Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495636 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 96 B


AbdulAziz  08 May 2009, 09:12:18

31-bob. Musulmon odam jahli chiqib yahudiyni shapaloq ursa...

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Meni boshqa payg‘ambarlardan afzal ko‘rib, ulariing ummatlarini kamsitmangizlar!» — deb aytganlar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Bir yahudiy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Muhammad, sizning sahobalaringizdan bo‘lmish bir ansoriy mening yuzimga shapaloq urdi!» — dedi. Janob Rasululloh: «O’shal ansoriyni chaqirib kelingizlar!» deb amr qildilar. Uni chaqirib kelishgach, ul zot «Nega uni urding?» — dedilar. Ansoriy ketayotgan erdim, shunda uning: «Musoni barcha insoniyatdan afzal qilib yaratgan zot haqi!» — deganini eshitib: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan hammi?» — dedimda, g‘azabim kelganidan uni bir shapaloq urdim», — dedi. Janob Rasululloh: «Meni boshqa payg‘ambarlardan ustun qo‘ymangizlar! Darhaqiqat, qiyomat kuni odamlar (sur ovozidan) behush bo‘lib yiqilg‘aydurlar, men birinchi bo‘lib, o‘zimga kelg‘aydurman. Shunda Muso alayhissalomning Arsh ustunlaridan birini ushlab turganlarini ko‘rg‘aydurman, ammo mendan ilgari o‘zlariga kelganmilar yokim ul kishiga sur ovozidan behush bo‘lmaslik ato qiling‘anmi, buni bilmag‘ayman»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:12:59

Bismillohir rahmonir rahiymi

MURTADU MUNOFIQLARNI TAVBA QILDIRMOQ VA ULARGA QARSHI KURASHMOQ XUSUSIDA HAMDA OLLOH TAOLOGA SHIRK KYELTIRGANLARNING GUNOHLARI VA ULARNING BUL DUNYO BIRLAN OXIRATDA TORTADIRGAN AZOBLARI HAQIDA KITOB


Olloh taolo: «Shirk (keltirmoq o‘ziga o‘zi) katta zulm (qilmoqdur) va agar shirk keltirsang, barcha solih amallaring habata bo‘lib, (oxirat savobidan) ajraganlar toifasidan bo‘lursen!» — deydi.

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Iymon keltirib, iymonini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalari: «Qaysi birimiz iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!» — deya iztirobga tushishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Bu yerda gap har qanday zulm to‘g‘risida ermas, Luqmonning «Shirk — katta zulmdur!» degan so‘zini eshitmaganmisizlar?» — dedilar».

Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohga shirk keltirmoq, ota-onaga oqlik qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq — gunohi azimlardandur!» — deb takror takror aytaverdilarki, hatto biz: «Dam olsalar erdi!» — dedik».

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: Bir badaviy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, eng katta gunoh qaysidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoqdur!»— dedilar. Badaviy: «Yana qaysidur?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga oqqlik qilmoqdur!» — dedilar. Badaviy: «Yana qaysidur?» — dedi Janob Rasululloh: «Yolg‘on qasamdur!»— dedilar. Shunda men: «Yolg‘on qasam nedur? — dedim. Janob Rasululloh: «Yolg‘on gapirib musulmon odamning molini tortib olmoqdur!» — dedilar».

Ibi Mas’ud rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, johiliyat davridagi qilmishlarimiz uchun ham jazolanamizmi?»—dedi. Ul zot: «Islom davrida yaxshilik qilmoqni odat qilg‘onlar johiliyat davridagi qilmishlari uchun jazolanmag‘aylar, Islom davrida yomonlik qilishda davom etgan ersa oldingi va keyingi gunohlari uchun ham jazolang‘aylar»,—dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:13:43

1-bob. Murtad erkagu ayolga nisbatan chiqarilgan hukm haqida

Ibn Umar, Zuhriy va Ibrohim: «Murtad (dindan qaytgan) erkagu ayol tavba qildiriladi, aks holda o‘ldiriladi» — deyishadi.

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): Oyatning mazmuni: Iymon keltirgandan so‘ng qayta kofir bo‘lgan qavmni Olloh qanday hidoyat qilsin?! Axir ular rasul barhaq deb guvohlik bergan erdilar-ku, ularga ravshan dalillar keltirilgan erdi-ku? Olloh zolim qavmni hidoyat qilmag‘ay! Bundaylarning jazosi shulkim, ularga Ollohning, farishtalarning va jamiki insonlarning la’nati bo‘lgaydur! Ular doimiy la’natga qolg‘aylar va ularning azobi yengillashtirilmag‘ay va bunga umidvor ham qilinmag‘aylar. Ammo, shundan so‘ng tavba qilib to‘g‘ri yo‘lga qaytganlar mustasnodurlar, chunkim Olloh kechiruvchan va rahmdil zotdur! Iymon keltirgandan so‘ng o‘ta kofir bo‘lib ketganlarning tavbasi qabul qylinmag‘ay, ular to‘g‘ri yo‘ldan butunlay ozganlardur!".

Olloh, taoloning qavli («Oli Imron» surasi), Oyatning mazmuni: «Ey mo‘minlar, agar sizlar qitbiylardan qaysi bir jamoatga itoat qilsangizlar ular sizlarni diningizdan qaytarib qayta kofir qilurlar!».

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, iymon keltirgach, qayta kofir bo‘lgan, keyin yana iymon keltirgandan so‘ng qayta kofir bo‘lib butunlay kufr botqog‘iga botib ketgan bandalarning gunohlarini Olloh zinhor mag‘firat qilmag‘ay hamda ularni to‘g‘ri yo‘lga solib Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): Oyatning mazmuni: «... sizlardan kimiki o‘z dinidan qaytsa, tez fursatda Olloh o‘ziga mahbub shundog‘ bir qavmni paydo qilurkim, ular Ollohni o‘zlariga do‘st tutib musulmonlarga mehribonlik qilgaylar va kofir (bo‘lg‘onlar) ustidan g‘olib kelg‘aylar...».

Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): Oyatlarning mazmuni: «... va lekin kufrdan dilxush bo‘lgan odamlar Ollohning g‘azabiga duchor bo‘lg‘aylar hamda ular qiyomatda og‘ir azobga kolg‘aylar, chunkim ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal ko‘rgandurlar va Olloh kofirlar qavmiga hidoyat qilmag‘aydur. Olloh ana shundaylarning qalblari quloqlari va ko‘zlariga muhr urgandur va ular g‘ofil bandalardur, shubha yo‘qdurkim, ular oxiratda albatta ziyon ko‘rgaylar, (kufr) fitnasiga aldanib yurib, so‘ng hijratu jihod hamda sabru qanoat qilgan odamlarga rabbingiz mag‘firatli, rahmdil bo‘lg‘aydur».

Olloh taoloning qavli («Al-Bahara» surasi): Oyatning mazmuni: «... va ular (kofirlar) sizlarni o‘z diningizdan chiqarmoq uchun qudratlari yetgancha betinim jang qilg‘aylar va sizlardan kimki o‘z dinidan kaytsa va kofirligicha o‘lsa, uning bu dunyo birlan oxiratdagi barcha amallari habata bo‘lib ketg‘ay va bundaylar do‘zaxiy bo‘lib, unda abadiy qolg‘aylar».

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Alining huzurlariga bir guruh zindiqlarni (xudosizlarni) olib kelishgan erdi, ularni yoqib yubordilar. Bundan xabar topgan Ibn Abbos: «Men ularni Janob Rasululloh «Olloh taoloning azobi birlan azob bermangizlar!» deb aytganlari uchungina yondirmas erdimu, lekin «Kimki dinini o‘zgartirsa, uni o‘ldiringizlar!» deb aytganlari uchun o‘ldirgan bo‘lur erdim» — dedilar».

Abu Burda Abu Musodan naql qiladilar, ul kishi bunday degan erkanlar: «Men Janob Rasulullohning huzurlariga keldim, men birlan ikki ash’ariy ham birga bo‘lib, biri o‘ng tarafimda, ikkinchisi ersa, chap tarafimda turdi. Shunda Janob Rasululloh misvok birlan tish tozalayotgan erdilar, ular ikkalasi ul zotga o‘z iltimosini bayon qildi. Janob Rasululloh menga: «Ey, Abu Muso (yokim, ey Abdulloh ibn Qays), (bular ne deydirlar)?!» — deb murojaat qildilar. Men: «Sizni haqiqat ila yuborgan zot haqi, ular menga dillaridagi gaplarini aytishmagan erdi va men ularning amal talab qilib kelganlarini sezmagan erdim!» — dedimda, lablari birlan qisib olgan misvoklariga tiqilib turdim. Janob Rasululloh: «Biz amal istab kelgan har qanday odamni ham o‘z ishimizga ta’yyan qilavermaymiz, ammo, ey Abu Muso, sen Yamanga jo‘nag‘il!» — deb aytdilar». «Keyin, uning ortidan»—deydilar Abu Burda,— Maoz ibn Jabalni ham Yamanga jo‘natdilar. Ul yetib kelgach, Abu Muso yostiq qo‘yib o‘ltirmoqni amr qildi, Maoz o‘ltirmay atrofga alanglab yonginasida kishanband bir odamning yotganini ko‘rdi. Shunda ul: «Bu kim?» — deb so‘ragan erdi, Abu Muso: «Bul yahudiy islomni qabul qilgan erdi, so‘ng yana qayta yahudiy bo‘ldi»,— dedida, Maozga «o‘ltir!» — deb amr qildi. Maoz: «Olloh taolo va uning rasuli hukmiga binoan qatl qilinmagunicha o‘ltirmasmen!»—deb uch bor aytdi. Shunda Abu Muso amr qilib erdi, uni olib chiqib qatl qildilar. Keyin, ikkalalari bedorlik haqida so‘zlashdilar. Ulardan biri: «Ammo men tunda bedor ham bo‘lurmen, uxlag‘aymen ham, uyqumda neni tilak qilsam, uyg‘oqligimda ham shuni tilagaymen!» — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:13:53

2-bob. Faroizni qabul etmoqdan bosh tortganlarni o‘ldirmoq hamda dindan qaytganlikka tenglashtirilgan hatti-harakatlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallal-yaohu alayhi va sallam vafot etib, Abu Bakr xalifa bo‘lgach, ba’zi arab qavmlari dindan qaytdi. Shunda Hazrat Umar: Yo Abu Bakr, bularga qarshi qanday jang qilmoq niyatidamiz? Janob Rasululloh: «Odamlar «Lo iloha illallohu» demagunlaricha jang qilmoq menga amr qilindi. Kimki «Lo iloha illallohu» desa, molu joni mendan omon qolg‘ay, aks holda uni o‘ldirib, molini tortib olmoq haqlig‘dur, uning uxraviy hisob-kitobi ersa, Olloh taologa havola!» — deb aytganlar» — dedilar. Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, namoz birlan zakotni farqlagan kishiga qarshi jang qilg‘aymen, chunkim zakot islom yo‘lida qilinadirgan xayru ehsondur! Agar Janob Rasulullohga (kambag‘allarga in’om qilmoqlari uchun) beriladigan bitta echki bolasini olib qolsalar ham, Olloh taolo haqi, jang qilg‘aydirmen!» -dedilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo haqi, Abu Bakrning qalbiga Olloh taoloning o‘zi shijoat ato etganini ko‘rib men uning haq ekanligini tushundim!» — deydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:14:06

3-bob. Zimmiy yoki boshqa bir g‘ayridin Nabiy sallallohu alayhi va sallamni kishi bilmas haqorat qilib: «As-Somu alayka!» — desa...

Hishom ibn Zayd ibn Anas bunday deb rivoyat qiladilar: Anas ibn Molikdan eshitdimki, bir yahudiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlaridan o‘tib ketayotib: As-Somu alayka!" — dedi. Janob Rasululloh unga javoban: «Va alayka!» — dedilarda, so‘ng bizga: «Uning nima deganini angladingizlarmi? Ul: «Sizga o‘lim!» — deb aytdi,— dedilar. Sahobalar: Yo Rasulalloh, uni o‘ldiraylikmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo‘q, agar sizlarga kitob ahli salom bersa, «Va alaykum!» («Sizga ham») deb alik olingizlar!» — dedilar».

Oishi raziyallohu anua rivoyat qiladilar: «Bir guruh yahudiylar Janob Rasulullohdan ijozat so‘rab huzurlariga kirdida, «As-Somu alayka!», — dedi. Shunda men: «Bal, alaykumus-somu val-la’na! («Aksincha, o‘zlaringizga o‘lim va la’nat!») — dedim. Janob Rasululloh menga: «Ey Oisha, Olloh taolo muloyim bo‘lib, barcha ishlarda muloyimlikni xushlagaydur!» - dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, ularning ne deganlarini eshitmadingizmi?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Va alayka, dedimku!» - dedilar».

Ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umardan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Agar yahudiylar birortangizga «As-Somu alayka!» deb salom bersa, «Va alayka!» deb javob qaytaringizlar!»— deb aytibdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:14:17

4-bob.

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, qavmi urganda yuzidan oqayotgan qonni arta turib: «Yo parvardigorim, qavmimni mag‘firat qilg‘aysan, chunkim ular (qilib qo‘ygan ishlarini) tushunib yetmaydilar!» — deb aytgan bir payg‘ambar (Nuh alayhissalom) haqida hikoya qilayotganlarni ko‘z oldimga keltirg‘aymen».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:14:29

5-bob. Dindan chiqqan va haq yo‘ldan ozib noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘yganlarni, ayblari dalillar birlan isbotlangach, qatl qilmoq xususida

Olloh taolo: «Ollohning o‘zi biror qavmga hidoyat qilib nimadan taqvo qilmoqlari lozimligini bayon qilgan erkan, ularni sira haq yo‘ldan ozdirmag‘aydur!» — deydi. Ibn Umar dindan chiqqanlarni Olloh taoloning eng yomon maxluqlari deb hisoblab: «Dindan chiqqanlar kofirlar haqida nozil bo‘lgan oyatlarga xuruj qilib, ularni musulmonlarga taalluqli deb da’vo qiladilar»,—deydilar.

Suvayd ibn G’afala rivoyat qiladilar: Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday dedilar: «Sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida yolg‘on hadis aytganimdan ko‘ra osmondan yiqilib tushganim ma’qulroqdur, ammo o‘zaro suhbatimizda mubolag‘a-yu, kinoya ishlatsam bo‘lavergaydur! Men Janob Rasulullohning bunday deb ayttanlarini eshitganman: «Oxir zamonda o‘zlari yoshu orzulari ahmoqona, so‘zamol hamda iymonlari bo‘g‘izlaridan chiqib ketay deb turgan bir qavm dunyoga kelg‘aykim, ular kamondan otilgan o‘q yanglig‘ o‘z dinlarini tark etgaylar. Ko‘rgan yeringizda ularni darhol o‘ldiringizlar, chunkim qiyomat kuni ularni o‘ldirgan odamga ajru savob ato etilg‘usidur!».

Muhammad ibn Ibrohim rivoyat qiladilar «Abu Salama birlan Ato ibn Yasor ikkalalari Abu Sa’id al-Xudriyning xuzurlariga kelib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haruriylar haqida gapirganlarini eshitganmisan?» — deb so‘rashdi. Shunda Abu Sa’id «Haruriylarning aynan kimlar ekanligin bilmagaymen, ammo Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganmen»,—dedi: «Mana shul ummatda bir qavm chiqg‘aykim (shunda, «Mana shul ummatdan» demadilar), sizlar ular birlan namoz o‘qimoqni o‘zingizga haqorat deb bilgaysizlar, ular Qur’onni bo‘g‘izlaridan ichkariga o‘tmaydirgan qilib o‘qig‘aylar, (ya’ni, til uchida, yurakdan ermas), kamondan otilgan o‘q yanglig‘ dindan chiqg‘aylar. Ular otgan o‘qidan hayajon birla qon izini axtarayotgan ovchiga o‘xshaydirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:14:49

6-bob. Murosa qilmoq niyatida hamda odamlarni o‘zidan bezdirib qo‘ymaslik uchun dindan qaytgan kishini o‘ldirgan shaxs haqida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat iladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh o‘ljalarni taqsimlab o‘ltirgan erdilar, Baniy Tamim qabilasidan bo‘lmish Zulxuvaysira degan kishi: «Yo Rasulalloh, adolat qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, men adolat qilmasam, kim adolat qilg‘ay?! — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Ijozat qilingiz, bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedilar. Janob Rasululloh «Yo‘q, aslo, uning shunday do‘stlari borki, birortangiz ham ular birlan na namoz o‘qimoqni va na ro‘za tutmoqni o‘zingizga ravo ko‘rg‘aysiz! Ular, ov qilinadirgan biror jonzotning (oshqozonini) teshib o‘tgan o‘q-yoy yanglig‘, dinga birrov kirib chiqib ketadirgan odamlar bo‘lib, o‘q-yoy paykonidan tortib to uning patiga qadar ko‘z tashlab oshqozon axlati-yu kon yuqidan bo‘lak hech narsa topolmagan sayyodga o‘xshaydirlar. Ularning belgisi shulkim, bir qo‘li ayol ko‘kragi yokim bir bo‘lak go‘sht yanglig‘ titrab turg‘aydir. Bundaylar odamlar o‘rtasida hamjihatlik yo‘qolganda paydo bo‘ladilar»,— deb aytdilar. Mana shul gaplarni Janob Rasulullohdan eshitdim deb guvohlik berg‘aymen hamda Hazrat Ali ularga qarshi jang qilganlarida men ham birga bo‘lib, o‘ldirilganlardan biri Janob Rasululloh aytganlaridek belgilarga ega erkan deb ham guvohlik bergaymen! Shul haqda «... va ular orasida seni sadaqa xususida ayblovchilar mavjud...» degan oyat nozil bo‘lgan».

Bashir ibn Amr rivoyat qiladilar: «Men Sahl ibn Hunayfga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning dindan chiqqanlar (xavorijlar) haqida biror gap aytganlarini eshitganmisen?» — dedim. Sahl: «Men Janob Rasulullohning Iroq tarafga qo‘llari birlan ishora qilib: «U yerda Qur’onni bo‘g‘zidan nariga o‘tmaydirgan qilib o‘qiydirgan va hamondan otilgan o‘qdek islomdan chiqib ketadirgan qavm paydo bo‘lg‘aydur» — deb aytganlarini eshitganmen»,— dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:14:58

7-bob. Nabiy sallallohu alayhi na sallamning «Da’vosi bir bo‘lgan ikki guruh insonlar o‘zaro urushmagunlariga qadar qiyomat bo‘lmag‘aydur!» deganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Da’vosi bir (ya’ni, o‘z da’vosini haqlig, sherigining da’vosini ersa, nohaq deb hisoblovchi) ikki guruh insonlar o‘zaro urushmagunlariga qadar qiyomat qoim bo‘lmag‘aydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:15:10

8-bob. Mutaavvillar (Quronni yetti usulda qiroat qiluvchilar) haqidagi hadislar

Misvar ibn Maxramo. va Abdurramon ibn Abdulhori’ rivoyat qiladiyaar: «Xazrat Umar ibn al-Xattob bunday deb aytgan erkanlar: «Men Hishom ibn Hakimning Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Al-Furqon» surasini qiroat qilayotganini eshitib qoldim. To‘xtab quloq solsam ul Janob Rasululloh menga o‘rgatmagan bir boshqacha usulda qiroat qilayotgan erdi, shunda g‘azablanganimdan namoz o‘qib turgan yerida ustiga tashlanishimga sal qoldi. Lekin o‘zimni tutib, namozni tugatib salom bermog‘ini kutib turdim. Keyin uni ridoim (yokim o‘z ridosi) birlan bo‘g‘ib turib: «Bul suraning qiroatini senga kim o‘rgatdi?» — dedim. Ul: «Janob Rasululloh o‘rgatdilar!»— dedi. Men: «Yolg‘on so‘zlayotirsan, Olloh taolo haqi, Janob Rasululloh hozir men sendan eshitgan surani qanday qiroat qilmoqni menga o‘rgatganlar!« —dedimda, uni yetaklab, Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordim. "Yo Rasulalloh,—dedim men, - siz menga «Furqon surasining qiroatini o‘rgatgan edingiz, manavi ersa, uni boshqa bir usulda qiroat qildi!». Janob Rasululloh: «Yo Umar, uni qo‘yib yuborgil, yo Hishom sen o‘shal surani yana qiroat qilib berg‘ilchi!» — dedilar. Shunda Hishom o‘shal surani avval men eshitgandek qilib qiroat qilib berdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shuiday nozil qilingandur!» — dedilarda, menga: «Yo Umar, sen ham qiroat qilib bergilchi!» —deb aytdilar. Men ham o‘zim bilgan usulda qiroat qilib berdim. So‘ng, Janob Rasululloh: «Bul sura shunday nozil qilingandur, darhaqiqat, Qur’on yetti usulda (harfda) qiroat qiladirgan) qilib nozil qilingandur, ulardan qaysinisi sizga oson bo‘lsa, o‘shanisi birla qiroat qilingizlar!» - dedilar».

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Iymon keltirgach, o‘z iymonini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasulullohning sahobalari: «Qaysi birimiz o‘z iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!» — deb ko‘p iztirob chekishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo‘q, bul sizlar o‘ylagancha bo‘lmay, Luqmonning o‘z o‘g‘liga: «Ey bolaginam, Ollohga shirk keltirmag‘il, darhakiqat, shirk — eng katta zulmdur!» — deb aytgan gapiga ta’lluqlidur»,— dedilar».

Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon ibn Molik bunday dedi: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erta birlan mening huzurimga keldilar. Shunda qo‘shnilarim ham kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Boshkasi ersa: «Ul munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmag‘ay!» — dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning rizolig‘ini o‘ylab «Lo iloha illallohu» degan shaxs xususida bunday xayolga bormangizlar!» — dedilar. Boyagi odam: «Xo‘b!» — dedi. Keyin, Janob Rasululloh yana: «Lo iloha illallohu»ga vafo qilgan bandaga qiyomat kuni Olloh taolo do‘zax o‘tini harom qilgaydur!» — deb aytdilar».

Husayn: falonchi (ya’ni, Sa’d ibn Ubayda) bunday deb aytdi»,— deydilar: «Abu Abdurrahmon birlan Habbon ibn Atiyya tortishib qoldi. Abu Abdurrahmon Habbonga: «Do‘stingni qon to‘kmoqqa undagan narsaning nima erkanligin bilib oldim!» — dedi. Habbon «Ey bepadar, nima erkan o‘shal undagan narsa?!» — dedi. Abu Abdurrahmon: «Uning (Alining) shul haqda bir narsa deganini eshitdim»,— dedi. Habbon: "Aytib berg‘ilchi!» — dedi. Abu Abdurrahmon «Ali bunday deb aytgan erdi»,— dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayr ibn Avvom va Abu Marsadni jo‘natdilar, barchamiz otlik erdik. Janob Rasululloh bizga: «Yo‘lga chiqinglar, Hoj degan boqqa boringizlar. U yerda bir xotin bor, uning qo‘lida Hotib ibn Abu Baltaa mushriklarga yo‘llagan maktub mavjud, uni menga olib kelingizlar!»—dedilar. Biz xotinga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgan joyda tuyasiga minib ketayotganda yetib oldik. (Hotib o‘z maktubida «Janob Rasululloh sizlarning ustingizga qo‘shin tortib boradilar» deb Makka ahlini ogoxlantirgan erdi). «Xat qani?» —dedik. Xotin: «Menda hech qanday xat yo‘q»,— dedi. Shundan so‘ng, biz uning tuyasini cho‘ktirib, yuklarini titib ko‘rdik, ammo xatni topolmadik. Sheriklarim: «Xatni o‘zi birlan olmagan ko‘rinadi», — deyishdi. Men xotinga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yolg‘on gapirmaganlari turgan gap, biz buni yaxshi bilg‘aymiz, Olloh taolo haqi, yo xatni o‘zing topib berg‘aysen yokim seni yechintirib ko‘raman!» — dedim. Shunda ul mening jiddiy gapirayotganimni ko‘rib, qo‘lini lozimining lippasiga tiqdida, lattaga o‘rog‘lik xatni olib berdi. So‘ng, biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik. Umar: «Yo Rasulalloh, Hotib Olloh taolo birlan uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ijozat beringiz, uning bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: Ey Hotib, bunday qilmog‘ingga nima majbur qildi?» — dedilar. Hotib «Yo Rasulalloh, Olloh taolo va uning rasuliga iymonli bo‘lmoqdin o‘zga niyatim yo‘q. Ammo, men ul qavm ichida bola-chaqalarim va molu dunyomni himoya qilib turg‘uvchi o‘z kishilarim bo‘lmog‘ini istadim, xolos. Axir, sizning sahobalaringizning ham ul yerda bola-chaqalari-yu mol-dunyosini himoya qilib turg‘uvchi kishilari bor-ku!»— dedi. Janob Rasululloh: «Rost aytdi, unga yaxshi gapiringlar!» — dedilar. Umar yana: «Yo Rasulalloh, bul odam Olloh taolo va uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ruxsat beringiz, bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ul ahli Badrdan ermasmi?! Sen qaerdan bilg‘aysen, balkim Olloh taolo Badr ahlining ustidan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygandir, yana o‘zingiz bilasizlar, axir sizlar jannatisizlar-ku!» — dedilar. Shunda Umar ko‘zlariga yosh olib: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilg‘aydur!» — dedilar».

Qayd etilgan