begona bolani o‘g‘lim deb da’vo qilsa

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ikki ayol bo‘lib, ar biri o‘z o‘g‘ilchasini yetaklab ktayotgan erdi. Nogahon, bir bo‘ri kelib, ulardan birining o‘g‘ilchasini olib qochdi. Shuda o‘sha ayol dugonasiga: «Bo‘ri olib qochgan bola sening bolang erdi!» — dedi. Dugonasi ersa: «Yo‘q, ul sening bolang erdi!" — dedi. Keyin, ular janjallashib Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi, Ul kishi ayollardan yoshi kattasining foydasiga hukm chiqardilar (chunkim, omon qolgan bola o‘shaning qo‘lida bo‘lib, yoshi kichik ayolning bolasiga o‘xshamas erdi). Shundan so‘ng, ular Sulaymon ibn Dovud alayhissalomning huzurlariga borishdi. U kishi: «Pichoq keltiringizlar, bolani ikkingizga bo‘lib berg‘aymen!" — deb erdilar, yoshi kichik ayol: «Xudo xayringizni bersin, bunday qila ko‘rmangiz, bu uning bolasidur!» — deb yolbordi (chunkim, ul o‘z bolasiga achinib, hatto tirik qolmog‘i uchun undan voz kechishga tayyor erdi). Shunda Sulaymon ibi Dovud alayhissalom yoshi kichik ayol foydasiga hukm chiqardilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:23:02

30-bob. Topqir kishi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechog‘lik xursandliklaridan chehralari charaqlab huzurimga kirib keldilarda: «Ko‘rmaysanmi Mujazzazning (topqirligini), ul (boshlarini kiyimlari birlan o‘rab burkanib olgan) Zayd ibn Horisa birlan Usoma ibn Zaydga qarab: «Bul oyoqlar biri ikkinchisidandur»,— deb aytdi-ya!»—dedilar (ya’ni, Zayd ibn Horisa birlan Usoma ibn Zayd ota-bola bo‘lib, johiliyat davrida odamlar otaning qop-qoraligidan, o‘g‘ilning ersa paxtadan ham oqligidan kulib, mazax qilishar erdi. Mujazzaz ularni oyoqlari rangidan tanib olib: «Bul oyoqlar biri ikkinchisidandur»,— deyish birlan ularning ota-bola ekanliklariga ishora qilganlar)».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xursand holda huzurimga kmrib keldilarda: «Ey Oisha, Mujazzaz al-Madlajiyning topqirligini qara-ya! Ul huzurimga kirib kelganda boshlarini kiyimlari birlan o‘rab burkanib olgan, faqat oyoqlarigina ko‘rinib turgan Usoma birlan Zaydki ko‘rib «Bul oyoqlar biri ikkinchisidan (bunyod bo‘lgandur»,—dedi-ya!» deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:13:45

Bismillohir rahmonir rahiymi

HADD URMOQ VA HADD URILMOG’IDAN ASROVCHI
FE’LU ATVOR HAQIDA KITOB


1-bob. Mast qilg‘uvchi ichimliklar ichmaslik lozimligi haqida

Ibi Abbos: «Zino qilayotgan odamning (qalbidan) iymon nuri mahv qiling‘aydur!» —deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Zinokor ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul zino qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur, ichimlik ichg‘uvchi ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul ichimlik ichayotganida iymonidan ajrag‘aydur, o‘g‘ri ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul o‘g‘rilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur hamda qaroqchi ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul odamlarni baqraytirib qo‘yib talonchilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:13:55

2-bob. Ichimlik ichg‘uvchini kaltaklab jazolamoq lozimligi xususida

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkilik ichgan bir odamni xurmo novdasi hamda kovush birlan kaltakladilar. Abu Bakr ersa, qirq darra urdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:14:05

3-bob. Uyda hadd urmoqni amr qilgan kishi haqida

Uqba ibn al-Haras rivoyat qiladilar: «Nuaymon (yokim Ibn Nuaymon)ni mast holda olib kelishdi. Shunda Janob Rasululloh uyda o‘ltirgan barcha kishilarga uni kaltaklamoqni amr qilib erdilar, ular kaltaklashdi. Men uni kovush birlan kaltaklaganlardan biri erdim».

Qayd etilgan