Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496003 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 96 B


AbdulAziz  08 May 2009, 09:04:45

19-bob. Imomning o‘zi bormay, hadd urib kelmoqni imom bo‘lmagan bir kishiga topshirganligi haqida

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘ltirganlarida qoshlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hukm chiqarib beringiz!» —dedi. Shunda uning xasmi: «To‘g‘ri aytyapti, yo Rasulalloh, uning ishini Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilib beringiz! Mening o‘g‘lim uning xizmatini qilib yurur edi. Bir kuni uning xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Odamlardan surishtirgan erdim. buning uchun o‘g‘limning rajm (toshbo‘ron) qilinmog‘i lozimligini aytishdi. Shunda men yuzta qo‘y va bir joriya tovon to‘lab o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyinchalik ulamolardai so‘ragan erdim. ular o‘g‘limning yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a qilinmog‘i kerakligini ta’kidlashdi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning mojarolaringizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilib bergumdur! Sen bergan yuz qo‘y birlan joriya o‘zingga qaytarilg‘ay, o‘g‘ling ersa, yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a etilgusidur. Ey Anas, sen ersang, borib o‘shal xotinni rajm (toshbo‘ron) qilg‘il!»—dedilar. Anas borib, uni rajm qildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:04:55

20-bob.

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Va oralaringizdan kimki ozod musulmon ayollarni nikohiga olmoqqa qodir bo‘lmasa, ul odam qo‘llaringizdagi musulmon cho‘rilardan biriki nikohiga olsin, Olloh taolo sizlarning qay darajada iymonli erkanligingizni barchadan ham yaxshiroq bilg‘aydur. Sizlar hammangiz bir insondursizlar, shuning uchun cho‘rilarni egalarining ijozati ila, agar ular ilgari zino qilmay pokdomon yurgan ersalar hamda xufyona o‘ynash orttirmagan ersalar, nikohingizga olib, qoidaga muvofiq mahrlarini beringizlar. Basharti, nikohingizga olganingizdan so‘ng fahsh yo‘lig‘a kirsalar, ul holda ularga zino qilgan erli ozod xotinlarga belgilangan jazoning yarmi berilur. Bu ortiqcha jazo berib qo‘yib, gunohkor bo‘lib qolmoqdan cho‘chiganlar uchundur. Bardoshli bo‘lsangizlar, o‘zingiz uchun yaxshiroq bo‘lg‘aydur, Olloh taolo gunohlarni kechuvchan va rahmdil zotdur!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:07

21-bob. Agar cho‘ri zino qilsa...

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Eri yo‘q cho‘ri zino qilib qo‘ysa, ne qilg‘aymiz!» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Agar zino qilsa, darra uringizlar, keyin yana zino qilsa, darra uringizlar, keyin yana zino qilsa, darra uringizlar, so‘ng bir kalava ip narxiga bo‘lsa ham sotib yuboringizlar!» — dedilar. Ibn Shihob: «Uchinchi yokim to‘rtinchi marta zino qilganidan so‘ng sotib yuboriladimi buni bilolmadim»,— deydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:16

22-bob. Zino qilgan cho‘ri urishib-netib o‘tirilmag‘ay hamda badarg‘a ham qilinmag‘ay

Sa’id al-mahyuriy otalaridan naql qiladilar, ul kishi ersa, Abu Hurayradan eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar cho‘ri zino qilsa-yu, gunohi isbotlansa, urishib-netib o‘tirmay, darra urib qo‘ya qolingizlar, agar yana zino qilsa, urishib-netib o‘tirmay, yana darra urib qo‘ya qolingizlar. Basharti, uchinchi marta zino qilsa, bir jun arqon bahosida bo‘lsa ham sotib yuboringizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:26

23-bob. Zinokor zimmiylarni jazoga hukm qilmoq hamda zino qilib ishi imomga oshirilgan ikki zimmiyni boshqa zimmiylar himoya qilganliklari haqida

Shayboniy rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan rajm (toshbo‘ron qilmoq) haqida so‘ragan erdim, ul «Nabiy sallallohu alayhi va sallam rajm qilganlar»,— deb aytdi. Keyin, men: «Nur surasi nozil bo‘lmasidan ilgarimi, keyinmi?» — desam: «Bilmaymen»,— dedi. Ba’zilar rajmga «Moida» surasi ta’lluqli deb hisoblashadi, ammo dastlabkisi to‘g‘riroqdur».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib o‘zlaridan bir erkak birlan ayolning zino qilganligini aytishdi. Janob Rasululloh ularga: «Rajm xususida tavrotda ne deyilgan?» — dedilar. Ular: «Sazoyi qilib, darra urilmog‘i lozimligi aytilgan»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom: «Yolg‘on aytyapsizlar, tavrotda rajm qilmoq kerakligi aytilgan!» — dedi. Tavrot keltirilgach, yahudiylardan biri uni ochib, rajm oyati ustiga qo‘lini qo‘ydida, oyatning boshlanishi birlan oxirini o‘qiy boshladi. Abdulloh ibn Salom buni sezib, «Qo‘lingni ol!»—dedi. Ul qo‘lini olib erdi, rajm oyatining eng kerakli yerini ataylab qo‘li birlan berkitib turganligi ayon bo‘ldi. Yahudiylar o‘zlarini anqovlikka solib: «Muhammad, rost bo‘lib chiqdi, tavrotda rajm haqida yozilgan erkan!» — deyishdi. Janob Rasululloh zinokor yahudiylarni rajm qilmoqni amr qildilar, ular rajm qilindi. Shunda men (zinokor) erkak yahudiyning o‘z ma’shuqasini gavdasi birlan toshdan himoya qilib turganini ko‘rdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:35

24-bob. Bir erkak hokim va odamlar oldida o‘z xotinini yokim birovning xotinini zinokorlikda ayblasa tokim o‘shal xotinga odam yuborib, qo‘yilgan ayb haqida surishtiradimi?

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Ikki kishi o‘zaro da’volashib Janob Rasulullohning huzurlariga keldi. Shunda ulardan biri: «Yo Rasulalloh, bizning ishimizni Olloh taoloning Kitobiga binoan hal qilib beringiz!» — dedi. Keyin, faqirrog‘i turib: «To‘g‘ri aytyapti yo Rasulalloh, bizning mojaromizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilsangiz hamda menga so‘zlamoqqa ijozat bersangiz!».— dedi. Janob Rasululloh: Mayli, gapiraverg‘il!» — dedilar. Ul: «Mening o‘g‘lim manavining xizmatkori erdi, xotini birlan o‘ynashib qo‘ydi. Odamlar o‘g‘limning rajm qilinmog‘ini aytishdi. Men yuzta qo‘y va bir cho‘ri tovon to‘lab, o‘g‘limni qutqarib oldim. Keyin, men ulamolardan surishtirib bilsam, buning uchun o‘g‘lim yuz darra urilib, bir yilga badarg‘a etilmog‘i, manavining xotini ersa, rajm qilinmog‘i darkor erkan»,— dedi. Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, sizlarning ishingizni faqat Olloh taoloning Kitobiga muvofiq ajrim qilib bergumdur! Sen bergan yuzta qo‘y birlan joriya o‘zingga qaytarilg‘ay, o‘g‘ling ersa, yuz darra urilib, badarg‘a qiling‘ay!» — dedilar. So‘ng, Anis al-Aslamiyga: «Manavining xotinining oldiga borib surishtirg‘il, agar zino qilganini e’tirof qilsa, rajm qilg‘il!» — deb amr qildilar. Xotin e’tirof qilib erdi, rajm qilindi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:47

25-bob. Sulton (hukmdor) dan beruxsat o‘z bolasining yokim boshqa birovning adabini bergan kishi xususida

Abu Sa’idning aytishlariga ko‘ra, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namoz o‘qiyotganda biror kishi oldidan o‘tmoqchi bo‘lsa, uni qaytarsin, qaytmay qarshilik qilsa, u birlan jang qilsin!» — deb aytgan erkanlar. Shul boisdan Abu Sa’id ham shunday qilgan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Bakr raziyallohu anhu oldimga kelganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak boshlarini tizzamga qo‘yib orom olayotgan erdilar. Otam: «Qilgan ishingni qara-yu, Janob Rasululloh birlan odamlarni yo‘ldan qoldirding, vaholanki ularning suvi yo‘q!» — deb qo‘llari birlan biqinimga nuqib-nuqib koyiy boshladilar, men ersam Janob Rasululloh uyg‘onib ketmasaydilar, deb qimirlay olmas erdim. Shu asnoda Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr oldimga keldilarda: «Marjoningni deb odamlarni yo‘ldan qoldirding!» — deb meni qattiq nuqiy boshladilar. Men ersam, jonim og‘riganiga qaramay, Janob Rasulullohni bezovta qilib qo‘ymayin deb qimirlamas erdim. Ul zotni bezovta qilmokdin ko‘ra, mening uchun o‘lim afzalroq erdi!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:05:57

26-bob. Xotini birlan birga begona erkakni ko‘rganda uni o‘ldirmoq haqida

Mug‘iyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Basharti xotinim birlan birga begona erkakni ko‘rsam, uni qilich birlan beayov chopib tashlar erdim!» — dedi. Bu gapni Janob Rasulullohga yetkazishganda, ul zot: «Sa’dning rashkidan taajjub qildingizlarmi? Men undan ham rashkliroqmen, Olloh taolo ersa, mendan ham rashkliroqdur!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:06:09

27-bob. Yotig‘i birlan, kengroq tushuntirmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Bir badaviy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh,, meniig xotinim qop-qora bola tug‘di!» —dedi. Janob Rasululloh: «Tuyalaring bormi?» — dedilar. Ul: «Ha, bor»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ranglari qanday?» — dedilar. Ul: «Qizg‘ish»,— dedi. Janob Rasululloh: «Orasida kulranggi bormi?» — dedilar. Ul: «Ha, bor»,—dedi. Janob Rasululloh: «Qanday qilib ulardan kulrang tuya vujudga keldi?» — dedilar. Ul: vasli zotiga tortgan bo‘lsa kerakda» —dedi. Janob Rasululloh: «O’g‘ling ham asli zotiga tortgandur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:06:19

28-bob. Nechog‘lik ta’zir va adab bermoq darkor?

Abu Burda rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urilmag‘aydur, chunkim bul haddni (jazoni) Olloh taoloning o‘zi ta’yin qilgandur der erdilar.

Abdurrahmon ibn Jobir rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urib jazo berilmag‘aydur, chunkim bul haddni Olloh taoloning o‘zi ta’yin qilgandur!»—dedilar».

Abu Burda al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: ta’zir va adab tariqasida) o‘n darradan ortiq urmangizlarki, bul hadd Olloh taoloning haddlaridandur!» —deb aytganlarini eshitganmen».   

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarib erdilar, bir guruh musulmonlar: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutgaysiz-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Qaysi biringiz men kabi bo‘la olg‘aysiz?! Axir, meni har kecha rabbimning o‘zi yeb-ichirib turg‘aydur!» — dedilar. Ular: «Uzluksiz ro‘za tutaverg‘aymiz!»—deb ko‘nmagach, Janob Rasululloh bir ila kun birgalikda uzluksiz ro‘za to‘tdilar. Yaxshi hamki, yangi oy chiqib qoldi (ro‘za tugab qoldi), aks holda ul zot ularni bosh tortganlari uchun jazolagan bo‘lur erdilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Biror ozuqani (egulikni) o‘zlari yashaydirgan joyga olib borib sotmoq niyatida ko‘tara xarid qilgan odamlar ulovlariga minib ulgurmaslaridan kaltaklanar erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo ta’qiq qilgan narsalarga qo‘l urganlardangina o‘ch olar erdilar, ammo o‘zlariga yetkazilgan ozor uchun sira o‘ch olmaganlar».

Qayd etilgan