Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495981 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 96 B


AbdulAziz  28 May 2009, 23:56:55

5-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir arab qabilasi vakillariga: «Buni ortingizdagilarga ham yetkazingizlar!»— deb vasiyat qilganlari haqida

Abu Jamra rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos meni o‘z o‘rindig‘iga o‘tqazib qo‘ydida, bunday dedi: «Abdulqays vakillari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelganda, ul zot: «Kelgan vakillar kimdurlar?» — dedilar. «Rabiy’a qabilasidan», — deyishdi. Janob Rasululloh: «Xush kelibsizlar, ey vakillar, sira tortinmay kelaveringizlar!» — dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, siz birlan bizning o‘rtamizda Muzar qabilasi kofirlari to‘g‘anoq bo‘lib turishibdur, bizga shunday bir ish buyuringizkim, uni ado etib jannatga kiraylik uni ortimizdagilarga ham (bola-chaqalarimizga ham) o‘rgataylik!» — deyishdi. So‘ng, ular payg‘ambarimiz alayhissalomdan ichimliklar haqida so‘rashdi. Janob Rasululloh ularga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qildilar Olloh taologa iymon keltirmoqni amr qilib: «Olloh, taologa iymok keltirmoq nedur, bilursizlarmi?» — dedilar. Ular: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilg‘aydur!» — deyishdi. Shunda ul zot: «Ashhadu an lo iloha illallohu vahdahu lo shariyka lahu va anna Muhammadan rasulullohi» deb kalimai shahodat keltirg‘aysizlar», — dedilar. So‘ng, besh vaqt namoz o‘qimoqni, zakot bermoqii hamda, menimcha, ramazon ro‘zasini tutmoqni, o‘ljaning beshdan bir qismini ehson qilmoqni ham buyurdilar. Keyin, ularga dubbo, hantam, naqiyr va zaft (ichimlik tayerlanadirgan idishlar nomi yokim ichimliklarning o‘zi)ni man’ qildilar. Nihoyat, Janob Rasululloh: «Mening aytganlarimni xotiringizga jo qilib olingizlar va ortlaringizdagilarga ham yetkazingizlar!» — deb vasiyat qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:57:15

6-bob. Bir ayolning bergan xabari haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir guruh sahobalari orasida Sa’d ham o‘ltirgan erdi. Ular oldilaridagi go‘shtdan yeya boshlashgan erdi. Janob Rasulullohning jufti halollaridan biri: «Yemangizlar, ul kaltakesak (echkemar) go‘shtidur — dedi. Ular yemoqdin to‘xtashdi. Janob Rasululloh ularga: «Yeyaveringizlar, chunkim ul haloldur!» — dedilar» (Shu yerda roviy ikkilanib: «Yeyaveringizlar, hech narsa qilmaydi, faqat ul men yeydirgan taom ermas!» deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin», — deydi).

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:57:59

Bismillohir rahmonir rahiymi

KITOB (QUR’ON) VA SUNNATTA QAT’IY RIOYa QILIB O’ZNI GUNOHLARDAN POK TUTMOQ HAQIDA KITOB


Toriq ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy Hazrat Umarga: «Ey Amir al-mu’minin, Olloh taoloning «Bugun men sizlarga diningizni muhammal, ne’matlarimni ersa bekamu ko‘st qilib berdim hamda sizlarga islomni din qilib bermog‘imni ixtiyor ayladim!» degan oyati karimasi bizga nozil bo‘lganda erdi, ushbu kunni bayram qilib olgan bo‘lur erdik!» — dedi. Hazrat Umar: «Men mazkur oyatning qaysi kun nozil bo‘lg‘onidan bexabarmen», — dedilar. Yahudiy: «Hayit arafasida jum’a kuni nozil bo‘lgandur!» — dedi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu payg‘ambarimiz alayhissalom vafot etgan kunning ertasiga, musulmonlar Hazrat Abu Bakrga bay’at qilgan kuni Janob Rasulullohning minbarlariga o‘ltirdida, Hazrat Abu Bakrga yuzlanib turib kalimai shahodat aytdi, so‘ng «Andin so‘ng ersa» degach: «Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamni sizlarning huzuringizdan o‘z huzuriga chaqirib olmoqni ixtiyor qildi, Olloh taolo payg‘ambaringizga mana bul Kitob (Qur’on) vositasida hidoyat ko‘rsatgan erdi, endi sizlar ham shul Kitobga qat’iy rioya qilib, hidoyat topingizlar, chunkim Olloh taolo uning ila o‘z rasuliga hidoyat qilg‘ondur!» — dedi».

Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni bag‘rlariga bosib turib: «Yo parvardigoro, buni Kitob (Qur’on) olimi qilg‘aysen!» — dedilar», — deydilar. Abu Varza: «Olloh taolo sizlarga islom birlan Muhammad alayhissalomni madadkor qilsin!» — degan erkanlar.

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar Abdulmalik ibn Marvonga o‘zining unga bay’at qilgani xususida maktub yo‘llab, Olloh taoloning buyruqlari hamda uning rasuli sunnatiga muvofiq imkon qadar quloq osib itoat etajagini ma’lum qildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 23:59:39

1-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Men Qur’on birlan yuborildim» — deganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men Qur’on birlan yuborilib, dushmanlarimga chaqmoq yanglig‘ dahshatim birlan g‘olib qilindim! Bir mahal tushimda menga yer xazinalari kalitlari ko‘rsatilib, qo‘limga tutqazildi», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «O’ziga mo‘‘jiza yuborilmagan birorta ham payg‘ambar bo‘lmay, insonlar shunga asosan ularga iymon keltirganlar. Ammo, mening mo‘‘jizam Olloh taoloning o‘zi menga vahiy qilgan Kalomi rabbul olamiyn bo‘lib, unga barobar keladirgan hech qanday mo‘‘jiza yo‘qdur, shuning uchun ham men o‘zimdan ilgarigi payg‘ambarlardan ham ko‘ra ko‘proq qiyomatda Olloh taoloning marhamatidan umidvormen!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:00:14

2-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashmoq (rioya qilmoq) haqida

Olloh taoloning qavli: «Bizni taqvodorlarga imom qilgil!» (ya’ni, «Bizni o‘zimizdan oldingilarga ergashadirgan imom qilgil, bizdan keyingilar ersa, bizga ergashgaylar»).

Ibn Avn: «Uch narsaning o‘zim uchun ham, birodarlarim chun ham mahbub bo‘lmog‘ini istag‘aymen, bular: sunnatni mufassal o‘rganib olib, uni o‘zgalardan talab qilmoq. Qur’onni teran tushunib olib, uni o‘zgalardan talab qilmoq hamda odamlarni faqat yaxshilikka da’vat qilmoqdur!» — dedilar.

Abu Voil rivoyat qqladilar: «Mana shul masjidda Shaybaning yoniga borib o‘ltirdim. Shunda ul menga: «Hazrat Umar sen o‘ltirgan mana shul yerda o‘ltirib: «Undagi (Ka’badagi) oltin-kumushlarni birorta ham qoldirmay, musulmonlarga taqsimlab bermoqchimen», — dedilar. Men: Bunday qilolmag‘aysiz!» — dedim. Ul kishi: «Nechun?» — dedilar. Men: «Ikki do‘stingiz (Janob Rasululloh va Abu Bakr) ham bunday qilishmagan», — dedim. Ul kishi: «Ularga ergashmog‘im lozim!» — dedilar».

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Asli, halollik odamlarning qalb tomirlariga jo qilinib osmondan nozil qilingandur, keyin ersa, Qur’oni Karim nozil bo‘lib, uni Qur’ondan o‘qib bildilar, sunnatdan o‘rgandilar», — dedilar».

Murra al-Hamadoniy rivoyat qiladilar: «Abdulloh (ibn Mas’ud): «Eng yaxshi so‘z — Olloh taoloning Kitobidur, eng yaxshi hidoyat — Muhammad sallallohu alayhi va sallamning hidoyatlaridur, aytilgan narsalar, albatta bo‘lg‘aydur, ularga mone’lik qila olmassizlar!» — dedilar».

Abu Hurayra va Zayd ibn Xolid rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasulullohning huzurlarida o‘ltirgan erdik. Xusumatlashib kelgan ikki kishiga: «Men sizlarning mojarolaringizni Olloh taoloning Kitobiga muvofiq hal qilib berg‘aymen!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:00:52

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Iymoniga xilof ish qilgan ummatlarimdan tashqari barcha ummatlarim jannatga kirg‘aydur!» — dedilar. «Yo Rasulalloh, iymoniga xilof ish qilganlar kimdurlar?» — deyishdi. Ul zot: «Menga itoat qilganlar jannatga kirgaydur, menga osiylik qilganlar ersa, iymoniga xilof ish qilganlardur!» — dedilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Bir guruh farishtalar Janob Rasululloh uxlab yotganlarida tepalariga kelishdi. Ulardan ba’zilari: «Ul uxlab yotibdur», deyishsa, ba’zilari: «Uning ko‘zi uyquda, dili ersa, uyg‘oqdur», — deyishdi. Shunda «Ul uxlab yotibdur» degan farishtalar: «Agar sizlar aytgandek ersa unda buni misol birlan tushuntirib beringizlar!»— deyishdi. «Bul shunga o‘xshaydirkim, — deyishdi ular, — bir kishi uy qurib mehmondorchilikka odamlarni taklif qilmoq uchun xabarchi yuborgay, taklifni qabul qilgan uning uyiga kirib dasturxondagi ne’matlardan tanovul qilg‘ay, taklifni qabul qilmagan ersa, uning uyiga kirmagay ham, dasturxondagi ne’matlardan tanovul qilmag‘ay ham». «Ul uxlab yotibdur» degan farishtalar: «Buni qanday tushunmoq mumkin, aytingizlar!" — deyishdi. Ular: «Mazkur uy — jannatdur, xabarchi ersa Muhammad sallallohu alayhi va sallamdur. Kimki Muhammad sallallohu alayhi va sallamga itoat etsa, Olloh taologa itoat etgaydur, kimki Muhammad sallallohu alayhi va sallamga osiylik qilsa, Olloh taologa osiylik qilg‘aydur. Muhammad sallallohu alayhi va sallam (islomga qilg‘an da’vati birlan) odamlarning qay biri kofiru, qay biri musulmon erkanligini farqlab qo‘ydi», — deyishdi».

Huzayfa ibn al-Yamon: «Ey qorilar jamoasi, to‘g‘ri yo‘ldan toymangizlar, juda chetlab ketdingizlar, o‘ngu so‘lga bir qadam qo‘ydingizmi, bas, zalolat botqog‘iga tobora botib ketavergaysizlar!" — deb aytibdirlar.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Meni va men birlan Olloh taolo yuborgan hidoyatni quyidagicha tashbih etmoq mumkindur: bir kishi bir qavmning huzuriga kelib: «Ey qavm, men hozirgina bul tomonga qo‘shin kelayotganini o‘z ko‘zim birlan ko‘rib, sizlarni xatardan ogohlantirgani keldim!)» — deydir, shunda o‘shal qavmning bir qismi itoat etib, najot topadir, ishonmay o‘z joyida qolgan qismini ersa, qo‘shin kelib qirib tashlaydir. Bular — men hidoyat olib kelganimda itoat etib menga ergashgan hamda men olib kelgan hidoyatga ishonmay menga osiylik qilgan kishilar yanglig‘durlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib, Abu Bakr xalifa bo‘lganlarida ayrim arab qavmlari islomdan qaytib qayta kofir bo‘lishdi. Shunda Hazrat Umar Abu Bakrga: «Kofirlarga qarshi qanday jang qilmoqchisiz? Axir, Janob Rasululloh: «Odamlar Lo iloha illallohu» deb aytmagunlariga qadar jang qilmoq menga buyurilgandur, kimki «Lo iloha illallohu» desa, molu jonini mendan omon saqlag‘ay, aks holda o‘ldirilib, mol-dunyosi tortib olinmog‘i haqlig‘dur. Oxirat hisob-kitobi ersa, Olloh taoloning o‘ziga havoladir», — deb aytganlar-ku!» — dedilar. Abu Bakr: «Olloh taologa qasam ichurmenkim, namoz birlan zakotni farqlagan kishiga qarshi jang qilgaymen, chunkim zakot ortiqcha mol-dunyoni halollash uchun beriladirgan haqdur. Olloh taolo haqi, hattoki Janob Rasululloh hayotlik chog‘larida Bayt ul-molga to‘lashadirgan yillik zakotni olib kelmay qo‘yishsa ham ularga qarshi jang qilg‘aymen!» — dedilar. Hazrat Umar buni eshitib: «Olloh taolo haqi, rabbimizning Abu Bakr qalbini qanchalar jangga shijoatlantirganini endi bildim!» — deb qo‘ydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:01:19

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Uyayna ibn Husayn ibn Huzayfa ibn Badr ukasining o‘g‘li al-Harr ibn Qays ibn Husnning uyiga kelib tushdi. Ul Hazrat Umarga yaqin kishilardan erdi. Uyayna ukasining o‘g‘liga: «Ey jiyanim, ul amirning oldida obro‘-e’tiboring bormidur, menga huzuriga kirmoqqa ijozat so‘rab bersang, deb erdim!» — dedi. Jiyani: «Mayli, ijozat so‘rab berg‘aymen», — dedi. Keyin, ul ijozat so‘rab chiqqach, Uyayna ichkariga kirib: «Ey Ibn Al-Xattob, Olloh taolo haqi, sen bizga ko‘p haq bermaysen va bizning ishimiz yuzasidan adolatli hukm chiqarmaysen!» — dedi. Shunda Hazrat Umar darg‘azab bo‘lib, hatto uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Al-Harr oraga tushib: «Yo Amir al-mu’minin, Olloh taolo o‘z rasuliga: «Kechirimli bo‘lg‘il, yaxshilik qilg‘il, johillardan yuz o‘girgil!» — deb aytgan, bul ersa, o‘shal toifa johillardandur!» — dedi. Hazrat Umar mazkur oyatni eshitib g‘azabidan tushdi va Olloh taolo hukmiga itoat etib, uni jazolamadi».

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari — Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?» — deb so‘radim. Oisha qo‘li birlan osmonga ishora qilib: «Subhonalloh!» — dedi. Men: «(Qiyomat) alomatimi?» — dedim. Oisha «Ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytdilarda, bunday dedilar: ((Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shul yerda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig‘ bir sinovdan o‘tgaysizlar» deb vahiy qilindi», — dedilar. Shunda: «Dajjol fitnasi yanglig‘», — dedilarmi yokim: «Dajjol fitnasiga yaqin», — dedilarmi,  aniq yodimda yo‘q. Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda bir farishta kelib: «Bul kishi (Rasululloh)ni taniydursenmi?» — deb so‘raydir. Agar qabrda yotgan banda mo‘min (yokim «musulmon», — dedilar shekilli) ersa, «Bul kishi Muhammad sallallohu alayhi va sallamdurlar, bizga mo‘‘jizalar (dalillar) olib kelganlar, biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz», — deydir. Unga: «Biz sening mo‘min ekanligingni bilur erdik orom olib yotaverg‘il!» — deyishg‘ay. Ammo, munofiq (yokim, «ikkilanuvchi», — dedilar shekilli) ersa, «Bilmadim, odamlar bul kishi xususida nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim», — deydir».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Sizlarni tark etib ketgan muddatim davomida (ya’ni, qiyomatda uchrashgunimizga qadar) mening vasiyatlarimga amal qilingizlar, chunkim sizlardan ilgarigilar o‘z payg‘ambarlariga osiylik qilib halokatga uchraganlar! Men sizlarni nedin kaytargan ersam, qilmangizlar va neni amr qilgan ersam, imkoningiz qadar ado etingizlar!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:02:23

3-bob. Ko‘p savol bermoqning makruhligi hamda o‘zi uchun muhim bo‘lmagan vazifani zimmasiga olgan shaxs xususida Olloh taolo: «So‘rasangiz, o‘zingizni yomon ahvolga solib qo‘yadirgan narsalar haqida savol bermangizlar!» — deydi.

Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqos otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng gunohi katta musulmon — ta’qiqlanmagan narsani so‘rab uning ta’qiqlanmog‘iga sababchi bo‘lgan musulmondur!» — dedilar».

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid xovlisida atroflarini bo‘yra birlan to‘sib olib bir necha kecha namoz o‘qidilar. Buni ko‘rib odamlar ham bo‘yra ortida to‘planib namoz o‘qiy boshlashdi. Bir kecha Janob Rasulullohning ovozlari eshitilmay qoldi, shunda odamlar ul zot uxlayotgan bo‘lsalar kerak deb o‘ylashdi. Ayrim kishilar Janob Rasulullohni chiqsinlar deb ovoz qila boshladi. Ul zot chiqib odamlarga: "Karasam, bul qilmishingizni to‘xtatish niyatingiz yo‘q. Shul boisdan ham men uning (tunda o‘qiladirgan qo‘shimcha namozning) sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqdim, agar farz bo‘lib qolsa, toqatingiz yetmagay. Ey odamlar, bul namozni uylaringizda o‘qingizlar, farz namozlardan o‘zgasini uyda o‘qimoq afzaldur!» — dedilar».

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga yoqmaydirgan narsalar haqida savollar bera boshlashdi, bunday savollar ko‘payib ketgach, ul zot darg‘azab bo‘lib: «Mendan so‘rab qolingizlar, (tag‘in ko‘nglingizda qolib ketmasin)!» — dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, mening otam kimdur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Otang Huzofadur», — dedilar. Keyin, boshqa bir kishi turib: "Yo Rasulalloh, mening otamchi?» — dedi. Ul zot: «Sening otang Shaybaning mavlosi (ozod qilingan quli) Solimdur». — dedilar. Hazrat Umar Janob Rasulullohning yuzlaridagi g‘azab alomatini ko‘rib: «Biz Olloh taologa tavba-tazarru’ qilurmiz!» — dedilar». Varrod rivoyat qiladilar: «Muoviya Mug‘iyraga: «Janob Rasulullohdan ne eshitgan ersang, barchasini menga yozib yuborg‘il!» — deb xat yozdi. Ul bunday deb javob yo‘lladi: «Janob Rasululloh har namozdan so‘ng, Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-ham-du va huva alo kulli shay’in qadiyrun. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» der erdilar, odamlarni mishmish tarqatmoq, ko‘p savol bermoq, mol-dunyoni isrof qilmoq, ota-onaga oqqlik qilmoq, chaqaloq qizlarni tiriklayin ko‘mmoq va ochko‘zlik qilmoqdan qaytarar erdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Biz Hazrat Umarning huzurlarida o‘ltirgan erdik ul kishi: «Bizlar o‘z zimmamizga ortiqcha ish (vazifa) olmoqdin qaytarildik», — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:02:44

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh kun qiyomdan oqqach, masjidga chiqib peshin o‘qidilar. So‘ng, salom berdilarda, minbarga chiqib qiyomat va undan oldin bo‘ladirgan katta hodisalar xususida so‘zladilar. Keyin, bunday dedilar: «Modomiki men tirik erkanman, ko‘nglingizga tugilgan savollaringizni so‘rab qolingizlar, Olloh taolo haqi, ne haqda so‘ramangiz, barisiga javob berg‘aymen!» — dedilar. Shunda odamlar ho‘ngrab yig‘lab yuborishdi. Janob Rasululloh ersalar, hadeb «So‘rab qolingizlar, so‘rab qolingizlar!» — der erdilar. Nihoyat, bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, mening borar joyim qaysidur?» — dedi. Ul zot «Sening borar joying do‘zaxdur» — dedilar. Keyin, Abdulloh ibn Huzofa o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, mening otam kimdur?» — dedi. Ul zot: «Sening otang Huzofadur», — dedilar. Janob Rasululloh: «So‘rayveringizlar, so‘rayveringizlar!» — deb qayta-qayta aytaverganlaridan so‘ng, Hazrat Umar tiz cho‘kib: «Bizlar Olloh taoloni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb va Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tan oldik!» — dedilar. Janob Rasululloh Hazrat Umarning bul so‘zini eshitib biroz sukut qildilarda, so‘ng: «Birinchilardan bo‘lib tan olgansizlar! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, namoz o‘qib turganimda anavi devor tomonda menga jannat birlan do‘zax namoyon qilindi, bugungidek yaxshilik birlan yomonlikni ilgari ko‘rmagan erdim!» — dedilar».

Anas ibi Molik rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Nabiyyalloh, mening otam kimdur?» — deb so‘radi. Payg‘ambarimiz: «Otang falonchidur», — dedilar. Shul asnoda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, so‘rasangizlar, o‘zingizni yomon ahvolga solib qo‘yadirgan savollarni bermangizlar!» degan oyati kariymasini nozil qildi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar «Olloh taolo barcha narsalarning yaratg‘uvchisidur, Olloh taoloning o‘zini yaratgan kimdur?» deb so‘rashlarini qo‘ymag‘aylar», — dedilar».

Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Men va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina dalalaridan birida ketib borar erdik. Ul zotning qo‘llarida hurmo yog‘ochidan qilingan hassalari bor erdi. Shunda, bir guruh yahudiylar yonidan o‘tib ketayotganimizda, ulardan ayrimlari: «Undan ruh haqida so‘rangizlar!» — deyishsa, ayrimlari: «So‘ramangizlar, sizlar inkor qilgan (ishonmagan) narsa xususida aytmag‘ay!» — deyishdi. Lekin, ular sheriklariga quloq solmay, Janob Rasulullohdan: «Yo Abulqosim, bizga ruh haqida so‘zlab beringiz!» — deb aytishdi. Janob Rasululloh bir qancha vaqt bir nuqtaga tikilgancha turib qoldilar, men ul zotga vahiy kelayotganini fahmladimda, vahiy tugaguncha chetga chiqib turdim. Keyin, Janob Rasululloh «Sendan ruh haqida so‘raganlarida ruh rabbimning ishidur, degil!» degan vahiyni aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:03:09

4-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qilgan a’mollariga ergashmoq xususida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tilladan uzuk (muhruzuk) yasatib oldilar. Buni ko‘rib odamlar ham oltindan uzuk yasatib olishdi. Shunda Janob Rasululloh «Men (muhr sifatida kerak bo‘lgani uchun) tilladan uzuk yasatib olgan erdim!» — dedilarda, barmoqlaridan chiqarib: «Endi buni sira ham taqmag‘aymen!» — deb aytdilar, odamlar ham uzuklariii yechib, taqmay qo‘yishdi.

Qayd etilgan