Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496038 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 ... 96 B


AbdulAziz  29 May 2009, 00:03:40

5-bob. Ilm xususida Olloh taolo belgilagan chegaradan chiqmoqlik va bahslashmoqlik hamda dinga ham, bid’atga ham o‘ta berilmoqlik makruhdir.

Olloh taolo: «Ey kitob ahli, diningizga o‘ta berilmangizlar na Olloh taolo sha’niga tuhmat qilmay, faqat haq gapni aytingizlar!» — deydi.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Surunkasiga (og‘iz ochmay) ro‘za tutmangizlar!» — dedilar. Shunda sahobalar: «Siz o‘zingiz Shunday ro‘za tutasiz-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Men siz kabi ermasmen, Olloh taolo meni tunlari yedirib-ichirib turg‘aydur», — dedilar. Ammo, sahobalar ko‘nmay, surunkasiga ro‘za tutishda davom etdilar. Janob Rasululloh ham bir-ikki kun yokim undan ziyodroq ular birlan birgalikda og‘iz ochmay ro‘za tutdilar. Keyin, yangi oy chiqib qplgach, Janob Rasululloh: «Agar oy bir necha kun kechikib chiqqanda erdi, surunkasiga ro‘za tutmoqni davom ettirib, bir ta’ziringizni berib quyur erdim!» — dedilar».

Ibrohim at-Taymiy otaliridan naql qiladilar: «Hazrat Ali bellaridagi qilich dastasiga qandaydir qog‘oz sahifasi osig‘liq holda pishiq g‘ishtdan qilingan minbar ustiga chiqdilarda, bizga: «Olloh taolo haqi, bizning ixtiyorimizda Olloh taoloning Kitobi birlan ushbu sahifadan bo‘lak o‘qigulik biror narsa yo‘qdur!» — dedilar. So‘ng boyagi sahifani ochdilar, bilsak unda xun hukmi, asirni ozod qilmoq, Madinaning muqaddas joylari, musulmonlarning zimmiylarga nisbatan o‘z ustlariga olgan mas’uliyatlari va boshqalar haqida bitilgan erkan».

Masruq rivoyat qiladilar: «Oisha raziyalllohu anho bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengilgina iftorlik tayyorlab, barchani unga chorladilar. Shunda ba’zilar ro‘zada bunday dabdaba ortiqcha deb hisoblab bormoqdan bosh tortishdi. Janob Rasululloh buni eshitib: «Odamlarga ne bo‘lgan o‘zi, men azza-bazza iftorlik uyushtirsamu, ular kelmoqdan bosh tortsalar?! Olloh taolo haqi, men Olloh. taoloni ulardan ko‘ra yaxshiroq bilurmen va undan ulardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqurmen!» — dedilar».

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ikki eng yaxshi odam — Abu Bakr birlan Umar halok bo‘layozdilar. Bul (hodisa) Janib Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan mehmonlar kelganida ro‘y bergan erdi. Ulardan biri Al-Aqra’ ibn Hobis at-Tamimiy al-Hanzaliyni, ikkinchisi ersa, boshqa bir kishini mansabga tayinlamoqni taklif qildi. Shunda Abu Bakr Umarga: «Sen menga ataylab qarshi chiqayotirsen!» — dedi. Umar: «Senga ataylab qarshi chiqmayotirmen!» — dedi. Natijada ikkalalari ovozlarini baland qilib tortisha boshladilar. Shul asnoda Janob Rasululloh: «Ey mo‘minlar, ovozlaringizni payg‘ambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar...» degan oyati karima nozil bo‘ldi. Shu-shu bo‘ldi-yu, Abu Bakr birlan Umar Janob Rasulullohga ikki sirdosh o‘zaro pichirlashgandek ohista so‘zlaydirgan bo‘lib qoldilar, hatto ul zot ba’zan ularning gapini tushunmay qolib, qaytarib so‘rardilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:04:10

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasidagi kasallik chog‘larida: Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Abu Bakr sizning o‘rningizga tursalar, yig‘ilaridan odamlar qiroatlarini eshita olmag‘aydurlar, jamoatga imomlik qilmoqni Umarga buyura qolingiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin — deb qaytarib aytdilar. Shunda men Hafsaga: «Abu Bakr sizning o‘rningizga imomlik qilsalar, odamlar yig‘ilaridan qiroatlarini eshitolmagaydurlar, imomlik qilmoqni Umarga buyura qolingiz, deb Janob Rasulullohga aytgil!» — dedim. Hafsa aytganimii qilib erdi, ul zot: «Tek turg‘il, siz ayollar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar kabisizlar, dilingizdaginiig aksini aytg‘aysizlar. Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Shunda Hafsa menga: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim!» — dedi xafa bo‘lib».

Sahl ibn Sad as-So’idiy rivoyat qiladilar: Uvaymir al-Ajlomiy Osim ibn Adiy huzuriga kelib, unga: «Bir odam bir begona kishini o‘z xotini birlan o‘ynashayotganda tutib olsa, uni o‘ldiradirmi? Iltimos, shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab berg‘il!» — dedi. Osim so‘rab erdi, Janob Rasululloh uning bul savolini yoqtirmay, ayb qildilar. Keyin, ul qaytib kelib, Janob Rasulullohning bul savolni xushlamaganlarini Uvaymirga aytdi. Uvaymir: «Olloh taolo haqi, men o‘zim Janob Rasulullohning huzurlariga borib bul haqda so‘rag‘aymen!» — dedi. Osim ketgach, ul borgunga qadar Janob Rasulullohga mazkur masala xususida oyat nozil bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh: «Sizlar so‘ragan masalaga doir oyat nozil bo‘ldi», — dedilar. (Uvaymir fatvo so‘ragan mazkur masala bir begona kishi birlan o‘zining xotini xususida erdi). Janob Rasululloh Uvaymir birlan xotinini chaqirtirib lion qildilar. Keyin, Uvaymir: «Yo Rasulalloh buni bundan buyon Xotin qilsam, unda unga tuhmat qilgan bo‘lurmen!» — dedida, xotiniii taloq qildi. Lekin, Janob Rasululloh unga bunday qilmoqni amr qilganlari yo‘q erdi. Shundan qilmoq sunnat «O’shal xotinni e’tiboran, zinokorlarni muloana (lion) bo‘lib qoldi. Keyin, Janob Rasululloh: «Kuzatib yuringizlar, agar ul qizg‘ish, vakana va qurt yanglig‘ bola tug‘sa, Uvaymir yolg‘on aytgan bo‘ladir, agar ul qoramtir, ko‘zlari katta va yag‘rini keng bola tug‘sa, unda rost aytgan bo‘lur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:04:51

Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men Molik (ibm Avs) huzuriga kirib meros haqida so‘rab erdim, ul menga bunday dedi: «Men Hazrat Umarning huzurlarida erdim, ul kishining hojibi Yarfa’ kelib: «Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’dda ishingiz bormidur, ular huzuringizga kirmoqqa ruxsat so‘ramoqdalar?» — dedi. Xazrat Umar: «Ha», — dedilar. Ular ichkariga kirib o‘ltirdilar. Keyin, hojib yana kelib: «Ali va Abbosda ham ishingiz bormidur, ular ham ruxsat so‘ramoqdalar?» — dedi. Hazrat Umar ruxsat berdilar, ular ikkalasi ichkariga kirdi. Abbos: «Yo Amir al-mu’minin, men birlan mana bul kishi (ya’ni, Hazrat Ali) ikkimizning ishimizni hal qilib bersangiz!» — dedi. Hazrat Umar: «Yeru osmonlarning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lgan Olloh taoloning nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘raydurmen, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz meros qoldirmagaymiz, biz qoldirgan narsa — sadaqadur!» deganlarini bilurmisizlar? Janob Rasululloh bu birlan o‘zlarini nazarda tutganlar», — dedilar. Huzurlaridagilar: «Ha, shunday deb aytganlar», — deyishdi. Hazrat Umar Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Janob Rasulullohning shunday deganlarini sizlar ham bilurmisizlar?» — dedilar. Ular: «Ha, shunday deganlar», — deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Men sizlarga shul haqda so‘zlab berayin, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga urushsiz maxsus mol ato etgan erdikim, bunday ne’matni ilgari o‘zgalarga in’om qilmagandur. Parvardigor azza va jalla: «Olloh taolo o‘z rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol (er-suv) uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi istagan bandalariga payg‘ambarlarini hukmdor qilgaydur. Olloh taolo har narsaga qodirdur!» — deydi. Olloh taolo bu molni, unga sizlar ega bo‘lib olmoqlaringiz uchun ermas, balki Janob Rasulullohning o‘zlariga maxsus ato etgandur. Janob Rasululloh uni xolisona sizlarga bo‘lib berdilar, mana endi undan ana shul molgina qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yil bo‘yi o‘shal mol orqali oilalarini boqar va ortiqchasini Olloh taolo yo‘lida sarf etar erdilar. Janob Rasululloh umr bo‘yi shunday qilib yashaganlar. Alloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘raymen, shul aytganlarimni bilurmisizlar». Barcha: «Ha», — dedi. So‘ng Hazrat Umar Ali birlan Abbosga: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘raymen, shul aytganlarimni sizlar ham bilurmisizlar?» — dedilar. Ular: «Ha», — deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Olloh taolo o‘z rasulini dargohiga chaqirib olgach, Abu Bakr: «Men Janob Rasulullohning vorislaridurmen!» — deb Olloh taolo payg‘ambarimizga maxsus ato etgan molni o‘z qo‘llariga oldilar va uni Janob Rasululloh qanday tasarruf qilgan ersalar, shunday tasarruf qildilar. So‘ng, Olloh taolo Abu Bakrni ham o‘z dargohiga chaqirib oldi. Shunda men: «Janob Rasulullohning vorislarining vorisi mendurmen!» — deb o‘shal molni (er-suvni) o‘z qo‘limga oldim. Mana ikki yildurkim, uni Janob Rasululloh va Abu Bakr singari tasarruf qilmoqdamen. Siz ikkingizning ersa, tilingiz bir, maqsadingiz ham birdur. Sen ersang (ya’ni, Abbos) akangning o‘g‘lidan qolgan moldan ulush bermog‘imni talab qilib oldimga kelding. Mana bul (ya’ni, Ali) ersa, xotini uchun otasidan qolgan moldan ulush bermog‘imni talab qilib kelgan. Mening qat’iy so‘zim shuldur: agar istasangiz, Janob Rasululloh singari tasarruf qilmoq sharti birlan ulushlaringizni berg‘aymen, ammo. keyinchalik boshqacha hukm chiqarib bermog‘imni talab qilsangizlar, yeru osmondarning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lgan zot haqi, qiyomatga qadar ham bunga yurmag‘ayman! Basharti, shartimni eplay olmasangizlar, ularni (er-suvlarni) menga qaytarib berg‘aysizlar, men ersam, sizlarni bu mushkilotdan xalos qilg‘aymen».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:06:04

6-bob. Jinoyatchini o‘z panohiga olgan shaxsning gunohi haqida

Osim rivoyat qiladilar: «Men Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinani muqaddas deb e’lon qildilarmi?» — dedim. Ul bunday dedi: «Ha, sho‘nday, uning falon yerigacha bo‘lgan yerlarni muqaddas deb e’lon qilib, hatto ul yerlarning daraxtlarini sindirmoqni man’ qildilar va: «Kimki ul yerlarda jinoyat sodir etsa, unga Olloh taolo, maloikalar va butun insonlarning la’nati bo‘lsin!» — dedilar. So‘ng: «Jinoyatchini o‘z panohiga olganga ham!» — deb qo‘shib qo‘ydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:06:31

7-bob. O’z bilganicha fikr yuritmoq va xulosa chiqarmoq xususida, o‘zing bilmagan narsa haqida xulosa chiqarma!

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bandalariga ilm borgan erkan, uni bevosita o‘zini tortib olmagay, ammo uni ulamolarni mahv etmoq yo‘li birlan tortib olgaydur. Shunda yer yuzida faqat johilu nodonlar qolib, ulardan fatvo so‘raganlarida o‘z bilgilaricha javob bergaylarda, o‘zlari ham adashgaylar, o‘zgalarni ham adashtirgaylar», — dedilar».

Abu Voil rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Hunayf: «Ey odamlar, diningiz xususida o‘z bilgangizcha fikr yuritmangizlar! Abu Jandal kuni men Janob Rasulullohning amrlarini rad qila olganimda, rad qilgan bo‘lur erdim. O’shanda bizlar (mushriklar) o‘zimizni dahshatli oqibatlarga giriftor qilg‘uvchi ishga qo‘l urmay, qilichlarimizni bo‘ynimizga osib chiqib (taslim bo‘lib), saodatga erishmagimizni oson qilgan erdik", — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:06:56

8-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan hali o‘zlariga vahiy qilib yuborilmagan narsa xususida so‘rashsa, «bilmayman» der erdilar yokim vahiy kelmaguncha javob bermas, o‘z bilgilaricha fikr yuritib xulosa chiqarmas erdilar

Olloh taolo: «Olloh o‘rgatgan narsanigina aytg‘il!» — deydi. Ibn Mas’ud: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan ruh haqida so‘rashganda (o‘z bilgilaricha javob qilmay), sukut qilgan erdilar. Shunda Olloh taolo ruh haqida oyat nozil qilgan erdi», — deydilar.   

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men kasal bo‘lganimda Janob Rasululloh birlan Abu Bakr ko‘rgani kelishdi, shunda men hushsiz yotgan erdim. Janob Rasululloh tahorat olib, tahorat suvini ustimdan quydilar, men hushimga keldim. «Yo Rasulalloh, — dedim men, — mol-mulkimni ni qilsam erkan?". Janob Rasululloh hech narsa demadilar, birozdan keyin ul zotga meros haqida oyat nozil bo‘ldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:07:19

9-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo o‘zlariga o‘rgatgan narsalarni erkak va ayol ummatlariga o‘rgatishda o‘zbilarmonlik qilmaganlar

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bugun erkaklar sizniig xutbangizni tinglab uylariga qaytib ketishdi, endi bizga ham haftaning muayyan kunida Olloh taolo o‘zingizga o‘rgatgan narsalardan ta’lim bersangiz!» — dedi. Janob Rasululloh «Falon kuni falon joyda to‘planingiz!» — dedilar. Ayollar aytganlaridek qilishdi. Rasululloh kelib ularga Olloh taolo o‘zlariga o‘rgatgan narsalar xususida ta’lim berdilar, so‘ng: «Oralaringgizda qaysi biringiz uch (norasida) farzandingizdan judo bo‘lsangiz ular Qiyomatda sizni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydurlar», — dedilar. Shunda ayollardan biri: «Yo Rasulalloh, agar ikki farzandidan judo bo‘lgan ersachi!» — dedi. Jano6 Rasululloh: «ikkita bo‘lsa ham ikkita bo‘lsa ham ikkita bo‘lsa ham!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:07:46

10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ummatimdan bir toifasi haq yo‘lida kurashda davom etaveradirlar, ular din olimlaridur!» deganlari haqida

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh «Ummatimdan bir toifasi haq yo‘lida kurashda davom etaveradirlarki, hatto Olloh taoloning amri kelganda ham (qiyomat boshlanganda ham) ular kurashayotgan bo‘ladirlar», — dedilar».

Humayd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam: «Olloh taolo qaysi bir bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni fiqih (din bilimdoni) qilg‘aydur. Men bunda taqsimlovchimen, Olloh taolo ersa, ato etg‘uchidir. Bul ummatning ishi qiyomat qoim bo‘lgunga qadar (to‘g‘ri) bo‘lg‘aydur», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:08:10

11-bob. Olloh taoloning «... yokim sizlarni turli» guruhlarga ajratib chalkashtirib quyib...» degan qavli xususida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: Olloh taolo Jano6 Rasulullohga: «Aytg‘il Olloh sizlarning tepangizdan azob uqubatlar yubormoqqa qodirdur!» deganida ham, «"¦yokim oyoqlaringiz ostidan» deganida ham ul zot: «Ilohim o‘z panohingda asrag‘aysen!» — dedilar. Olloh taolo «... yokim sizlarni turli guruhlarga ajratib chalkashtirib qo‘yib...» bir-biringizning dastingizdan kulfatlar torttirmoqqa ham qodirdur!» deb oyat nozil qilganda ersa, «Bular yengilroq va osonroqdur!», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:08:25

12-bob. Asli aniqlanishi lozim narsani asli aniq narsaga bog‘lagan kishi xususida. Olloh taolo so‘rovchiga tushunarli bo‘lsin uchun har ikkisi haqida o‘z hukmini bayon qilgandur!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir badaviy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, xotinim qop-qora bola tug‘di, men uni tan olmadim!» — dedi. Janob Rasululloh unga: «Sening tuyalaring bormidur?» — dedilar. Ul: «Ha», — dedi. Janob Rasululloh: «Ularning rangi qanday?» — dedilar. Ul: «Qizg‘ish», — dedi. Janob Rasululloh: «Ularning orasida olachipori bormidur?» — dedilar. Ul: «Ha, bor», — dedi. Janob Rasululloh: «Ne deysan, olachipor tuya ularning orasida qandayin paydo bo‘lib qoldi erkan?» — dedilar. Badaviy: «Ul asli zotiga tortgan bo‘lsa kerak», — dedi. Bu birlan Janob Rasululloh uning gumonini tarqatib, o‘z bolasidan tonmog‘iga yo‘l qo‘ymadilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Onam haj qilmoqni niyat qilgan erdilar, afsuski vafot etib qoldilar. Men onamning nomlaridan haj qilsam, bo‘lurmu?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ha, haj qilsang bo‘lg‘ay! Aytg‘ilchi, onangning qarzi bo‘lganda to‘larmi erding?» — dedilar. Ul: «Albatta!» — dedi. Janob Rasululloh: «Onangning Olloh taolo oldidagi qarzini uzg‘il, chunkim Olloh taolo qarzga vafo qilinmog‘iga haqliroqdur» — dedilar».

Qayd etilgan