Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495961 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 96 B


AbdulAziz  27 May 2009, 09:19:57

25-bob.

Horisa ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sadaqa qilib qolingizlar, chunkim keyin shunday zamonlar kelg‘aykim, kishi kimga sadaqa qilmog‘ini bilmay sarson bo‘lg‘aydur!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «E’tiqodi bir bo‘lg‘an ikki katta xalq o‘zaro urushmaguncha qiyomat qoim bo‘lmag‘aykim, ular o‘rtasida ulkan qirg‘in bo‘lib o‘tg‘ay. Shuningdek o‘ttiz chog‘lik kazzob dajjollar (er yuziga) yuborilib, ularning har biri o‘zini rasululloh deb ta’kidlamaguncha, ilm barham topib zilzilalar ko‘paymag‘uncha, umr tez o‘tadirgan bo‘lmaguncha, fitnalar avjga chiqib qotillik keng tus olmaguncha, mol-dunyongiz oshib-toshib ketib birovga sadaqa uzatsangiz, ul: «Sadaqaga zor ermasmen!» — deydirgan kunlar kolmaguncha, odamlar kimo‘zarga imorat quradirgan bo‘lmaguncha, kishi qabr yonidan o‘tayotib: «Qani endi, shuning o‘rnida bo‘lib qolsam! — deb orzu qiladirgan bo‘lmaguncha va qush o‘zi botadirgan tomondan chiqmaguncha qiyomat qoim bo‘lmag‘aydur! Quyosh teskari tomondan chiqsa, barcha odamlar iymon keltirg‘aylar, ammo bul ularga foyda bermag‘ay, chunkim ular shul damgacha iymon keltirmay yokim iymonli bo‘lib biror kori xayr qilmay kelganlar. Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘ladirkim, o‘rtaga molini qo‘yib baholashib turgan ikki kishi savdolashib ham, molini o‘rab ham ulgurmaydir, Qiyomat shul qadar tez sodir bo‘ladirkim, tuyasini sog‘ib bo‘lgan odam sutini ichib ulgurmaydir, qiyomat shul qadar tez sodir bo‘ladirkim, hovuz kavlab bo‘lgan odam unga suv ichib ulgurmaydir, qiyomat shul qadar tez sodir bo‘ladirkim, bir luqma taomni og‘zig‘a olib borgan odam uni yutib ulgurmaydir!».   

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 May 2009, 09:20:26

26-bob. Dajjol haqida

Mug‘ira ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Hech kimsa Dajjol haqida Janob Rasulullohdan menchalik ko‘p so‘ramagandur. Bir kuni Janob Rasululloh menga: «Dajjoldan senga ne zarar yetdi?» — dedilar. Men: «Odamlar aytadirlarkim, Dajjolning tog‘dek noni-yu, daryochalik suvi bor emish», — dedim. Janob Rasululloh: «Bul aytganing Olloh taolo uchun hech gap ermas!» — dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol Madinaning tashqarisiga tushadir, keyin Madina uch bor silkinib, o‘zidagi barcha kofiru munofiqlarni uning oldiga itqitib chiqarib tashlaydir», — dedilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Dajjolning o‘ng ko‘zi ko‘r bo‘lib, go‘yokim uzum donasidek bo‘rtib chiqqandur», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar orasida tik turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng Dajjol haqida gapirayotib: «Men sizlarni ogoh qilib ayturmenkim, undan ehtiyot bo‘lingizlar, mendan ilgarigi barcha payg‘ambarlar ham o‘z ummatini shunday deb ogohlantirgandur, ammo men sizlarga burungi payg‘ambarlar aytmagan bir gapni aytayin, uning bir ko‘zi ko‘r bo‘lib, Olloh taolo ko‘r ermasdur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kuni uxlab yotgan erdim, tush ko‘rdim. Tushimda Ka’bani tavof qilayotgan ermishmen. Nogoh, sochlari silliq, bug‘doy rang bir kishiga ko‘zim tushdi. «Bul kim?» — deb so‘rab erdim, «Ibn Maryam», — deyishdi. Keyin, atrofga alanglab gavdasi ulkan, afti-angori qizg‘ish, sochlari jingalak bir ko‘zi ko‘r kishini ko‘rib qoldim. Uning o‘shal ko‘r ko‘zi go‘yokim uzum donasidek bo‘rtib turur erdi. «Bul kim?» — desam, «Bul — Dajjoldur», — deyishdi. Ul Xuzoalik Qatanga ko‘proq o‘xshab ketur erdi».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotib Dajjol fitnasidan panoh tilayotganlarini eshitganmen, — deydilar.

Xuzayfa ibn al-Yamon rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Dajjol haqida gapirayotib: «Ul o‘zi birlan o‘t (olov) va suv olib yurg‘ay, o‘ti sovuq suv bo‘lib, suvi ersa o‘tdir», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 May 2009, 09:20:46

27-bob. Dajjol Madinaga kirmaydi

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh Dajjol haqida uzoq so‘zladilar va aytdilarki, Dajjol Madinaga kirishdan mahrum bo‘lganidan uning tashqarisidagi tashlandik bir yerga kelib tushg‘aydur. Shunda yaxshi odamlardan biri shahardan chiqib uning oldiga kelg‘ayda: «Bizga Janob Rasululloh tasvirlab bergan o‘shal Dajjol erkanligingni ko‘rib turibmen», — degay. Dajjol odamlarga: «Agar manavi kishini o‘ldirib, keyin tiriltirsam, menga shubha qilmaysizlarmi?» — degay. Odamlar: «Yo‘q, shubha qilmag‘aymiz», — deyishgay. Dajjol boyagi kishini o‘ldirib, so‘ng tiriltirgay. Mazkur kishi qayta tirilgach «Olloh taolo haqi, men bugun seni ilgarigidan ham yaxshiroq tanib oldim!» — degay. Dajjol uni qayta o‘ldirmoqqa harchand urinmasin, endi sira kuchi yetmag‘ay».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madina yo‘llarini farishtalar qo‘riqlab turadir, shul boisdan ul yerga Dajjol ham, vabo ham kirolmag‘aydur», — dedilar».

Anas ibi Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol kelib Madinani farishtalar qo‘riqlab turganini ko‘rgach, ul yerga yaqinlasha olmag‘ay, inshoolloh, vabo ham kirolmag‘ay!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 May 2009, 09:21:17

28-bob. Ya’juj va Ma’juj haqida

Zaynab binti Jahsh rivayat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh «Lo iloha illallohu» deya vahima birlan huzurimga kirib keldilarda: «Arablarning sho‘ri qurib qoldi, ularning boshiga falokat tushmog‘iga yaqin qoldi, bugun Ya’juj va Ma’jujning oldidagi g‘ov mana shuncha ochildi», — deb barmoqlarya birlan ko‘rsatdilar. Men: Yo Rasulalloh, solih banda bo‘la turib biz ham halokatga uchrag‘aymizmi?» — dedim. Ul zot: «Ha, agar yomonlik ko‘payib ketsa!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ya’juj va Ma’jujning oldidagi g‘ov mana shuncha ochildi», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:26:23

Bismillohir rahmonir rahiymi

HUKMLAR KITOBI


Olloh taoloning qavli («An-Niso» surasi): «... atiy’uulloha va atiy’uur-rasuula va uulil-amri minkum...». Oyatning mazmuni: «... Ollohga, rasulga va o‘zlaringizdin bo‘lgan hokimlarga itoat qilingizlar...».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki menga itoat qilsa, Olloh taologa itoat qilgan bo‘lur, kimki menga osiylik qilsa, Olloh taologa osiylik qilgan bo‘lur, kimki amirimga itoat qilsa, menga itoat qilgan bo‘lur va kimki amirimga osiylik qilgan bo‘lsa, menga osiylik qilgan bo‘lur», — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har biringiz boshliq ermasmisiz va har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’ul ermasmisiz?! Odamlarga rahbarlik qilguvchi imom ham boshliq bo‘lib, o‘z qul ostidagilarga mas’uldur, er ersa o‘z oila a’zolariga boshliq bo‘lib, ularga mas’uldur, xotin ham erining uyidagilar birlan bolalariga boshliq bo‘lib, ularg‘a mas’uldur, qul ersa xo‘jayinining mol-mulkiga homiy bo‘lib, unga mas’uldur. Demak har biringiz boshliq bo‘lib, o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldursiz!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:26:48

1-bob. Amirlar Quraysh qabilasidan bo‘lmog‘i lozimligi haqida

Az-3uhriy rivoyat qiladilar: «Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im Muoviya huzuridagi Quraysh qabilasidan kelgan mehmonlar birlan o‘ltirganida Abdulloh ibn Amr: Amirlar Qahton qabilasidan bo‘lmog‘i kerak!» — deb aytdi. Buni eshitib Muoviyaning g‘azabi keldida, xalq oldiga chiqib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytgach, bunday dedi: «Menga xabar qildilarkim, sizlarning oralaringizda na Olloh taoloning Kitobida va na Janob Rasulullohning hadislarida zikr qilinmagan gaplarni aytib yurg‘uvchi kishilar mavjud erkan. Ular sizlarning oralaringizdagi johil (nodon) kishilardur. O’z qo‘l ostingizdagilarni yo‘ldan ozdiradigan (qabiq) niyatlardan hazar qilingiz! Men Janob Rasulullohning: «Amirlik agar dinga qarshi chiqmasalar, Quraysh ahli qo‘lida bo‘lg‘ay va hech kimsa ularga qarshilik qila ko‘rmasinkim, Olloh taolo qarshilik qilganni yuz tuban qulatg‘aydur!» — deb aytganlarini eshitganmen».   

Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Amirlik Quraysh ahli qo‘lida bo‘lg‘aydur, garchi ulardan ikki kishigina qolgan bo‘lsa!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:27:23

2-bob. Oqilona hukm chiqargan kishiga tegadirgan ajru savob haqida

Olloh taoloning qavli: «Va man lam yahkum bimo anzalallohu fauloika humul-fosiquun». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo nozil qilgan Kitobga binoan hukm chiqarmaydirganlar fosiqdurlar».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki narsadan bo‘lak narsa xususida birovga hasad qilmaslik lozim: Olloh taolo bir bandasiga mol-dunyo ato etgan bo‘lsada, ul uni haq yo‘lda sarflayotgan bo‘lsa va yokim Olloh taolo bir bandasiga aqlu idrok ato etgan bo‘lsa-yu, ul o‘z aqlu idrokini ishlatib oqilona hukmlar chiqarayotgan bo‘lsa, (Anas qilsa, arzigaydur!)» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:27:35

3-bob. Agar imom gunoh ishni buyurmagan ersa, unga quloq solib itoat etmoq lozimdur!

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quloq solib itoat etingizlar, garchi men sizlarga boshi mayiz yanglig‘ qop-qora bir qulni boshliq qilib qo‘ysam ham!» — dedilar».

Ibi Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘z amirining biror ishini yoqtirmasa, sabr qilsin, chunkim jamoatdan bir qarich chetga chiqqan kishi johiliyat (davri) o‘limini topgay (ya’ni, iymonsiz ketgay)!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam gunoh bo‘lmaydirgan amru farmonga, ul o‘ziga yoqadirmi yo yo‘qmi, quloq osib itoat qilmog‘i lozimdur, agar gunoh ishga buyurilg‘on ersa, na quloq solmoq va na itoat etmoq lozimdur», — dedilar».

Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat iladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘shinga bir ansoriyni qo‘mondon qilib tayinladilarda, askarlarga unga itoat etmoqni buyurdilar, keyin ularni bir yerga jo‘natdilar yo‘lda qo‘mondon nimadandir darg‘azab bo‘lib, askarlarga: "Janob Rasululloh menga itoat qilmoqlaringizni sizlarga buyurib ermabmidilar?!» — dedi. Askarlar: "Ha, shundoq!» — deyishdi. Qo‘mondon: «Men qaror qilurmenkim, o‘tin yig‘ib gulxan yoqingizlar, so‘ng unga kiringizlar!» — dedi. Askarlar o‘tin to‘plab gulxan yoqishdi, gulxanga kirishga kelganda bir-birlariga qarab turib qolishdi. Shunda ayrimlari: «Bizlar o‘tga (jahannamga) kirmaylik deb janob Rasulullohga ergashgan erdik-ku! Nechun endi o‘tga kirg‘aymiz?!» — deb turganlarida to‘satdan olov o‘chib qoldi. Qo‘mondon ham g‘azabidan tushdi. Shul haqda Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Agar ular (qo‘mondonning amriga itoat qilib gulxanga kirganlarida) abadulabad (jahannam o‘tidan) chiqolmas erdilar, chunkim boshliqqa xayrli ishlardagina itoat etmoq lozimdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:27:45

4-bob. Iltimossiz amir bo‘lgan odamga Olloh taolo madadkordur!

Abdurrahmon ibi Sumra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abdurrahmon, amirlik mansabini iltimos qilmag‘il, agar amirlik (mansabiga) iltimos birla erishsang, unga suyanib qolg‘aysen, agar iltimossiz erishsang, unga madad berg‘aysen! Basharti, ilgari qasam ichgan ersangu, o‘shal qasaming ustiga biror boshqa qasam ichmoqni lozim topsang, ilgarigi qasaming uchun kafforat berib, so‘ng boshqa qasam ichg‘il!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2009, 07:28:18

5-bob. Amirlik mansabiga iltimos birla erishgan odam unga suyanib qolg‘ay!

Bu yerda yuqoridagi xadis takroran keltirilgan.

6-bob. Amirlik mansabiga hirs qo‘ymoqning makruhligi haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar men vafot etib ketganimdan so‘ng amirlik mansabiga xirs qo‘yg‘aysizlar, qiyomatda ersa bul qilmishlaringiz uchun nadomat chekkaysizlar», — dedilar».

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Men va men birlan yana ikki kishi Janob Rasulullohning huzurlariga kirdik. Hamrohlarimdan biri «Yo Rasulalloh, bizni amir qilib ko‘yingiz!» — dedi, ikkinchisi ham shul gapni aytdi. Janob Rasululloh: «Biz amirlik mansabini iltimos qilib kelgan yokim amirlik mansabiga hirs qo‘ygan odamni amir qilavermagaymiz!» — dedilar».   

Qayd etilgan