Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496053 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 ... 96 B


AbdulAziz  21 May 2009, 07:59:37

28-bob. Tushda quduqdan suv ichirmoqning ta’biri haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda ko‘rsam, quduq tepasida turib undan suv tortib olayotgan ermishmen. Shu payt Abu Bakr birlan Umar kelib qoldi. Abu Bakr qo‘limdan chelakni olib bir-ikki suv tortib erdi, kam suv chiqdi, Olloh taolo uni mag‘firat qilsin! (ya’ni, Abu Bakrning xalifalik muddatlari qisqaligidan ko‘p g‘azot qilolmay qolganliklariga hamda ul kishi tarafidan musulmon qilingan mushriklarning kamligiga ishora qilinyapti). Keyin, Umar ibn al-Xattob Abu Bakrning ko‘lidan chelakni olgani hamonoq ul kengayib ulkan chelakka aylandi, men o‘z ishiga abjir bundayin odamni ko‘rmaganmen. Umar shunchalik ko‘p suv tortib oldikim, hatto odamlar tuyalariga ham ichirmoq uchun quduq atrofiga tarnovlar qurishga majbur bo‘ldilar!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:00:35

29-bob. Tushda quduqdan bir-ikki suv tortib kam suv chiqarganlik haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

30-bob. Tushda dam olmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men tushimda ko‘rsam, bir hovuz etagida turibmenu, humdan chelakda suv olib odamlarga ichirayotirmen. Shul asnoda Abu Bakr kelib qoldi va menga dam bermoq uchun qo‘limdan chelakni oldida, bir-ikki marta hovuzdan suv tortdi, ammo ham suv chiqdi, Olloh taolo uni mag‘firat qilsin! Keyin, Umar ibn al-Xattob uning qo‘lidan chelakni olib, hovuzdan shul qadar ko‘p suv chiqardiki, hatto odamlar suvga qonib qaytib ketishdi, hovuz suvi ersa, kamayish o‘rniga tobora ko‘payib borar erdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:01:50

31-bob. Tushda ko‘ringan qasr haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdik bizga qarata: «Tushimda jannatni ko‘rdim, bir ayol qasr yonida o‘ziga oro berib turar erdi. Men farishtalardan: «Bul qasr kimnikidur?» — deb so‘radim. Ular: «Umar ibn al-Xattobnikidur» — deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkakligin eslab, qasrdan nari ketdim», — dedilar. Umar ibn al-Xattob buni eshitib yig‘lab yubordida: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk qilurmenmi?» — dedi».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda jannatga kirib. nogoh bir oltin qasr oldidan chiqib qoldim. «Bul kimniki?» — deb erdim, «Bir qurayshiy kishinikidur», — deyishdi. Shunda men, ey Umar ibn al-Xattob, sening rashkli erkanligingni eslab ul yerga kirmoqdan o‘zimni tiydim», dedilar. Umar: «Yo Rasulalloh, sizdan rashk qilurmenmi!» — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:03:13

32-bob. Tushda o‘ziga oro bermoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdik bizga qarata: «Tushimda jannatni ko‘rdim, bir ayol qasr yonida o‘ziga oro berib turar erdi. Men farishtalardan: «Bul qasr kimnikidur?» — deb so‘radim. Ular: «Umar ibn al-Xattobnikidur», — deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligin eslab, qasrdan nari ketdim», — dsdilar. Umar buni eshitib yig‘lab yubordida «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk qilurmenmi?!» — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:03:38

33-bob. Tushda Ka’bani tavof qilmak haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda ko‘rsam, Ka’bani tavof qilayotgan ermishmen. Nogoh, ikki odam bir bug‘doy rang, sochi silliq, boshidan suv tomib turgan kishini yetaklab o‘tib qoldi. Men: «Bul kim?» — dedim. «Bul — Ibn Maryam», — deyishdi. Keyin, atrofga alanglab yana bir kishini ko‘rib qoldim. Uning afti-angori qizg‘ish, sochlari jingalak va uzum donasidek bo‘rtib turgan o‘ng ko‘zi ko‘r erdi. «Bul kim?» — dedim. «Bul dajjol», — deyishdi. Ul Ibn Qatanga o‘xshab ketadir, Ibn Qatan ersa, Xuzo’adagi Banu Mustalaq qabilasidandur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:04:07

34-bob. Tushida o‘zidan ortgan sutni birovga bersa...

Ibn Shihob Hamza ibn Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ichdimki, hatto qo‘l-oyoqlarim uchidan sut oqib chiqayotganini ko‘rdim, keyin qolganini Umar ibn al-Xattobga uzatdim», — dedilar. Atroflarida o‘ltirgan kishilar: «Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga yo‘ydim!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:04:21

35-bob. Tushda falokati arib, tinch-xotirjam bo‘lganini ko‘rmoq haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari ul zotning saodatli zamonlarida tush ko‘rsalar, darhol ta’birini so‘rar erdilar, Janob Rasululloh ersalar Olloh taolo irodasiga muvofiq ta’bir qilib berur erdilar. O’shal vaqtda men bo‘ydoq yigitcha bo‘lib, yotar joyim masjid erdi. Bir kuni o‘zimga o‘zim: «Senda boshqalardagidek yaxshi fazilatlar mavjud bo‘lg‘onida erdi, ular kabi yaxshi tushlar ko‘rib Olloh taoloning bashoratidan bahramand bo‘lur erding!» — dedimda, uyquga yotayotib: «Yo Rabbano, menda biror yaxshi fazilat mavjud ersa, tushimda ayon aylag‘aysen!» — deb iltijo qildim. Qarangkim, shul kecha tush ko‘rdim, tushimda qo‘lida temir qamchi ushlab olgan ikki farishta meni jahannamga haydab ketayotgan ermish, men ersam: «Yo parvardigoro, meni qutqarg‘il!» — deb yolvorayotgan ermishmen. Shunda qo‘lida temir qamchi ushlagan yana bir farishta kelib, menga: «Ey yaxshi odam, ko‘p namoz o‘qigan ersang, sira qo‘rqmag‘il!» — dedi. Keyin, boyagi ikki farishta meni jahannam yoqasiga olib keldi. Jahannam ham quduq yanglig‘ chuqur bo‘lib, labida quduqniki singari ikki ustuni bor erkan, ulardan har birining yonida qo‘lida temir qamchi ushlagan farishtalar turibdur. Ichiga ko‘z tashlab, zanjir birlan oyoqlaridan osib qo‘yilgan odamlarni ko‘rdim. Ularning orasida quraysh qabilasiga mansub kishilar ham mavjud erdi. So‘ng, farishtalar meni jahannamning o‘ng yonidan olib o‘tib, qo‘yib yuborishdi. Bul tushimni mo‘minlar onasi bo‘lmish Hafsaga aytib erdim, ul Janob Rasulullohga hikoya qilib beribdur. Shunda ul zot: «Abdulloh solih odamdur!» — deb aytibdirlar». Nofi’: «Shu-shu bo‘ldi-yu, Abdulloh ko‘p namoz o‘qiydirgan bo‘lib qoldi», — deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:04:39

36-bob. Tushda jahannamning o‘ng tarafidan o‘tkazib qo‘yib yuborsa...

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

37-bob. Tushda qadah (yokim piyola singari idish) ko‘rsa...

Bu yerda 34-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

38-bob. Tushda biror narsaning uchganini ko‘rsa...

Ubaydulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Abbosdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytib bergan tushlari haqida so‘radim. Ul: «Janob Rasululloh «Bir kuni tushimda qo‘limga ikkita oltin bilaguzuk taqib qo‘yib erdilar, buni takabburlik deb hisoblab taqqim kelmadi. Shunda taqmaslikka ijozat berildi, men ularni puflab uchirib yubordim. Bul tushimni ikkita soxta (payg‘ambar) chiqadi, deb ta’bir qildim» — deb aytgan erdilar», — dedi. Ulardan biri al-Ansiy bo‘lib, uni Feruz Yamanda o‘ldirgan, ikkinchisi — Musaylima erdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:05:03

39-bob. Tushda so‘yiladirgan (ya’ni, semiz) sigir ko‘rsa...

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar «Tushimda Makkadan bir xurmozorga borib qolib, Yamomaga yokim Hajarga kelib qoldimmikan, deb xayol qildim. Keyin, ayon bo‘ldiki, Yasrib, ya’ni Madinada turgan erkanmen. Ul yerda bir (semiz) sigirni ko‘rdim. Olloh taolo haqi, bul yaxshilik alomatidur (chunkim, tushdagi semiz sigir — farovonlikning, ozg‘in sigir ersa, qahatchilikning nishonasidur)! Demak bul tushim Olloh taoloning (bizga) marhamat qilg‘onidan hamda Badr jangidan so‘ng mo‘minlar qalbida paydo bo‘lg‘on ishonch uchun ato etiladirgan savobdan darak berg‘aydur!»

40-bob. Tushda puflamoq haqida

Bu yerda 36-bob takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 08:05:20

41-bob. Tushda biror narsaning joyi o‘zgartirilganini ko‘rsa...

Silim ibi Abdulloh otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda sochi to‘zg‘igan bir qora xotinni ko‘rdim, ul Madinadan chiqib Mahya’aga (Juhfaga) bordi. Men buni Madinadagi vabo Juhfaga ko‘chdi, deb ta’bir qildim».
42-bob. Tushda ko‘ringan qora xotin haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

43-bob. Tushda ko‘ringan sochi to‘ziq xotin haqida

Bu yerda ham yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan