Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495621 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 96 B


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:06:57

97-bob. O’lovga uch kishi bo‘lib mingashib olmoq haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Banu Abdulmuttalib qavmiga mansub bolalar kutib olishdi. Shunda ulardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:07:56

98-bob. Ulov sohibining boshqa bir kishini o‘z oldiga mingashtirib olmog‘i haqida

Ba’zilar: «Ulov sohibi oldinda o‘tirmoqqa haqliroqdir, agar o‘zi ruxsat bermasa, (biror kishining uning oldiga o‘ltirmoqqa haqqi yo‘qdir)»,— deydilar.

Ayyub rivoyat qiladilar: «Ikrima xuzurida erdik ulovga uch kishi bo‘lib minib olmoqning yomon ekanligi haqida gap ketdi. Shunda Ibn Abbos: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qusamni oldilariga, Fazlni ersa orqalariga yokim aksincha, Fazlni oldilariga, Qusamni ersa orqalariga mingashtirib keldilar. Xo‘sh, bularning qaysi biri yomonu, qaysi Biri yaxshi?!»—dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:10:10

99-bob. Bir kishining uloviga ikkinchi bir kishining mingashib olmog‘i haqida

Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida ulovlariga. mingashib ketayotgan erdim. Bizni egarning tugallangan qismigina ajratib turar erdi. Janob Rasulullbh: «Yo Maoz!» — dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Bir soatcha yurganimizdan so‘ng, yana: «Yo Maoz!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Yana bir soatcha yurib erdik: «Yo Maoz»— dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!» — dedim. Janob Rasululloh: «Bilasanmi, Olloh taoloning o‘z bandalarida qanday haqi bor?» — dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq biladi»,— dedim. Janob Raoululloh: «Olloh taoloning o‘z bandalaridagi haqi shuki, bandalar unga ibodat qilmoqlari va shirk keltirmasliklari lozim»,— dedilar. Yana bir soatcha yurilgach: «Yo Maoz!»—dedilar. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatyngizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taoloda qanday haqi borligini bilurmisan?»— dedilar. Men: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq biladi»,—dedim. Janob Rasululloh: «Bandalarning Olloh taolodagi haqi — ularni azoblamaslik!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:12:01

100-bob. Ayolning erkak mingan ulovga mingashib olmog‘i haqida

Yahyo ibn Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikdan eshitgan erdim, u menga bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybardan qaytayotgan erdik. Men Abu Talhaning orqasiga mingashib olgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarig‘a ersa ayollaridan biri mingashib olgan erdi. Shunda to‘satday tuyalari qoqilib ketdi. Men: Ey kotin, ehtiyot bo‘l!»—deb tuyamdan tushdim. Janob Rasululloh: «U sizning onangizdir!» — dedilar. Men tuyaning egarini mahhamlab bogladim. Janob Rasululloh yana mynib oldilar. So‘ng, Madinaga yaqinlashgach (yokim uni uzoqdan ko‘rib): «Biz kufrdan qaytib tavba qilyapmiz, rabbimizga ibodat qilib shukr qilyapmiz», dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:13:55

101-bob. Chalqancha oyoqlarni chalishtirib yotmoq haqida

Abbod ibn Tamim rivoyat qiladilarki, amakilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda chalqancha oyoqlarini chalishtirib yotganlarini ko‘rgan erkanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:17:46

:bs1:

ADAB KITOBI

1-bob. Itoatkorlik va mehribonlik haqida

Inson o‘z ota-onasiga itoatkor va mehribon bo‘lsin, deb vasiyat qildik! Abu Amr ash-Shayboniy qo‘llari birlan Abdulloh (al-Ansoriy)ning hovlisiga ishora qilib: «Mana shu hovlining sohibi menga bunday deb aytgan erdi»,— dedilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Olloh taolo azza va jallaga qaysi amal mahbubroqdir?»—deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Namozni o‘z vaqtida o‘qimoqdir»,— dedilar Men: «Yana qaysi amal?»— deb so‘radim. Janob Rasulullol: «Ota-onaga itoat qilmoqdir»,— deb aytdilar. Men: «Yana qaysi amal?» — dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoqdir»,— dedilar. Janob Rasululloh mening savollarimga shu tariqa javob qildilar. Agar yana so‘raganimda, yana javob berar erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:20:19

2-bob. Yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq?

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: Yo Rasulallid, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Onang!» — deb aytdilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — dedi, Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh (bu safar): «Otang!»—deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:21:25

3-bob. Ota-onasi rizo bo‘lmasa, jihod qilmaydi

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Bir odam Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Jihod qilmoqchimen»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onang bormi?» — dedilar. U «Ha» deb aytdi. Janob Rasululloh: «(Avval) ota-onangning xizmatini qilib, rizolig‘ini olgin, so‘ng jihod qilgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:22:41

4-bob. Odam ota-onasini haqorat qilmaydi!

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onasini haqorat qilmokdir!» — dedilar. Shunda: «Yo Rasulalloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur»,— deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2009, 16:26:35

5-bob. Ota-onasiga itoat qilgan odamning duosi mustajob bo‘lmog‘i xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb erdilar: «Uch kishi yo‘lda ketmoqda erdi, yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga qochib kirdi. Nogahon, tog‘dan bir katta tosh dumalab tushib, g‘orning og‘zini to‘sib qo‘ydi. Ular bir-biriga: «Olloh taolo yo‘lida biror amali solih qilgan bo‘lsangiz, o‘shani o‘rtaga qo‘yib Ollohga iltijo qilingiz, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» — deyishdi. Ulardan biri: «Ey parvardigoro, mening qari-qartang ota-onam hamda bir necha go‘dak bolalarim bo‘lib, ularni boqmoq uchun qo‘ychibonlik qilar erdim. Ularning huzuriga qaytgach, qo‘ylarni sog‘ib, sutini bolalarimdan avval ota-onamga berar erdim. (Kunlardan bir kun) qo‘ylarni uzoqroq yaylovga haydab ketgan erdim, qaytgunimcha ota-onam uxlab qolishibdi. Odatdagidek qo‘ylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordimu, uyg‘otishga botina olmay boshlarida turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talninib yiglashar erdi. Shu ahvolda bolalarim birlan tong ottirdik. Ey parvardigoro, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, bizga g‘orning og‘zini biroz ochg‘il, toki biz u orqali osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini biroz ochdi, ular osmonni ko‘rdilar. Ularning ikkinchisi: «Ey parvardigoro, amakimning bir qizi bo‘lib, uni men ayollarni yaxshi ko‘radirgan erkaklardan ham ortiqroq yaxshi ko‘rar erdim. Unga sovchi qo‘yganimda yuz dinor bermagunimcha tegishga rozi bo‘lmadi. Bir amallab yuz dinor to‘pladimda, uning oldiga bordim. O’zimni oyoqlari orasiga olganimda u menga: «Ey Abdulloh, Ollohdan qo‘rqg‘il, muhrni halollik birlan ochg‘il!» — deb erdi, men o‘rnimdan turib undan nari ketdim. Ey parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, (g‘orning) og‘zini bizga {kattaroq) ochib berg‘il!» — dedi. Olloh taolo (g‘orning) og‘zini (kattaroq qilib) ochdi. Ularning uchinchisi: «Ey parvardigoro, bir kishini bir farq (6 ratl, ratl — 449,28 gr) guruchga yollab erdim, ish tugagach: «Haqimni ber!» — dedi. Men haqini berib erdim, olmay tashlab ketdi. Keyin, men o‘sha guruchni ekib, hosilini sotdimda, puliga bir sigir va boqish uchun xizmatkor xarid qildim. (Bir kuni) u oldimga kelib: «Olloh taolodam qo‘rqg‘il, menga zulm qilmag‘il, mening (o‘shal) haqimni berg‘il!» — dedi. Men unga: «Bor, anavi sigir birlan uning boquvchisini ham ola qolg‘il!» — dedim. U menga: «Ollohdar qo‘rqg‘il, meni mazax qilmagil!»—dedi. Men ungag «Men seni mazax qilayotganim yo‘q, anavi sigir birlan uniqg boquvchisini ham olg‘il» — dedim. Shundan so‘ng u aytganlarimni olib chiqib ketdi. E parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, g‘orning og‘zini butunlay ochgIl!»—deb iltijo qildi Ollrh taolo g‘orning og‘zini butunlay ochdi».

Qayd etilgan