Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495889 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 96 B


AbdulAziz  21 May 2009, 07:50:32

18-bob. Tushda ko‘ylak etagini uzunligidan yerda sudrab yursa, ta’biri ne bo‘lg‘ay?

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir payt uxlab yetgan erdim, tushimda bir gurux odamlar namoyon bo‘ldi. Ular ko‘ylak kiyib olgan bo‘lib, ba’zilarinikining etagi ko‘kraklari barobarida, ayrimlarinikining etagi ersa, bunday xiyol uzunroq. Keyin, menga Umar ibn al-Xattob namoyon bo‘ldi, uning ko‘ylagi uzun bo‘lib, yerda sudralib ketayotir», dedilar. Sahobalar: "Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘yding?» — deyishdi. Ul zot «Dinga yo‘ydim!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:50:44

19-bob. Tushda ko‘ringan yashil narsa birlan am-yashil chorbog‘ning ta’biri haqida

Qays ibn Abbad rivoyat qiladilar: «Men, Sa’d ibn Molik va Ibn Umar o‘zaro suhbatlashib o‘ltirgan erdik. Nogahon, Abdulloh ibn Salom o‘tib qoldi. Shunda uni ko‘rib: «Bul kishi jannat ahlidandur!» — deyishdi. Men unga: Ular seni jannati, deyishdi», — dedim. Shunda ul bunday deb aytdi «Subhonalloh, ular o‘zlari bilmagan narsa xususida so‘zlamasliklari lozim! Men tushimda ko‘rganimni aytib berayin: bir yam-yashil bog‘ ichra bir ustun o‘rnatilgan ermishu, uning uchiga bir tugun osib qo‘yilgan ermish, ustunning tagida ersa, bir xizmatkor o‘ltirgan ermish. O’shal xizmatkor menga: «Ustunga chiqgil!» — dedi, men chiqib tugunga osilib oldim. Keyin, men bul tushimni Janob Rasulullohga aytib berdim. Shunda ul zot: «Abdulloh (ibn Salom) islom dinini qalbig‘a mahkam tugib, komil e’tiqod ila jon taslim qilgaydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:52:10

20-bob. Tushda matoga o‘rab qo‘yilgan ayolni ochib ko‘rsa, ta’biri ne bo‘lg‘ay?

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday deb aytgan erdilar: «Men (uylanmasimdan ilgari) seni ikki marta tushimda ko‘rganmen. Seni bir kishi (Hazrat Jabroil) ipak matoga o‘rab ko‘tarib ketayotib: Bul sening xotining!» — deb ermish. Ochib qarasam, bul sen ermishsen. Shunda: «Agar bul (tushim) Olloh taolodan sodir bo‘lgon ersa, demak uni (senga uylanmog‘imni) albatta ro‘yobg‘a chiqargaydur!» — deb qo‘ydim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:52:38

21-bob. Tushda ko‘ringan ipak mato ta’biri haqida

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men uylanmasimdan burun seni ikki marta tushimda ko‘rganmen, seni bir farishta ipak matoga urab ko‘tarib ketayotgan ermish. Unga men: «Matoni ochib ko‘rsatg‘il!» — degan ermishmen, ul ochib ko‘rsatgan ermish. Qarasam, bul sen ermishsen. Shunda men: «Agar bul (tushim) Olloh taolodan sodir bo‘lg‘on ersa, demak «uni (senga uylanmog‘imni) albatta ro‘yobga chiqarg‘aydur!» deb qo‘ydim

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:52:53

22-bob. Tushda qo‘lga tutqazilgan kalitlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Javomi’ ul-Kalim (ya’ni, Qur’on) birlan (payg‘ambar qilib) yuborildim va (dushmanlar qalbiga) dahshat solinib g‘olib qilindim. Tushimda menga yer xazinalari kalitlari ato etilib, ularni qo‘limga oldim», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:53:59

23-bob. Tushda tugun va sirtmoqqa mahkam osilib olmoqlik haqida

Abdulloh ibn Salom rivoyat qiladilar: «Men tushimda o‘rtasiga ustun o‘rnatilgan bir bog‘ni ko‘rdim. Ustunning uchida tugun osig‘lik bo‘lib, menga: «Ustunga chiqg‘il!» — deyildi. Men: «Chiqa olmag‘aymen», — deb erdim, bir xizmatkor kelib, kiyimimdan ushlab ko‘tardi, shunda men tugunni mahkam quchoqlab oldim. Keyin, uyg‘onib ketdim. Buni Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul zot: «O’shal bog‘ — islom bog‘i bo‘lib, undagi ustun — islom ustunidur, tugun ersa, mustaqham islom do‘stligidur. Sen islomni bag‘ringga mahkam bosganing holda dunyodan ko‘z yumg‘aysen!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:54:56

24-bob. Tushda chodir ustunini yostiq ostida ko‘rsa...

Bu yerda misolga hadis keltirilmagan bo‘lib, ulamolarning ta’biricha, yostiq ostidagi chodir ustuni — islom dinidur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:56:43

25-bob. Tushda ipak mato ko‘rmoq va jannatga kirmoq haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Tushimda ko‘rsam, qo‘limda bir ipak mato bor ermishu, o‘zim jannatda ermishman. Ipak matoni jannatning qaeriga tashlab ketmayin, ketimdan qolmay uchib kelayotgan ermish. Buni opam Hafsaga aytgan erdim, ul borib Janob Rasulullohga so‘ylab beribdi. Shunda Janob Rasulul.loh: «Abdulloh (ibn Umar) solih kishidur! — deb aytibdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:57:31

26-bob. Tushdagi kishan haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat yaqin bo‘lsa, mo‘‘minning ko‘rgan tushi yolg‘on chiqmaydi, mo‘‘minning tushi ersa, payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur va nimaiki payg‘ambarlikka xos ersa, yolg‘on bo‘lmaydi!» —  dedilar. Ibn Sirin: «Men ham shul gapni tasdiqlaymen. Aytishlaricha, tushda uch narsa sodir bo‘lar erkan: odamning o‘ngidagi voqea-hodisalar, shaytonning vasvasasi va Olloh taoloning bashorati. Kimki yomon tush ko‘rsa, birovga aytmay (ikki rak’at) namoz o‘qisin!» — deb aytdi».

Ibn Sirin bunday deydilar: «Abu Hurayra tushda bo‘yinga solinadirgan kishanni ko‘rmoqni xushlamay, oyoqqa solinadirgan kishanni ko‘rmoqni afzal deb bilar erdilar, chunkim tushda oyog‘i kishanlanganlik — dinda sobitlik deb ta’bir qilinadir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:58:18

27-bob. Tushda ko‘z yoshi to‘kmoq haqida

Xorija ibi Zayd ibn Sobit Ummu al-Alodan naql qiladilar. Ul Janob Rasulullohga birinchi bo‘lib bay’at qilgan ayollardan bo‘lib, bunday degan erkan: «Ansorlar muhojirlarni bo‘lib olib uylariga olib ketmoq uchun qur’a tashlashganda Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Keyin, ul kishi xastalanib qolib vafot etdilar. Biz murdani yuvib, o‘z kiyimiga kafanladik. Janob Rasululloh vidolashgani kirganlarida, men: «Ey Abu Soib, sizni Olloh taolo rahmat qilsin, ko‘rib turibmenkim, Olloh taolo sizni mukarram qilg‘ondur!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Sen buni qaerdan bilursen?» — dedilar. Men: «Xudo haqi, bilmasmen!» — dedim. Janob Rasululloh: «Afsuski, ul vafot etdi, mening unga nisbatan xayriyatdan o‘zga tilagim yo‘qdur! Ammo, men o‘zim payg‘ambar bo‘la turib, Olloh taolo oxiratda menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — dedilar. Shu-shu bo‘ldi-yu, men bundan buyon hech kimni (mayyitni) maqtamaydirgan bo‘ldim. Keyin, tushimda Usmon ibn Maz’unni ko‘rdim, duv-duv ko‘z yoshi to‘kib turar erdi. Janob Rasulullohg‘a borib aytgan erdim: «Uning ko‘z yoshlari — amali solihlariga berilayotgan ajru savoblardur!» — dedilar».

Qayd etilgan