Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495918 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 96 B


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:14:16

4-bob. Xipchin va kovush birlan kaltaklamoq haqida

Uqba ibn al-Haras rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Nuaymon (yokim Ibn Nuaymon) ni mast holda yetaklab kelishdi. Shunda ul zot uyda mavjud odamlarga uni kaltaklamoqni amr qildilar, ular xipchin va kovush birlan kaltaklashdi. Men ham kaltaklaganlar orasida bor erdim».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mast bir odamni xipchin va kovush birlan kaltakladilar. Abu Bakr ersa, unga qirq darra urdilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ichkilik ichgan bir odamni olib kelishgan erdi, uni kaltaklamoqni amr qildilar. Shunda uni ba’zimiz qo‘l birlan, ba’zimiz kovush birlan va ba’zimiz kiyim birlan kaltakladik. Ul hadd urilgach, chiqib ketdi. Shunda ayrimlar uning ortidan: «Olloh taolo seni sazoyi qilsin!» — deb qolishdi. Janob Rasululloh: «Unday demangizlar, (bul qarg‘ishingiz birlan) unga qarshi shaytonga madad bermangizlar!»— dedilar».

Umayr ibn Sa’d an-Nax’iy rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitganmen: «Mastdan bo‘lak birorta ham odamning hadd urganimda o‘lib qolmog‘ini va keyin unga achinib yurmog‘imni istamasdim. Mast o‘lib qolsachi, buning uchun tovon to‘lab qo‘ya qolar erdim. Chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (o‘lguncha urmoqni) buyurmaganlar».

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning saodatli zamonlarida va Abu Bakrning hukmdorlik yillarida hamda Umarning dastlabki xalifalik qilgan chog‘larida mastni tutib kelib, qo‘limiz, kovushimiz va kiyimlarimiz birlan kaltaklab jazolar erdik. Umar xalifaligining so‘nggi yillariga kelib qirq darra uriladigan bo‘ldi. Odamlar orasida fisqu fasod kuchaygach ersa, sakson darraga yetkazildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:14:29

5-bob. Ichkilik ichguvchilarni lanatlamoqning makruh jihatlari mavjud, chunkim ular dindan chiqmagaylar

Umar ibn al-Xattob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida «eshak» laqabini olgan Abdulloh ismli bir kishi bo‘lib, Janob Rasulullohni kuldirib yurar erdi. Ul zot uni ichkilik ichganda kaltaklagan erdilar. Bir kuni uni mast holda keltirishib erdi, kaltaklab jazo berildi. Shunda qavm ahlidan biri: «Yo parvardigoro, uni la’natlag‘aysen, unga berilayotgan jazo, chamasi, kamlik qilayotgan ko‘rinadur!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Uni la’natlamangizlar. Olloh taolo haqi, menga ayonki, ul Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rg‘aydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning huzurlariga mast bir kishini olib kelishdi. Uni kaltaklamoqni amr qildilar. Birimiz qo‘limiz birlan, birimiz kovushimiz birlan va yana birimiz kiyimimiz birlan kaltakladik. Ul chiqib ketgach, bir kishi ortidan: «Olloh taolo uni sazoyi qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh «(Bul qarg‘ishingiz birlan) birodaringizga qarshi shaytonga madad bermangizlar!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:14:42

6-bob. O’g‘ri o‘g‘rilik qilayotganida...

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zinokor ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul zino qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur hamda o‘g‘ri ayni vaqtda mo‘min bo‘lolmaydi, chunkim ul o‘g‘rilik qilayotganida iymonidan ajrag‘aydur!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:14:51

7-bob. O’zini qadrlamaydirgan (o‘g‘rilik oqibatida qo‘lidan ajraydirgan) o‘g‘riga la’nat o‘qimoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubulg‘a o‘g‘irlab yokim qandaydir bir arqon o‘g‘irlab, piravardida qo‘li qirqib tashlanadirgan o‘g‘riga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:01

8-bob. Hadd (shar’iy jazo) — kafforatdur!

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlaridagi bir yig‘inda erdik. Shunda ul zot: «Olloh taologa zarracha shirk keltirmagaymen, o‘g‘rilik qilmagaymen va zinokor bo‘lmagaymen deb menga bay’at qilingizlar (qasamyod qilingizlar)!» — dedilar-da, quyidagi oyati karimani o‘qidilar «Sizlardan qaysi biringiz (bay’atiga) vafo qilg‘aydur, uning ajru savobi Ollohning bo‘ynidadur va kimki undan (bay’atidan) birortasini buzg‘aydur, buning uchun jazo olg‘aydur va bul jazo uning uchun kafforat bo‘lg‘aydur va kimki undan (bay’atidan) birortasini buzgan ersa-yu, Ollohning o‘zi (uning bul gunohini) yashirgan ersa, xohlasa uni mag‘firat qilg‘ay va xohlasa unga azob berg‘ay!»

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:10

9-bob. Hadd urib jazo berilmog‘idan hamda haq talab qilinmog‘idan o‘zga hollarda mo‘min mo‘minga himoyachidur!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da (Vidolashuv hajida): «Qaysi oyni eng hurmatli oy deb bilursizlar?» —dedilar. «Biz hozir yashab turgan mana shul oy ermasmudur?!» — deyishdi. «Qaysi shaharni eng hurmatli shahar deb bilursizlar?» — dedilar. «Mana shul shahrimiz ulug‘ ermasmudur?!» — deyishdi. «Qaysi kunni eng hurmatli kun , deb bilursizlar?» — dedilar. «Biya hozir yashab turgan manashul kun ermasmudur?! —deyishdi. «Darhaqiqat, Olloh taborak va taolo qoningiz, molingiz va obro‘yingizni bir-biring‘izga nisbatan ana shul muqaddas kuningiz, ana shul muqaddas shahringiz va ana shul muqaddas oyingiz yanglig‘ muqaddas ayladi. Ammo, haqlig‘ holatlar bundan mustasnodur!» — dedilar-da, «Bularni sizlarga tushuntira oldimmi?» — deb uch bor takrorlab erdilar, odamlar har gal: «Ha!» — deb javob qilishdi. So‘ng: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:19

10-bob. Hadd (jazosi) ning qo‘llanishi va Olloh taolo muharram qilgan narsalar uchun o‘ch olmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ixtiyorlarida ikki ishdan birini qilmoq imkoni bo‘lganda ulardan gunoh bo‘lmaydirgan osonrog‘ini tanlar erdilar, agar gunoh bo‘ladirgan ersa, undan haddan imkon yiroq yurar erdilar. Olloh taolo haqi, ul zot o‘zlariga yetkazilgan ozor yokim biror zarar uchun sira ham o‘ch olmas erdilar. Olloh taolo muharram qilgan narsalarga daxl qilingandagina o‘ch olar erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:29

11-bob. Zodagon va bechoraholga nisbatan hadd (jazosi)ning qo‘llanishi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Usoma Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘g‘rilik qilgan bir ayol haqida so‘zladilar. Shunda Janob Rasululloh: «Sizlardan oldingi qavmlar hadd jazosini bechorahollarga nisbatan qo‘llab, zodagonlarga tegmaganliklari oqibatida halokatga yuz tutdilar. Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, agar (qizim) Fotima shul ishni qilganda qo‘lini qirqqan bo‘lur erdim!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:42

12-bob. Gunohkorni avf etmoqni so‘rab kelinganda hukmdornimg shafoat qilmoqdan bosh tortganligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivayat qiladilar: «Quraysh qabilasi axli Maxzum urug‘iga mansub o‘g‘rilik qilgan bir ayol xususida ne qilmoqlarini bilmay ko‘p o‘yga tildilar. Nihoyat, ular: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bul xususda (ul zotning) erkatoylari bo‘lmish Usomadan bo‘lak kim jur’at qilib so‘zlay olur?! — degan xulosaga keldilar. Usoma borib Janob Rasulullohdan o‘shal ayolni avf qilmoqlarini iltimos qildi. Shunda ul zot: «Olloh taoloning o‘zi joriy qilgan hadd (jazosi)ni mensimay, ul ayolni shafoat qilmog‘imni istaydurmisen?! — dedilar. So‘ng, o‘rinlaridan turdilar-da, huzurlaridagilarga qarata: «Ey odamlar, darhaqiqat, sizlardan ilgarigi qavmlar zalolatga yuz tutib, zodagon o‘g‘rilik qilsa, unga tegmay, bechorahol o‘g‘rilik qilganda hadd urdilar. Olloh taologa qasamyod qilurmenkim, Muhammadning qizi bo‘lmish Fotima o‘g‘rilik qilsa, Muhammadning o‘zi shaxsan uning qo‘lini kesgaydur!» — deb xitob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:15:56

13-bob. Olloh, taoloning «O’g‘rilik qilgan erkakning ham, ayolning ham qo‘lini kesingizlar!» — degan qavli xususida

O’g‘rilik qilgan odam qo‘lining qaeridan kesmoq lozim bo‘ladi? Hazrat Ali kaftidan kesdilar. Qatoda o‘g‘rilik qilgan bir ayol xususida gapirayotib: «Uning chap qo‘lini kesdilar, xuddi shunday qilmoq kerak!» — dedilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Chorak dinor va undan ziyod pul uchun qo‘l kesilg‘aydur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Chorak dinor uchun o‘g‘rining qo‘li kesilg‘aydur.

Umra binti Abdurrahmon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bigga chorak dinor uchun qo‘l kesilmog‘i haqida aytdilar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida o‘g‘rining qo‘li teridan yokim po‘latdan qilingan qalqon qiymatiga to‘g‘ri keladigan narsa o‘g‘irlasagina kesilar erdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Toridan yokim po‘latdan yasalgan qalqon qiymatidan ham qiymatga ega bo‘lgan narsani o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘li kesilmas erdi. Bu qalqonlarning har biri muayyan narxga ega bo‘lgan»,— deydilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida teridan yokim po‘latdan yasalgan qalqon qiymatidan ham qiymatga ega bo‘lgan narsani o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘li kesilmas erdi. Bu qalqonlarning har biri muayyan qiymatga ega bo‘lgan. Abdulloh ibn Umar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham turadirgan teridan yasalgan qalqonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar», — deydilar.

Nofi’ Ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham bo‘lgan teri qalqonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar».

Ubaydulloh Nofi’dan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qiymati uch dirham bo‘lgan teri qalkonni o‘g‘irlagan o‘g‘rining qo‘lini kestirgan erdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubulga yokim qandaydir bir arqon o‘g‘irlab, niravardida qo‘li kesiladirgan o‘g‘riga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!» —dedilar.

Qayd etilgan