12-bob. Sarqit (razil) odamlar ichra qolsa...
Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga ikki hadis aytdilar, birining amalga oshganining shohidi bo‘ldim, ikkinchisining bo‘lmog‘ini kutib yuribdurmen. O’shanda Janob Rasululloh bizga vijdon (iymon, halollik)ning kishilar qalb tomirlarida nozil qilingani, so‘ng kishilar Qur’on va sunnatni o‘rganganliklari hamda vijdonning yo‘qolib ketmog‘i haqida so‘zlab bunday degan erdilar: «Kishi bir uxlab turganda qalbidagi vijdoni chiqib ketib, o‘rnida bir rangsiz narsadagi nuqtadek iz qolg‘aydur, so‘ng yana bir uxlab turgach, qolgani ham chiqib ketib, cho‘g‘ni yalang oyog‘ing birlan tepib yuborganingda hosil bo‘ladirgan qabariqdek nuqta qolgaydur, keyin ersa, pufakcha paydo bo‘lganini yokim hech narsa qolmaganini ko‘rg‘aydursen. Keyin, odamlar o‘zaro ahdlashadirlaru, ammo birortalari bunga amal qilmaydirgan bo‘lib qoladirlar. Shunda, falon qavmda halolu pok kishi bor ermish, ul qanchalar dono, xushnamo va matonatli ermish, deb so‘zlaydirgan bo‘lishg‘aydir, ammo haqiqatda ersa, ul odamning qalbida xardal urug‘ichalik ham iymon bo‘lmag‘aydur». Hozir shunday zamonda yashamoqdadurmenkim, barchangiz birlan bay’atlashaverg‘aymen (ahdlashaverg‘aymen), bayatlashg‘uvchi islomga sodiq musulmonmi yokim o‘z so’iysiga (voliysiga) vafodor nasroniymi, buning mening uchun ahamiyati yo‘qdur. Ammo, shunday ersada, bugun men falon va falon kishilar birlangina bay’atlashgan bo‘lur erdim!»