Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495565 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 96 B


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:34:09

67-bob. Olloh azza va jallani zikr qilmoqnint fazilati haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladgshar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Rabbini yod etadirgan odam birlan rabbini yod etmaydirgin odam tirik odam birlan o‘lik odamga monanddir! — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taoloning shunday farishtalari borkim, ular ko‘chalarni kezib, rabbini yod qilguvchilarni qidirgaylar. Agar Olloh taoloni yod etib turgan qavmni uchratib qolsalar, bir-birlarini chaqirishib: «Kelinglar, izlaganimizni topdik!» — deyishgaydir va o‘sha qavmni qanotlari birlan olqishlab, so‘ng osmonning dastlabki qavatiga uchib chiqishgaydir. Olloh azza va jalla, garchi o‘zi ulardan yaxshiroq bilsada: «Bandalarim mening haqimda nelar deyishayotir?» — deb so‘ragaydir. Farishtalar: «Shuningga tasbihu takbir, hamdu sanolar aytishib, seni ulug‘lamoqdalar» — deyishgaydir. Shunda Olloh taolo ular meni ko‘rganmilar?» — degaydir. Farishtalar: «Yo‘q, -yakka-yu yagonaliging haqi, ko‘rmaganlar!» — deyishgaydir. Olloh taolo: «Meni ko‘rsalar, ne bo‘lg‘ay?» — degaydir. farishtalar: Agar seni ko‘rsalar, senga yanada ko‘proq toat-ibodat qilib, seni ko‘proq ulug‘lab, ko‘proq tasbih aytishgan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: Mendan qanday tilak qilmoqdalar?» — degaydir. Farishtalar: «Jannatni tilamoqdalar» — deyishgaydir. Olloh taolo: «Uni ko‘rganmilar?—degaydir. Farishtalar: "Agar ko‘rganlarida erdi, uni sendan yanada ko‘proq tilab, ko‘proq ishtiyoq bildirgan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: «Nimadan panoh tilamokdalar?» —- deb so‘ragaydir. Farishtalar: «Do‘zax otashidan»,—deb aytgaylar. Olloh taolo: «Uni ko‘rganmilar?» — deb so‘rgaydir. Farishtalar: «Yo‘q, yakka-yu yagonaliging haqi, ko‘rmaganlar!» — deb javob qilgaylar. Olloh taolo: «Agar uni ko‘rsalar, ne bo‘lgay?» — deb so‘rag‘aydir. Farishtalar: «Agar ko‘rganlarida erdi, undan yanada nariroq qochib, yanada ko‘proq qo‘rqqan bo‘lur erdilar»,— deyishgaydir. Olloh taolo: Sizlarning guvohli-gingizda ayturmenkim, men ularning gunohlarini mag‘firat ayladim!» — degaydir. Farishtalardan biri: «Ularning orasida falonchi ham bo‘lib, boshqalar kabi seni yod etmoq niyatida ermas, balkim sendan o‘z hojatini ravo qil-mog‘ingni iltijo qilgani kelgandir»,— deyishgaydir. Olloh taolo: «Meni yod etib o‘ltirganlar birlan ularning hamnishini ham kulfat tortmagaydir!» — deb aytgaydir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:37:56

68-bob. «Lo havla va lo quvvata illo billoh!» degan qavl haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam dovonga ko‘tarila boshladilar. Bir kishi dovonga ko‘tarilib bo‘lgach, bor ovozini qo‘yib: «Lo iloha illallohu vallohu akbar!» — deb takbir aytdi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xachirlarida o‘ltirgan holda «Axir, sizlar bir kar yokim bu yerda g‘oyib odamni da’vat qilayotganingiz yo‘q-ku!» — dedilar. So‘ng: «Ey Abu Muso (yokim, ey Abdulloh), senga jannat ganjinalaridan bo‘lmish bir so‘zni bashorat qilaymi?» — deb aytdilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: "Bu — Lo havla va lo quvvata illo billohdir!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:38:16

69-bob. Olloh taoloning bir ham yuz ismi bordir

Abu urayra rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning bir ham yuz, ya’ni to‘qson to‘qqizeta ismi bo‘lib, kimki uni yoddan bilsa, jannatga kirgaydir. U toq sonki yaxshi ko‘rguvchi bo‘lib, o‘zi ham toq (yagona)dir!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 15:39:57

70-bob. Vaqti-vaqti birlan va’z aytmoq haqida

Shaqiq rivoyat qiladilar: «Abdulloh (Ibn Mas’ud)ni kutib o‘ltirgan erdik shu payt Yazid ibn Muoviya kelib krldi. Biz unga: «O‘ltirmaysanmi?» — dedik. U: «Yo‘q. hozir o‘ltirmayman, avval ichkariga kirib do‘stingizni aytib chiqamam, keyin kelib o‘ltiraman»,— dedi. Birozdan so‘ng, Abdulloh ibn Mas’ud Yazidni qo‘lidan ushlab ichkaridan chiqib keldida, tepamizga kelib: «Men sizning va’z tinglaymiz deb shu yerda kutib o‘ltirganingizni Janob Rasulullohga yetkazishim mumkin erdi-yu, ammo ul zotnikg bizga malol kelib qolmasin deb vaqti-vaqti birlan va’z aytmoqlari menga mone’lik qilg‘aydir»,— dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 16:05:05

LATIF SO‘ZLAR KITOBI
(Tansihatlik va bo‘sh vaqt oxiratdagi hayotdan o‘zga hayot yo‘qdir!)

Bismillohir rahmonir rahiymi


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki ne’mat mavjud bo‘lib, ko‘pchilik odamlar uni qo‘ldan boy beradirlar. Bu — tansihatlik birlan bo‘sh vaqtdir»,— der erdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oxiratdin yo‘q erur o‘zga hayot, parvardigor, Muhojir birla ansorlarga qil iymonni yor!» — der erdilar».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga (Xandaq jangi vaqtida) xandaqda erdik ul zot kavlar erdilar, biz tufroq tashir erdik. Shunda yonimizdan o‘tib ketayotib: «Yo iloho, bor erur tanho hayot — ul oxirat, Muhojir birla ansorlarni qilg‘il mag‘firat!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 16:05:18

1-bob. Dunyoning oxiratdagi qadr-qiymati haqida

Olloh taoloning qavli («Al-Hadiyd mal-hayotud-dunyo la’ibun va lahvun «Inna-va ziynatun va tafoxurun baynakum va takosurun fil-amvoli val-avlodi masali g‘aysin a’jabal-kuffora nabotuh, summa yahiju (atarohu musfarran, summa yakuunu hutoman va fil-oxirati azobun shadiydun va mag‘firatun minallohi va rizvonun va mo-l-hayotud-dunyo illo mato’ul-g‘uruuri». Oyatning mazmuni: «Dunyo hayoti shunchaki bir o‘yinchoq, ermak ziynat, o‘zaro kerilib maqtanmog‘ingiz hamda boylik va bola-chaqa xususida bir-biringizdan o‘tmoqqa intilmog‘ingiz bo‘lib, ul bir yog‘in kabidurkim, (undirgan) ekin-tekini, o‘t-o‘lanlari dehqonlarni taajjubga soladir, keyin ersa, qarasang, qurib, sarg‘ayib siniq-siniq cho‘p bo‘lib yotadir. Oxiratda qattiq azob berilmogi va Olloh taoloning mag‘firat qilib, rizo bo‘lmog‘i bordir. Dunyo hayoti aldan-mokqa sabab bo‘ladirgan narsadan o‘zgasi ermas!».

Sahl rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jannatdagi bir qamchi siqqudek joy butun dunyo va undagi jamiki narsalardan ham yaxshiroqdir. Olloh taoloni deb tong saharlab chiqib ketib, tun qorong‘usida qaytib kelmoq butun dunyo va undagi barcha narsalardan ham yaxshiroqdir!» deb aytganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 16:05:33

2-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Sen dunyoda bir g‘aribdek yokim bir yo‘lovchidek bo‘l!» deganlari haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yelkamdan ushlab turib: «Sen dunyoda bir g‘aribdek yokim bir yo‘lovchidek bo‘l! (ya’ni, sen bu dunyoda o‘zingni hech kimi yo‘q bir kimsadek yokim bir yo‘lovchidek xis qil!)» — dedilar».

Abdullo ibn Umarning o‘zlari ersa: «Kunni kech qilsang, qachon tong otarkin deb intizor bo‘lmag‘il va tong ottirsang, qachon kech bo‘larkin deb poylamagil (ya’ni, doimo ildam yuraverg‘il, bir lahza ham qadamingni susaytirmag‘il, gar susaytirsang, maksuding hosil bo‘lmag‘aydir). sog‘ligingdan kasalligingga va tirikligingdan o‘limingga chegirib olib qo‘yg‘il! (ya’ni, tirikligingni g‘animat bilg‘ilki, Qoshingga o‘lim sipohi qilich yalang‘ochlab kelgach, sarosima va g‘aflatda qolib, hech narsa qilib ulgurmag‘aysen!»,— der erdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 16:05:46

3-bob. Umid va uning muddati haqida

 «Faman foza va Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): ziha anin-nori va udxilal-jannata fa-qad Mo-l-hayotud-dunyo illo mato’ul-g‘uruuri». Oyatning mazmuni: «Do‘zaxdan uzoq qilinib, jannatga kiritilgan har bir banda murodiga yetibdir va bu dune hayotiga aldanmoqqa sabab bo‘ladirgan narsadan o‘zgasi ermas!».

Olloh taoloning qavli: «Zarhum ya’kuluu va yatamatta’uu va yulhihimul-amalu fasavfa ya’lamuuna». Oyatning mazmuni: «Ularga nasihat ta’sir qilmay, g‘aflatdan uyg‘onmasalar, qo‘ya beringiz, bir necha vaqt hayvonlar kabi yeb-ichib, dunyo rohatlaridan bahra olaversinlar, dunyoviy orzu-umidlari chalg‘itaversin, tez kunda buning oqibati yomon ekanligini bilib, ko‘zlari ochilur!».

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Bu dunyo bizdan yuz o‘girdi, oxirat ersa chexrasini qaratdi. Har ikkalasining ham o‘ziga mansub odamlari mavjud bo‘lib, sizlar oxiratga mansub odam bo‘linglar, dunega mansub bo‘lmanglar. Bugun amal mavjud, hisob-kitob yo‘qdir, ertaga ersa hisob-kitob mavjud, amal ersa yo‘qdir!» — deb aytgan erkanlar.

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam to‘rtburchak shakl chizib, uning o‘rtasidan uchini tashqariga chiqarib yana bir chiziq o‘tkazdilar, so‘ng ana shu o‘rtadan o‘tgan chiziqning yoniga kalta chiziqlar tortdilarda: «Mana bu o‘rtadan o‘tgan chiziqning to‘rtburchak ichidagi qismi insondir, uni o‘rab turgan to‘rtburchak ersa, insonning ajalidir, o‘rtadan o‘tgan chiziqning tashqariga chiqqan qismi ersa insonning orzu-umidlaridir. Mana bu kalta chiziqlar ersa hodisotlar bo‘lib, inson unisining bo‘lmasa, bunisining jabrini tortg‘aydir»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:39:51

4-bob. Kimki oltmish yoshga kirgan bo‘lsa, demak Olloh taolo uni shuncha vaqt kechirib kelgan!

Olloh taolo: «Avalam nu’ammirkum mo yatazakkaru fihi man tazakkara va jo’aku-mun-naziyru — deydi. Oyatning mazmuni: «Ey bandalarim, biz sizlarga esingizni yig‘ib olib, hidoyat yo‘liga kirmog‘ingizga kifoya qiladirgan umr bermadikmi va buning ustiga sizlarni ogohlantirmoK uchun payg‘ambar ham yubormadikmi?!».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bandasining ajalini oltmish yoshga kirguniga qadar kechiktirib, insofga kelmog‘ini kutadi!» —deb aytdilar».

Abu Huriyra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh (sallallohu alayhi va sallamning «Yoshi ulg‘aygan odamning qalbi ikki narsa xususida qarimaydi, biri — uning dunyoga bo‘lgan muhabbati, ikkinchisi — orzu-umidining nihoyatligidir!» deb aytganlarini eshitdim». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam bolasining yoshi birlan birga ikki narsa ham ulgayib borg‘aydir, biri — uning boylikka nisbatan bo‘lgan muhabbati, ikkinchisi — uzoq umr ko‘rmoq orzusidir!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2009, 17:40:04

5-bob. Olloh taoloni rizo qiladirgan amal haqida

Atbon ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni banda Olloh taoloning rizoligi uchun "Lo iloha illallohu!» deb aytsa, Olloh taolo unga do‘zax otashini harom qilgaydir!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo: «Agar men mo‘min bandamning bu dunyodagi biror suyukli kishisidan ajratgan ersam, unga beradirgan jazoim yo‘qdir, keyin men uni jannatga ta’yin qilgumdir!» — deydi»,— dedilar».

Qayd etilgan