Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495859 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 B


AbdulAziz  29 May 2009, 00:21:55

11-bob. Qalblarni o‘zgartiruvchi zot haqida

Olloh taolo: «Biz ularning qalblari birlan ko‘zlarini (fahmu farosatlarini) o‘zgartirurmiz!» — deydi.

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat iladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘pincha: «Qalblarni o‘zgartiruvchi zot haqi, (bunday qilmagaymen yokim bunday demagaymen!» — deb qasamyod qilur erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:22:57

12-bob. Olloh taoloning bir ham yuzta ismi borligi haqida

Ibn Abbos: «Zul-Jalol — Buyuklik sohibi, al-Barr — Latif demakdir», — deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: «Olloh taoloning to‘qson to‘qqizta, ya’ni bir ham yuzta ismi bordur. Kimki uni yoddan bilsa, jannatga kirgay», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:23:35

13-bob. Olloh taoloning ismlarini aytib iltijo qilmoq va panoh tilamoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar o‘rningizga kirib yotmoqchi bo‘lsangiz, dastlab ko‘rpa-to‘shagingizni libosingiz etagi birlan uch bor qoqib tashlangiz, so‘ng «Yo parvardigoro, sening ismingni aytib yonboshladim va sening ismingni aytib turgayman! Agar (uyqumda) jonimni olsang, uni mag‘firat qilgil, basharti tirik qoldirsang, uni solih bandalaring jonini qanday asrasang, shunday asragil!» deb duo o‘qingiz».

Huzayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar o‘rinlariga kirib yotsalar: «Yo parvardigoro, sening ismingni aytib tirilgaymen va sening ismingni aytib o‘lgaymen!» — der erdilar. Agar uyg‘onsalar: «Bizni o‘ldirgandan so‘ng tiriltirgan va insonlar qayta tirilib dargohiga boradirgan Olloh taologa shukr!» — deb aytur erdilar».

Abu Zarr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o‘rinlariga kirib yotsalar: «Yo parvardigoro, sening ismingni aytib o‘lgaymiz va sening ismingni aytib tirilgaymiz! — der erdilar. Uyg‘onsalar: «Bizni o‘ldirgandan so‘ng tiriltirgan va o‘zimiz qayta tirilib dargohiga boradirgan Olloh taologa shukr!» — deb aytur erdilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Birontangiz ayolingiz birlan jimo’ qilmoqchi bo‘lsangiz, «Bismillohi, yo parvardigoro! Bizni shaytondan, shaytonni ersa bizga ato etajaging farzandimizdan yiroq qilg‘il!» deb duo aytingiz. Agar shunda Olloh taolo sizga farzand ato etsa, shayton unga aslo zarar yetkaza olmagaydur».

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohdan: «Ovga o‘rgatilgan itimni qo‘yib yuborsamu ul o‘lja tutib kelsa, menga ul halol bo‘lgaymi?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Agar ovchi itingni qo‘yib yuborayotganingda Olloh taoloning ismini tilga olgan ersang, tutib kelgan o‘ljasini yeyabergil, o‘zing nayza otib o‘ljani yiqitsang ham yeyabergil!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, shul atrofda yaqindagina mushriklikdan xalos bo‘lib islomga kirgan qavmlar bor, ular bizga go‘sht keltirib turadirlar. Ular o‘z hayvonlaryani so‘yayotib Olloh taoloning ismini aytadirlarmi, yo‘qmi, bundan bexabarmiz», — deyishdi. Shunda ul zot: «O’zlaringiz Olloh taoloning ismini aytingizda, yeyaberingizlar!» — dedilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Shunda har biri uchun alohida: «Bismillohi, Ollohu akbar!» — dedilar».

Jundub rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kurbon xayitining hayit namozini o‘qib bo‘lgach, xutba aytdilar, so‘ng: «Kimki hayit namozidan ilgari qurbonlik qilib qo‘ygan ersa, o‘rniga boshqasini so‘ysin va kimki hali so‘ymagan ersa, Bismillohi, Ollohu akbar!» deb so‘ysin!» — dedilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Otalaringiz nomi birlan qasam ichmangizlar, kimki qasam ichmoqchi ersa, Olloh taoloning ismini aytib qasam ichsin!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:24:52

14-bob. Olloh taoloning o‘zi tanho iloh erkanligi, uning sifatlari va ismlari haqida

Amr ibn Abu Sufyon rivoyat qiladilar: «Abu Hurayraning menga aytganiga qaraganda, Janob Rasululloh (islomni o‘rgatmoq uchun qorilar yuborilmog‘ini so‘rab, keyin makr ila ularni o‘ldirgan) bir qavmga o‘n kishini jo‘natibdilar, ularning oralarida Xubayb al-Ansoriy ham bor erkan. Keyin, Ubaydulloh ibi Iyoz menga xabar berdiki, al-Harasning qizi unga quyidagini aytib bergan erkan: «O’shal qavm qatl qilmoqqa to‘planganda Xubayb al-Ansoriy Olloh taoloning dargohiga pokiza bo‘lib bormoq uchun undan ustara so‘rabdi. Keyin, uni o‘ldirmoqqa olib chiqishibdi. Shunda ul quyidagi she’rni o‘qibdi:
«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas!
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas!»

Keyin, uni Ibn al-Haras qatl qilibdi. Janob Rasululloh ular shahid bo‘lgan kuni sahobalarini bundan xabardor qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:33:10

15-bob. Olloh taoloning «Olloh sizlarni o‘zidan taqvo qilmoqqa chorlaydi» va «(Ey parvardigoro) sen mening ko‘nglimdagini bilursan, men ersam, sening ko‘nglingdagiii bilmasmen» dsgan qavllari haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq zot yo‘qdur, shul boisdan ham ul fahsh ishlarni man’ qildi. Shuningdek Olloh taolodan ko‘ra maqtovni yoqtiradirganroq zot ham yo‘qdur», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo yaratmoq ishidan xalos bo‘lgach, (farishtaga yokim qalamga amr qilib) o‘z dargohidagi Arsh ustiga qo‘yilgan Kitobiga o‘zining xususida «Mening rahmatim g‘azabimni mag‘lub etgaydur!» deb yozdirdi»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bunday deydi», — dedilar: «Mening bandamga munosabatim uning mening haqimdagi fikru o‘yiga bog‘liq bo‘lib, agar meni yod etsa, hamisha unga yormen! Agar ul meni ko‘nglida yod etsa, men ham uni ko‘nglimda yod ettaymen, agar ul meni ko‘pchilik orasida yod etsa, men ham uni undan afzalroq ko‘pchilik ichida yod etgaymen. Agar ul menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir tirsak yaqinlashgaymen, agar ul menga bir tirsak yaqinlashsa, men unga bir quloch yaqinlashgaymen, agar ul men tomon yurib kelsa, men ul tomon chopib borgaymen!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:34:47

16-bob. Olloh taoloning «Uning o‘zidan bo‘lak hamma narsa halok bo‘lg‘uvchidur» degan qavli xususida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Quyidagi «Ul, qodirdur, sizlarning tepangizdan azob yubormoqqa aytgil!» degan oyati karima nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh: «O’z panohingda asragil!» — dedilar, Olloh taolo: «... yokim oyoqlaringiz ostidan (azob yubormokqa qodirdur)» — deganda ham «O’z panohingda asragil!» — dedilar. Olloh taolo: «... yokim sizlarni turli guruhlarga bo‘lib tashlashga (qodirdur)» — deganda ersa, «Bul yengilroqdur», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:36:05

17-bob. Olloh taoloning «Ul chaqaloq Muso ko‘zlarim oldida unib o‘sadi» va «Nuh kemasi bizning nazoratimiz tufayli suzadi» degan qavllari xususida

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida Dajjol haqida gap ketdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olloh taolo sizlarga o‘zining ko‘r ermasligini oshkora aytadir», — dedilarda, qo‘llari birlan ko‘zlariga ishora qildilar. So‘ng, davom etib «Masih Dajjolning ersa, o‘ng ko‘zi ko‘r bo‘lib, suv betida qalqib turgan uzum donasiga o‘xshaydur», deb aytdilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo yuborgan har bir payg‘ambar o‘z qavmini bir ko‘zi ko‘r kazzob Dajjoldan ehtiyot bo‘lmoqni aytib ogohlantirgan, sizlarning parvardigoringiz ersa, ko‘r ermasdur. Dajjolning ikki ko‘zi o‘rtasiga kofir deb yozib qo‘yilgan».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:36:58

18-bob. Olloh taoloning «Ul yaratguvchi, yo‘qdan bor qilguvchi, qiyofa (shakl) berguvchidur» degan qavli haqida

Abu Sa’id al-Xudriy Banu Mustalaq g‘azoti xususida bunday dedilar: Musulmonlar ko‘p asir oldilar. So‘ng, asiralarni jimo’ qilmoqchi bo‘ldilaru, lekin ularning homilador bo‘lib qolmoqlaridan cho‘chib, Janob Rasulullohdan xomilador qilib qo‘ymaslik yo‘lini so‘radilar. Shunda ul zot: «Bul sizning ixtiyoringizda ermas, Olloh taolo qiyomatga qadar yaratadirganlarini taqdir qilib bitib qo‘ygandur, — dedilar». Janob Rasululloh: «Olloh taolo yaratmagan birorta ham yaratilgan jon yo‘qdur», — deb aytgan erkanlar. Buni, Mujohidning aytishiga qaraganda, Qaz’a Abu Sa’iddan eshitgan erkan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:37:36

19-bob. Olloh taoloning «O’z qo‘lim (qudratim) birlan yaratgan Odamga nechun sajda qilmaysen?» degan qavli xususida

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo qiyomat kuni bizning mana shul yig‘inimiz kabi mo‘minlarni mahsharga to‘plagaydur. Shunda ular: «Bizni bul turgan yerimizdan xalos qilib, o‘zga yaxshiroq joy ato etmog‘i uchun rabbimizdan shafoat tilaylik!» — deyishgaydur. So‘ng, ular Odam alayhissalomning qoshlarig‘a kelib: Ey Odam alayhissalom! Odamlarning holidan xabar olmagaysizmi? Olloh taolo sizni o‘z qo‘li (qudrati) birlan yaratib, sizga farishtalarni sajda qildirgan va har bir narsaning ismini o‘rgatgan, rabbimizdan bizga shafoat tilab beringiz, bizni bul yerdan xalos qilsin!» — deyishgaydur. Odam alayhissalom ularga «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen» deb qilgan gunohlarini eslab gapirgaylarda: «Nuhning huzurlariga boringizlar, ul kishi Olloh taolo yuborgan birinchi payg‘ambar bo‘ladirlar!» — degaylar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borgaylar. Ul kishi ham «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen» deb qilgan gunohlarini eslagaylarda: «Ibrohimning qoshlariga boringizlar, Olloh taolo ul kishini «xalilim» (do‘stim) deb atagan!» — degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning huzurlariga borgaylar. Ul kishi ham «Men sizlar o‘yla ganchalik huquqga ega ermasmen» deb qilgan gunohlarini eslagaylar, so‘ng: «Musoning qoshlariga boringizlar, Olloh taolo ul kishiga tavrotni nozil qilgan va ul kishi birlan so‘zlashgan!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning huzurlariga borishgay. Ul kishi ham «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen, Isoning qoshiga boringizlar!» — deb aytgaylar. Shunda ular Iso alayhissalomning huzurlariga borgaydirlar. Ul kishi ham «Men sizlar o‘ylaganchalik huquqga ega ermasmen, Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar, chunkim Olloh taolo ul zotning sobiq hamda kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgandur!» — degaylar. Shundan so‘ng, ular mening huzurimga kelgaydurlar. Men rabbimdan izn so‘ragaydurman, ul menga izn bergaydur. So‘ng, rabbimni ko‘rgach, unga sajda qilgaydurman. Rabbim meni o‘zi xohlagancha sajdada qoldirgaydur. So‘ng, menga: «Ey Muhammad, boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganing berilgaydur, so‘zlagil, so‘zingga quloq solingaydur, shafoat tilagil, shafoat qilingaydur», — deb aytgay. Shunda men boshimni ko‘tarib, rabbimni o‘zi menga o‘rgatgan hamdu sanolarki aytib olqishlagaydurmen. Shundan keyin shafoat tilagaydurmen. Olloh taolo menga muayyan qavmlarga shafoat qilmoq huquqini bergaydur. So‘ng, ularni jannatga olib kirgaymen. Keyin, Olloh taoloning dargohiga qaytib borgaymanda, rabbimni ko‘rgach, sajda qilgayman. Rabbim meni o‘zi xohlagancha sajdada qoldirgaydur. So‘ng, menga: «Ey Muhammad, boshingni ko‘targil, so‘zlagil, so‘zingga quloq solingaydur, so‘ragil, so‘raganing ato etilgaydur, shafoat tilagil, shafoat qilingaydur!» — degay. Men boshimni ko‘tarib rabbim o‘zi o‘rgatgan hamdu sanolarni aytgaymanda, undan shafoat tilagaymen. Rabbim menga muayyan qavmlarga shafoat qilmoq huquqini bergay. Men ularni jannatga olib kirgaymen. Keyin, yana rabbimning huzuriga qaytib kelgaymen. Uni ko‘rgach, sajda qilgaymen. Rabbim meni o‘zi xohlagancha sajdada qoldirgay. So‘ng, menga: «Ey Muhammad, boshingni ko‘targil, so‘zlagil, so‘zingga quloq solingay, so‘ragil, so‘raganing berilgay, shafoat tilagil, shafoat qilingay», — degay. Men boshimni ko‘tarib rabbim o‘zi o‘rgatgan hamdu sanolarni aytgaymenda, undan shafoat tilagaymen. Rabbim menga muayyan qavmlarga shafoat qilmoq hukuqini bergay, men ularni jannatga olib kirgaymen. Keyin, yana rabbimning huzuriga qaytib borib: «Yo rabbim, Qur’on hukmi ila hibsga olinganlardan va abadiy do‘zaxiylardan boshqa birorta ham odam jahannamda qolmadi!» — deb aytgaymen». Janob Rasululloh so‘zlarida davom etib: «Lo iloha illalloh» degan va qalbida arpa donichalik ezguligi bo‘lgan insonlar do‘zaxdan chiqarilgay, ulardan keyin «Lo iloha illalloh» degan va qalbida bug‘doy donichalik ezguligi bo‘lganlar, ulardan so‘ng ersa, «Lo iloha illalloh» degan va qalbida zarradek ezguligi bo‘lganlar do‘zaxdan chiqarilgaydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 00:38:07

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taoloning qo‘li (bandalariga beradirgan anvoi ne’mat va ajru savoblarga) liq to‘ladir, kechayu-kunduz sarf qilgani birlan sira kamaymagaydur. Ko‘rdingizlarmi, yeru osmonlarni yaratganidan buyon qancha sarflasa ham uning qo‘lidagi narsalar ozaymagaydur!». Janob Rasululloh «Uning Arshi suv ustida bo‘lib, bir qo‘lidagi tarazuning pallalarini dam ko‘tarib, dam tushirib turgan», — deb ham aytganlar», — deyishadir».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo kiyomat kuni yerni ushlab ezadi va osmonlarni o‘ng qo‘li birlan (qudrati birlan) yumaloq qilib o‘rab tashlaydida «Men podshohmen!» — deydi», — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Muhammad, Olloh taolo bir barmog‘i birlan osmonlarni, bir barmog‘i birlan yerlarni, bir barmog‘i birlan tog‘larni, bir barmog‘i birlan daraxtlarni va bir barmog‘i birlan xaloyiqni ushlab turib: «Men podshohmen!» — deydi», — dedi. Janob Rasululloh buni eshitib shunday kuldilarki, xatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi, so‘ng «Olloh taoloni o‘ziga munosib qadrlamadilar!» degan oyati karimani o‘qidilar». Abdulloh ibn Mas’ud: «Janob Rasululloh yahudiyning bu gapidan taajjub va tasdiq qilib kuldilar», — deydilar.

Qayd etilgan