To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 80568 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


maknuna  19 Iyul 2006, 06:47:39

AbdulAziz;
Avvalo shunday ezgu niyatni qilganingiz uchun rahmat!
Buyuk ishlar niyatdan boshlanadi.
Niyatni xolis qilib harakatni ham qilaverish kerak.
Darhaqiqat to`ylar bilan bo`gliq muammo ko`pchilikni o`ylantiradi.
Bir kunlik maza uchun yillarga tatirlik azani bo`yinga yuklab olish ham yaxshi emas. Biz dabdabali to`y qilayotganmlarga qarshi emasmiz, qurbilari yetarkan, qilishaverishsin, faqat birovni kamsitmagan holda, haddan oshmagan tarzda, qurbi yetmaydiganlar ham qilishsin, o`z imkoniyatlari doirasida,
Lekin,....
Lekin birov birovning ustidan kulmasin, gapirmasin, hijolatga qo`ymasin (aynan shu narsa eng qiyini!)

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:48:00

Bonu:

Assalomu alaykum! Gaplarizga qoshilaman. Hayot shunaqaki bir kunlik toy oyin kulgi degan narsalardan iboratmas, hali kop narsalar boladi, shuni oylab har bir yosh ozini juftini tanlidi va turmush quradi, lekin NIKOH eng keragi bolsa kere, din tomondan ham, boshqa tomondan ham, hatto insonlar borki, nikoh qilishgan kichkina 10 odamlik aqiqa qilsihgan, hozirda eng bahtli oila deb bilaman ulani, shu boyligini korsatib maqtanish uchun, ozi ham hatto tanimidigan, umrida gaplashmagan qarinosh urugini chaqirishi keremi? Nima keregi bor? Yaqinlariz bilan shu hursandchilikni baham korsez unda yahshi...Tagin ham hozirda ancha kamayib qoldi , ayniqsa challar, hayit, degan narsalar yoq bop ketdi..bu juda yahshi, lekin shu togora mogoralar hali ham yoqolmadide! Shunaqa ham yoqmidi shu odatlar, lekin oziga yarasha bular ham urf odatlar shuncha yillik, lekin haddan tashqari oshib ketgande. Manimcha ham kelajak 10 yillikda bu aniq ozgaradi odamlar tushunib yetishadi. BU ishda hozirgi yosh avlod ozini hissasini qoshsa yomon bomasdi!

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:48:15

AbdulAziz:
Wa alaykum assalom!
Gaplarizga qo`shilaman. man yaqinda uyga borib keldim (to`y bahonasida). Bizda to`ylar, xudoga shukr, judayam tartibli bo`layaptikan, kamharj qilib to`y qilishyapti. Kechasi ham artist chaqirib, to`polon bilan to`y qilishlar yo`qolib uning o`rniga hammaga foydali bo`lgan ma'ruzali to`ylar ko`payyapti ekan. Bundan hammaga foyda. To`y egasiga ham, to`yga tashrif buyurganlarga ham, xizmat qiladiganlarga ham. Bizda kuyov navkarlar kelinni olgani kelinnikiga kelishadi va asosiy to`y kelinnikida bo`ladi. Xullas kuyovnavkarlar kelishadi. o`tirib noz-ne'matlardan yaxshilab yeb olishganidan so`ng ma'ruza boshlanadi. Domla ham yoshroq imomlardan yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob beradi. Yana orada tanaffus beriladi, ikkinchi ovqat tortiladi. Yeb bo`lingandan so`ng, qiziqarli suhbat davom etadi. Suhbat oxirida kelin va kuyov, shu mav'izada ishtirok etganlar haqiga duo qilinadi-da, hamma turadi. Bu yerda hech qanday isrof, dabdaba, gunohni ko`rmaysiz. Hamma yuzida tabassum bilan to`yxonani tark etadi.
Manimcha shu an'anani yoyish kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:13:40

Otabek;

Albatta, dabdaba bo'lmasa, to'qlikka sho'xlik ham bo'lmaydi. Hamma dilxiraliklar ana shu isrofgarchilikdan boshlanadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:13:53

Bonu:

Assalomu alaykum, gaplarizni bir boshdan oqib juda ajablandim, qiziq.....osha ishni boshlaganlar, yani siz etgandaka toy otqaizin namuna bolganlardan Ollohning ozi rozi bolsin. Lekin oyin kulgi ham bolishi kere bu azaldan qogan narsa. faqat maruza bolsa ham galati..Dinda ham mumkin hisoblanadi.SHunga haddan tashqarilikni yoqotilsa, isrofgarchilikni yoqtilsa eng glavniyside! Lekin sizlarda toy galati bolarkan, bizada asosiy toy yigitnikida boladiku!
Sizda qanaqa urf odatlar bor, yani qanaqa qilib nishonlashadi? Manimcha ozi yurtimizani har bir viloyatida ozgacha....

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:14:05

AbdulAziz;

Wa alaykum assalom!
O`yin-kulgi ham bo`ladi, albatta. Lekin bu silarnidaka ommaviy bo`lmaydi. Bizda kelin, umuman, ayollar o`rtaga chiqishmaydi. Ayollar to`yi alohida, erkaklarniki alohida bo`ladi. (eskitdan shunaqa). Shuning uchun ham, bola va qiz o`zini o`z jinsdoshlari orasida bemalol his qiladi. Natijada boshqa gunoh ishlar ham yuz bermaydi. Erkaklar to`yning ertasi kuni chiqib ketishadi. To`yxonada faqat ayollar qoladi. o`zlari yayrashaveradi. O`z navbatida kuyovnavkarlar ham o`zlari bazm qilishlari mumkin. Albatta bu bazm ham sunnatga muvofiq o`tadi. Natija esa hamma uchun bir xil: Hamma xursand bo`ladi, savob topadi, gunohdan holi bo`ladi.
Bizda asosiy to`y qiznikida bo`lishining boisi bor. Bu qizni tarbiyalab o`stirgan ota-ona hurmatidan. Ya'ni tantana bilan olib ketiladi xonadonning qizi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:14:17

Bonu:

Juda qiziq....bizada ham huddi shunday, bizada nikoh deb ataladigan marosim eng kattasi, kechasi yigit tomonidan boladi u. a qiznikidan ham katta tantana bilan olib ketishadi, lekin kuyov navkarlari oldinroq kelib kuyovning qolidan osh yeb ketishadi. Ha....Toylarimiz hamma millatlarnikidan ham gozal!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:14:30

AbdulAziz:

Kelinglar, man silarga bizdagi t`oylar haqida boshidan gapirib beraman.
Avvalo sovchilar kelishadi. Qizni ko`rishadi. O`z navbatida qiz tarafiudagilar ham yigitni mahallasidan surishtiradilar. Xullas kelishilgandan so`ng, fotiha bo`ladi. Bunda qiz taraf yigitga, yigit taraf qizga sarpo qiladi. Bu narsa to`ydan 1 oycha yoki yilcha oldin bo`ladi. Fotiha bu qizning qo`li boyloqligini bildiradi. Fotihadan keyin katta to`yga tayyorgarlik boshlanadi. To`ydan bir hafta oldin kuyov taraf kelin tarafga to`y harajatlari (1 ta qo`y, 1 qop un, guruch, yog` va h.) ni jo`natadi. O`z navbatida qiz taraf ham yigitning uyini o`z mebel, sarpo, ko`rpa-toshaklari bilan to`ldiradi. To`ydan 1 haftacha oldin tog`ora jo`natish marosimi bo`ladi. Ya'ni kuyov o`z o`rtoqlarini chaqiradi. Kelin taraf jo`natgan tog`oralardagi noz-ne'matlar bilan o`rtoqlarini siylaydi. Shu kuni xat tarqatiladi (taklifnoma). Kuyovni o`rtoqlari mahalladoshlarga tarqatishni kelishib oladilar. To`ydan bir kun oldingi kun "sabzi archdi" deyiladi. Hozir ziyofat (to`gora) ni shu kun bilan birlashtirvorishyapti. Sabzi archdi kuni mahalladagilar kirib, ertangi osh uchun sabzilarni archib, kertib tayyor qilishadi. Shomdan keyin dasturxon yozilib, ovqat tortiladi. Shu kuni kuyovning o`rtoqlari xizmatda bo`lishadi va ertangi to`y uchun zarur bo`ladigan hamma yumushlarni bajarishadi...

davomi bor...q

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:15:08

Bonu:

Davron aka , sizlarda ham Toshkentdagi toylar 100% bir hil. hech ham farqi yoq ekan, har bir odat hattoki bir hil joyda bir hil vaqtda bolarkan, juda yahshiku! Man bolsam kotta farqi bor ekan deb oylabman.

Endi bitta savol, hech qanaqa tantanali toysiz faqat nikoh va kichik mehmondorchilik bilan otayotgan chet eldagi ozbeklarning toyiga nima deysiz?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:15:20

AbdulAziz:

Chet-eldagi o`zbeklarning to`ylari haqida.
o`zbekistondagi sharoit bilan chet-eldahi sharoit bir-biriga to`gri kelmaydi. Chet-elda o`zbek mahallasi, qarindosh-urug`lar, tanigan-tanimaganlariz degan tushunchalar yo`q hisob. Bizga o`xshab mahllani aytmaydi, uzoq-uzoq qarindoshlari-yu tanishlarini aytmaydi, bunga iloj ham, hojat ham yo`q. Aytmoqchimanki, bu yerda an'analar o`z-o`zidan limitga tushiriladi. Keyin u yerda "anu qo`shnim, pismiq(!), baxil o`zi puli shunchayu, shu kichkina qilib to`y qildi-ya" deydigan qo`shnilar, tanishlar yo`q. Shuning uchun el oldida yuzi shuvut bo`lish vahimasi ularda yo`q. Agar bo`lganida ular ham "o`zbekchilik" qilishardi. To`y bu xursandchilik! Uni kim qanday nishonlashi o`ziga bog`liq deb o`ylayman (albatta boshqalarni ham hisobga olganda). :)

Qayd etilgan