Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495650 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 96 B


AbdulAziz  28 May 2009, 23:49:38

5-bob. Qur’on va ilmni tamanno qilmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ikki holdan o‘zga hollarda birovga hasad (havas) qilmangizlar! Biri — agar Olloh taolo bir kishiga Qur’on qiroat etmoqni nasib etgan ersa-yu, ul tunu kun uni tilovat qilmoq birlan mashg‘ul ersa, yo Olloh, shul odamga nasib etganingni menga ham nasib etsang, men ham shunday qilur erdim, deb havas qilsa bo‘lur. Ikkinchisi — agar Olloh taolo bir kishiga halol mol-dunyo ato etgan ersa-yu, ul uni o‘z rabbining yo‘lida sarflayotgan ersa, yo Olloh, shul odamga ato etganingni menga ham ato etsang, men ham shunday qilur erdim, deb havas qilsa bo‘lur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:50:38

6-bob Tamannoning makruh jihatlari haqida

Olloh, taoloning qavli («An-niso» surasi) Oyatning mazmuni: «Olloh taolo biringizni ikkinchingizdan ortiq ko‘rib ato etgan narsaga hasad qilmangizlar, erkaklarga ham, xotinlarg‘a ham o‘z a’mollariga yarasha nasiba tekkaydur. Olloh taoloning o‘zidan karamu saxovat qilmoqni iltijo qilingizlar, albatta Olloh taolo har narsani bilib turguvchi zotdur!».

«Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’limni orzu qilmangizlar!» — deb aytmaganlarida erdi, o‘limni orzu qilgan bo‘lur erdim!» — degan erdilar Anas ibn Molik.

Qays (ibi Abu Hozim) rivoyat qiladilar: «Xabbob ibn al-Aratni bemorligida ko‘rgani bordik. (Og‘riqdan qorniga) yetti tamg‘a qizdirib bosgan erkan. Ul menga: «Agar Janob Rasululloh o‘limni orzu qilmoqni man’ qilmaganlarida erdi, o‘zimga o‘lim tilagan bo‘lur erdim!» — dedi».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech qaysiningiz o‘limni orzu qilmangiz, agar bundan keyingi hayotingizning biror manfaati bo‘lsa, ehtimol, Olloh taolo umringizni uzaytirar, basharti behuda bo‘lsa, balkim, qisqartirar!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:51:03

7-bob. Bir kishining «Olloh taoloning o‘zi hidoyat qilmaganda hidoyat topmas erdik!» deb aytgani xususida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Xandaq jangi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biz birlan birga tufroq tashiyotib quyidagi she’rni aytganlarini eshitdim:

«Xudo haqqi, xudovandim qilmag‘onda hidoyatlar,
Ado etmas edik bizlar ro‘za birla ibodatlar.
Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim,
Ro‘baro‘ kelganda dushman bizga baxsh et matonatlar.
Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik
Agar fitna tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:51:23

8-bob. Dushman birlan to‘qnashmoqni orzu qilmoqning makruhligi haqida

Muso ibn Uqba rivoyat qiladimr: «Solim Umar ibn Abdulazizning kotibi erdi. Bir kun Abdulloh ibn Abu Avfo Umarga xat yo‘lladi, Solim uni o‘qib berdi. Xatda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dushman birlan to‘qnashmoqni orzu qilsangizlar, Olloh taolodan tilangizlar!» — deb aytganlar» deb yozilgan erdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:51:53

9-bob. Lav (agar) bog‘lovchisining qo‘llanmogi joiz bo‘lgan jihatlari haqida

Olloh taolo: «(Lut alayhissalom o‘z qavmiga): «Agar sizlarga kuchim yetganda erdi...» — deb aytgan», — deydi.

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos bir-birini zino xususida la’natlagan bir eru xotin haqida eslab gapirgan erdi, Abdulloh ibn Shaddod unga: «Janob Rasululloh: «Agar biror xotinni dalil-isbotsiz rajm (toshbo‘ron) qiladirgan bo‘lsam, shul xotinni rajm qilgan bo‘lur erdim!» — deb o‘shal xotin haqida aytgan erdilarmi?» — dedi. Ibn Abbos: «Yo‘q, ul xotin to‘g‘risida ermas, islomga oshkora yomonlik qilgan boshqa bir xotin haqida aytganlar», — dedi».

Ato ibn Abu Rabo rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namoziga hadeganda chiqavermadilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, namoz vaqti bo‘ldi, bolalar birlan ayollar uxlab qolishdi!» — deb ovoz qildilar. Shunda Janob Rasululloh boshlaridan suv tomib turgan holda tashqariga chiqib keldilarda: «Agar ummatimga qiyin bo‘lmog‘ini istaganimda xuftonni aynan shul vaqtda o‘qimoqni joriy qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bir kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namoziga kechikdilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ayollaru bolalar uxlab kolishdi!» — deb ovoz qildilar. Shunda Janob Rasululloh badanlaridagi g‘usl suvini artayotgan holda chiqib keldilarda: «Hozir xuftonning ayni vaqti, agar ummatimga qiyin bo‘lmasin demaganimda xuddi shul vaqtda xufton o‘qitgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Abdurramon (ibn Hurmuz al-A’raj) rivoyat qiladilar: «Abu Hurayradan eshitdimki, Janob Rasululloh: «Agar ummatimga qiyin bo‘lmasin demaganimda (har tahoratda) misvok ishlatmoqni joriy qilgan bo‘lur erdim!» — deb aytibdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning so‘nggi kunlarida og‘iz ochmay surunkasiga ro‘za tutdilar, ba’zilar ham shunday qilishdi. Janob Rasululloh bundan xabar topib: «Agar Ramazon oyi bundan uzunroq bo‘lganda, men shul tariqa ro‘za tutaverar erdim. Shunda ba’zi mutaassiblar (bardosh berolmay) o‘z niyatlaridan voz kechgan bo‘lur erdilar. Meni o‘zingizga teng ko‘rmangizlar, meni rabbim doimo yedirib, ichirib turg‘aydur!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni og‘iz ochmay surunkasiga ro‘za tutmoqdin qaytardilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh siz o‘zingiz shul tariqa ro‘za tutadirsizku?!» — deyishdi Janob Rasululloh: «Sizlarning qaysi biringiz men kabidursizlar? Axir, tunda rabbim menga (jannat ne’matlaridan) yedirib-ichirib turg‘aydur!» — dedilar. Sahobalar surunkasiga ro‘za tutmaslikka ko‘navermagach, Janob Rasululloh bir-ikki kun shul tariqa ro‘za tutmoqda davom etdilar. Keyin, yangi oy chiqqanini ko‘rib: «Agar oy kechikibroq chiqqanda erdi, yana surunkasiga ro‘za tutib, bir adabingizni berib qo‘ygan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohdan: «Al-Jadr (Ka’baning tashqarida qolgan qadimiy poydevori) Ka’baniki bo‘lganmi erdi?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ha», — dedilar. Men: «Nechun uni Ka’ba tashqarisida qoldirishgan?» —dedim. Janob Rasululloh: «Qavmingga nafaqa kamlik qilganda!» — dedilar. Men: «Nechun eshigi baland qilib qurilgan?» — dedim. Janob Rasululloh: «Qavming o‘zlari istagan kishilarni kiritib, istamaganlarini qo‘ymaslik uchun shundoq qilishgan. Agar qavming johiliyatdan chiqib, endigina islomga kirgan bo‘lmaganida mening qilmoqchi bo‘lgan ishimdan fe’llari aynib qolib islomdan qaytmoqlaridan cho‘chimaganimda Al-Jadrni (qadimiy poydevorni) Ka’baga qo‘shib yuborgan, eshigini ersa, yerga yopishtirib (ostonasini past qilib) qurgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Abdullo ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lgan bo‘lur erdim, agar odamlar vodiy orqali yo‘l olsalaru, ansorlar ham vodiy orqali yo‘lga tushsalar yokim tog‘ so‘qmoqlari orqali ketmoqni ixtiyor qilsalar, men ansorlar tanlagan o‘sha vodiy yo‘li yokim tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab yurgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:52:39

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Birgina rostgo‘y kishining azon, namoz, ro‘za faroiya va ahkom xususida bergan xabariga ishonmoqning joizligi haqida   


Olloh taoloning qavli ("Attavba» surasi): Oyatning mazmuni: «Musulmonlarning har firqasidan bir toifa (kishi jixodga bormay, payg‘ambarning huzurida) dinni teran o‘rganib olsa, o‘z qavmi jihoddan qaytib kelgan kezlarda ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib zalolatdan qaytarib turgan bo‘lur erdi». Olloh taolo: «Ikki mo‘min o‘zaro jang qilib bir-birini o‘ldirib qo‘ysa, jahannamga tushg‘aydur!» — deydi. Olloh taolo: «Agar fosiq sizga qandaydir dalil keltirsa, uni albatta tekshirib ko‘ringiz!» — deydi. Nechun Janob Rasululloh bir amirlarining ketidan ikkinchi amirlarini yuborganlar, chunkim biri xato qilsa, ikkinchisi uni qonun yo‘liga solib qo‘ygan.

Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladilar: «Biz — bir necha tenqur yigitlar Janob Rasulullohning huzurlariga borib yigirma kun turib qoldik. Ul zot bizga lutfu karam ko‘rsatdilar. Keyin, bizning o‘z ahlu ayolimizni sog‘inganimizni sezib uyda qolgan oila a’zolarimiz haqida surishtirdilar, biz aytdik. Shunda bizga: «Oilangizga qaytingizlar, borib ularga islomni o‘rgatingizlar va men qanday namoz o‘qisam, shunday namoz o‘qingizlar. Namoz vaqti bo‘lganda bittangiz azon aytingiz, yoshi kattarog‘ingiz ersa, imomlik qilingiz!» — dedilar».

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar «Bilol azon aytganda saharlik qilmoqdin to‘xtamangizlar, chunkim ul bedorni saharlik qilmoqqa va uyqudagini uyg‘onmoqqa da’vat qilg‘aydur. Bul ersa, hali tong otganini anglatmag‘aydur, mana bundoq bo‘lsa, tong otgan bo‘lur», — deb barmoqlarini ufq bo‘ylab yurgizdilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol kechasi (ya’ni, barvaqt azon aytgay, to Ibn Maktum azon aytguncha yeb-ichaveringizlar (saharlik qilaveringizlar)!» — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh bizga imomlik qilib peshinni besh rak’at o‘qidilar. Odamlar: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ne bo‘ldi?» — dedilar. Ular: «Besh rak’at o‘qidingiz!» — deyishdi. Shunda ul zot ikki yelkaga salom bergandan so‘ng yana ikki bor sajdai sahv qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:53:11

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh (peshin yokim asr namozining) ikkinchi rak’atida salom berdilar. Zulyadayn degan kishi: «Yo Rasulalloh, namoz qisqardimi?» dedi. Ul zot: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» — dedilar: Sahobalar: «Ha», — deyishdi. Shunda payg‘ambarimiz alayhissalom qolgan ikki rak’atni o‘qib, so‘ng salom berdilar, keyin takbir aytib odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar, so‘ng boshlarini ko‘tarib yana takbir aytdilarda, avvalgidek sajda qildilar, keyin boshlarini ko‘tardilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Biz Qubo masjidida bomdod o‘qiyotgan erdik. Bir kishi kelib: «Janob Rasulullohga bul kecha oyat nozil bo‘lib, Ka’baga qarab namoz o‘qimoq buyurildi», — dedi. Shunda barcha namozxonlar yuzlarini Ka’baga qaratdi».
 
Al-Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga qarab namoz o‘qigan erdilar. Aslida, ul zot Ka’baga yokim oyga qarab namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Olloh taolo Janob Rasulullohga «Yuzingni bir Ka’baga, bir osmonga karatayotganingni ko‘rib turibmiz» degan oyati karimasini nozil qilib: «Odamlarning eng aqlsizi yahudiylardur. Ularni agar qiblani o‘zgartirmoqqa ne majbur qilg‘on? Sen aytg‘ilki, mag‘ribu mashriq ham Olloh taolonikidur. Ul o‘zi xohlagan bandasiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatg‘usidur!» — dedi. Janob Rasululloh birlan birga bir kishi namoz o‘qidi, keyin ul asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o‘qiyotgan bir ansoriy qavm oldiga borib o‘zining payg‘ambar alayxissalom birlan birga Ka’baga qarab namoz o‘qiganini aytdi. Shunda o‘shal qavmning barchasi Ka’baga o‘girildi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men Abu Talha, Abu Ubayda al-Jarroh va Ubay ibn Ka’bga xurmodan tayyorlangan sharobdan navbatma-navbat tutib soqiylik qilib o‘ltirgan erdim. Shunda bir kishi kelib «Ichkilik harom qilindi», — dedi. Abu Talha buni eshitib: «Ey Anas, o‘rningdan turg‘il, ko‘zalarni sindirib tashlag‘il!» — dedi. Men turib hovonchaning sonini oldimda, ul birlan urib ko‘zalarni maydalab tashladim».

Huzayfa ibn al-Yamon rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Najron ahliga: «Men sizlarga eng ishonchli bir kishini yuborg‘aymen», — dedilar. Shunda ul zotning sahobalari «Meni yuborsalar erdi!» deb umid qilishdi. Ammo, Janob Rasululloh Abu Ubayda al-Jarrohni jo‘natdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: «Har bir ummatning ishonchli kishisi bo‘lg‘ay, bul ummatning ishonchli kishisi ersa, Abu Ubaydadur!» — dedilar».

 Ibn Abbos Umar (ibn al-Xattob)dan naql qiladilar: «Bir ansoriy kishi bo‘lib, ul Janob Rasulullohning huzurlarida bo‘lmagan ersa-yu», men bo‘lgan ersam, ko‘rgan eshitganlarimni unga aytib berur erdim. Agar men bo‘lmagan ersamu, ul bo‘lgan ersa, menga aytib berur erdi».

Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir yerga qo‘shin yubormoqchi bo‘lib, unga bir kishini amir qilib tayinladilar. Amir (askarlarni sinamoq niyatida) gulxan yoqtirib, ichiga kirmoqlarini buyurdi. Shunda ba’zi askarlar gulxanga kirmoqchi bo‘ldi, qolgani ersa: «Biz (olovdan qochib Janob Rasulullohga ergashdik), endi nechun unga kirgaymiz?»! — dedi. Shul asnoda olov o‘chib qoldi, amirning g‘azabi ham bosildi. Bul voqeani Janob Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot: «Agar olovga kirganlarida undan qiyomatgacha chiqolmas erdilar. Gunohkor qilguvchi farmonga itoat qilinmagay, ezgulik yo‘lida berilgan farmongagina itoat etmoq lozimdur! — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:53:47

2-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Zubayrning yakka o‘zini ilg‘or o‘rnida yuborganlari haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq jangi kuni Janob Rasululloh odamlarni huzurlariga chaqirib erdilar, faqat Zubayrning o‘zigina yugurib keldi, (birozdan keyin) yana chaqirib erdilar, Zubayrdan boshqa hech kim kelmadi. Shunda ul zot: «Har bir payg‘ambarning o‘z zafar keltirguvchi kishisi bo‘lg‘ay, mening zafar keltirg‘uvchi kishim — Zubayrdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:54:13

3-bob.

Olloh taolo «Payg‘ambarning uylariga ruxsat berilsagina kiringizlar!» — deydi.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hojat talab bo‘lib) bir bog‘ga kirdilar, menga ersa, bog‘ darvozasi oldida qo‘riqlab turmog‘imni buyurdilar. Shu payt bir kishi kelib ichkariga kirmoqqa izn so‘radi. Janob Rasululloh: «Ruxsat berg‘il va jannatdan xushxabar aytib uni xursand qilg‘il! — dedilar. Darvozani ochib qarasam, Hazrat Abu Bakr erkanlar. Keyin, Hazrat Umar keldilar. Janob Rasululloh: «Ruxsat berg‘il va jannatdan xushxabar aytib uni (ham) xursand qilg‘il!» — dedilar. So‘ng, Hazrat Usmon keldilar. Janob Rasululloh: "Ruxsat berg‘il va uni (ham) jannatdan xushxabar aytib xursand qilg‘il!» — dedilar.

Ibn Abbos Umar raziyalohu anhudan naql qiladilar: Men Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, ul zot o‘z boloxonalarida erkanlar, boloxona zinasining yuqorisida ersa qora g‘ulomlari turgan erkan. Men unga: «Umar keldi deb aytg‘il, kirmog‘imga ruxsat bersinlar!» — dedim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:56:30

4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir amir yokim elchi ketidan ikkinchisini yubormaganliklari xususida

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Dihya al-Kalbiyga o‘z maktublarini topshirib, uni Busro hokimiga olib borib bermoqni buyurdilarda: «Busro hokimi ushbu maktubimni podshohga yetkazsin!» — deb tayinladilar», — deydilar.

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir xat yozib, uni Bahrayn hokimi orqali Fors podshohi Xisravga yetkazmoqni buyurdilar, Xisrav xatni o‘qib ko‘rib, yirtib tashladi. Ibn al-Musayyab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning (o‘zlari yirtgan xat yanglig‘) pora-pora qilinmog‘ini Olloh taolodan iltijo qildilar», — deydilar».

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aslam qabilasiga mansub bir kishiga: «Oshuro kuni (Muharram oyining o‘ninchi kuni) qavmingga e’lon qilg‘ilki, kimki bugun biror narsa yegan ersa, boshqa hech narsa yemasin, ammo biror narsa yemagan ersa, kunning qolgan qismida ham yemay, ro‘za tutsin!» — dedilar».

Qayd etilgan