Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495507 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 96 B


AbdulAziz  28 May 2008, 08:10:57

14-bob. Cholvorlar haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki izor topmasa, cholvor kiysin, kimki kavush topmasa, mahsi kiysin!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, ehrom bog‘laganimizda bizga qanday kiyimlar kiymog‘imizni amr qilasiz?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Na ko‘ylak, na cholvor, na salla, na burnus va na mahsi kiymangiz. Kavush topmagan kishi mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past qilib kesib tashlab kiyishi mumkin, xolos. Za’faron yokim vars tekkan kiyimlarni ham kiya ko‘rmangiz!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2008, 08:13:56

15-bob. Sallalar haqida

Bu yerda Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

16-bob. Niqoblanish haqida

Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam boshlarini mato birlan tang‘ib chiqdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir guruh musulmonlar Habashistonga jo‘nab ketdilar. Abu Bakr ham safarga hozirlik ko‘rib qo‘ydilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Shoshmay turing, (hijrat qilmog‘im uchun) menga ijozat berilmog‘ini istab, kutib turibman»,— dedilar. Abu Bakr: «Otam haqqi, chindanam izn berilishini istab, kutib turibsizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga hamroh bo‘lmoq uchun ushlanib qolib, ikki tuyalarini to‘rt oy mobaynida akatsiya bargi bilan yaxshilab boqib turdilar».

Urva: «Oisha bunday deb edi»,— deydilar: «Kunlardan birida choshgoh vaqtida biz uyimizda o‘ltirib erdik, bir kkshi kelib Abu Bakrga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam niqoblanib olib biz tomon kelmoqdalar, bunday paytda sira ham tashrif buyurmas erdilar»,— deb xabar berdi. Abu Bakr: «Ota-onam ul zotga fido bo‘lsin! Olloh taolo haqqi, bunday paytda kelmoqda erkanlar, demak juda muhim ishlari bor»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetib kelgach, izn so‘rab ichkariga kirdilar-da, Abu Bakrga: «Huzuringizdagilar tashqariga chiqib tursin!» — dedilar. Abu Bakr: «Otam fido bo‘lsin sizga, yo Rasulalloh! Ular sizga begona emas»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Menga yo‘lga chiqmog‘imga ruxsat berildi»,— dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, men hamrohingiz bo‘laymi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Ha»,— dedilar. Abu Bakr: «Anavi ikki tuyamdan birini oling, yo Rasulalloh!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Pulgami?»—, dedilar».

Oisha onamiz bunday deydilar: «Ikkala tuyani tezda yo‘lga tayyorlab, xurjunga yo‘lda yeb ketishlari uchun yeguliklar solib qo‘ydik. Asmo binti Abu Bakr belidagi kamaridan ozginasini qirqib olib, xurjunning og‘zini mahkam qilib bog‘ladi. Shu boisdan ham uni Zot un-nitoq, ya’ni kamarband deb atashardi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr Savr tog‘idagi g‘orga borib, uch kecha yashirinib yotdilar. Abdulloh ibn Abu Bakr ular bilan birga bo‘lib, farosatli yigitcha edi. U (g‘ordan) chiqib ketar va Makkaga borib tong ottirar edi. Bu bilan u Makkadagi quraysh (kofirlari)ga go‘yo shaharda tunagandek bo‘lib ko‘rinar edi. So‘ng, ulardan birorta mug‘ombirona gap eshitsa, darrov uning mag‘zini chaqib qorong‘u tushgach, Janob Rasululloh bilan Abu Bakrga yetkazar edi. Abu Bakrning g‘ulomlari — Omir ibn Fuhayra esa, o‘ziga boqish uchun berib  qo‘yilgan qo‘ylarni shomdan keyin sog‘ib, sutini ularga berib kelar edi. Janob Rasululloh va Abu Bakr, Omir ibn Fuhayra ertalab g‘ira-shira paytda kelib ovoz qilmagunicha, g‘orda tinchgina yotishar edi. Omir ibn Fuhayra o‘sha uch tunning har birida mana shu tariqa ularning oldiga kelib ketib turdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Iyun 2008, 08:25:02

17-bob. Dubulg‘a haqida

Anas raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Makka fath qilingan yili, boshlariga dubulg‘a kiyib Makkaga kirdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:18:05

18-bob. Burdalar, habaralar va shamla haqida

Хabbob: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qilganimizda ul zot burdalari (yo’l-yo’l choponlari) ustida yonboshlab yotgan erdilar»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga ketayotgan erdim, ul zot jiyagi qattiq najroniy (Najron — Yamandagi shahar) chopon kiyib olgan erdilar. Bir badaviy orqalaridan yetib kelib, choponlaridan shunchalik qattiq tortdiki, men hatto choponlarining jiyagi botib, bo’yinlariga iz tushib qolganini ko’rdim. Badaviy: «Yo Muhammad, o’zingdagi (ya’ni, Baytulmol deb atalmish o’sha davrdagi davlat xazinasidagi) Ollohning molidan menga bermoqlarini buyur!» — dedi. Janob Rasululloh qayrilib qaradilarda, tabassum qildilar va unga biror narsa berib yuborishni amr qildilar».

Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol burda olib keldi. Sahl: «Burdaning nimaligini bilasanmi?» —deb (o’sha yerdagi bir kishidan) so’radi. U: «Ha, bilaman, burda — chetiga popuk to’qilgan shamladir»,— dedi. Ayol: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, buni sizga kiydiraman deb o’z qo’lim bilan to’qiganman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’zlariga kerak bo’lgani uchun ham uni oldilar, so’ng (ichkariga kirib), izor o’rnida kiyib bizning oldimizga chiqdilar. Shunda, qavmdosh kishilardan biri burdani qo’l bilan siyvalab turib: «Yo Rasulalloh, shuni menga kiydiring!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bo’pti!» — dedilar. O’sha kishi Olloh taolo istagancha majlisda o’ltirib, so’ng qaytib ketdi. Janob Rasululloh burdani o’rab, ketidan unga berib yubordilar. Keyinchalik qavmdoshlari unga: «Yaxshi ish qilmading, ul  zotning bkror narsa so’ragan kishiga «yo’q» demaslarini yaxshi bilar eding-ku!» — deyishdi. U: «Olloh taolo haqi, men burdani o’lganimda o’zimga qafanlik bo’lsin, degan niyatdagina so’ragan edim!» — dedi. Sahl: «Darhaqiqat, o’sha burda unga kafan bo’ldi»,— degan edi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Mening ummatlarimdan bir guruhi jannatga (so’roqsiz) kiradi, ularning soni yetmish ming bo’lib, yuzlari oy singari balqib turadi»,— deganlarini eshitdim. Shunda, Ukkptya ibn Mihgyach al-Agadiy lgnidagi shamlasini tuzata turib «Yo Rasulalloh, meni o’shalar toifasidan bo’lsin, deb duo qiling!» — dedi. Janob Rasululloh «Ollohummaj’alhu minhum» (Parvardigoro, uni o’shalar toifasidan qilg’aysen!) — deb duo qildilar. So’ng, ansorlardan biri o’rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolodyan MRNI ham o’shalar toifasidan qilmog’ini so’rab duo qiling!»—deb edi, Janob Rasululloh: «Ukkosha sendan oldin aytdi»,— dedilar».

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi kiyimni yoqtiradilar?» — deb so’radim. U: «Habarani»,— deb aytdi».

Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng sevgan kiyimlari — habara edi»,— deydilar.

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida ustlariga habara yonishgan erdi»,— deydilar (habara yoki hibara — yamaniy burda turi)».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:19:23

19-bob. Kiso va xamisalar haqida

Oisha va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida yuzlarini xamisa birlan yonib olardilar, nafaslari qaytsa, ochib tashlar edilar. Shu ahvolda bo’la turib «Yahudiylarga Ollohning la’nati bo’lsin! Ular o’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodatxonalarga aylantirib yubordilar»,— dedilar. Bu bilan ul zot o’z ummatlarini ogohlantirmoqchi bo’ldilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam turli belgilar (chiziqlar) tushirilgan xamisa kiyib namoz o’qidilar. Namoz o’qiyotib xamisalarining chiziqlariga op: nazar tashlab qo’yib, ikki yelkalariga salom berdilarda. uning chiziqlari meni namozdan chalgitdi, uni Abu Jahmga olib borib beringlar, o’rniga anbijoniya (gulsiz, sidirg’a kiyim) olib kelinglar! —dedilar».

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha bizga bir dag’al kiso va izor olib chiqib berdilarda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohga jon taslim qilganlarida mana shu kiyimda erdilar»,— deb aytdilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:20:31

20-bob. Bir yelkasini mato birlan berkitib, ikkinchi yelkasini ochib yurmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mulomasa va muno-baza qilmoqqan, tongdan so’ng quyosh chiqqunga qadar va asrdan so’ng quyosh botgunga qadar namoz o’qimoqdan, avrati ochilib qoladigan darajada kalta kiyim kiymoqdan hamda bir yelkasini mato birlan o’rab, ikkinchisini ochib yurmoqdan qaytardilar».

Abu Sa’id al-Хudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ko’rinishdagi kiyinmoqdan, ikki tarzdagi savdo-sotiq — mulomasa va munobazadan qaytardilar. Mulomasa-bir kishining boshqa bir kishining ko’ylagini, xoh kechasi va xoh kunduzi bo’lsin, qo’li bilan ushlab ko’rgandan keyin: «Ko’ylagingni ushlab ko’rdimm bo’ldi, uni menga sotasan yoki ko’ylagimni ushlab ko’rdingmy, bo’ldi, uni sotib olasan!» deb turib olmoqligidir. Munobaza esa, ikki kishining bir-biriga(arab o’z ko’ylakla rini otib yubormog’i va shu tariqa (molni) ko’rmay va avvaldan kelishmay turib savdo-sotiq qilmog’idir (bunday savdo-sotiq islomdan avvalgi johiliya davrida bo’lgan). Ikki ko’rinishda kiyinmoq xususiga kelsak ulardan biri-ko’ylak kiymagan holda bir yelkasini mato birlan o’rab, ikkinchi yelkasini ochib yurmoqlikdir. Ikkinchisi-birgina ko’ylagiga o’ranib olib, avratini ochib o’ltirmoqdir».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:21:48

21-bob. Qora xamisa xususida

Ummu Хolid binti Хolid rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir necha kiyim keltirishdi. Ularning ichida bitta kichkina qora xamisa ham bor erdi. Janob Rasululloh: «Buni kimga kiydiramiz!» — dedilar. Qavm javob bermay sukut sakladi. Janob Rasululloh: «Ummu Хolidni mening huzurimga olib kelinglar!» — dedilar. Olib kelishgach, Janob Rasululloh uni ko’tarib, ko’ylakni o’z muborak qo’llari birlan kiydirib qo’ydilarda: «Ey Ummu Хolid, yirtib-yirtib kiyaver!»—dedilar. Хamisaning yashil (yoki sarig’) yo’llari bor erdi. Janob Rasululloh: «Bu — sanoh, bu — sanoh!» — dedilar. «Sa— habashchasiga «yaxshi» demakdir». .
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Onam) Ummu Salama (uhamni) tug’gach, menga: «Yo Anas, bolaga qarab tur, ) biror aziyat yetmasin, uni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bor, tanglayini ko’tarib qo’ysinlar!» — deb aytdilar. Men uni olib bordim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bog’da egnilariga harisiy xamisa kiyib olib, Makka fath qilinganda keltirilgan tuyalarni tamg’alayotgan erkanlar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:22:54

22-bob. Yashil kiyim haqida

Ikrima bunday deydilar: «Rifoat xotinini taloq qildi. Unga Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziy uylandi. Oisha onamiz aytadilar: «Uning boshida yashil yoninchig’i bo’lib, ko’kargan joylarini menga ko’rsatib shikoyat qildi». «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelganlarida,— deydilar Ikrima,— xotinlar bir-birlariga o’z qismatlaridan nolib so’zlashib turishgan erdi. Oisha raziyallohu anho: «Birorta mo’mina ayol badanining mana bu ayol badani singari kiyimi rangidan ham ko’proq ko’karganini ko’rmaganman!» — dedilar. Хotinining Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelganini eshitgan Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziy ham o’zining boshqa xotinidan tug’ilgan ikki bolasini yetaklab (Janob Rasulullohning huzurlariga) keldi. Shunda uning (shikoyat qilib kelgan xotini): «Erimga hech qanday da’vom yo’q, da’vom — uning olati xususida xolos»,— dedi va kiyimining etagini ko’tarib: «Uning olati mana shu lattadan ham zaifroq»,— deb qo’shib qo’ydi. Abdurrahmon: «Yo Rasulalloh, Olloh haqi, u yolg’on ganiryapti, men uning po’stagini qoqib qo’yaman hali! Ammo u, Rifoatga qaytib tegaman, deb hech qo’ymayapti»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinga: «Agar shu gap rost bo’lsa, unda toki Abdurrahmon sening asaldoningdan zavq olmas erkan, Rifoatga halol bo’lmaysan!» — dedilar (Bu yerda halola qilmoq nazarda tutilyapti). Keyin, Janob Rasululloh Abdurrahmon birlan turgan ikki bolani ko’rib: «Bular o’g’illaringmi?» — dedilar. U: «Ha»,— deb javob qildi. Janob Rasululloh xotinga qarab: «Sening ta’kidlayotganing shuni?! Olloh haqi, qarg’a qarg’aga o’xshagani yanglig’, bular ham unga naqadar o’xshaydilar-ku!»—dedilar».


Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Iyul 2008, 16:28:14

23-bob. Oq kiyim haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Men Uhud janggi kuni )» Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o’ng va chap ) tomonlarida ikki oq kiyim kiygan odamning turganiga ko’zim tushgan erdi. Ularni ilgari ham, keyin ham ko’rmaganman, ular farishtalar erdi!» — deydilar.

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borsam, oq kiyimda uxlab yotgan erkanlar. Keyin, men yaqinroq bordim, ul zot uyg’onib: «Har banda «Lo iloha illallohu» deb vafot etsa, jannatga kiradi»,— dedilar. Men: «Zino qilgan bo’lsa hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» —dedim. Janob Rasululloh: «Zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar. Men (yana): «Zino qilgan bo’lsa, hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» — deb so’radim. Janob Rasululloh: «Zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar. Men: «Zino qilgan bo’lsa, hammi? O’g’irlik qilgan bo’lsa hammi?» — deb qaytarib so’radim. Janob Rasululloh: «Abu Zarrning xohishiga qaramay, zino qilgan bo’lsa ham, o’g’irlik qilgan bo’lsa ham»,— dedilar». Abu Zarr qachon shu xususda so’z ochsa: «Abu Zarrning xohishiga qaramay»,— deb qo’yardi. Abu Abdulloh: «Banda jon chiqar mahalda yokim jon chiqish arafasida astoydil tavbatazarru’ qilib «Lo iloha illallohu» desa, Olloh taolo gunohlarini mechirgaydir»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:36:57

24-bob. Erkaklarning ivak kiyim kiymog’i, ivak matoda yotmogi hamda ivak matolardan foydalanmok imkoniyati haqida

Abu Usmon an-Nazdiy rivoyat qiladilar: «Biz Utba ibn Farqad birlan Ozarbayjonda ekanligimizda Hazrat Umar ibn al-Хattobdan maktub keldi. Unda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (erkak kishining) ivak kiyim kiymog’ini man’ qilganliklari va ikki muborak barmoqlari ila ishora qilib: «Mana bunday yo’l-yo’l bo’lsa, mayli» — deb aytganliklari haqida yozilgan erdi».

Osim raziyallohu anhu Abu Usmondan naql qiladilar: «Biz Ozarbayjonda ekanligimizda Hazrat Umar maktub yo’lladilar. Unda «Janob Rasululloh ivak kiyim kiymoqni man’ qildilar va bizga muborak ikki barmoqlarini saf qilib ko’rsatib: «Mana bunday (yo’l-yo’l) bo’lsa, mayli» — dedilar» deb yozilgan erdi. Shunda Zuhayr o’rta va ko’rsatkich barmoqlarini yozib ko’rsatdi».

Abdulvoris attaymiy Abu Usmondan naql qiladilar: «Utba birlan birga edik. Shunda Hazrat Umar raziyallohu anhu unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyoda ivak kiyim kiymangiz, aks holda oxiratda ivak kiyimlardan birortasini ham kiymassiz!» — dedilar»,— deb xat yozdi».   

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoinda ekanligida chanqab suv so’radi. Bir dehqon kumutp idishda ung’a suv keltirib erdi, olib otib yubordida: «Men un kumush idishdan foydalanmoqdan qaytarish yaqsadidagin rtib yubordim, bo’lmasa otmas erdim. U bunga tutttunmadi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oltin, kumush ivak va deboj bu dunyoda ular (mushrik va munofiqlar) uchug oxiratda esa sizlar (mo’min-musulmonlar) uchun»,—deganlar»,— dedi».

Qayd etilgan