Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495658 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 96 B


AbdulAziz  28 May 2009, 07:38:31

17-bob. Masjidda kishi haqida

Hazrat Umar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning minbarlari oldida turib li’on qildilar. Shurayh, Sha’biy va Yahyo ibn Ya’mur (aybdorni) masjidda muhohama qildilar. Marvon ibn al-Hakam (masjid) minbari oldida turib Zayd ibn Sobitga ont ichmoqni amr qildi. Hasan al-Basriy va Zurora ibn Avfo masjid tashqarisidagi maydonda qozilik qilishar erdi.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: Men o‘n besh yoshligimda bir eru xotinning masjidda mulo’ana qilganining shohidi bo‘lganmen, o‘shanda ularni ajratib yuborishgan erdi».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamnimg huzurlariga kelib: «Kishi o‘z xotinini begona erkak birlan tutib olsa, uni o‘ldiradirmi?» — deb so‘radi, Keyin, o‘shal eru xotinni masjidga olib kelishib li’on qilishganining shohidi bo‘ldim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:38:47

18-bob. Masjidda hukm qilib, hadd urmoqqa kelganda uni masjid tashqarisida ijro etmoqni amr qilgan kishi haqida

Hazrat Umar: «Uni masjid tashqariciga olib chiqingizlar!» — deganlar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘ltirib erdilar, bir kishi huzurlariga kelib: Yo Rasulalloh, men zino qilib qo‘ydim!» — dedi. Janob Rasululloh yuzlarini o‘girib oldilar. Keyin, boyagi odam to‘rt bor shunday deb o‘ziga-o‘zi guvohlik keltirgach, Janob Rasululloh: «Mabodo, jinni ermasmisen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q, jinni ermasmen», — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Buni olib borib, toshbo‘ron qilingizlar!» — deb amr qildilar. Ibn Shihob: «Men uni musalloda toshbo‘ron qilganlardan biri erdim», — deydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:39:07

19-bob Imomning da’vogarlarga pand-nasihat qilmog‘i haqida

Mo‘minlar onasi bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men ham insonmen, ba’zan xusumatlashib huzurimga kelganingizda biringizning dalilingiz ikkinchingiznikidan ishonchliroq ko‘rinib, noto‘g‘ri hukm chiqarib qo‘ymog‘im mumkindur. Basharti, biringizning haqingizni ikkinchingizga nohaq olib bersam, olmangiz, aks holda men U sizga do‘zax o‘tidan bir parcha olib bergan bo‘lurmen!»

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:39:27

20-bob. Hokimning hokimlik davridagi guvohligi hukm chiqarmoqqa asos bo‘la oladir, undan ilgarigi guvohligi ersa, faqat da’vo o‘rniga o‘tg‘aydur!

Qozi Shurayh o‘zlaridan bir kishi guvohlik so‘raganda: «Amirning huzuriga borg‘il, men senga guvohlik bergaymen!» — deb aytgan erkanlar.

Ikrima rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob Abdurrahmon ibn Avfdan: «Agar amirlik vaqtingda bir kishining zino yokim o‘g‘rilik qilayotganini ko‘rib qolsang, yakka o‘zingning guvohliging birla hukm chiqaraverarmi erding?» — deb so‘radilar. Ul: «Amir bo‘lsang ham guvohliging oddiy bir musulmonning guvohligichadir», — dedi. Hazrat Umar: «Rost aytding. Agar men odamlarning: «Umar Olloh taoloning Kitobiga o‘zidan qo‘shimcha kiritdi!» — deb ta’na qilishlaridan qo‘rqmaganimda erdi uyga Rajm oyatini o‘z qo‘lim birlan yana bir bor yozib qo‘ygan bo‘lur erdim!» — dedilar. Moiz o‘zi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib zino qilganligiga to‘rt marta iqror bo‘lgach, ul zot uni rajm (toshbo‘ron) qilmoqni amr qildilar. Lekin, shunda Janob Rasulullohning yana bir boshqa guvoh talab qilganliklari xususida eslatib o‘tilmaydi. Hammod: «Agar hokim huzurida o‘z aybiga bir marta iqror bo‘lsa, kifoya, rajm qilinaveradi», — deydilar. Hakam ersalar: To‘rt marta o‘z aybiga iqror bo‘lmog‘i lozimdur», — deydilar.

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hunayn kuni (hijriy 8-yilda Hunayn qishlog‘ida mushriklarga qarshi jang qilingan kun): «Mushrikni o‘ldirganiga guvohi bor kishigina, uning narsalarini olmoqqa haqlig‘dur», — dedilar. Shunda men o‘zim o‘ldirgan mushrik uchun guvoh izlab topolmadimda, o‘ltirib o‘yga toldim, keyin buni Janob Rasulullohga aytdim. Ul zotning xuzurlaridagilardan biri: «O’shal o‘ldirilgan mushrikning qurollari mendadur», — dedi. Janob Rasululloh: «Uni rozi qilg‘il!» — dedilar. Abu Bakr norozi bo‘lib: «Yo‘q, aslo, Quraysh chiyabo‘rivachchasiga berib, Olloh taolo va uning rasuli yo‘lida jang qilgan sherni mahrum qilmangiz!» — dedilar. Janob Rasululloh quloq solib boyagi odamga buyurdilar, ul menga o‘ldirilgan mushrikning qurollarini qaytib berdi. Keyin men uni sotib, puliga bog‘ oldim, bul mening dastlabki bisotim erdi». Hijoz aqli: «Hokim hokimlik davrida yokim undan ilgari o‘zi ko‘rgan jinoyat yuzasidan o‘z ixtiyoricha hukm chiqarmasligi lozimdur», — deyishadir. Garchi hokim qozilar majlisida o‘zga bir kishining jinoyat qilgoniga guvohlik berib iqror bo‘lsada, ba’zi ulamolarning fikricha, to ikki guvoh uning da’vosi to‘g‘ri erkanligini tasdiqlamaguncha, ayblanuvchiga qarshi hukm chiqarilmagaydur. Ba’zi ulamolarning ta’kidlashiga qaraganda ersa, birgina hokimning guvohligi birlan aybdorga qarshi hukm chiqarilaverg‘ay, chunkim hokim ishonchli shaxs bo‘lib, guvoh talab qilmoqdan maqsad haqiqatni aniklamoqdur, hokimning o‘zga bir shaxsni aybdor deb iqror bo‘lgani ersa, guvohlikdan ortiq ermish. Yana ayrim ulamolar: «Mol-mulk xususida bo‘lsa, shunday qilmoq mumkin, boshqa masalada bunday qilib bo‘lmaydur», — deyishadir. Qosim (ibn Muhammad ibn Abu Bakr): «Hokim o‘zgalar birlan fikrlashmay, faqat o‘z bilganiga tayangan holda hukm chiqarmasligi lozim, chunkim shunday qilsa, musulmonlar oldida tuhmatga qolib, o‘ziga nisbatan ularda shubha tug‘dirg‘aydur. Janob Rasululloh shubhaga yo‘l bermaslikni ta’kidlab, shul xususda xotinlari Safiyya birlan masjiddan chiqib kelayotganlarida sodir bo‘lgan bir voqeani aytib berganlar».

Ali ibn Husayn (ibn Ali ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidda e’tikofda erkanliklarida) huzurlariga Safiyya keldi, qaytayotganida ul zot uni kuzatib chiqdilar. Shunda ikki ansoriy o‘tib qolib erdi, Janob Rasululloh ularni chaqirib: "Bu (o‘zimning xotinim) — Safiyyadur!" — dedilar. Ular: «Subhonolloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «(Ajablanmangizlar), darhaqiqat shayton inson qon tomirlarida qon birla oqib yurg‘aydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:41:23

21-bob. Voliy (hukmdor) ikki amirni bir yerga yuborsa, bir-biriga itoat qilib, o‘zaro qarshilik qilmaslikni buyurg‘aydur!

Sa’id ibn Abu Burda rivoyat qiladilir: «Men otam Abu Burdaning bunday deganlarini eshitdim: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otam birlan Maoz ibn Jabalni Yamanga yuborayotib: «Qulaylik yaratingizlar, qiyinchilik tug‘dirmangizlar, xushnud etingizlar, bezdirmangizlar va bir-biringizga itoat etingizlar!»— dedilar. Otam Janob Rasulullohga: «Bizning Yamanda asaldan sharob tayyorlaydirlar», — dedilar. Janob Rasululloh: «Har bir mast qilg‘uvchi narsa haromdur!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:41:45

22-bob. Hokimning taklifni qabul qilmog‘i haqida

Usmon ibn Affon raziyallohu anhu Mug‘ira ibn Shu’baning quli to‘yga taklif qilganda qabul qilganlar.

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Asirni ozod qilingizlar, to‘yga taklif qilinsangiz, boringizlar!» — deb aytganlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:42:03

23-bob. Zakot yig‘uvchilarning (zakotdan olgan) «hadyalari» haqida

Abu Qumayd as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Asad qabilasidan bo‘lmish Ibn al-Lutbiyya ismli bir kishini zakot yig‘ib kelmoqqa yubordilar. Ul qaytib kelib: «Mana bular sizga (ya’ni, Baytulmolga, xazinaga), mana bular ersa, menga hadya qilindi», — dedi. Shunda Janob Rasululloh minbarga chiqib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilarda, so‘ng: «Biz zakotchini zakot yig‘ib kelmoqka yuborganimizda nega ul qaytib kelib: «Mana bular sizga, mana bular ersa, menga hadya qilindi», — deydir, agar istagi shul ersa, ota-onasining uyida o‘ltirib «Hadya olib keladilarmi, yo‘qmi?» deb poylab o‘ltiravermaydimi?! Olloh taolo haqi, kimki zakotdan urib qolsa, qiyomat kuni o‘shal narsani yelkasida ko‘tarib kelgay, agar ul tuya ersa, o‘kirib, sigir ersa, bo‘kirib, qo‘y ersa, ma’rab turg‘aydur!» — dedilar. Keyin, ikki qo‘llarini baland ko‘tarib «Tushuntira oldimmi?» deb uch bor takrorladilar, shunda men qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rib qoldim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:42:18

24-bob. Ozod qilingan qullardan qozi va amaldorlar ta’yin qilmoq haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Birinchi muhojirlardan bo‘lmish Abu Huzayfaning ozod qilingan quli hamda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalari, jumladan Abu Bakr, Umar, Abu Salama, Zayd va Omir ibn Rabi’a Qubo masjidida (birlari qozilik birlari amaldorlik qilur) erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:42:58

25-bob. Qabila oqsoqollari haqida

Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Marvon ibn al-Hakam va Misvar ibn Mahrama bunday deb aytdilar: «Odamlar musulmonlarning Havazin qabilasiga mansub asirlarni ozod qilinmog‘iga rozilik bildirganliklarini Janob Rasulullohga aytishganda, ul zot: «Sizlarning qaysi biringiz rozi-yu, qaysi biringiz norozi, buni bilmag‘aymen, boringizlar, oqsoqollaringizdan surishtirib bilib kelingizlar!» — dedilar. Ular borib, oqsoqollaridan surishtirib bilib kelgach, Janob Rasulullohga: «Musulmonlar rizolik bildirib, ruxsat berishdi», — deb xabar qilishdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:43:14

26-bob. Sultonni o‘z huzurida ulug‘lab, tashqariga chiqqach, boshqa bir gapni aytmoqning makruhligi haqida

Osim ibn Muhammad otalaridan naql qiladilar: «Bir guruh kishilar Hazrat Umarga: «Biz sultonimizning huzuriga kirganimizda unga uning huzuridan chiqqanimizda aytadirgan gapimizning aksini aytamiz», — deyishdi. Hazrat Umar ularga: «Biz buni munofiqlik deb atar erdik», — dedilar».

Abu Hurayra aytadilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Odamlarning eng yomoni ikki yuzlamachi kishi bo‘lib, ul birovlarga bir yuzini, boshqa birovlarga ersa, ikkinchi yuzini qaratgaydur, — deb ayttanlarini eshitgan erkanlar.

Qayd etilgan