Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495645 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 96 B


AbdulAziz  28 May 2009, 07:43:32

27-bob. G’oib kishi ustidan hukm chiqarmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «(Erim) Abu Sufyon xasis odam, uning molidan olib ishlatmoqqa muhtojmen», — dedi. Janob Rasululloh: «Insofan o‘zing birlan bolalaringga yetarlicha olg‘il!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:43:48

28-bob. Kimning foydasiga bir musulmon birodariming haqi noto‘g‘ri hukm qilib berilsa, zinhor olmasin, chunkim hokim (qozi) haromni halol, halolni harom qilolmag‘aydur!

Ummu Salima raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralari eshigi oldida kimlardir janjallashayotganini eshitib, ularning oldiga chiqdilarda «Men ham (sizlar kabi) insonmen. Huzurimga janjallashib kelganingizda biringiz ikkinchingizdan ustamonroq chilib qolib, meni o‘z dalillariga ishontirib qo‘yishi mumkin, shunda haq qolib, nohaq foydasiga hukm chiqarib qo‘yishim hech gap ermas. Men yanglishib nohaq foydasiga hukm qilib qo‘ygan bir musulmonning haqi do‘zax otashining bir parchasidur, nohaq kishi uni istasa, olsin, istamasa, olmasin, bu uning o‘ziga havoladur!» — dedilar.

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga o‘lar chog‘ida: «Zam’a cho‘risining bolasi mendan bo‘lgandur, uni senga topshiramen!» — deb vasiyat qildi. (Makka) fath qilingan yili Sa’d bolani o‘z qaramog‘iga olib: «Bul akamning bolasi, qaramog‘imga olmog‘imni menga vasiyat qilganlar!» — dedi. Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib: «Bul mening uham hamda otamning cho‘risining o‘g‘li, ul otamning to‘shagida vujudga kelgan!» — dedi. Shundan so‘ng, Sa’d birlan Abd ibn Zam’a Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasululloh, bul akamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga (tarbiyamga) olmog‘imni vasiyat qilganlar!» — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul mening ukam hamda otamning cho‘risining o‘g‘li, bul otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan!» — deb aytdi. Janob Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bul seniki, zero, bola to‘shakniki bo‘lgaydur, fohisha ersa, undan mahrum etilg‘ay!» — dedilar, so‘ng Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini ko‘rib: «Ey Savda, boladan qochg‘il!» — deb aytdilar. Bola Olloh taolo dargohiga ravona bo‘lgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi»

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:44:23

29-bob. Quduq va shu kabilar hukmi haqida

Abu Voil rivoyat qiladilir: "Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir musulmonning molini o‘zlashtirib olmoq maqsadida yolg‘on qasam ichg‘aydur, Olloh taolo unga oxiratda g‘azabnok xilda ro‘baro‘ bo‘lg‘aydur!" — deganlar, dedi, Sulaymon: «Olloh taolo buning tasdiqi uchun «Olloh taoloning nomini sotib ont ichg‘uvchilar...» degan oyati karimasini nozil qilgan», — dedi. Abdulloh yuqoridagi oyat haqida odamlarga so‘zlab turgan erdi, Ash’as kelib: «Bul oyat bir kishi birlan mening to‘g‘rimda, quduq masalasida xusumatlashib qolganimizda nozil bo‘lgandur. O’shanda Janob Rasululloh: «Daliling bormidur? — deb erdilar. Men: «Yo‘q», — deb erdim. Ul zot: «Bo‘lmasa, ul qasam ichsin!» — deb erdilar. Men: «Agar ul qasam ichsa, «Olloh taologa bergan va’dalarini bir pulga sotadirganlar...» degan oyat nozil bo‘lganku!» — deb erdim», — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:44:40

30-bob. Ikki o‘rtada talashilayotgan mulk ko‘p bo‘ladirmi yokim oz bo‘ladirmi, bundan qat’iy nazar, ularga nisbatan bir xil hukm chiqarilg‘aydur!

Shubruma: «Mulk ko‘pmi, ozmi, bir xil hukm chiqarilg‘aydur, — deydilar» — dedilar».

Zaynab binti Abu Salama onalari Ummu Salamadan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralari eshigi oldida kimlarningdir janjallashayotganini eshitib tashqariga chiqdilarda: «Men ham insonmen, xuzurimga janjallashib kelganingizda biringiz ikkinchingizdan ustamonroq chiqib qolib, meni o‘z dalillariga ishontirib qo‘ymog‘i mumkin, shunda haq qolib, nohaq foydasiga hukm chiqarib qo‘ymog‘im hech gap ermas. Men yanglishib nohaq foydasiga hukm qilib qo‘ygan bir musulmonning haqi do‘zax otashining bir parchasidur, nohaq kishi uni istasa, olsin, istamasa, olmasin, bu uning o‘ziga havoladur!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:45:04

31-bob. Imomning o‘zgalar mol-mulkini odamlarga sotmog‘i haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam egasi tomonidan «Men vafot etsam, ozodsen» deb mudabbar qilingan bir qulni Nu’aym ibn an-Nahhomga sotdilar.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan biri o‘z qulini mudabbar qildi (ya’ni, «Vafot etsam, ozodsen», — dedi). Ammo, uning shul qulidan o‘zga hech vaqosi yo‘q erdi. Janob Rasululloh bundan xabar topib: «O’shal qulni mendan kim sotib olg‘ay?» — dedilar. Shunda uni Nu’aym ibn an-Naqhom sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Keyin, Janob Rasululloh pulni qulning egasiga yubordilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:45:28

32-bob. Bir kishi xususida aybdor qilgudek birorta ham so‘z bilmagan odamlarning ta’nasiga parvo qilmagan shaxs haqida

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn Zaydni lashkarboshi qilib bir yerga qo‘shin yuborib erdilar, uning xususida ta’na qilishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Uning lashkarboshi bo‘lganiga xusumat qilib ta’na qilayotirsizlar, otasi lashkarboshi bo‘lganida xuddi shunday ta’na qilgan erdingizlar. Olloh taolo haqi, modomiki ul lashkarboshilikka munosib erkan va mening uchun eng maqbul kishi erkan bundan keyin ham xuddi shunday bo‘lib qolg‘aydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:45:55

33-bob. Ashaddiy xusumatchi mudom xusumat qilmog‘ini qo‘ymag‘aydur!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloni eng nafratlantiradirgan kishi — bu ashaddiy (tuzalmas) xusumatchidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:46:23

34-bob. Hokim shafqatsizlik qilmoqni yoki ilm ahliga xilof ish tutmoqlikni buyursa, rad qiling‘aydur!

Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni askarlarga boshliq qilib Banu Juzayma qabilasiga yubordilar. Ular: «Islomni qabul qildik!» — deyish o‘rniga, bilmay: «Dindan qaytdik!» — deb yuborishdi (ya’ni, «Avvalgi dinimizdan qaytib islomga kirdik!» — deb aytmoqchi erdilar). Shunda Xolid ibn Valid ularga qarshi askarlarni jangga tashladi, natijada ko‘pchiligi o‘ldirilib, qolganlari asir olindi. Keyin, har birimizga o‘zimiz qo‘lga tushirgan asirimizni o‘ldirmoqni amr qildi. Men o‘ldirmoqdin bosh tortdim, sheriklarim ham shunday qilishdi. Qaytib borgach, bul haqda Janob Rasulullohga aytib erdik ul zot: «Ey parvardigoro, Xolid ibn Validning qilmishida mening qo‘lim yo‘qdur!» — dedilar (ya’ni, Xolid ibn Validning surishtirmay-netmay ularni o‘ldirganini nazarda tutyaptilar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:47:05

35-bob. Bir qavm ichida nizo chiqsa, imom borib oralarini kelishtirib qo‘ymog‘i lozim!

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Banu Amr qabilasida nizo chiqib jang bo‘ldi. Janob Rasululloh bundan xabar topgach, peshin namozini o‘qidilarda, ularning xuzuriga borib, o‘zaro kelishtirib qo‘ydilar. Namozi asr vaqti bo‘lib (Janob Rasulullohdan darak bo‘lmagach), Bilol Abu Bakrga kelib: «Takbir aytayinmi?» — dedi. Abu Bakr: «Mayli, — dedilar. Keyin, Abu Bakr jamoatga imomlik qilib turganlarida Janob Rasululloh kelib qoldilarda, odamlarning orasidan o‘tib birinchi safga borib turdilar. Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun, chapak chalib yubordilar, ul kishi payqamadilar. Odamlar yana, ham qattiqroq chapak chala boshladilar, shundagina Abu Bakr Janob Rasulullohning kelganlarini ko‘rdilar. Janob Rasululloh: «O’rningizdan qimirlamangiz!» — deb ishora qildilar. Abu Bakr ul zotning ishonchlariga xursand bo‘lib, «Olloh taologa hamdu sanolar aytdilarda, orqalariga tisarilib joy bo‘shatdilar, Janob Rasululloh oldinga o‘tib namozni davom ettirdilar. Namozdan so‘ng Abu Bakrga: «Buyurg‘animdan keyin joyingizda turaversangiz bo‘lmasmi erdi?!» — dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallullohu alayhi va sallamga imomlik qilmoqqa mening xaddim sig‘mag‘aydur!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh qavmga qarab «Sizlarga ne bo‘ldi, chapak chaldingizlar? Namozda biror narsani payqasangizlar, tasbih aytingizlar, chapak chalmoq — xotinlarning ishidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:47:16

36-bob. (Qur’on) kotibi ishonchli (halol) va oqil kishi bo‘lmog‘i lozim!

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Yamoma ahli qilgan qotillik sababidan Abu Bakr menga odam yuborganlarida huzurlarida Umar o‘ltirgan erdilar. Abu Bakr aytadilar: «Umar huzurimga kelib: «Yamoma qotilligi sodir bo‘lgan kuni Qur’on qorilarining bir qanchasi o‘ldirildi, agar qorilar shul tariqa qirilib ketaversa, Qur’onning ko‘p qismi unutilib ketmasa erdi, deb qo‘rqurmen. Shul boisdan Qur’on (suralarini) jamlab kitob qildirsangiz!» — dedi. Men: «Janob Rasululloh qilmagan ishni men qanday qilgum?» — dedim. Umar: «Olloh taolo haqi bu xayrli ishdur!» — deb mendan qayta-qayta iltimos qilaverdiki, hatto Olloh taolo Umarning qalbimi moyil qilgan ishga mening qalbimni ham moyil qilib qo‘ydi va men Umarning fikriga qo‘shildim». Abu Bakr menga (ya’ni, Zaydga): «Sen aqlli yigitsen, shul vaqtga qadar biror ayb qilganingni bilmasmiz, sen Janob Rasulullohga kelgan vahiylarni yozib olur erding, endi Qur’on (suralarini qorilardan) surishtirib topib jamlagil!» — dedilar. Men: «Olloh taolo haqi, menga Qur’onni jamlamoqdin ko‘ra biror tog‘ni boshqa yerga ko‘chirib qo‘ymoqni yuklasangiz, osonroq bo‘lur erdi, axir Janob Rasululloh qilmagan ishni sizlar qanday uddasidan chiqa olursizlar?!» — dedim. Abu Bakr: Olloh taolo haqi, bu xayrli ishdur!» — deya iltimos qilmoqlarini qo‘ymadilar, hatto Olloh taolo Abu Bakr birlan Umarning qalblarini moyil qilgan ishga mening ham qalbimni moyil qilib qo‘ydi va men Umarning fikriga qo‘shilib xurmo yaproqlariga, teri bo‘laklariga, sopol va yassi toshlarga bitilgan hamda qorilar zehnida saqlangan, Qur’on (oyat va suralarini) surishtirib topib jamlashga kirishdim. «Tavba» surasining oxirini («Laqad joakum rasuulun min anfusikum» dan oxirigacha) Xuzaymadan topib qo‘shib qo‘ydim. Ba’zi sahifalarni Abu Bakr, Umar va Hafsaning o‘zlaridan oldim».

Qayd etilgan