Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495608 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:39:59

49-bob. Uydagi olovni o‘z holiga tashlab qo‘yib, uxlamaslik lozim!

Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uxlayotganlaringizda uylaringizdagi olovni o‘z holiga tashlab qo‘ymangiz!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinadagi uylardan biri odamlari birlan yopib ketdi. Bu haqda Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Bu—olov degan narsa, sizlarning dushmaningizdir. Uyquga yotmog‘ingizdin avval uni o‘chirib qo‘yingiz! — dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Idishlarning og‘zini yopib, eshiklarni tambalab va chiroqlarni birlan o‘chirib yotinglar, chunkim kichkina bir sabab pilikdan (boshqa narsalarga) o‘t tutashib, butun uy odamlari  birlan yopib ketmog‘i mumkindir!» —dedilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:40:06

50-6ob. Kechasi eshnklarni tambalab qo‘ymoq haqida

Jobir (ibn Abdulloh) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasi uyquga yotmoqchi bo‘lsakniz, avval chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, suv idishlari va ovqatlar ustini berkitib qo‘yingiz!»— dedilar».

Hamom: «(Eshiklarni) bir cho‘p birlan (tirab) bo‘lsa ham yopib ko‘yingiz, deb aytdilar shekilli»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:40:19

51-bob. Katta bo‘lgach, xatna qilmoq va qo‘ltiq junini yulmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Byoshta sunnat mavjud: xatna qilmoq jinsiy a’zolar yungini qirmoq, ko‘ltiq yungini yulmoq, mo‘ylabni kalta qilib qirqmoq va tirnoqlarni olmoq»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom sakson yoshga kirganlaridan so‘ng xatna qilingan erdilar, xatna qilishda yog‘och yo‘nadirgan asbobdan foydalanilgan erdi»,— dedilar».  Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot ettanlarida necha yoshda erding?» — deb so‘rashdi. Ibn Abbos: «Xatna qilingan vaqtim erdi»,— deb javob qildi. O’sha vaqtlarda bola balog‘atga yetmaguncha xatna qilinmas erdi».

Ibn Idris: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot yetganlarida Ibn Abbos xatna qilingan bola erdi»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:40:29

52-bob, Olloh taologa toat-ibodat qilmoqqa xalal beradirgan, kishining vaqtini o‘g‘irlaydirgan har qanday ko‘ngilochar o‘yin makruhdir hamda o‘rtog‘iga: «Kel, bir qimor o‘ynaylik!» —deydirganlar yaramas odamlardir!

Olloh taoloning qavli («Luqmon» surasi): «Va minan nosi man yashtariy lahval-hadiysi li-yuzilla an sabiy lil-.ioq». Mazmuni: "Toat-ibodatdin chalg‘itadirgan behuda  narsalarni sotib olg‘uvchi odamlar Ollohning yo‘lidin  ozdirilsin!»   .
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan kimki aluzza va al-Lot   haqi deb qasam ichsa darhol, lo iloha illallohu deb aytsin! ,  Va kimki o‘rtog‘iga: «Kel, bir qimor o‘ynaylik!»—desa,  sadaqa bersin!» — dedilar» (Aluzza va Al-Lot — ma’budalar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 07:40:39

53-bob, Imorat qurmok haqidagi hadislar haqida

Ibn Umar Sa’idga: «Yomg‘ir va oftobdan saqlag‘ay deb rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga uy qurganimni ko‘rgansan, Olloh bandalaridan birortasi menga yordam bermagan»,— degan erkanlar.

Ibn Umar: «Olloh taolo haqi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafot qilganlaridan beri bitta ham g‘isht termadim va bitta ham xurmo ekmadim»,— degan erkanlar.

Sufyon rivoyat qiladilar: «(Ibn Umarning) xonadonidagilardan ba’zilariga (Ibn Umarning) aytganini eslatib erdim. Ular Olloh haqi, u uy qurgan erdi!» —-deyishdi. Men: «Ehtimol, u bu gapni uy qurmasidan ilgari aytgandir?» — dedim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 08:49:22

 :bsm:

DUOLAR KITOBI

Olloh taoloning qavli («Al-Mu’min» surasi): Ud’uu-niy, astajib lakum! Innal-laziyna yastakbiruuna an ibodatiy sayadxuluuna jahanhama doxiriyna». Mazmuni: «Sizlar menga duo qilinglar, men duolaringizni qabul  qilurman! Darhaqiqat, mening ibodatimdan bosh tortuvchilar tez kunda xor bo‘lib, jahannamga tushgaylar». Har bir payg‘ambarning o‘z mustajob duosi bor. Bu haqda u Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Har bir payg‘ambarning (aytsa, mustajob bo‘ladirgan duosi bor. Men o‘z duomni qiyomat kuni ummatimga shafoat qilmog‘im uchun asrab qo‘ymoqchiman»—deb aytdilar»,— deydilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning (Olloh taologa)aytsa, mustajob bo‘ladirgan iltimosi (duosi, deb aytgan o‘lishlari ham mumkin) bo‘ladi, men o‘z duomni Qiyomat kuni Umatimga shafoat qilmog‘im uchun olib qo‘ydim»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 08:49:36

1-bob. Eng afzal istig‘for haqida

Olloh taoloning qavli («Nuh» surasi): «Istag‘firuu rabbakum, innahu kona g‘afforan yursilissamoa alaykum midrorin va yumdidkum bi-amvolin va baniyna va yaj’al-lakum jannotin va yaj’al-lakum anhoran». Mazmuni: Mag‘firat talab qilinglar rabbingizdan, albatta ul mag‘firat qilg‘uvchidir, yuborur osmondan sizlarga paydarpay yog‘inni va madad berur sizlarga mollar va o‘g‘illar ila va ato qilur sizlarga bog‘larni va oqizib berur sizlarga daryolarni».

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi) «Vallaziyna izo fa’aluu fohishatan av zalamuu anfusahum zakaruulloha fastag‘faruu li-zunuubihim va man yag‘firuz-zunuuba illa-llohu va lam yusirruu alo mo fa’aluu va hum ya’lamuuna». Mazmuni: «Va ul odamlarki, qachon biror gunohi fahsh qilsalar yokim o‘zlariga o‘zlari zulm etsalar, Olloh taoloni yod etib, undan gunohlarini mag‘firat qilmoqni so‘rarlar. Gunohlarni Olloh taolodin boshqa kim mag‘firat etgay?! Ular (ilgarigi) qilmishlarining (gunoh zrkanligii) bilib turib, endi bunday qilmaydilar».

Shaddod ibn Avs raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat qiladilar: «Ul zot bunday dedilar: «Istig‘forning sayyidi (zo‘ri)—«Ollohumma anta rabbiy, lo iloha illo anta xalaqtaniy va ano abduka va ano alo ahdika va va’dika, mostata’tu a’uuzu bika min sharrin mo sana’tu, abuu’u laka bini’matika alayya va abuu’u bi-zanbiy fag‘fir liy fa-innahu lo yag‘firu-z-zunuuba illo anta». Mazmuni: Yo parvardigoro, sen rabbimdursen, meni o‘zing yaratgandursen, men sening bandangdurmen, men senga bergan ahdu va’damda turibdurmen. (Ammo) qilib ko‘ygan gunoh ishlarim yomonligidin (o‘z vaqtida) sendin panox tilay olmadim. Menga ato etgan ne’matlaringni e’tirof qilib, senga shukronalar ayturman va gunohlarimni tan olurmen. Meni mag‘firat qilg‘il, sendan bo‘lak gunohlarni mag‘firat qilg‘uvchi zot yo‘qdir!" Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Kimki kunduzi ixlos qilib shunday desa-yu, kech kirguncha vafot etib qolsa jannat ahlidan bo‘lg‘ay va kimki tunda ixlos qilib shunday desa-yu, tong otguncha vafot etib qolsa, u ham jannat ahlidan bulg‘ay».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 08:49:53

2-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechayu-kunduz istig‘for aytishlari haqida   

Abu Hurayra: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Olloh taolo haqi, men Olloh taologa har kuni yetmish martadin ziyod istig‘for aytib, tavba qilurmen! deganlarini eshitdim»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 08:50:05

3-bob. Tavba haqida

Qatoda: Olloh taologa astoydil tavba qilinglar, astoydil tavba qabul bo‘lg‘usidir»—deydilar.

Horis ibn Suvayd rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’ud bizga ikkita hadis aytib berdi, birini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql qildi, ikkivchisiki ersa o‘ziga nisbat berdi) «Mo‘min odam o‘z gunohini qulab tushay deb turgan tog‘ etagida o‘ltirgandek his qilg‘aydir, razil odam ersa, o‘z gunohini burnining ustidan uchib o‘tgan bir pashsha kabi bilg‘aydir». «Olloh taolo bandasi tavba qilganda yeb-ichguliklarini tuyasiga ortib olib, bir xatarnok yerga borganda tushib boshini qyib uxlab qolgan hamda uyg‘onganida tuyasi qochib ketib, yeb-ichguliksiz qolganini fahmlagach, yana yotib uxlagan, so‘ng uyg‘onganida tuyasining qaytib kelganini ko‘rib xursand bo‘lib ketgan odamdan ko‘ra ziyodroq mamnun bo‘lg‘aydir!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bandasi tavba qilganda birortangiz tuyangizni sahroda yo‘qotib qo‘yib, so‘ng topib olganingizda xursand bo‘lganingizdan ko‘ra ziyodroq mamnun bo‘lgaydir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 08:50:15

4-bob. O’ng tomoni birlan yonboshlamoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o‘n bir rak’at namoz o‘qir erdilar, tong otgach, yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib, muazzin qilib azon aytguncha o‘ng tomonlarini bosib yonboshlar erdilar».

Qayd etilgan