Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496071 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 96 B


AbdulAziz  08 May 2009, 09:02:50

9-bob. Sahniga tosh terilgan hovlida toshbo‘ron qilingani haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga o‘zaro zino qilishgan bir yahudiy erkak birlan yahudiy ayolni olib kelishdi. Janob Rasululloh ularga: «Kitoblaringizda bul xususda ne deyilg‘on?» — dedilar. Ular: «Kohinlarimiz sazoyi qilishar erdi»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Ularga tavrot keltirmoqni buyuringiz!» — dedi. Tavrot olib kelindi. Ulardan biri «Rajm» oyati («Toshbo‘ron» oyati) ustiga qo‘lini qo‘yib, uning boshi birlan oxirini o‘qiy boshlagan erdi, Ibn Salom unga: «Qo‘lingni olg‘il!»—dedi. Ul qo‘lini olib erdi, «Rajm» oyatining kerakli yerini ataylab qo‘li birlan berkitib turganligi ayon bo‘ldi. Janob Rasululloh ularni toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar, ular toshbo‘ron qilindi». Ibn Umar bunday deydilar: «Ular sahniga tosh yotqizilgan hovlida toshbo‘ron qilindi. Shunda men yahudiy erkakning yahudiy ayolni bag‘riga bosib (o‘z gavdasi birlan uni to‘sib) olganini ko‘rdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:03

10-bob. Namozgohda toshbo‘ron qilmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasidan bir kishi Janob Rasulullohning huzurlariga kelib zino qilib qo‘yganligini e’tirof etdi. Janob Rasululloh nafratlanganlaridan yuzlarini o‘girib oldilar, hatto ul o‘ziga to‘rt bor dalil keltirishiga to‘g‘ri keldi. Shundagina Janob Rasululloh: «Jinnilik darding yo‘qmidur?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?» — dedilar. Ul «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh amr qildilar, uni namozgohga olib chiqib toshbo‘ron qilishdi. Birinchi tosh tegishi birlanoq qochib qolgan erdi, yetib olib o‘lguncha toshbo‘ron qilindi. Keyin, Janob Rasululloh oxirati baxayr bo‘lsin deb unga o‘zlari janoza o‘qidilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:12

11-bob. Hadd jazosi berilmaydirgan gunoh ish qilib qo‘ygach, imomdan fatvo so‘rab tavba qilib kelgan kimsaga jazo chorasi qo‘llanilmasligi haqida

Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh bunday kishiga jazo bermadilar»,— deydilar.

Ibn Jurayj: «Ro‘za holida o‘z ayoliga yaqinlik qilib qo‘ygan kishiga ham jazo berilmaydi. Hazrat Umar ehromda bo‘la turib kiyik ovlagan kishini ham jazolamadilar»,— deydilar (qilib qo‘ygan gunohidan imomni voqif qilib, tavba qilsa).

Abdurrahmon ibn al-Qosim Oisha raziyallohu anhodam naql qiladilar: «Bir kishi Janob Rasulullohning huzurlariga masjidda erkanliklarida kelib: «Kuyib qoldim», dedi. Janob Rasululloh: «Seni kuydirgan ne dedilar. Ul: "Ro‘za bo‘la turib xotinimga yaqinlik qo‘ydim» — dedi. Janob Rasululloh: «Sadaqa qil — dedilar. Ul: «Sadaqa qilmog‘im uchun hech vaqom yo‘q, — dedida, o‘ltirib oldi. Shul asnoda bir kishi Rasulullohning huzurlariga qandaydir yegulik ortilgan eshak yetaklab kelib qoldi. Men uning Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ne ish birlan kelganin bilolmadim. Shunda Rasululloh: «Boyagi kuyib qolgan odam qaerda?» — dedilar. Ul: «Men shul yerdamen!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mana buni olg‘ilda, sadaqa qilg‘il!» — dedilar. Ul: «Mendan ham muhtojroq kishi bormikan, axir bola-chaqam och-nahor o‘ltiribdi-ku?» — dedi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, buni o‘zingiz yengizlar!» — dedilar». Abu Abdulloh (al-Buxoriy): «Ilgari (birinchi jildda) keltirilgan hadis bundan ko‘ra aniqroq bo‘lib, unda «Bola-chaqangga yedirg‘il!»—deyilgan»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:22

12-bob. Kishi hadd urilmog‘iga loyiq gunoh qilganiga iqror bo‘lib kelganda imom uning qanday gunoh qilganini surishtirmay pinhon qoldirmog‘i mumkinmi?

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, bir kishi qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men hadd jazosi berilmog‘iga loyiq gunoh qilib qo‘ydim, meni jazolangiz!" — dedi. Janob Rasululloh uning ne qilg‘onin surishtirmadilar. Shul vaqt namoz boshlanib qolib ul odam Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qidi. So‘ng, Janob Rasululloh namozni tugatishlari birlanoq qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, men hadd urilmog‘iga loyiq gunoh qilib qo‘ydim, menga Olloh taoloning Kitobiga muvofiq jazo beringiz!» —dedi. Janob Rasululloh: «Sen hozir biz birlan namoz o‘qimadingmi?!»—dedilar. Ul: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo gunohingni mag‘firat qildi (yokim, hadd urilmog‘ini bekor qildi)!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:32

13-bob. Gunohiga iqror bo‘lib kelgan kishiga imom: «Balkim, sen tegishgandursen yokim ko‘z qisib qo‘ygandursen?» — deb aytadirmi?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Moiz ibn Molik Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (qilgan gunohiga iqror bo‘lib) kelganida, ul zot unga: ehtimol sen o‘pgandursen yokim ko‘zingni qisgandursen yohud bir nigoh tashlab qo‘ygandursen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q, yo Rasulalloh, jimo’ qilib qo‘ydim! - dedi. Janob Rasululloh shundan keyingina uni toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:45

14-bob. Gunohiga iqror bo‘lib kelgan kishidan kishining: «Uylanganmisen?» — deb so‘ramog‘i haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘ltirganlarida bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh. men zino qilib qo‘ydim!»—deb aybiga iqror bo‘ldi. Shunda Janob Rasululloh (nafratlanib) yuzlarini o‘girib oldilar. Boyagi odam: «Yo Rasulalloh, men zino qilib qo‘ydim!» — deb gapini takrorlab erdi, ul zot yana o‘girilib oldilar. Shul tariqa ul to‘rt bor aybini tan olib o‘ziga o‘zi guvohlik berdi. Nihoyat, Janob Rasululloh uni yonlariga chaqirib: «Jinnilik darding yo‘qmidur?» — dedilar. Ul: «Yo‘q, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?»—dedilar. Ul: «Ha, yo Rasululloh!» — dedi. Shundan so‘ng, ul zot: «Olib chiqib toshbo‘ron qilingizlar!» — deb amr qildilar». Jobir: «O’shanda toshbo‘ron qilganlar ichida men ham bor erdim. Namozgohga olib chiqib toshbo‘ron qilayotganimizda dastlabki tosh tegishi birlanoq qochib qolgan erdi, biz uni Harrada quvib yetib toshbo‘ron qilgan erdik»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:03:56

15-bob. Zino qilganlikni e’tirof qilmoq haqida

Abu Huriyra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik. Bir kishi o‘rnidan turib: «Sizdan o‘tinib so‘raymenkim, bizning ishimiz yuzasidan Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqarib beringiz!» —dedi. Undan shikoyat qilib kelgan kishi faqihroq bo‘lib, ul ham o‘rnidan turdida: «Bizning ishimizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq ajrim qilsangiz va menga gapirmoqqa ijozat bersangiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «So‘zlagil!» — dedilar. Ul: Mening o‘g‘lim bul odamning xizmatini qilib yurar erdi, bir kuni uning xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Men tovoniga yuzta qo‘y va bir xizmatkor berib o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyin, ulamolardan surishtirib erdim, ular: «O’g‘lingni yuz darra urib bir yilga badarg‘a etmoq, buning xotinini ersa toshbo‘ron qilmoq lozim erdi» — deyishdi. — dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning ishingizni Olloh taolo Kitobiga muvofiq hal qilg‘umdur! Bergan yuz qo‘ying birlan bir xizmatkoring o‘zingga qaytarilg‘aydur va o‘gling-yuz darra urilib, bir yilga badarga qiling‘aydur. Ey Anis, buning xotini oldig‘a borg‘il, agar (zino qilganini) e’tirof qilsa, toshbo‘ron qilg‘il!» — dedilar. Anis o‘shal xotinning oldiga borib erdi, ul e’tirof etdi, keyin uni toshbo‘ron qilishdi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar bunday deb aytdilar: «Men qo‘rqamenkim, zamonlar, o‘tib odamlar: «Olloh taoloning Kitobidan rajm (toshbo‘ron qilmoq) haqida hech gap topmadik» — deb zalolatga yuz tutib, Olloh taolo nozil qilgan farzni bajarmay qo‘ymasalar erdi! Rajm har bir zino qilgan odamga — xotini bo‘la turib zino qilganga ham, zino qilganligi isbotlangan shaxsga ham yokim birovdan homila orttirgan yohud zino qilganini o‘zi e’tirof qilganga ham beistisno qo‘llanmog‘i zarurdur!». Sufyon: «Men Hazrat Umarning gaplarining so‘nggida: «Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rajm qilgan ermasmi erdilar, ul zotdan keyin biz ham rajm qildik-ku?!» — deb aytganlarini shundoqqika yodlab qolganmen»,—deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:04:11

16-bob. Eri bo‘la turib zinodan homilador bo‘lib qolgan ayolni rajm qilmoq haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men muhojirlardan bo‘lmish bir guruh kishilarga, jumladan Abdurrahmon ibn Avfga Qur’on tilovat qilmoqni o‘rgatar erdim, Bir kuni men uning Minodagi o‘yida, uning o‘zi ersa, Hazrat Umar ibn al-Xattobning so‘nggi hajlarida, birga erdi. Nogahon, Abdurrahmon mening oldimga qaytib kelib qoldida: bunday dedi «Bugun Amir al-Mu’miniynning huzurlariga kelgan kishini bir ko‘rganingda erdi, o‘shal odam: «Yo Amir al-Mu’miniyn, siz falonchiga nima yomonlik qilgan erdingiz, ul sizning haqingizda: «Agar Umar o‘lsa, men falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim. Olloh taolo haqi, Abu Bakrga qilgan bay’atim ersa, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» — deb aytdi» — dedi. Shunda Hazrat Umar darg‘azab bo‘lib: «InshoOlloh, men bugun kechqurun kimlar ig‘vo qilib odamlarni chalg‘itishga urinayotganini barchaga oshkor qilg‘aymen!» — dedilar. Shunda men: «Yo Amir al-Mu’miniyn, bunday qila ko‘rmangiz, chunkim hozir haj mavsumi bo‘lib, ko‘plab johil va ig‘voga tez uchadirgan odamlar to‘plangandur, odamlarga so‘zlayotgan vaqtingizda o‘shal toifadagi kishilar sizni qurshab olishib, yengib qo‘yishmasa erdi! Men qo‘rqamenkim, biror nojo‘ya so‘z og‘zingizdan chiqsa, ular ilib olishib, darhol chor atrofga tarqatg‘aylar va odamlar bunga o‘ylab-netmay ishonib qo‘ya qolg‘aylar. Sira oshiqmangiz, avval Madinaga eson-omon qaytib boringiz, chunkim bul shahar hijrat va sunnat qarorgohi bo‘lib, ul yerda siz faqihu ashroflar birlan xolis suhbat qurib o‘zingiz aytmoqchi bo‘lgan gaplarni aytg‘aysiz, ular ersa, gapingizni aql tarozusiga solib ko‘rib, noqis yerlarini tuzatgaylar!» — dedim. Hazrat Umar «Olloh taolo haqi, inshoOlloh, Madinaga borishim birlanoq dastlab shul ishni qilg‘aymen!»— dedilar. Biz Zulhijja oyining oxirida Madinaga keldik. O’shal kun jum’a kuni bo‘lib, quyosh botib qorong‘u tushib qolmasidak yetib olmokqa oshiqdik. Men Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylni minbar rukniga suyanib o‘ltirgan holda uchratdim, tizzam tizzasiga tegadirgan darajada unga yaqin borib o‘ltirdim. Gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Hazrat Umar ibn al-Xattob ichkaridan chiqib keldilar. Ul kishining biz tomon kelayotganlarini ko‘rib Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylga «Bugun kechqurun xalifa bo‘lganlaridan buyon aytmagan gaplarini aytadilar»,— dedim. Ul menga ishonmay: «Bo‘lmag‘ur gap, shul vaqtga qadar aytmay, endi aytarmi erdilar!» — dedi. Hazrat Umar minbarga chiqib o‘ltirdilar. Muazzinlar sukut qilgach, o‘rinlaridan turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «ammo ba’d» deb maqsadga o‘tdilar: «Men bugun sizlarga aytmog‘im taqdir qilingan bir gapni aytg‘aymen. ehtimol bul ajalim arafasidagi so‘nggi nutqimdur! Gapimni fahmlab mag‘zini chaqa olganlar ulovlarining qadami yetgancha yerga borib odamlarni voqif qilsinlar, kimki idroki yetmay ganimning mag‘zini chaqa olmaganligidan xavfsirasa, mening xususimda bo‘hton qilmishga yo‘l qo‘ymagaymen. Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haqiqatni yuzaga chiqarmoq uchun yuborgandur, ul zotga Kitob nozil qilgandur. Noyil qilgan qavli karimalaridan biri «Rajm» oyati bo‘lib. biz uni o‘qib, fahmlab, mag‘zini chaqqanmiz, shul boisdan ham Janob Rasululloh rajm qildilar, ul kishidan Keyin biz ham rajm qildik (toshbo‘ron jazosini qo‘lladik). Qo‘rqamenkim, zamonlar o‘tib odamlar Olloh taoloning Kitobidan rajm haqida hech gap topolmadik deyishib zalolatga yuz tutmasalar va Olloh taolo nozil qilgan farzdan voz kechmasalar erdi! Xotini bo‘la turib zino qilgan har qanday erkakni va eri bo‘la turib zino qilganligi isbotlangan yoki nomahram birlan o‘ynashib homila orttirgan har qanday ayolni yohud zino qilganligini o‘zi e’tirof etgan har bir shaxsni rajm (toshbo‘ron) qilmoq Olloh taoloning Kitobida haqlig‘ deyilgandur. Keyin, biz Olloh taoloning Kitobidan oyati karimalarni o‘qib bilib oldikkim, otalaringizdan yuz o‘girmasligingiz lozim, chunkim otalaringizdan yuz o‘girmog‘ingiz kufrdur. Yodingizda tutingizkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni Iso ibn Maryamni maqtaganlari singari maqtamay, Ollohning bandasi va rasuli deb aytingizlar!» — deganlar. Menga aytishdikim, oralaringizdan bir kishi «Olloh taolo haqi, agar Umar o‘lsa, falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim!» — degan ermish. Kishi: «Abu Bakrga qilgan bay’atim, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» —deb ham, maqtangaymi? Agar haq bo‘lganida ham bunday demasligi lozim! Hech qaysingiz Olloh taoloning yo‘lida Abu Bakrchalik mo‘l yurib ko‘plab tuya nobud qilgan ermassiz! Kimki musulmonlar birlan maslahatlashmay birovga bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganni ham, bay’at qabul qilganni ham xech kim tan olmag‘aydur. Bizga ma’lumki, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamni dargohiga chaqirib olgach, ansorlar bizga qarshi chiqib butun oilalari birlan Banu So’ida ayvoniga to‘planishgan erdi. Ali, Zubayr va ularning tarafdorlari ham bizga qarshi chiqishgan erdi. Muhojirlar ersa, Abu Bakrning huzurlariga yig‘ilgan erdi. Shunda men Abu Bakrga: «Yo Hazrat Abu Bakr, bizni yopingizga olib birodarlarimiz bo‘lmish ansorlarning oldiga boringiz!» —dedim. Keyin, biz yo‘lga tuvdqih Ansorlar to‘plangan yerga yaqin qolganda ikki solih kishi qarshimizga chiqdida. ularning niyatlaridan bizni voqif qilib «Ey muhojirlar, qaerga ketmoqdasizlar?»—dedi. Biz: «Birodarlarimiz bo‘lmish ansorlar xuzuriga»,— dedik. Ular: «Ularga yaqin bormangizlar, o‘zingiz bilib ishlaringizni qilaveringizlar!» —deyishdi. Men: «Olloh taolo haqi, ularning oldiga bormasak bo‘lmagay!» — dedim. Biz yo‘lda davom etib, nihoyat Banu So’ida ayvonida to‘plangan ansorlar huzuriga yetib bordik. Qarasak, ularning o‘rtasida kiyimiga o‘ranib bir kishi o‘ltiribdi, men «Bul kim?» — dedim. «Bul —Sa’d ibn Ubodadur»,— deyishdi. Men: «Unga ne qilg‘on?» —dedim. «Betobdur».— deyishdi. Biroz o‘ltirganimizdan so‘ng ularning xatibi kalimam taqodatni o‘qib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdida: «Amio ba’d (endi maqsadga ko‘chaylik), biz Olloh taoloning yerdagi tayanchi hamda islom lashkarlaridurmiz! Sizlar ersangiz, birxovuch muhojirlar bo‘lib, kambag‘alligingizdan o‘z kavmingizdan ajralib bu yerga kelib qolgansizlar. O’shal qavmingiz ildizimizii qirqib. bizni hokimiyatdan chetlatmoq niyatidadur».— dedi. Ul gapidan to‘xtab sukut qilgan vaqtda men o‘zimga ma’qul ko‘ringan bir gapni miyamda chiroyli so‘zlar birlan bezab, pardali qilib tayyorlab oldimda, Abu Bakrning huzurlarida aytib olgim keldi, chunkim bir qadar ul kishiga o‘zimni ko‘rsatgim kelgan erdi. Endigina gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Abu Bakr: «Shoshmay tursangchi!» — dedilar. Men ul kishining g‘azablarini keltirgim kelmay. jim bo‘ldim.Shunda Abu Bakrning o‘zlari gap boshladilar, ul kishi mendan ko‘ra yumshoq tabiat va xushmuomalaroq erdilar. Olloh taolo haqi, mening hozirgina o‘zimcha ma’qul ko‘rib, aytmoqchi bo‘lgan gapimni ul kishi birorta ham so‘zini, qoldirmay va mendan ham chiroyliroq qilib aytdilarda, sukut qildilar. So‘ng, Sa’dga qarab: «Siz ansoriylar haqida nimaiki yaxshi gaplar aytgan ersangiz, barisi haqlig‘ ravishda ularga munosibdur. Ammo, xalifalik mansabi Quraish qabilasining mana shul hijrat qilgan urug‘iga berilsagina e’tirof qiling‘aydur, chunkim ular arab qabilalari ichida nasab va turmush darajasi jihatidan o‘rtachadurlar. Men sizlarga mana bul ikki kishidan biriga rozi bo‘lmog‘ingizni taklif qilurmen. Ulardai o‘zingiz istaganingizga bay’at qilmog‘ingiz mumkin»,— dedilarda. Men birlan Abu Ubayda ibn al-Jarrohning qo‘limizni ushladilar. Shunda Abu Ubayda ikkalamizning o‘rtamizda o‘ltirgan erdi. Men boshqa bir kishini taklif qilganlarida inkor qilmagan bo‘lur erdim. Ammo, Olloh taolo haqi, Abu Bakr hazratlaridek zot oralarida bo‘lgan qavmga bosh bo‘lganimdan ko‘ra, bo‘ynimni choptirib tashlab gunohdan nariroq bo‘lganim afzalroqdur! Men hozir o‘limim oldida eslasam arzigulik o‘zim qilgan bundan bo‘lak yaxshi amalni qidirib sira topa olmayotirmen! Ansorlardan biri: «Oyoqlaringiz ostiga poyondoz bo‘layin, oyoqlaringiz changini ko‘zlarimga to‘tiyo qilayin, ey Quraysh jamoasi, sizlardan bir kishi va bizlardan bir kishi amir bo‘lsin!» — dedi. Shunda odamlar orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib erdi, men ixtilof chiqmasaydi deb xavotir oldimda «Yo Abu Bakr, qo‘lingizni uzatingiz!» — dedim, ul kishi qo‘llarini uzatdilar. Men qo‘llarini olib ul kishiga bay’at qildim, muxojirlar ham bay’at qilishdi. Keyin, ansorlar ham ul kishiga bay’at qilishdi. Shunday qilib, biz Sa’d ibn Uboda ustidan g‘alaba qildik. Ansorlardan biri: «Sa’d ibn Ubodami o‘ldirdingizlar (pichoqsiz so‘ydingizlar)»,— dedi. Men unga: «Sa’d ibn Ubodami Olloh taolo o‘ldirdi»,— dedim. Hazrat Umar: «Biz hozir Abu Bakrga bay’at qilib juda zo‘r ish qildik qavmning bizdan ajralib chiqib ketmog‘idan qo‘rqqan erdik. Agar ularning oralaridagi o‘zimiz rozi bo‘lmagan kishiga bay’at qilmog‘imiz to‘g‘ri kelib qolganda, qarshi chiqqan bo‘lur erdik bu ersa ikki o‘rtada fasod chiqmog‘iga sabab bo‘lur erdi. Kimki musulmonlar birlan maslahat qilmay kimgadir bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganga ham, bay’at qabul qilganga ham hech kim ergashmagaydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:04:22

17-bob.

Zino qilgan bokira va bo‘ydoqqa darra urilg‘aydur hamda zino qilgan ayol birlan erkak badarg‘a qiling‘aydur. Ularning har biriga yuz darradan uringizlar, Olloh taolo birlan qiyomatga iymon keltirgan ersangiz, Olloh taolo dinida buyurilgan hadd jazosini beayov ularga qo‘llangizkim, ko‘pchilik mo‘minlar azoblanayotganlarini ko‘rib ibrat olsinlar. Mo‘min bo‘la turib zino qilgan erkak faqat zinokor yoki mushrik ayolgag‘ina uylanmog‘i mumkindur shuningdek mo‘min bo‘la turib zino qilgan ayol ham faqat zinokor yokim mushrik erkakkagina turmushga chiqishi mumkindur. Mo‘min bo‘la turib zino qilib qo‘ygan erkak yokim ayol mo‘minlar uchun endi butunlay haromdur!

Zayd ibn Xolid al-Juayniy: «Men Nabiy sallallohi alayhi va sallamning uylanmagan bir kishini zino qilib qo‘yganida yuz darra urdirib, bir yilga badarg‘a qilganlarini eshitganmen»,—deydilar.

Urva ibn az-Zubayr: «Hazrat Umar ibn al-Xattob zino qilgan erkaklarni badarg‘a qildilar va bu payg‘ambarimizdan qolgan sunnat sira kanda qilinmadi»,— deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanmagan zinokor bir kishini hadd urilgach, bir yilga badarg‘a qilmoqni amr qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:04:33

18-bob. Osiy va xunasalarni badarg‘a qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinchalish erkaklar birlan erkakchalish ayollarni la’natlab: «Ularni uylaringizdan quvib chiqaringizlar!» — dedilar va falonchini haydab yubordilar. Hazrat Umar ham falonchini quvib chiqardi».

Qayd etilgan